Bugun 20 aprel, 2026 yil, dushanba.

  • APL
      • 19.04.2026 00:00
      • Chelsi
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 19.04.2026 18:00
      • Everton
      • -:-
      • Liverpul
      • 19.04.2026 18:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Sanderlend
      • 19.04.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Byornli
      • 19.04.2026 20:30
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Arsenal
      • 21.04.2026 00:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Vest Xem
      • 22.04.2026 00:00
      • Brayton
      • -:-
      • Chelsi
  • «A» Seriya
      • 19.04.2026 15:30
      • Cremonese
      • -:-
      • Torino
      • 19.04.2026 18:00
      • Verona
      • -:-
      • Milan
      • 19.04.2026 21:00
      • Piza
      • -:-
      • Jenoa
      • 19.04.2026 23:45
      • Yuventus
      • -:-
      • Bolonya
      • 20.04.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Fiorentina
  • Superliga
      • 19.04.2026 16:00
      • So‘g‘diyona
      • 2:3
      • Bunyodkor
      • 19.04.2026 18:15
      • Qo‘qon-1912
      • 0:0
      • Andijon
  • La-liga
      • 21.04.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Osasuna
      • 21.04.2026 22:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Valensiya
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 33 70
2 Manchester Siti 32 67
3 Man. Yunayted 33 58
4 Aston Villa 33 58
5 Liverpul 33 55
6 Chelsi 33 48
7 Brentford 33 48
8 Bornmut 33 48
9 Brayton 33 47
10 Everton 33 47
11 Sanderlend 33 46
12 Fulhem 33 45
13 Kristal Pelas 31 42
14 Nyukasl 33 42
15 Lids 33 39
16 Nottingem Forest 33 36
17 Vest Xem 32 32
18 Tottenhem 33 31
19 Byornli 33 20
20 Vulverhempton 33 17

O'tgan o'yinlar.

31-тур Vulverhempton 2-2 Arsenal
31-тур Bornmut 2-2 Man. Yunayted
31-тур Brayton 2-1 Liverpul
31-тур Fulhem 3-1 Byornli
31-тур Everton 3-0 Chelsi
31-тур Lids 0-0 Brentford
31-тур Nyukasl 1-2 Sanderlend
31-тур Aston Villa 2-0 Vest Xem
31-тур Tottenhem 0-3 Nottingem Forest

Navbatdagi o'yinlar.

21/03/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Jonatan Devid: «Ishonchni oqlashga tayyorman»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

O‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, Fransiyaning «Lill» klubi tarixidagi uchinchi eng yaxshi to‘purarga aylangan Jonatan Devid 4 iyul kuni «Yuventus» bilan 5 yillik shartnoma tuzish asnosida «A» seriyaga yuzlandi. Tabiiyki, Kanada milliy jamoasi goleadorlari ro‘yxatini boshqarib turgan 25 yoshli hujumchi «keksa sinyora» tarkibida ham yuqori samaradorlik namoyish etishni ko‘zlamoqda. Devid yangi mavsum oldidan Turin klubi rasmiy saytiga bergan intervyusida bu xususda alohida to‘xtaldi.

— Avvalo, «Yuventus»dagi ilk kunlar qanday o‘tgani haqida gapirib bersangiz...

— «Yuventus»dek yirik klubning bir qismiga aylanish — katta sharaf, albatta. «Keksa sinyora» safiga qo‘shilishim bilan zimmamga katta mas’uliyat yuklanganini yaxshi tushunib turibman. Zero, «Yuve» tarixining o‘zi istalgan futbolchini oq-qora tusli libosga munosib o‘ynashga undaydi. Taassurotlarga kelsak, kutganimdek, Turindagi birinchi hafta juda zo‘r o‘tdi. Asosiysi, yangi klubdoshlarim bu yerdagi muhitga tezroq ko‘nikishim uchun qo‘ldan kelganicha yordam berishdi. Xullas, hozir hammasi joyida.

