«Lasio» Italiya Kubogining 1/4 finali doirasida «Bolonya»ni mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi. «Bolonya»dagi «Renato Dal'Ara» stadionida kechgan bahsning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlandi, penaltilar seriyasida esa rimliklar 4:1 hisobida ustun kelishdi.
Mezbonlarning argentinalik hujumchisi Santyago Kastro 30-daqiqada hisobni ochdi. Rim jamoasi tanaffusdan so‘ng darhol muvozanatni tikladi — Tijani Noslin o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Penaltilar seriyasida mehmonlar aniqroq harakat qilishdi — ular o‘zlarining barcha 4 ta imkoniyatidan unumli foydalanishdi. Mezbonlar safida esa faqat Tiys Dallinga gol ura oldi, xolos.
Yarim finalda «Lasio» «Atalanta» jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Italiya Kubogi. 1/4 final | 12 fevral | «Renato Dall'Ara» stadioni