Bugun 18 may, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • 1:0
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • 1:2
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • 0:2
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • 0:3
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • 2:0
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • 1:1
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • 0:1
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • 2:1
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • 2:3
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • 0:1
      • Cremonese
  • APL
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • 3:2
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • 1:3
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • 2:2
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • 1:0
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • 1:1
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • 3:1
      • Vest Xem
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Byornli
      • 19.05.2026 23:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • 2:0
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • 1:0
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • 1:2
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • 1:1
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • 1:0
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • 2:0
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • 3:4
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • 0:1
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • 0:1
      • Alaves
      • 18.05.2026 00:15
      • Barselona
      • 3:1
      • Betis
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Yil sarhisobi: O‘zbek futbolining 2025 yildagi eng muhim yutuqlari — top-7

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

2025 yil O‘zbekiston futboli tarixida chinakam «oltin davr» sifatida muhrlandi. Mamlakatimizning barcha yoshdagi terma jamoalari va futbolchilari xalqaro maydonda ulkan muvaffaqiyatlarga erishib, millionlab muxlislarga quvonch bag‘ishladilar. Ayni shu yilda milliy terma jamoaning o‘yinlaridan ko‘ngli to‘lmay, futboldan ko‘ngli sovigan insonlar yana futbolga qaytgan bo‘lsa, ajab emas. Bir yilning o‘zidan bir necha yillarga arzigulik xotiralar qoldi. Mazkur maqolada Anhor.uz talqiniga ko‘ra, yakunlanayotgan yilning o‘zbek futboli uchun eng muhim yettita yutug‘i hikoya qilinadi.

7-o‘rin: “Al Ain Cup” kubogidagi g‘alaba

Birlashgan Arab Amirliklarida Eron, Kabo-Verde, O‘zbekiston va Misr terma jamoalari ishtirok etgan xalqaro turnirining final o‘yinida O‘zbekiston Eronni mag‘lub qilib, musobaqa g‘olibiga aylandi.

O‘yinning birinchi bo‘limida vakillarimizda imkoniyatlar bo‘ldi, ammo futbolchilarimiz undan foydalana olmadi. Ikkinchi bo‘limning 70-daqiqasida Abduqodir Husanov Abdulla Abdullayevning ishonchsiz uzatmasidan so‘ng raqib o‘yinchisini keskin to‘xtatishga majbur bo‘ldi va qizil kartochka olib, maydondan chetlatildi. Shundan so‘ng, o‘yin butunlay Eron jamoasi nazorati ostida yakunlandi. Shu tariqa, asosiy bo‘limlarda hisob ochilmagach, bahs g‘olibi nomi penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda O‘zbekiston milliy jamoasi Abduvohid Nematovning ishonchli harakatlari sabab, “Al Ain Cup” turnirining g‘olibiga aylandi.

6-o‘rin: CAFA Nations Cup-2025 g‘olibligi

Sentyabr oyida Toshkent va Dushanbe mezbonlik qilgan CAFA Nations Cup-2025 kubogida O‘zbekiston milliy terma jamoasi zafar quchdi. 8 sentyabr kuni Toshkentdagi yangi qurilgan olimpiya shaharchasida qad rostlagan «Olimpiya» stadionida CAFA Nations Cup-2025nig final o‘yinida O‘zbekiston va Eron milliy terma jamoalari yana bir bor o‘zaro ro‘baro‘ kelishdi. Yakunda vakillarimizning qo‘li baland kelib, kichik, 1:0 hisobida zafar quchishdi. Bu natija o‘laroq jamoamiz musobaqa chempioniga aylandi.

O‘yindagi ilk muhim epizod 5-daqiqada Eron terma jamoasi o‘yinchisining qizil kartochka olib, o‘yinni tark etishidan boshlandi. Shu vaziyatdan boshlab, o‘yin yakuniga qadar Eron maydonda bir kishi kam bo‘lib harakatlandi. Shunday bo‘lishiga qaramay forslar jamoasi o‘yinning asosiy vaqtida durang natija qayd eta oldi. Faqatgina qo‘shimcha bo‘limlarning so‘nggi daqiqalarida “fors devori O‘zbekistonning hujumlariga dosh berolmay quladi”. O‘zbekiston tarkibidan yagona kiritilgan golga Hojiakbar Alijonov mualliflik qildi.

5-o‘rin: Eldor Shomurodovning Turkiyadagi renessansi

Milliy terma jamoa sardori Eldor Shomurodov «Istanbul Bashakshehir» safida o‘zining ikkinchi yoshligini o‘tkazmoqda. Iyul oyi avvalida «Istanbul Bashakshehir» Eldor Shomurodov transferini e’lon qildi. Ijara qiymati — 3 mln yevro.

Istanbul jamoasi o‘zbekistonlik futbolchini 2,7 mln yevro evaziga sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, shartnomada Shomurodovning keyinchalik sotuvidan rimliklar 10 foiz ulushga ega bo‘lishi ko‘zda tutildi. Eldor bunga qadar o‘tgan mavsumda A Seriyada 27 ta o‘yinda 4 ta gol urgan va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgandi.

25 dekabr kuni Turkiya Superligasi birinchi davrasining ramziy jamoasi e’lon qilindi va unga «Bashakshehir» klubi va O‘zbekiston milliy jamoasi sardori Eldor Shomurodov ham kiritildi. 30 yoshli hujumchi joriy mavsum Superliga doirasida 12 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi. Ushbu natijalar Shomurodovning ramziy jamoadan joy olishiga sababchi bo‘ldi.