— «Yuve» taklifini qabul qilishdan oldin jamoa tarkibidagi amerikalik futbolchilar bilan gaplashish imkoni bo‘ldimi?

— Ha, lekin avvalo, klub rahbariyati vakillari bilan fikr almashdik. Shundan so‘ng amerikalik yigitlardan ba’zi narsalarni so‘radim. Ular Italiya futbolida bemalol o‘z o‘rnimni topa olishimga ishontirishdi. Shu asnoda Turin klubidagi istiqbolim yuzasidan hech qanday shubha qolmadi. Aslida o‘zimda ham «Yuventus» libosini kiyish ishtiyoqi juda yuqori edi.

— Mana, jamoa bosh murabbiyi Igor Tudor bilan ham yaqindan tanishib oldingiz. Ilk taassurotlar qanday?

— Tudor dastlabki o‘zaro suhbat chog‘iyoq maqsad va rejalarimga qiziqdi. Shuningdek, markaziy hujumchi sifatida asosiy vazifam gol urish ekanligini aytdi, o‘yin davomida nimalarga ko‘proq e’tibor qaratishim kerakligini tushuntirdi. Ko‘rinib turibdi, bu mutaxassis «Yuve»ni yuqori marralar sari yetaklay oladi.

— Ko‘pchilik «A» seriyada ham to‘purarlik qobiliyatingizni namoyish eta olishingizga ishonmoqda...

— Italiya chempionatida taktika va himoyaviy o‘yinga katta e’tibor qaratilishini yaxshi bilaman. Tabiiyki, har joyda o‘ziga yarasha murakkabliklari bor. O‘ylaymanki, tinimsiz mehnat va izlanish natijasida barchasiga yechim topish mumkin. Qisqasi, «A» seriyada ham nimalarga qodirligimni ko‘rsatishga tayyorman.

— «Yuventus» tarixiga nazar solib, sizni chinakamiga hayratga solgan qaysidir futbolchini ayta olasizmi?

— «Yuventus» — dunyo futboliga ko‘plab afsonalarni taqdim etgan buyuk klub. Masalan, Dibala, Del Pyero, Trezege... Xullas, meni hayratga solgan katta futbolchilar shu qadar ko‘pki, hozir kimnidir alohida ajratib ko‘rsatishim qiyin.

— Aytingchi, nega APL emas, aynan «A» seriyani tanladingiz?

— Yana bir bora ta’kidlayman, har bir chempionatda o‘ziga yarasha joziba, raqobat va qiyinchilik mujassam. Jumladan, Italiya ligasi ham ko‘plab futbolchilar o‘ynashni orzu qiladigan sifatli birinchilikdir. Tanlovimga to‘xtalsam, men bolalikdan muxlislik qilgan klublar qatorida «Yuventus» ham bor edi. Oddiy aytganda, «keksa sinyo­ra» libosini kiyish orzusi meni «A» seriya sari yetakladi.

— Bolalik haqida gap ochilgan ekan, o‘sha vaqt aynan qaysi futbolchilarga havas bilan qaraganingizni eslasak...

— Bilasizmi, futbol sir-asrorlarini endigina tushuna boshlaganimda, Didye Drogba va Samuel Eto'Oning maydondagi harakatlarini ko‘rib, shunchaki, qoyil qolardim. Ular maydonda mislsiz ishtiyoq bilan to‘p surishardiki, o‘yinlarini tomosha qilgan odam chinakamiga zavqlanardi.

— To‘purarlik mahoratingiz mehnat va mashg‘ulotlar hosilasimi yoki Yaratgan tomonidan berilgan iste’dod?

— Barcha futbolchilar kabi bolaligimdan o‘zimni qaysi pozisiyada qulay his qilsam, o‘sha nuqtada bor salohiyatimni ishga solish va o‘yinimni doimiy ravishda takomillashtirib borishga zo‘r berganman. O‘ylashimcha, shu kungacha erishgan muvaffaqiyatlarim faqatgina mehnat mahsuli emas, balki ishga nisbatan professional yondashuv, intilish va e’tiqod uyg‘unligi samarasidir.

— Qiziq, «Yuventus»da nega aynan 30-raqamni oldingiz?

— Futbolchi sifatida kamol topib, hozirgi darajaga ko‘tarilishimda otamning xizmati beqiyos. Uning doimiy e’tibori va qo‘llab-quvvatlashisiz hech nimaga erisholmasdim. Xullas, kamolotim yo‘lida sabr-toqat bilan mehnat qilganiga minnatdorchilik ifodasi o‘laroq, libosimda otamning tug‘ilgan sanasini aks ettirishni xohladim. Umuman, 30-raqam men uchun nihoyatda muhim timsol hisoblanadi.

— Sizningcha, «Yuventus» yaqin orada avvalgi mevqeini tiklay oladimi?

— Har bir mavsumning o‘z sarguzashtlari va raqobati bo‘lishi kabi navbatdagisi ham kutilmagan voqeliklar, turli sinovlarga boy o‘tishiga zarracha shubha yo‘q. Muhimi, futbolchi hamisha marraga birinchi bo‘lib yetib borish uchun intilishi kerak. Bilaman, «A» seriya — murakkab liga, lekin yetakchilikni qo‘lga olish imkonsiz vazifa emas. Albatta, biz ham bunga astoydil harakat qilamiz.

— Eshitishimizcha, sizga «muz odam» laqabini ham berishgan ekan. Buning qandaydir sababi bormi?

— Ha, tabiatimga juda mos keladigan laqab. Chunki maydonda o‘ta sovuqqon odamga aylanaman. Shu asnoda eng hayajonli daqiqalarda ham diqqatni jamlash va hujumlarni samarali yakunlashga intilaman.

— Jamoada mavjud raqobat yuzasidan nima deysiz? O‘zingizni boshlan­g‘ich tarkib futbolchisi sifatida ko‘ryapsizmi?

— «Yuventus»da hech kimga asosiy tarkibdan joy kafolatlangan emas. Jumladan, men ham barcha o‘yinlarda boshlang‘ich tarkibga kiritilishimni kutmayman. Lekin har bir imkoniyatdan maksimal darajada foydalanish uchun bor salohiyatimni ishga solaman. Albatta, raqobatga tayyorman va barcha hujumchilar kabi gol urishni xush ko‘raman. Zero, gollar va g‘alabalar yonma-yon yuradi.

— «Yuventus» «Oltin to‘p» sovriniga da’vogarlik qilishingizga yordam bera oladimi?

— To‘xtang, bu mukofot haqida gapirishga hali erta. To‘g‘ri, menda ham «Oltin to‘p»­ni yutish orzusi borligini yashirmayman. Aslida aynan shu maqsadda katta ambisiyalarga ega jamoani tanladim va «Yuventus»da dunyoning eng yaxshi to‘purarlaridan biriga aylanish asnosida vaqti kelib, mazkur sovrin laurea­ti bo‘lishni istayman.

— Psixologik jihatdan katta sarguzashtlarga tayyormisiz?

— Albatta. Axir aynan shuning uchun «Yuventus»daman.  Bu yerda mendan nima kutishayotganini yaxshi bilaman va ishonchni oqlashga tayyorman.

XURSHIDBEK tayyorladi

Manba: Интерфутбол газетаси
Kiritildi: 07:33, 25.08.2025. O'qildi: 756 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Real”ning tirik afsonasi Raul Evropa Chempionlar ligasining ketma-ket 14 ta mavsumida gol ura olgan yagona futbolchi sanaladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 23
2 Брентфорд Igor Tiago 21
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
4 Челси Joao Pedro 14
5 Брайтон Denni Uelbek 13
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 12
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 12
8 Астон Вилла Olli Uotkins 11
9 Ливерпуль Yugo Ekitike 11
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик