Madridning "Real" klubi qishki transferlar davrida hujumchi Gonsalo Garsiya bo‘yicha ko‘plab takliflarga ega bo‘lishi mumkin.
Yozda futbolchi "qaymoqranglilar" safida o‘ynashni davom ettirishga qaror qildi, garchi u asosiy tarkibga da’vogarlik qila olmasligini tushunsa ham. Jurnalist Ekrem Konurning yozishicha, "qirollik klubi"ning 21 yoshli tarbiyalanuvchisi hamon bozorda xaridorgir: unga Italiyaning "Milan" va "Napoli", Angliyaning "Vest Xem", "Aston Villa" va "Fulxem," Ispaniyaning "Sevilya" klublari qiziqish bildirmoqda.
Taxminlarga ko‘ra, da’vogarlar istiqbolli hujumchi uchun taxminan 20-25 million yevro berishga tayyor, ammo "Real" futbolchini sotishni istamayapti.