4-o‘rin: Toifni titratgan O‘zbekiston: U-17 terma jamoasining chempionligi

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Saudiya Arabistonida o‘tgan Osiyo kubogida chinakam qahramonlik ko‘rsatdi. Final o‘yinida Islom Ismoilov boshchiligidagi O‘zbekiston mezbon, Saudiya Arabistoni o‘smirlarini 2 kishi kam bo‘lib qolganiga qaramay 2:0 hisobida mag‘lub qilishdi.

Ularga prezident sovg‘asi sifatida Chevrolet Cobalt avtomobillari sovg‘a qilindi. Jamoa murabbiylar shtabiga esa Chevrolet Tracker avtomobili taqdim etildi. Musobaqa yakunlariga ko‘ra:

  • Sadriddin Hasanov — turnirning «eng yaxshi futbolchisi»;

  • Asilbek Aliyev — «eng yaxshi to‘purar»;

  • Ne’matulloh Rustamjonov — «eng yaxshi darvozabon» deb topildi.

3-o‘rin: Farg‘onaning qaytishi: «Neftchi»ning  O‘zbekiston chempionligi

Mamlakat ichki chempionatida ham katta o‘zgarish yuz berdi. Vitaliy Levchenko boshchiligidagi «Neftchi» klubi muddatidan oldin Superliga chempionligini qo‘lga kiritdi. Bu farg‘onaliklar uchun tarixdagi oltinchi chempionlik bo‘ldi. Muxlislar jamoa chempionligini 24 yil kutishdi.

«Neftchi» 64 ochko bilan turnir jadvalida 1-o‘rinni naqd qildi va kelasi mavsum Osiyo Elit Chempionlar ligasida O‘zbekiston sharafini himoya qiladi. Xayrullo Bozorov tashabbusi bilan yil boshida Farg‘ona klubi bir qator katta transferlarni amalga oshirgan va 2025 yilda Superliganing eng katta byudjetga ega jamoalaridan biri bo‘lgandi. Mavsum yakunida jamoaga Osiyo chempioni bo‘lgan murabbiy Islombek Ismoilov yangi bosh murabbiy etib tayinlandi.

2-o‘rin: Abduqodir Husanov — Osiyoning eng qimmat futbolchisi va «Manchester Siti» transferi

2025 yil o‘zbek futboli uchun rekordlar yili bo‘ldi. Himoyachi Abduqodir Husanov 45+5 mln yevro evaziga Angliyaning «Manchester Siti» klubiga transfer qilindi.Husanov Manchester klubi bilan 4,5+1 yillik sxemasidagi bitimni imzoladi. U o‘zbek futboli tarixidagi eng qimmat futbolchiga aylandi. Ko‘p o‘tmay, «Transfermarkt» talqiniga ko‘ra, u Osiyoning eng qimmat futbolchisi maqomini egalladi.

Ahamiyatlisi, u, ko‘plab mutaxassislar tomonidan, dastlab, zaxira o‘rindig‘ida qolishi aytilgan bo‘lsa-da, Pep Gvardiola unga kelishi bilanoq imkon bera boshladi. O‘zbekistonlik futbolchi klubdagi ilk o‘yinlaridanoq «Chelsi», «Real Madrid» kabi nomdor raqiblarga qarshi o‘yinlarni asosiy tarkibda boshladi. Himoyachi bugungi kunga qadar klub bilan turli musobaqalarda 19 o‘yinda maydonga tushdi. Shuningdek, mamlakat milliy terma jamoasi safida ham 14 o‘yinda himoya chizig‘ida ishonchli harakat qildi.

1-o‘rin: Tarixiy voqea: O‘zbekiston milliy terma jamoasining JCH-2026 yo‘llanmasini qo‘lga kiritgani

34 yillik orzu nihoyat amalga oshdi! 2025 yilning 5 iyun kuni Abu-Dabidagi «Al Nahayyon» stadionida BAAga qarshi kechgan bahsda qayd etilgan 0:0 hisobidagi durang O‘zbekistonga o‘z tarixida ilk bor Jahon chempionati yo‘llanmasini taqdim etdi. Shu kuni millionlab o‘zbekistonliklarning xonadonida kichik «to‘y» bo‘ldi, odamlar butun oy davomida mana shu natija kayfiyati bilan yashadi, desak xato bo‘lmasa kerak. FIFA prezidenti Janni Infantino ushbu muvaffaqiyat bilan o‘zbek xalqini tabriklab, «Oq bo‘rilar»ning debyutini butun dunyo intiqlik bilan kutayotganini ta’kidladi. Ushbu tarixiy g‘alaba uchun prezident Shavkat Mirziyoyev futbolchilarni BYD avtomobillari bilan taqdirladi.

Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi «K» guruhidan joy oldi. Guruhda jamoamizning raqiblari Portugaliya, Kolumbiya va pley-off g‘olibi (Kongo DR / Yamayka / Yangi Kaledoniya jamoalari o‘rtasidagi o‘tish o‘yini) bo‘ladi.

Xulosa qilib aytganda, 2025 yil o‘zbek futbolining jahon xaritasidagi o‘rnini mustahkamladi. JCH-2026 qur’asiga ko‘ra, debyut musobaqamizda Portugaliya va Kolumbiya kabi grandlar bilan bir guruhdan joy olganimiz esa kelasi yil ham bizni hayajonli lahzalar kutayotganini bildiradi.

Doniyor Mamatqulov

Manba: anhor.uz
Kiritildi: 10:59, 01.01.2026. O'qildi: 1820 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Aleks Fergyuson APLda jami 27 marta oyning eng yaxshi murabbiyi deb tan olingan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик