O‘zbekiston futzal terma jamoasi Toshkentda Qozog‘iston bilan o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.
“Yunusobod” sport majmuasida bo‘lib o‘tgan bellashuv 2:1 hisobida O‘zbekiston foydasiga yakunlandi. Birinchi bo‘limda xujumchi Xayrulla Solixov 13-daqiqada hisobni ochib, mezbonlarni oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘lim boshida, 21-daqiqada Aleksandr Deryabin hisobni tenglashtirdi.
29-daqiqada esa Elbek To‘lqinov darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib, aniq zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi. Ushbu gol O‘zbekistonga g‘alaba keltirdi.
Jamoalar o‘rtasida 18 oktyabr kuni yana bir uchrashuv o‘tkaziladi. Bu o‘yin yopiq eshiklar ortida o‘tkazilishi reja qilingan.
Futzal. O‘rtoqlik o‘yini
O‘ZBEKISTON - QOZOG‘ISTON - 2:1
Gollar: Xayrulla Solixov (13), Elbek To‘lqinov (29) — Aleksandr Deryabin (21)
O‘zbekiston: Ibrohimov, Ropiyev, Hamroyev, Faxriddinov, To‘lqinov — Miraliyev, Solixov, Odilov, Sodiyev, Berkinov, Ahmedzyanov, Ahadjonov, Xusanboyev, Umurov.
Qozog‘iston: Utepbergenov, Daribay, Dos Santos, Akbalikov, Orazov — Galixanov, Valiullin, Abdumanapuli, Bisembayuli, Bolekbayev, Piyali, O‘mirzaqov, Baqtiyarov, Maraxov, Malibekov, Deryabin.