Bugun 2 noyabr, 2025 yil, yakshanba.

  • La-liga
      • 01.11.2025 01:00
      • Xetafe
      • 2:1
      • Jirona
      • 01.11.2025 18:00
      • Vilyarreal
      • 4:0
      • Rayo Valyekano
      • 01.11.2025 20:15
      • Atletiko
      • 3:0
      • Sevilya
      • 01.11.2025 22:30
      • Real Sosyedad
      • 3:2
      • Atletik Bilbao
      • 02.11.2025 01:00
      • Real Madrid
      • 4:0
      • Valensiya
      • 02.11.2025 18:00
      • Levante
      • -:-
      • Selta
      • 02.11.2025 20:15
      • Alaves
      • -:-
      • Espanyol
      • 02.11.2025 22:30
      • Barselona
      • -:-
      • Elche
      • 03.11.2025 01:00
      • Betis
      • -:-
      • Malyorka
  • Superliga
      • 01.11.2025 17:00
      • Andijon
      • 1:1
      • Buxoro
      • 02.11.2025 15:00
      • Neftchi
      • -:-
      • Surxon
      • 02.11.2025 15:00
      • Mash’al
      • -:-
      • Qo‘qon-1912
      • 02.11.2025 17:15
      • So‘g‘diyona
      • -:-
      • Qizilqum
      • 03.11.2025 18:30
      • Paxtakor
      • -:-
      • Bunyodkor
  • «A» Seriya
      • 01.11.2025 19:00
      • Udineze
      • 1:0
      • Atalanta
      • 01.11.2025 22:00
      • Napoli
      • 0:0
      • Komo
      • 02.11.2025 00:45
      • Cremonese
      • 1:2
      • Yuventus
      • 02.11.2025 16:30
      • Verona
      • -:-
      • Inter
      • 02.11.2025 19:00
      • Fiorentina
      • -:-
      • Lechche
      • 02.11.2025 19:00
      • Torino
      • -:-
      • Piza
      • 02.11.2025 22:00
      • Parma
      • -:-
      • Bolonya
      • 03.11.2025 00:45
      • Milan
      • -:-
      • Roma
      • 03.11.2025 22:30
      • Sassuolo
      • -:-
      • Jenoa
  • APL
      • 01.11.2025 20:00
      • Byornli
      • 0:2
      • Arsenal
      • 01.11.2025 20:00
      • Kristal Pelas
      • 2:0
      • Brentford
      • 01.11.2025 20:00
      • Fulhem
      • 3:0
      • Vulverhempton
      • 01.11.2025 20:00
      • Nottingem Forest
      • 2:2
      • Man. Yunayted
      • 01.11.2025 20:00
      • Brayton
      • 3:0
      • Lids
      • 01.11.2025 22:30
      • Tottenhem
      • 0:1
      • Chelsi
      • 02.11.2025 01:00
      • Liverpul
      • 2:0
      • Aston Villa
      • 02.11.2025 19:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Nyukasl
      • 02.11.2025 21:30
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Bornmut
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 27 58
2 Neftchi 26 57
3 Paxtakor 26 52
4 Dinamo 26 50
5 Bunyodkor 26 46
6 OKMK 27 41
7 Navbahor 27 38
8 Qizilqum 26 32
9 So‘g‘diyona 26 31
10 Andijon 26 29
11 Qo‘qon-1912 26 29
12 Surxon 26 28
13 Buxoro 27 25
14 Xorazm 27 24
15 Mash’al 26 23
16 Sho‘rtan 27 15

O'tgan o'yinlar.

27-тур Dinamo 3-1 Xorazm
27-тур Navbahor 0-0 Nasaf
27-тур Sho‘rtan 4-3 OKMK
27-тур Andijon 1-1 Buxoro

Navbatdagi o'yinlar.

02/11/25 Neftchi - Surxon
02/11/25 Mash’al - Qo‘qon-1912
02/11/25 So‘g‘diyona - Qizilqum
03/11/25 Paxtakor - Bunyodkor

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 8377 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2883 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Alisher Nikimbayev: «Ravshan Ermatov — O‘zbekistonning jahon chempionatiga chiqishiga eng katta hissa qo‘shgan shaxslardan biri»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Milliy terma jamoa / Rasmiy uchrashuvlar
Rukn: Intervyular
A A A

O‘zbekistonlik futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev “Dynamomania” bosh muharririga intervyu berib, bir qator mavzularda o‘z fikrini bildirib o‘tdi. Intervyuning so‘nggi qisimni e’tiboringizga havola etamiz (4-qism).

— Osiyoda klublarimiz deyarli hech qanday yutuqqa erisha olmayapti. Oxirgi Chempionlar Ligasida guruh bosqichidan ikkita jamoa chiqdi, lekin ikkalasi ham 1/8 finaldayoq musobaqani tark etdi. Bu yil ham “Paxtakor” 1/8 finalgacha yetib bordi, ammo “Al-Hilol” uni bir darbazalik o‘yinda mag‘lub etdi. Toshkentdagi uchrashuvda 1:0 hisobida g‘alaba qozonildi, lekin safarda 0:4 hisobida yutqazildi. Barchasi juda tez tugadi. Oxirgi marta klubimiz 1/4 finalgacha yetib borgani 2016 yilga to‘g‘ri keladi. Rostini aytsam, yaqin orada katta yutuqlar kutmayapman, ayniqsa Chempionlar Ligasi formati o‘zgarganini inobatga olsak. Hozirgi format Yevropadagi Chempionlar Ligasiga o‘xshaydi. Birgina farq – bu yerda jamoalar Sharq va G‘arbga ajratilgan: guruh bosqichida 12 jamoa qatnashadi, va keyingi bosqichga o‘tish uchun sakkiztalikka kirish kerak. Matematik jihatdan bu Yevropaga qaraganda ancha oson, chunki u yerda 36 jamoadan 24 tasi chiqadi. Lekin shu bilan birga “Paxtakor” oxirgi turdagina 1/8 finalga chiqishni uddaladi va aynan shu bosqichda ham musobaqani tark etdi. Bunday chiqishlar bo‘lishi mumkin, lekin 1/4 finalgacha yetib borish – juda noaniq. Ikkinchi darajali Chempionlar Ligasida nimadir bo‘lishi mumkin, ammo elita Chempionlar Ligasida yutuqlar kutmayapman. Chunki mamlakat chempionati darajasi tushib ketgan, bu faqat oliy liga emas, balki quyi divizionlarda ham yaqqol ko‘rinadi.

— Siz Qatardagi JCH-2022 Tashkiliy qo‘mitasi xodimi bo‘lgansiz. Bu tajriba siz uchun qanday bo‘ldi? Hozirdagi faoliyatingiz nimadan iborat? Tushunishimcha, klublar o‘rtasidagi jahon chempionati tashkiloti bilan shug‘ullanyapsiz, shundaymi?

— Bu – bebaho, juda foydali tajriba bo‘ldi. Karyeramda juda muhim bosqich edi. Shu tajribaning ortidan meni Argentinadagi yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga komissar sifatida tayinlashdi. O‘tgan yili O‘zbekistonda futzal bo‘yicha jahon chempionatida match-direktor bo‘ldim, u yerda Ukraina terma jamoasi bilan to‘qnash kelganimni ham eslayman. Hozir klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidaman – match-direktor sifatida Vashingtondaman. Ushbu shahardagi uchta o‘yinning futbol qismi uchun mas’ulman. Qizig‘i shundaki, bu uchala o‘yin ham qandaydir tarzda Osiyo jamoalari bilan bog‘liq. Masalan, menda “Al-Ayn” va “Al-Hilol” jamoalari o‘ynayapti.

— JCH-2010da o‘zbek hakami Ravshan Ermatovning nomi jahonga tanildi. U juda yuqori malakani namoyon etgan edi. Hozir u nima bilan shug‘ullanmoqda? Eshitishimcha, JCH-2026 va klublar o‘rtasidagi chempionatda ham o‘zbek hakamlari, jumladan Ilgiz Tantashev bosh hakam sifatida ishlaydi. Nima deb o‘ylaysiz, nega ukrain hakamlari shunday darajada ishlay olmayapti?

