Bugun 7 iyun, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Islom Ismoilov O‘zbekiston U-17 terma jamoasining Osiyo chempionatiga tayyorgarligi haqida gapirdi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Yoshlar va o‘smirlar t.j. / O‘zbekiston U-17
Rukn: Yangiliklar
A A A

Ertaga, 3 aprel kuni O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Osiyo kubogidagi ishtirokini boshlaydi. Vakillarimiz ilk turda Tailandga qarshi maydonga tushadilar. Jamoa bosh murabbiyi Islom Ismoilov musobaqa oldidan OFK rasmiy saytiga intervyu berdi.

— Jamoa tayyorgarligi qanday kechdi?

— Jamoamiz Osiyo kubogiga har tomonlama yaxshi tayyorgarlik ko‘rdi. Tayyorlanish jarayoni bosqichma-bosqich olib borildi hamda futbolchilarimizning jismoniy, taktik, texnik va ruhiy tayyorgarligi ustida alohida ishladik. Avval mahalliy yig‘inlar o‘tkazilib, jamoaviy o‘yin uslubimizni rivojlantirishga e’tibor qaratildi. Keyinchalik xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari orqali jamoaning o‘yin sifatini oshirishga harakat qildik. Yig‘inlar davomida futbolchilarimizning o‘yinga bo‘lgan tushunchasi yanada rivojlandi, jismoniy formasi esa optimal holatga keltirildi.

— Osiyo kubogini jarohat sabab o‘tkazib yuborayotgan muhim futbolchilaringiz bormi?

— Jamoamizda jarohat tufayli musobaqani o‘tkazib yuboradigan futbolchilar yo‘q. Hamma o‘yinchilar yaxshi formada va to‘liq tarkib bilan turnirga tayyorgarlik ko‘rganmiz. Bu biz uchun katta ustunlik beradi, chunki murabbiylar shtabi barcha rejalarimizni to‘liq tarkib asosida ishlab chiqqan. Endi asosiy maqsadimiz futbolchilarni maksimal darajada o‘yindan o‘yinga yuqori holatga chiqarish va har bir uchrashuvda eng yaxshi o‘yinimizni namoyish etishdan iborat.

— O‘zbekiston Osiyo kubogini Tailandga qarshi ochilish uchrashuvi bilan boshlaydi. Bu jamoa haqida qanday fikrdasiz? Ularning qanday kuchli tomonlarini ko‘ryapsiz?

— Tailand yoshlar futboli yildan-yilga rivojlanib bormoqda. Ular texnik jihatdan ancha kuchli va tezkor o‘yin namoyish eta oladigan jamoa. Ayniqsa, hujumga tezkor o‘tish va qisqa joylarda aniq paslar orqali raqibni holdan toydirish ularning kuchli tomonlaridan biridir. Shu sababli, biz ularning kombinasion o‘yinini yo‘qqa chiqarish va o‘z hujum chizig‘imiz orqali ustunlikka erishishga harakat qilamiz. Tayyorlanish jarayonida Tailand jamoasining o‘yin uslubi va taktik sxemalarini chuqur tahlil qildik. O‘ylaymanki, kuchli raqibga qarshi yaxshi natija ko‘rsatish uchun yetarlicha imkoniyatlarimiz bor.

— O‘tgan musobaqalardan olingan eng katta saboqlar va jamoa hozir qo‘llayotgan uslublar haqida ayta olasizmi?

— Oldingi musobaqalarda ishtirok etgan jamoalarimizning bosib o‘tgan yo‘llari biz uchun katta tajriba bo‘ldi. Avvalo, turnir davomida barqaror o‘yin ko‘rsatish va bosim ostida ham sovuqqonlikni saqlash muhimligini angladik. Shu sababli, hozirgi tarkib bilan ishlashda mental jihatdan tayyorgarlikka katta urg‘u berdik. Bundan tashqari, jismoniy holat va o‘yin sur’ati turnirlarda hal qiluvchi ahamiyat kasb etishini tushundik. Oldingi musobaqalarda ba’zan mayda detallar natijaga ta’sir qilgan bo‘lsa, hozir bunday jihatlarga ham alohida e’tibor beryapmiz. O‘ylaymanki, bu tajribalar bizga muvaffaqiyatga erishish yo‘lida muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, “A” guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston — Tailand uchrashuvi 3-aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00da Toif shahridagi “Okaz” stadionida start oladi.

Manba: UFA
Kiritildi: 21:08, 02.04.2025. O'qildi: 1667 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик