Bugun 16 may, 2026 yil, shanba.

  • La-liga
      • 15.05.2026 00:30
      • Real Madrid
      • 2:0
      • Real Ovyedo
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Alaves
  • APL
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • 4:2
      • Liverpul
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • -:-
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • -:-
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • -:-
      • Vest Xem
  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • -:-
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • -:-
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • -:-
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • -:-
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • -:-
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • -:-
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • -:-
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • -:-
      • Cremonese
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 36 80
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 36 45
9 Rayo Valyekano 36 44
10 Atletik Bilbao 36 44
11 Sevilya 36 43
12 Valensiya 36 43
13 Osasuna 36 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Jirona 36 40
17 Elche 36 39
18 Malyorka 36 39
19 Levante 36 39
20 Real Ovyedo 36 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka
36-тур Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
36-тур Jirona 1-1 Real Sosyedad
36-тур Real Madrid 2-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

17/05/26 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05/26 Sevilya - Real Madrid
17/05/26 Real Sosyedad - Valensiya
17/05/26 Levante - Malyorka
17/05/26 Elche - Xetafe
17/05/26 Atletik Bilbao - Selta
17/05/26 Osasuna - Espanyol
17/05/26 Atletiko - Jirona
17/05/26 Real Ovyedo - Alaves
18/05/26 Barselona - Betis

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Alisher Nikimbayev Maksim Shaskixning O‘zbekistondagi faoliyatiga baho berdi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Murabbiylar / Faoliyat
Rukn: Intervyular
A A A

O‘zbekistonlik futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev “Dynamomania” bosh muharririga intervyu berib, bir qator mavzularda o‘z fikrini bildirib o‘tdi. Intervyuni bir necha qismga bo‘lgan holda e’tiboringizga havola etamiz (3-qism).

— Biz tanishishimizga sababchi bo‘lgan inson haqida ham gaplashaylik. Maksim Shaskix ikki yil O‘zbekistonda ishladi va ikki marta «Paxtakor»ni chempionlikka olib keldi. Terma jamoada «Paxtakor» futbolchilari ko‘p. Demak, yurtingiz bu yutug‘ida uning ham hissasi bor?

— Ha, «Paxtakor» juda ko‘p futbolchilarni terma jamoa uchun tayyorlagan. Aslida, klubning juda yaxshi futbol maktabi bor. Masalan, Abbosbek Fayzullayev — bu «Paxtakor» tarbiyalanuvchisi va u aynan Shaskix qo‘l ostida jamoaning asosiy tarkibida paydo bo‘ldi. Keyin esa SSKAdan taklif kelganidan keyin, ma’lum agentlik bosimi ham ta’sir ko‘rsatdi va u ketishga qaror qildi. Lekin hozirgi terma jamoadagi yoki unga yaqin bo‘lgan ko‘plab yosh futbolchilar avval aynan «Paxtakor»da o‘zlarini ko‘rsata boshlashgan.

Shaskixning Toshkent klubidagi faoliyatiga baho berish bir qadar bahsli. Ha, u chempion bo‘ldi, lekin keyin muammolar boshlandi. Bizda odatda barcha ayb murabbiyga yuklanadi, klubdagi vaziyatni e’tiborga olmasdan. Bir vazifa qo‘yiladi, keyin mavsum davomida u o‘zgartiradi, lekin bu vazifani bajara oladigan tarkib yo‘q — bunday holatlarda murabbiy aybdor qilinadi. Shunga o‘xshash muammolar bor edi. Katanes bilan bo‘lgan vaziyatni eslaylik. Jahon chempionatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkoniyati bor paytda ham birinchi mag‘lubiyatdan keyinoq uni iste’foga chiqarish talablari ko‘paydi. Bu bizda odatiy hol. Menimcha, bu reaksiya haddan tashqari keskin edi. Umuman olganda, agar oxirgi, unchalik yoqimli bo‘lmagan bosqichni hisobga olmasak, Shaskixning «Paxtakor»dagi faoliyati yomon kechmadi. Hozir u «Andijon»da ishlamoqda va yana juda og‘ir vaziyatda, chunki jamoa tarkibini u emas, boshqa birov tuzgan. Ularni oldinda jiddiy sinovlar kutyapti. Ular o‘tgan yili Kubokni yutgan holda ilk bor qit’aviy klub musobaqalarida qatnashmoqchi, ya’ni ikkinchi Osiyo Chempionlar Ligasida o‘ynaydi.

Bu yerda tushuntirib o‘tish kerakki, Osiyoda ikki xil Chempionlar Ligasi bor. Lekin ikkinchi liga bu kamtarroq musobaqa degani emas. Masalan, o‘sha Krishtianu Ronaldu ham o‘zining «An-Nasr» jamoasi bilan ikkinchi Chempionlar Ligasida o‘ynaydi, chunki ular Saudiyada chempion ham, kubok sohibi ham bo‘lishmadi, faqat uchinchi o‘rinni egallashdi. Ulardan pastroqda turgan jamoa esa chempionlar ligasini yutdi va elitaga chiqdi, «An-Nasr» esa ikkinchi ligada ishtirok etadi. Ha, u yerda Hindiston jamoalari ham bor, lekin biroq u yerda Ronaldu ham bor.

Buni Yevropa Ligasiga o‘xshatish mumkin: APL grandlari ham bor, noma’lum jamoalar ham. Ammo ushbu musobaqada mutlaqo kuchsiz jamoa yo‘q, chunki unda faqat 25 mamlakat ishtirok etadi. Ha, boshqalarga nisbatan kamroq kuchga ega jamoalar bo‘ladi, lekin ularni mutlaqo kuchsiz deyish noto‘g‘ri. Shu sababli Shaskix oldidagi vazifa juda jiddiy — ilk o‘yinlar sentyabrda, faqat bir transfer oynasi bor, yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha cheklovlar ham bor. Shuning uchun yangi futbolchi tanlashda juda ehtiyotkor bo‘lishi kerak. Bu uning O‘zbekistondagi faoliyatida hal qiluvchi bosqich bo‘ladi.

— Keyin yana Kiyevda, lekin boshqa lavozimda Shaskixni ko‘rishimiz mumkinmi?..

— Maksim Aleksandrovich kelajakda «Dinamo» Kiyev bosh murabbiyi bo‘lishi mumkinmi? Ha, klub afsonasi sifatida — bu ehtimoldan xoli emas. Uning kuchli tomonlari — avvalo, taktika va professionallik. Balki aynan mana shu narsa unga biroz to‘siq bo‘layotgandir. Uning «Dinamo» Kiyevdagi ish uslubi, futbolga bo‘lgan professional yondashuvi, ehtimol, O‘zbekistonda unga biroz xalal berayotgandir. Bizdagi futbolchilar boshqacha yondashuvni talab qilishadi — ular doim ham professional emas. Ayrim o‘yinchilar bilan tushunmovchiliklar ham bo‘lgan, chunki ular undan ko‘proq e’tibor, bosim kutishgan. Lekin u boshqa muhitda tarbiyalangan shaxs sifatida futbolchi o‘z ishini yaxshi bilishi va bajarishi kerak, deb hisoblaydi. O‘zbekistonda professionallik darajasi u kutgandek emas.

— Ukrainada O‘zbekistonning yutuqlaridan xursand bo‘lishyapti, lekin savol ham bor: Ukraina bunga qodirmi? Guruh og‘ir, Rebrov tanqid ostida.

— Agar Ukraina JCH-2026ga chiqish imkoniyatlarini muhokama qilsak, shundan boshlash kerakki, Osiyodan 8 jamoa qatnashadi, Yevropadan esa faqat 16ta. Agar biz O‘zbekiston yoki hatto Iordaniyaning FIFA reytingidagi o‘rnini ko‘rsak (mos ravishda 57 va 62-o‘rin, Ukraina — 25-o‘rin), bu o‘rtacha Yevropa jamoalariga nisbatan ancha past. Ya’ni, Yevropadan jahon chempionatiga chiqqan deyarli har qanday jamoa qur’ada O‘zbekiston va Iordaniyadan yuqori bo‘ladi. Bu Yevropada raqobatning juda yuqori ekanidan dalolat. Faqat 16ta o‘rin bor, lekin unga talabgorlar juda ko‘p. Masalan, Holand va Edegor kabi yulduzlarga ega Norvegiya YEVRO va JCHga chiqolmayapti. Afrikada ham raqobat kuchliroq. Osiyoda 4-5ta kuchli jamoa bor, xolos. O‘zbekiston hozir ularga yaqinlashyapti, lekin bu ham hali aniq emas. O‘zbekiston Koreya va Yaponiyaga qarshi rasmiy musobaqalarda ancha vaqtdan beri o‘ynamagan. Ikki bosqichli saralashda asosiy raqib — Eron bo‘ldi. Eron — Osiyodagi grandlardan biri (JCHda Osiyodan doimiy qatnashuvchilar — Yaponiya, Koreya, Avstraliya va hozirda Eron). 10-15 yil avval u bunday kuchli favorit emasdi. Hozir O‘zbekiston — ehtimol, Osiyodagi 5-jamoa. Afrikada esa ikki turnir oralig‘ida Afrika millatlar kubogi chorak finalchilari to‘liq almashdi. Bu raqobat qanchalik kuchliligini ko‘rsatadi. Shuning uchun Ukraina va O‘zbekiston imkoniyatlarini solishtirish juda mushkul — bu mutlaqo turlicha holatlar.

— Nima uchun Ukrainada ko‘plab kuchli legionerlar borligiga qaramay, terma jamoa o‘yinida sezilarli o‘sish ko‘rinmayapti? O‘zbekiston bu muammoni qanday hal qiladi?

— Katta chempionatlarda o‘ynayotgan futbolchilarning o‘zi natija kafolati emas. Barcha narsa jamoa uyg‘unligiga bog‘liq. Norvegiyani yana misol qilamiz — yulduzlar ko‘p, lekin ular natijaga erisha olmayapti, kamtar jamoalar chiqishga erishmoqda. Bu murabbiyga bog‘liq: u jamoani birlashtira oladimi? Men, Ukraina uchun doim qayg‘uradigan odam sifatida (O‘zbekiston — men uchun birinchi jamoa, Ukraina — ikkinchi) aytaman: Ukrainada faxrlanarli narsalar bor. Pandemiyadagi YEVRO misolida kutilmagan natijalar ham bor edi.

O‘z navbatida, kuchsiz milliy chempionat xalal beryaptimi? Balki biz o‘xshash holatdamiz. Bizda ham legionerlar ko‘p. Ular qayerga bo‘lsa ham ketishga tayyor. Masalan, Bobur Abduxaliqov «Rux»da o‘ynadi, so‘ng qaytib keldi, biroz o‘ynab, yana ketdi — bu gal Ozarbayjonga. Ilgari Qozog‘istonga ketgan futbolchilar termaga chaqirilmasdi. Hozir esa Ozarbayjon, Malayziya chempionatlaridan ham futbolchilar chaqirilyapti. Shu bilan birga, Yevropa chempionatlariga ham chiqib ketishlar ko‘paydi. Husanov va Shomurodov Top-5 ligasida — bu tarixda ilk marta. Turkiyada ham ko‘p futbolchilarimiz bor. Rossiyada esa ular soni kamaygan. Turkiya grandlari emas, lekin barqaror o‘ynayotgan futbolchilar. Bu ham ta’sir ko‘rsatdi. Futbolchilarning tarqalishi shuni ko‘rsatadiki, chempionatimiz juda kuchli emas va u terma jamoaga ko‘p ta’sir qilmayapti. Menimcha, hozir klublar bilan terma jamoa yutuqlari orasida katta farq bo‘ladi.

Manba: www.dynamomania.com
Kiritildi: 20:12, 14.06.2025. O'qildi: 2391 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик