Bugun 13 iyun, 2026 yil, shanba.

  • JAHON CHEMPIONATI
      • 12.06.2026 07:00
      • Janubiy Koreya
      • 2:1
      • Chexiya
      • 12.06.2026 23:59
      • Kanada
      • 1:1
      • Bosniya-Gertsegovina
      • 13.06.2026 06:00
      • AQSh
      • 4:1
      • Paragvay
      • 13.06.2026 23:59
      • Qatar
      • -:-
      • Shveysariya
      • 14.06.2026 03:00
      • Braziliya
      • -:-
      • Marokash
      • 14.06.2026 06:00
      • Gaiti
      • -:-
      • Shotlandiya
      • 14.06.2026 09:00
      • Avstraliya
      • -:-
      • Turkiya
      • 14.06.2026 22:00
      • Germaniya
      • -:-
      • Kyurasao
«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Meksika 1 3
2 Janubiy Koreya 1 3
3 Chexiya 1 0
4 JAR 1 0

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Bosniya-Gertsegovina 1 1
2 Kanada 1 1
3 Qatar 0 0
4 Shveysariya 0 0

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 Braziliya 0 0
2 Gaiti 0 0
3 Marokash 0 0
4 Shotlandiya 0 0

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 AQSh 1 3
2 Avstraliya 0 0
3 Turkiya 0 0
4 Paragvay 1 0

E - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ekvador 0 0
2 Germaniya 0 0
3 Kot-d'Ivuar 0 0
4 Kyurasao 0 0

F - Guruhi

Jamoa O' O
1 Niderlandiya 0 0
2 Shvesiya 0 0
3 Tunis 0 0
4 Yaponiya 0 0

G - Guruhi

Jamoa O' O
1 Belgiya 0 0
2 Eron 0 0
3 Misr 0 0
4 Yangi Zelandiya 0 0

H - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ispaniya 0 0
2 Kabo-Verde 0 0
3 Saudiya Arabistoni 0 0
4 Urugvay 0 0

I - Guruhi

Jamoa O' O
1 Fransiya 0 0
2 Iroq 0 0
3 Norvegiya 0 0
4 Senegal 0 0

J - Guruhi

Jamoa O' O
1 Argentina 0 0
2 Avstriya 0 0
3 Iordaniya 0 0
4 Jazoir 0 0

K - Guruhi

Jamoa O' O
1 Kolumbiya 0 0
2 Kongo DR 0 0
3 O‘zbekiston 0 0
4 Portugaliya 0 0

L - Guruhi

Jamoa O' O
1 Angliya 0 0
2 Gana 0 0
3 Panama 0 0
4 Xorvatiya 0 0

O'tgan o'yinlar.

1-тур Meksika 2-0 JAR
1-тур Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
1-тур Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
1-тур AQSh 4-1 Paragvay

Navbatdagi o'yinlar.

13/06/26 Qatar - Shveysariya
14/06/26 Braziliya - Marokash
14/06/26 Gaiti - Shotlandiya
14/06/26 Avstraliya - Turkiya
14/06/26 Germaniya - Kyurasao
15/06/26 Niderlandiya - Yaponiya
15/06/26 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06/26 Shvesiya - Tunis
15/06/26 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06/26 Belgiya - Misr
16/06/26 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06/26 Eron - Yangi Zelandiya
16/06/26 Fransiya - Senegal
17/06/26 Iroq - Norvegiya
17/06/26 Argentina - Jazoir
17/06/26 Avstriya - Iordaniya
17/06/26 Portugaliya - Kongo DR
18/06/26 Angliya - Xorvatiya
18/06/26 Gana - Panama
18/06/26 O‘zbekiston - Kolumbiya

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Vadim Abramov: «Shahar bayramida g‘alaba shart edi»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Matbuot anjumanlari
Rukn: Yangiliklar
A A A

«Dinamo» - «Buxoro» (4:1) uchrashuvidan keyin Samarqand jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etib, jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

O‘yin va superkambek haqida
- O‘yinni yomon boshlamagandik, ilk daqiqalardayoq yaxshi vaziyatdan foydalana olmadik. Keyin esa raqib kutilmaganda ilk vaziyatidan foydalanib ketdi. Biz raqib autdan to‘pni jarima maydoniga uloqtirib, bo‘ydor o‘yinchilari evaziga vaziyat yaratishini bilardik, yigitlarga aytgandik, ammo tushunarsiz tarzda gol o‘tkazdik. Goldan keyin esa o‘yinni tashkil etishda noto‘g‘ri o‘ynadik. Birinchi bo‘limdagi o‘yinimizdan qoniqmadim. Ikkinchi bo‘limda esa o‘zgara oldik va jamoamdan minnatdorman. To‘pni o‘zimizda saqlab, hujumkor o‘ynadik. Samarqand shahar bayram kunida stadionga kelgan minglab muxlislarimizni xursand etishimiz shart edi. Ularga ham tomoshabop o‘yinimiz yoqdi deb o‘ylayman.

«Buxoro»ning zich himoyasi va bo‘ydor o‘yinchilari haqida
- «Buxoro»ning o‘yini kuchli va bo‘ydor o‘yinchilar ustida qurilgan, standart vaziyatlar ularning asosiy quroli ekanini bilardik. Ikkinchi bo‘limda o‘zgarishlarga qo‘l urdik va hisobni tenglashtirganimizdan keyin jamoamiz raqib himoyasini buza oldi. Ehtimol, ungacha milliy jamoa bosh murabbiyi o‘yinga kelgani ham futbolchilarga boshida ta’sir qilgandir, sababi bunday paytda jamoaviy o‘yin emas, o‘yinchilar o‘zlarini ko‘proq ko‘rsatishga urinishadi. Balki, FIFA kunlari sabab uzoq muddat rasmiy o‘yin amaliyotisiz qolganimiz ham ta’sir qilgandir, misol uchun Jahongir O‘rozov ancha vaqt jamoamizda bo‘lmagani, uzoq safarga xuddi sayyohdek borib kelgani, unga o‘yin amaliyoti yetishmagani birinchi bo‘limda sezildi. 6 kundan keyin yana o‘yin, umid qilamanki tezroq tiklanib, tayyor bo‘lamiz.

Firdavs Abdurahmonovning dubli va o‘sishi haqida
- U o‘yini bilan yoshlar jamoasiga chaqirildi va gol urgandi. Bugungi o‘yini ham xursand qiladi. Uning imkoniyatini bilaman, turli nuqtalarda sinab ko‘raman. Samarqandlik yosh o‘yinchi sifatida undagi o‘sish xursand qiladi, u ishlashdan to‘xtamasligi va yuqori saviyali o‘yinchi darajasiga o‘sishi kerak. Tarkibda samarqandlik yosh o‘yinchilar ko‘payishi ustida ishlashda davom etamiz.

Hojimirzayevning goli va nuqtasiga qaytgani haqida
- Tarkibdagi jarohatlar sababli Hojimirzayevni o‘z nuqtasida emas, yaqqol hujumchi sifatida o‘ynatishga majbur edik. Raqiblar esa buni yaxshi o‘rganib olib, har safar Anvarning o‘zi 3-4 nafar himoyachiga qarshi o‘ynashiga to‘g‘ri kelardi. Bunday vaziyatda uning o‘ziga katta og‘irlik tushardi. Bugun Hoshimov maydonga qaytgach, Hojimirzayev o‘zini yaxshi his etadigan, o‘zi uchun samarali bo‘lgan nuqtasiga qaytdi va ajoyib gol urdi. Umid qilamanki, bu milliy jamoa bosh murabbiyiga ham yoqdi, har holda bunday golni mashg‘ulotda urish boshqa, o‘yinda, milliy jamoa murabbiyi kuzatayotganda urish boshqa narsa. Bu gol unga milliy jamoa safidan o‘rin olishiga yordam berishiga umid qilaman.

Stanoyevichning supergoli va o‘yinni o‘zgartirgani haqida
- Marko – tajribali o‘yinchi, uni yaxshi bilamiz, imkoniyatlaridan xabardormiz. U zaxiradan tushdi va katta tajribaga ega o‘z ishining ustasi mana shunday harakat qilishi kerak. U o‘yini bilan bizga katta yordam berdi, undan minnatdorman. Bugun uning ob-havosi bo‘ldi.

Hoshimov va Mirahmadovning qaytishi haqida
- Ulug‘bek Hoshimov uzoq muddat bizga yordam bera olmadi va mashg‘ulotlar jarayonida uning hali to‘liq kirisha olmayotgani seziladi, ya’ni qo‘rquv bordek, hali o‘zini ehtiyot qilishga urinmoqda. Shu bois hali uni ilk daqiqalardanoq tushirmagandik. Vaziyat shuni taqozo etgach, Anvarni qanotga olib, uni markazga qo‘ydik. Umid qilamanki, Ulug‘bek yana jarohat olib qolmaslik haqida o‘ylamaydi, chunki bungacha u tekis joyda ikki bor jarohat olgandi, shunga o‘zini ehtiyot qilishga urinayotgandi. Mirahmadov ham jarohatdan qaytgach, hali o‘zini ehtiyot qilishga harakat qilayotgani mashg‘ulotlarda ko‘rinyapti. Ya’ni, har ikki hujumchimiz ruhiy jihatdan tayyor emas. Bu o‘tkinchi holat. Bu borada ularga yordam beramiz va maydonga tushiramiz.

Jahongir Abdusalomovning tarkibda yo‘qligi haqida
- Fikringizga qo‘shilaman, 1-bo‘limda Abdusalomovning yo‘qligi bilindi. Chunki, bungacha hujumkor markazdagi o‘yinimiz u orqali qurilardi. Birinchi bo‘limda yigitlar uni izlagandek bo‘lishdi. Markazdagi uch burchak – Ratinyo, Pletnyov va Abdusalomov kombinasiyamiz buzilgandek edi. Shu bois ham hujumlarni noto‘g‘ri tashkil qildik. «Surxon» bilan o‘yinda gol urganidan keyin olgan jarohati sabab uni taxminan 20 kun kutishga majbur edik. U tez orada mashg‘ulotlarga qaytishiga umid qilaman, - dedi Vadim Karlenovich o‘yindan keyingi matbuot anjumanida.

Manba: "Динамо" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 13:32, 19.10.2025. O'qildi: 1007 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 АҚШ Folarin Balogan 2
2 Мексика Xulian Kinyones 1
3 Мексика Santyago Ximenes 1
4 Босния-Герцеговина Yovo Lukich 1
5 Чехия Ladislav Kreychi 1
6 Жанубий Корея Hvang In-Bom 1
7 Жанубий Корея Oh Hyon-Gyu 1
8 АҚШ Jovanni Reyna 1
9 Парагвай Maurisio 1
10 Канада Kayl Larin 1

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик