Bugun 8 aprel, 2026 yil, chorshanba.

  • La-liga
      • 07.04.2026 00:00
      • Jirona
      • 1:0
      • Vilyarreal
  • Superliga
      • 07.04.2026 17:00
      • Lokomotiv
      • 1:1
      • Xorazm
      • 07.04.2026 18:00
      • Mash’al
      • 0:1
      • Bunyodkor
      • 07.04.2026 19:15
      • Andijon
      • 0:1
      • Navbahor
      • 08.04.2026 18:00
      • Qo‘qon-1912
      • 1:1
      • Nasaf
      • 08.04.2026 19:00
      •   OKMK
      • 1:0
      • Surxon
      • 08.04.2026 20:15
      •   Dinamo
      • 0:0
      • So‘g‘diyona
      • 09.04.2026 19:00
      • Neftchi
      • -:-
      • Paxtakor
      • 09.04.2026 19:00
      • Buxoro
      • -:-
      • Qizilqum
  • ECHL
      • 07.04.2026 23:59
      • Real Madrid
      • 1:2
      • Bavariya
      • 07.04.2026 23:59
      • Sporting
      • 0:1
      • Arsenal
      • 08.04.2026 23:59
      • Barselona
      • -:-
      • Atletiko
      • 08.04.2026 23:59
      • PSJ
      • -:-
      • Liverpul
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 5 15
2 Bunyodkor 6 13
3 Paxtakor 5 12
4 Navbahor 6 12
5 Nasaf 6 11
6 Buxoro 5 10
7 Lokomotiv 6 8
8 Xorazm 6 8
9 Surxon 5 7
10 Andijon 6 6
11 Qo‘qon-1912 6 6
12 Qizilqum 5 6
13 Dinamo 5 4
14 OKMK 5 4
15 So‘g‘diyona 5 2
16 Mash’al 6 0

O'tgan o'yinlar.

6-тур Lokomotiv 1-1 Xorazm
6-тур Mash’al 0-1 Bunyodkor
6-тур Andijon 0-1 Navbahor
6-тур Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
6-тур OKMK - Surxon
6-тур Dinamo - So‘g‘diyona

Navbatdagi o'yinlar.

08/04/26 OKMK - Surxon
08/04/26 Dinamo - So‘g‘diyona
09/04/26 Neftchi - Paxtakor
09/04/26 Buxoro - Qizilqum

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi katta qiyinchilik bilan Osiyo kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Ayollar t.j. / Ayollar milliy t.j
Rukn: Yangiliklar
A A A

Osiyo kubogi saralash bosqichidan o‘rin olgan "F" guurhi o‘yinlari Toshkentda bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston ayollar terma jamoasi bugun Nepalga qarshi hal qiluvchi bahsni o‘tkazdi.

Har ikki jamoa dastlabki 2 ta turda o‘z raqiblarini yirik hisobda mag‘lub etgan bo‘lib, to‘plar farqi ham bir xil edi — 17-0.

Vakillarimiz muhim o‘yinni juda yaxshi boshlashdi va 10-daqiqaga kelib 2 ta to‘p farqi bilan oldinga o‘tib olishdi. 24-daqiqada esa raqibning olis masofadan yo‘llagan uncha kuchli bo‘lmagan zarbasini darvozabonimiz Jonimqulova qayta olmadi. 39-daqiqada Maftuna Shoyimova penaltidan unumli foydalanib, hisobdagi farqni yana ikkitaga oshirdi.

Ammo birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda biz uchun yoqimli hodisa ro‘y berdi. Nozimaxon Ergasheva ikkinchi sariq kartochkani olib maydonni tark etdi.

Nepalliklar 70 va 71-daqiqalarda ikkita gol urib, hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lishdi. Qizlarimiz qolgan daqiqalarda durangni saqlab qolishdi. Natijada, reglamentga ko‘ra, ko‘rsatkichlari bir xil bo‘lib qolgan ikki jamoa so‘nggi turda o‘zaro to‘qnash kelgani uchun penaltilar seriyasida yo‘llanmasi sohibi aniqlandi. Unda omad O‘zbekiston tomonida bo‘ldi. Nepallik birinchi futbolchi darvozasi ustunini nishonga olgan bo‘lsa, so‘nggi zarbani Jonimqulova qaytardi. Bizning 4 o‘yinchi esa zarbani golga aylantirdi. Penaltilar seriyasi — 4:3.

Shu tariqa, O‘zbekiston ayollar terma jamoasi 23 yillik tanaffusdan so‘ng Osiyo kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Osiyo kubogi saralash. "F" guruhi, 3-tur
O‘ZBEKISTON - NEPAL - 3:3 (asosiy vaqt)
Gollar: Diyoraxon Habibullayeva (3), Lyudmila Karachik (10), Maftuna Shoyimova (39) — Sabitra Bhandari (24, 71)
Chetlatish: Nozimaxon Ergasheva (45+4)
Penaltilar seriyasi — 4:3

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:04, 05.07.2025. O'qildi: 1796 marta. Fikrlar: 5 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Нефтчи Stipe Perisa 4
2 Пахтакор Doston Hamdamov 3
3 Нефтчи Alisher Odilov 3
4 Нефтчи Zoran Marushich 3
5 Сурхон Chinedu Stefan 3
6 Бухоро Shahzodbek Ubaydullayev 2
7 ОКМК Abror Karimov 2
8 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 2
9 Қизилқум Jambuli Jigauri 2
10 Пахтакор Piotr Pajishek 2

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик