«Napoli» o‘z maydonida Italiya A Seriyasining 25-turidan o‘rin olgan bahsda «Roma» bilan durang o‘ynadi — 2:2.
Rimliklar safida Doniell Malen dubl qayd etdi. Niderlandiyalik futbolchi 7-daqiqada o‘yindan gol urgan bo‘lsa, 71-daqiqada penaltini aniq amalga oshirdi.
Neapolliklardan «Roma»ning sobiq himoyachisi Leonardo Spinassola (40-daqiqa) va Alisson Santos (82-daqiqa) o‘z ismini tabloga yozdirib qo‘ydi.
«Napoli» (50 ochko) A Seriyada uchinchi o‘rinni saqlab qoldi. «Roma» (47 ochko) esa turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.
Italiya Seriya A, 25-tur 16 fevral, 00:45. «Diyego Armando Maradona» stadioni.