— Ermatov haqida aytadigan bo‘lsam, u O‘zbekistonning jahon chempionatiga chiqishiga eng katta hissa qo‘shgan shaxslardan biri. 2019 yildan buyon u O‘zbekiston futbol assosiasiyasi vise-prezidenti. Oxirgi olti yilda Federasiyada qabul qilingan barcha muhim qarorlar aynan u bilan bog‘liq. Olimpiya termasi, milliy terma jamoa yutuqlari – bularning hammasi Ermatovga borib taqaladi. Chunki u federasiyaning kundalik ishlari uchun mas’ul: kadrlar siyosati, Katanesni taklif etish, Kapadzeni tayinlash – bularning barchasi uning tashabbusidir. Olimpiya terma jamoasiga Kapadzening kelishi ham, terma jamoalarni moliyalashtirish, milliy tayyorlov markazi qurilishi, futzal bo‘yicha jahon chempionati – bularning hammasi uning nomi bilan bog‘liq.

Ermatov hakam sifatida jahon chempionatlarida ko‘p ishlagani tufayli OFK va FIFAda ham katta obro‘ga ega. U kelguniga qadar federasiyaning xalqaro aloqalari juda yomon holatda edi. OFK va FIFA O‘zbekistonga faqat diplomatik etiket uchungina munosabat bildirishardi, aslida esa, ularga manfiy munosabatda edilar. Ermatov kelgach, vaziyat tubdan o‘zgardi. Men shunchaki qandaydir imtiyozlar olyapmiz demoqchi emasman, lekin futzal bo‘yicha jahon chempionatini qabul qilish aynan uning xizmati.

Afsuski, Ermatov hakamlikni erta tugatib, funksionerlikka o‘tgani sababli, u hakam sifatida jahon chempionatlarida ishtirok etish bo‘yicha rekordchiga aylana olmadi. U uchta chempionatda ishlagan, shuncha ishlaganlar bor, ammo to‘rtta bo‘lganda – u yagona bo‘lardi.

Endi esa klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida Ilgiz Tantashev ishlaydi. U o‘tgan yili Olimpiadada ishtirok etdi, yarim finalni boshqardi, lekin o‘sha o‘yinda afsuski og‘ir jarohat oldi. Olti oy davolandi va, xudoga shukr, to‘liq tiklandi. FIFA unga ushbu chempionatda ishlash imkonini bergani – kelasi jahon chempionati uchun jiddiy arizadir. Umid qilamanki, 2026 yilda Ilgiz u yerda bo‘ladi.

Ukrain hakamlariga nima to‘siq bo‘lyapti? Avvalo o‘zbek hakamlariga nima yordam berayotganini tushunaylik. Ularning o‘z maqsadga intilishlari. Ermatov, Tantashev, Valentin Kovalenko – bular biron “tizim” mahsuli emas. Aksincha, ular ko‘proq Federasiyaga qarshi kurashishga majbur bo‘lgan. Hatto Tantashevning o‘zi ham. Hakamlar qo‘mitasidagi ichki muammolar tufayli u JCH-2022ga bormadi, garchi haqli bo‘lsa ham. Hozir vaziyat yaxshilanyapti, va umid qilamanki, bu muammolar o‘tmishda qoladi.

Undan kelib chiqib aytadigan bo‘lsam: ukrain hakamlariga nima to‘sqinlik qilayapti? Balki shaxsiy fazilatlar, yetilmagan maqsadga intilish. Sudya sifatida elitaga chiqish futbolchiga qaraganda osonroq, chunki futbolchiga jamoa kerak, hakam esa o‘z yordamchilari bilan mustaqil yuzaga chiqishi mumkin. Ular nima uchun chiqmayapti – aniq ayta olmayman, chunki shaxsan tanimayman, ammo shaxsiy fe’l-atvorlar o‘rtada. Ermatov, Tantashev, Kovalenko – har biri to‘siqlar orqali yo‘l ochgan.

