"Atalanta"ning sobiq hujumchisi Mateo Retegi faoliyatini Yevropada davom ettirishi mumkin edi. Iyul oyida 26 yoshli futbolchini Saudiya Arabistonining "Al-Qodisiya" klubi 68 mln yevrodan ko‘proq mablag‘ evaziga transfer qildi. Hujumchi "Milan"ga o‘tishi mumkinligini tan oldi.
"Milan" xizmatlarimdan manfaatdor edi. Biz muzokaralar o‘tkazdik, ammo "Al-Qodisiya"da meni ko‘proq o‘z safiga qo‘shib olishni istashdi," - deya Italiya terma jamoasi futbolchisining so‘zlarini keltiradi jurnalist Nikolo Skira.
Mateo Retegi A Seriyaning o‘tgan mavsumida eng ko‘p gol urgan futbolchiga aylandi. Italiyalik futbolchi hozirgi jamoasi safida 6 ta o‘yinda 3 ta gol urdi, uning amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.