"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Joze Mourinyo va uning "Benfika"si Madridning "Real" klubiga qarshi o‘yindagi muvaffaqiyati haqida gapirdi.
Unda lissabonliklar "qaymoqranglilar"ni 4:2 hisobida mag‘lub etdi. To‘rtinchi golga qo‘shib berilgan daqiqalarda darvozabon Anatoliy Trubin mualliflik qildi - aynan shu gol "burgutlar"ga pley-off yo‘llanmasini tortib olish imkonini berdi.
Parallel kechgan uchrashuvda "Manchester Siti" "Galatasaroy"ni mag‘lub etdi (2:0) va to‘g‘ridan-to‘g‘ri 1/8 finalga yo‘l oldi. Jurnalistlar Gvardioladan Mourinyoga tabrik xati yozish-yozmasligini so‘rashdi.
- Ha, albatta. Biz kiyinish xonasida edik ["Benfika" - "Real" o‘yini tugaganida] va biz "Benfika"ga yana bir gol kerakligini bilmasdik, shuning uchun atrofdagilar [darvozabon haqida] gapirishdi: "Qayoqqa ketyapsan?! Darvozadan chiqma! Hozir "Real" hisobni tenglashtiradi va o‘shanda biz sakkizlikka kira olmaymiz." Ammo bu Jozening ajoyib strategiyasi edi, shunday emasmi?," - deya Gvardiolaning so‘zlarini keltiradi City Report.
"Manchester Siti" 16, "Real" esa 15 ochkoni qo‘lga kiritdi.