— Biroz konspirologiya:  bir paytlar O‘zbekiston OFKdan chiqib, UYEFAga o‘tish imkoniga ega bo‘lgani haqiqatmi?

— O‘zbekiston 1992 yilning o‘zidayoq UYEFAga o‘tish imkoniga ega edi. Ammo o‘sha vaqtda barcha Markaziy Osiyo respublikalari ham OFK, ham UYEFAga ariza topshirdi. Shu sababli, ularni hech qayer qabul qilmadi: “Avvalo qayerda bo‘lishni xohlayotganingizni aniqlanglar”, deyildi. Va faqat 1993 yil dekabrida O‘zbekiston OFKga a’zo bo‘ldi. Qolganlar rasmiy o‘yinlarda ishtirok etib yurganida, biz futbolning chetida edik.

O‘zbekistonning UYEFAga o‘tishi haqida jiddiy mulohazalar bo‘lmagan. Va menimcha, hozir bunga imkoniyat ham yo‘q. Agar UYEFA O‘zbekiston uchun eshik ochsa, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikiston ham o‘tishni xohlaydi. Muxlislar bu haqda gapiradi, chunki Yevropa jamoalarini ko‘rishni istaydi. Yevropacha futbol bu yerda Osiyonikidan ancha mashhur. Shu bilan birga, Osiyoda bizga nisbatan muammoli munosabat bor degan fikr ham bor. Aniq bizga emas, balki ba’zi jamoalarga imtiyoz beriladi. Shuning uchun UYEFAda adolatli tizim bo‘ladi, ko‘proq mablag‘ bo‘ladi deb o‘ylashadi. Lekin bularning hammasi gap-so‘z darajasida qolayapti.

— Eng oxirida. O‘zbekistonda hozir iqtisodiy bum kuzatilayotgani aytilyapti. Ko‘plab ukrain tadbirkorlari ham O‘zbekistonda ishlamoqda, biznes muhit va infratuzilmaga yuqori baho bermoqda. Bu haqiqatmi? Bu futbol rivojiga qanchalik yordam beryapti? Yoki, aksincha, to‘sqinlik qilayaptimi?

— O‘zbekistonda iqtisodiy bum rostdan ham bor. Lekin bu futbolga hozircha unchalik ta’sir ko‘rsatmayapti. Agar xususiy klublar paydo bo‘lsa, shunda futbolga ta’siri seziladi. Lekin hozircha bunday klublar yo‘q. Faqat ayrim boy tadbirkorlar yordam beradi, ammo bu tizimli emas. Masalan, “Paxtakor”da Maksim Shaskix ishlagan paytda, u yerda boy tadbirkor klubga mablag‘ kiritgan, lekin uning maqomi aniq emas. U klubni xususiylashtirishga urungani bilan turli sabablar bilan ruxsat berilmadi. Shuning uchun, hozircha yordamni to‘xtatgan. Aniq aksiyalar ham unda yo‘q. Demak, futbol tizimi hozircha xususiy kapitalni qabul qilishga tayyor emas.

Misol uchun, translyasiya huquqlari deyarli hech narsa turmaydi. PFL 50 foiz darajada klublarning to‘lovlariga bog‘liq. Men Ukrainada bu hali qolganmi-yo‘qmi, bilmayman, lekin bizda chempionatda mukofot jamg‘armasi yo‘q, ammo klublar vznos to‘laydi. Shu bois, iqtisodiyot rivojlanayotgan bo‘lsa-da, xususiy investorlar hali futbolga kira olmayapti.

Manba: www.dynamomania.com
Kiritildi: 23:01, 14.06.2025. O'qildi: 1690 marta. Fikrlar: 15 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Jon Terri APL tarixida eng ko'p gol urgan himoyachi hisoblanadi - 39ta gol.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 18
2 Насаф Husayn Norchayev 14
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 14
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 10
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 ОКМК Xurshid G‘iyosov 9
7 Бунёдкор Luis Kachorri 8
8 Насаф Dragan Cheran 8
9 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
10 Бунёдкор Imeda Ashortia 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.