Shaxmat bo‘yicha jahon kubogi musobaqasi Hindistonning Goa shahrida 31-oktyabrda boshlanadi.
Unda 206 nafar sportchi ishtirok etadi. Reytingda eng yuqori 128 pog‘onani band etgan shaxmatchilar turnirni 1/64 bosqichdan boshlaydi. 78 nafar sportchi esa turnirga ilk saralash bosqichidan kirishadi.
Jahon kubogida 5 nafar o‘zbekistonlik shaxmatchi qatnashadi. Vakillarimizning 3 nafari 1/64 final bosqichidan bahslarga qo‘shilsa, ikki shaxmatchimiz ilk saralash bosqichida ishtirok etadi.
O‘zbekiston vakillari va start juftliklari:
Nodirbek Abdusattorov (O‘zbekiston) — 1/64dan. Raqib: Diyego Flores (Argentina) – Denis Maxnev (Qozog‘iston) juftligi g‘olibi.
Javohir Sindarov (O‘zbekiston) — 1/64dan boshlaydi. Raqib: Nikita Petrov (Rusiya) – Kirk G‘azaryan (AQSH) juftligi g‘olibi.
Nodirbek Yakubboyev (O‘zbekiston) — 1/64dan boshlaydi. Raqib: Niklas Xushenbet (Germaniya) – Bilel Bellaxsen (Jazoir) juftligi g‘olibi.
Muhammadzohid Suyarov (O‘zbekiston) — 1/128dan boshlaydi. Raqib esa 2024-yilgi nomzodlar turniri ishtirokchisi Nijat Abbasov (Ozarbayjon).
Shamsiddin Vohidov (O‘zbekiston) — 1/128dan boshlaydi. Raqib — Jaloliddin Ilhomiy (Afg‘oniston).