Bugun 24 iyul, 2025 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 15 33
2 Neftchi 15 30
3 Dinamo 15 29
4 Bunyodkor 15 27
5 OKMK 15 27
6 Paxtakor 15 26
7 Navbahor 15 26
8 Surxon 15 18
9 Andijon 15 17
10 Qizilqum 15 17
11 So‘g‘diyona 15 16
12 Mash’al 15 15
13 Xorazm 15 14
14 Buxoro 15 13
15 Qo‘qon-1912 15 12
16 Sho‘rtan 15 9

O'tgan o'yinlar.

15-тур Sho‘rtan 1-2 Qizilqum
15-тур So‘g‘diyona 2-1 Qo‘qon-1912
15-тур Surxon 0-0 Buxoro
15-тур Andijon 0-1 Bunyodkor
15-тур Mash’al 0-1 OKMK
15-тур Paxtakor 2-0 Navbahor
15-тур Dinamo 2-2 Nasaf
15-тур Neftchi 2-0 Xorazm

So'rovnoma

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 24.07.2025

      05:00 "Третий тайм". Валерий Царукян.
      05:25 LIVE Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Фламенго". Прямая трансляция.
      07:30 "Человек из футбола". Николай Писарев.
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Турции. "Газиантеп" - "Галатасарай".
      10:05 Новости футбола.
      10:10 Чемпионат Бразилии. "Флуминенсе" - "Палмейрас".
      12:10 Новости футбола.
      12:15 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Фламенго".
      14:15 Новости футбола.
      14:20 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Эюпспор".
      16:20 Новости футбола.
      16:25 Кубок Испании. 1/8 финала. "Реал Мадрид" - "Сельта".
      18:25 Новости футбола.
      18:30 Чемпионат Сербии. "Железничар" - "Партизан".
      20:30 Новости футбола.
      20:35 Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Ризеспор".
      22:35 Новости футбола.
      22:40 Чемпионат Бразилии. "Флуминенсе" - "Палмейрас".
      00:40 Новости футбола.
      00:45 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Фламенго".
      02:55 LIVE Чемпионат Бразилии. "Жувентуде" - "Сан-Паулу". Прямая трансляция.
      04:55 Чемпионат Турции. Обзор тура.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 24.07.2025

      05:05 Синхронное плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Смешанные дуэты. Техническая программа. Финал.
      06:25 "Вопреки всему".
      06:55 LIVE Синхронное плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Акробатическая группа. Прямая трансляция.
      09:25 Бильярд. Betboom Кубок чемпионов в Москве. 1/2 финала.
      11:15 Летняя Универсиада 2025. Прыжки в воду. Женщины. Трамплин 1 м.
      12:20 Хай-дайвинг. Чемпионат мира в Сингапуре. Женщины.
      13:25 Летняя Универсиада 2025. Дзюдо.
      15:40 "Культовые".
      16:10 LIVE Синхронное плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Женщины. Дуэт. Произвольная программа. Финал. Прямая трансляция.
      17:55 Хай-дайвинг. Чемпионат мира в Сингапуре. Мужчины.
      19:25 "Лица страны". Александр Катышев.
      19:45 "Вопреки всему".
      20:15 Синхронное плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Акробатическая группа.
      23:00 "Формула-1. Гаснут огни".
      23:30 "Культовые".
      00:00 LIVE Бильярд. Betboom Кубок чемпионов в Москве. 1/2 финала. Прямая трансляция.
      02:05 Летняя Универсиада 2025. Дзюдо.
      04:15 Синхронное плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Женщины. Дуэт. Произвольная программа. Финал.
  • MATCH-TV
    • Sana: 24.07.2025

      05:00 Пляжный волейбол. Кубок России. Финальный этап в Санкт-Петербурге. Женщины. Финал.
      06:00 Дартс. Чемпионат России среди профессионалов. Этап 5 в Санкт-Петербурге. Мужчины.
      07:55 LIVE Хай-дайвинг. Чемпионат мира в Сингапуре. Женщины. Прямая трансляция.
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      10:55 LIVE Хай-дайвинг. Чемпионат мира в Сингапуре. Мужчины. Прямая трансляция.
      12:15 Смешанные единоборства. UFC 310 в Парадайсе, США. Предварительный кард. Мовсар Евлоев против Алджэмейна Стерлинга.
      13:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:20 Специальный репортаж.
      14:40 Новости.
      14:45 Есть тема! Прямой эфир.
      16:10 LIVE Синхронное плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Женщины. Дуэт. Произвольная программа. Прямая трансляция.
      17:55 Новости.
      18:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:30 LIVE Водное поло. Чемпионат мира в Сингапуре. Мужчины. Финал. Прямая трансляция.
      19:55 LIVE Летняя Универсиада 2025. Дзюдо. Прямая трансляция.
      23:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      00:00 LIVE Бильярд. Betboom Кубок чемпионов в Москве. 1/2 финала. Прямая трансляция.
      02:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:00 Смешанные единоборства. ONE FC 166 в Лусаиле, Катар. Анатолий Малыхин против Ренье де Риддера. Реванш.
      04:05 Борьба. Международный турнир в Венгрии.
      04:55 Новости.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 24.07.2025

      06:00 Снукер. Players Championship в Телфорде, Великобритания. Финал.
      08:00 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 17. Боллен - Валанс.
      09:30 Снукер. Players Championship в Телфорде, Великобритания. Финал.
      11:30 Гольф. Тележурнал "Discovery Golf".
      12:00 Велоспорт. Женщины. "Тур де Франс" 2024. Лучшие моменты.
      13:00 Парусный спорт. Гран-при. Этап 7 в Портсмуте, Великобритания. Обзор.
      14:00 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 17. Боллен - Валанс.
      14:45 LIVE Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 18. Виф - вершина Коль-де-ла-Лоз. Прямая трансляция.
      21:00 Велоспорт. Д/ф "Велоспорт в Африке".
      22:30 Скалолазание. Кубок мира. Этап 12 в Мадриде, Испания. Женщины, мужчины. Лазание на трудность. Финалы.
      22:55 LIVE Летняя Универсиада 2025. Волейбол. Мужчины. Финал. Прямая трансляция.
      01:30 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 18. Виф - вершина Коль-де-ла-Лоз.
      03:00 Снукер. Players Championship в Телфорде, Великобритания. Финал.
      04:30 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 18. Виф - вершина Коль-де-ла-Лоз.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Qahramon Aslanov blogida: Xatoning egasi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Stadion.uz va gazeta / Maqolalar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan Konfederasiyalar kubogida hakamlar videotakrorlardan foydalanayotganidan xabaringiz bor. Ushbu yangilik har kim tomonidan turlicha qabul qilinayotganligi tabiiy. O‘yindagi uzilishlarni ro‘kach qilib, bu yangilikka tamoman qarshilar ham bor, ular bilan bahslashish shart emas, bu borada fikrim qat’iy — adolat haqida gap borganda, o‘yin sur’ati haqida fikr yuritishdan ma’ni yo‘q. Bu haqida Ravshan Ermatovning ajoyib fikri kifoya: «bir xato ustida o‘n yil tortishib yurgandan, bir daqiqa o‘yinni to‘xtatib, uni joyida to‘g‘rilagan afzal».

Kecha, turnirning birinchi yarim final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Chili va Portugaliya terma jamoalari o‘rtasidagi bahsning asosiy vaqtida g‘olib aniqlanmadi. Qo‘shimcha vaqtning so‘nggi daqiqalari o‘tib borayotganda esa, portugallar jarima maydonida e’tiborli voqea sodir bo‘ldi.

Himoyachi Joze Fonte to‘p uchun kurashda ulgurmadi va raqib hujumchisi Franchesko Silvaning oyog‘ini bosib oldi. Hujumchi yiqilib tushdi. Lekin hakam o‘yinni to‘xtatib ham o‘tirmadi va hech qanday penalti yo‘qligiga ishora qildi.

Hammasi shundan keyin boshlandi. Takroriy lavhada yaqqol penalti borligini ko‘rdik. Nega hakam belgilamadi? Nega «arzimagan» narsalarga o‘yinni to‘xtatib, asabimizga tekkan videotakror bu yerda jim qoldi? Nahotki, bu yangilik ham hakam xatolariga ta’sir o‘tkaza olmasa? Ko‘pchilikning dilida yoki ijtimoiy tarmoqlarda bunday fikrlar gujg‘on o‘ynagani aniq. Hatto o‘yinni sharhlagan rossiyalik sharhlovchi Konstantin Genich hakamni ayblar ekan, «nahotki video yonida o‘tirib, hakamga yordam berayotgan Ravshan Ermatov ham buni ko‘rmadi?» deb hatto yordamchi hakamni ayblay ketdi. Bugungi ko‘pgina nashrlarning, internet saytlarining kechagi o‘yinga bag‘ishlangan qismini, «Videotakror ham hech narsa qila olmadi» degan sarlavhalar bezadi.

Keling, konkret bir vaziyatga to‘xtalib, shu baxona, videotakrorlar mavzusini chuqurroq tahlil qilamiz va ba’zi tushunmovchiliklarga nuqta qo‘yishga harakat qilamiz.

Avvalo shuni ta’kidlash lozim: videotakrorlar o‘yinga hakamlik qilmaydi, hakamlarni boshqarmaydi. Bu o‘yindagi barcha vaziyatlarni qamrab olishga jismoniy imkoniyati yetmaydigan bosh hakamga yordam berish, insoniy faktor tufayli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatolarni kamaytirish, oldini olish uchun foydalaniladigan texnologik vositalardan biri xolos. Xuddiki, qanot hakamlari bilan muloqot qilish uchun chiqarilgan vositalar bor-ku, shunaqa deb tushuning, baribir yakuniy qarorni bosh hakam qabul qiladi. Kechagi o‘yinda ham Ermatov videotakrorlar bo‘yicha hakam emas, hakam yordamchisi edi.

Xo‘sh, videotakrorlar qanday vaziyatlar uchun qo‘llaniladi?

FIFA tashkilotining rasmiy saytida bu aniq va sodda shaklda tushuntirib berilgan. Videotakror asosan qo‘yidagi to‘rt xil holatni aniqlashtirishda qo‘llanilishi belgilangan.

 

Golning haqqoniyligini aniqlash. Misol uchun, futbolchi ofsaydla qolgan holatda yoki qoida buzish orqali raqib darvozasini ishg‘ol qilsa, videotakrordan foydalangan holda, hakam qaror chiqarishi, dastlabki qarorini o‘zgartirishi mumkin. To‘p darvozaga kirgach, o‘z-o‘zidan o‘yinda uzilish sodir bo‘ladi, ya’ni bu yerda o‘yin sur’atining tushishi haqidagi gaplar ortiqcha.

 

Penaltini bor yoki yo‘qligini aniqlash. Penaltining belgilanishi yoki belgilanmasligi ham o‘yin natijasiga ta’sir qiladigan muhim qarorlardan biri. Jarima maydonida qoida buzilgani yoki buzilmagani videoassisent yordami bilan aniqlashtirilishi mumkin.

 

Qizil kartochka. Qizil kartochkaga loyiq qoida buzilishi yoki vaziyatning qizil kartochkaga «tortmasligi»ni aniqlash uchun ham, videotakrorga murojaat qilinishi mumkin. Bu yerda faqat to‘g‘ri-to‘g‘ri qizil kartochkalar nazarda tutilgan, ikkinchi sariq kartochka emas.

 

Futbolchilarni chalkashtirib yuborish. Misol uchun, hakam qoida buzgan yoki raqibini urgan bir futbolchi qolib, yonida turgan sherigini jazolab yuborishi, butunlay boshqa odamga sariq yoki qizil kartochka ko‘rsatib yuborishi mumkin. Bu holat ham videotakror yordamida tuzatiladi.

 

To‘p maydon tashqarisiga kimdan chiqib ketdi? Maydon markazida qoida buzildimi yoki yo‘qmi? Bu futbolchiga sariq kartochka ko‘rsatish kerakmi yoki yo‘qmi? Shu va boshqa savollar bilan videoassisent shug‘ullanmaydi.

Endi tizimning ishlash tamoyillariga o‘tamiz.

Birinchi bosqich: Bosh hakam yuqoridagi to‘rtlikka kiradigan ma’lum bir vaziyatda videotakrorga muxtoj bo‘lib qolsa, ishora beradi. Yoki videoassisent biror vaziyatda hakam adashganini ko‘rsa, hakamga ushbu vaziyatni videotakrorda qayta ko‘rishni tavsiya qiladi.

Ikkinchi bosqich. Bir necha kameradan lavhalarni kuzatib o‘tirgan yordamchi eng maqbul rakursdagi videoni maydon chetidagi monitorga jo‘natadi.

Uchinchi bosqich. Hakam videoni ko‘rib, o‘z qarorini aytadi. U videotakrorni ko‘rgandan so‘ng, dastlabki fikrida qolishi ham, videoassisentning ma’lumoti asosida qarorini o‘zgartirishi ham mumkin.

Misol uchun. To‘p darvozaga kiritildi, hakam ofsayd bor yoki yo‘qligiga shubhalansa, videotakrorni ko‘rib, qaror qilishni istashi mumkin. Yoki bosh hakam gol deb hisobladi, lekin video oldida o‘tirgan yordamchi ofsayd bo‘lganini ko‘rdi. Yordamchi bosh hakamga ofsayd bo‘lganini aytadi. Bosh hakam yordamchi tavsiyasi bilan takroriy lavhani ko‘radi. Va qarorini o‘zgartirishi yoki o‘zgartirmasligi mumkin.

Mana shu.

Endi bu ma’lumotlardan kelib chiqib, yuqoridagi vaziyatni tahlil qilganimizda, Chili – Portugaliya o‘yinini boshqargan eronlik hakam Rizo Suxandonning o‘sha vaziyatda penalti belgilamangani videotakror tizimidagi kamchilik tufayli sodir bo‘lmaganini ko‘ramiz. Hakam o‘sha vaziyatni yaqindan, qulay rakursdan ko‘rdim, videotakrorga ehtiyoj yo‘q, deb hisobladi va qaror chiqardi.

Rossiyalik sharhlovchi ham vaziyatga noto‘g‘ri baho bergan bo‘lib chiqadi — Ravshan Ermatov video orqali penalti borligini ko‘rgan bo‘lishi va hakamga o‘z tavsiyasini bergan bo‘lishi ham mumkin. Bu haqida biz ham, Genich ham bilmaymiz. Agar bosh hakam videotakror shart emas deb topsa, Ermatovning tavsiyalari ularning o‘rtasida qolib ketaveradi. Biz ofsayd uchun yon hakamni ayblashimiz mumkin – chunki uning bayroqcha ko‘targani yoki ko‘tarmaganini ko‘rib turamiz. Lekin videoassisent qaysi vaziyatda tavsiya berdi-yu, qaysi vaziyatni ko‘rmay qoldi, bu qorong‘u bo‘lib qolaveradi.

Aytmokchimanki, kechagi vaziyat uchun videotakrorlar ishlash tizimini ayblash noto‘g‘ri bo‘lardi. Bosh hakamda vaziyatni aniqroq baholash imkoniyati bo‘lgandi. U bunday foydalanishni istamadi, o‘ziga mutlaqo ishondi. Agar yakuniy qaror xato bo‘lgan taqdirda ham, faqat va faqat bosh hakamni malomat qilish mumkin xolos.

Xulosa qilib, videotakrorlarning ijobiy jihatlaridan mavzuga aloqador ikki tomonini aytib, ketmoqchiman.

Birinchidan, bu tizim hakam qarorlarini sog‘lomlashtiradi. O‘yin sur’atii yildan-yilga yuksalib borayotgan bir paytda, maydondagi hakam futbolchilardan bir necha barobar ko‘p ter to‘kishga to‘g‘ri keladi. U Ronaldu bilan birga hujumga yugurishi, agar Ronaldu to‘pni oldirib qo‘ysa, u bilan birga boshini changallab o‘tirmay, narigi jamoa himoyachisi bilan birga endi, narigi darvoza tomon yugurib ketishi kerak. Shu bilan birga, ma’lum soniyalarda juda muhim qarorlarni chiqarishi kerak bo‘lardi.

Tasavvur qiling, hakam mana shu tezlikda biror vaziyatni ko‘rmay qoldi. Farqi yo‘q, u bu vaziyat uchun qaror chiqarishi shart. O‘ziga ishonadimi, yo‘qmi, vaziyatni ko‘ra oldimi, ko‘rmay qoldimi, farqi yo‘q, u bechora qaror chiqarishga mahkum. Natijada, jamoalardan biri jabr chekishi, hakam esa, yillab eslanib yuradigan vaziyat qurboniga aylanishi mumkin.

Endi esa, qarorlar sog‘lom bo‘ladi. Hakam vaziyatni baholay olmasa, videotakrorga murojaat qilish va sog‘lom qaror chiqarish imkoniga ega. U videotakrorlarga murojaat qilmadimi, demak, o‘sha vaziyatni aniq ko‘rgan, aniq baholashga qodir bo‘lgan — yana sog‘lom qarorga ega bo‘lyapmiz.

Ikkinchidan. Yuqoridagi penalti voqeasini misol keltirish mumkin bemalol. Eronlik hakam Rizo Suxandon Ermatovdan yordam olmadimi, demak o‘ziga mutlaqo ishongan o‘sha vaziyatda.

Muhimi, biz endi bosh hakam aniqroq qaror chiqarish uchun imkoniyatga ega ekanini bilib turamiz. Mabodo biror joyda adashsa, «axir u ham inson, xato qilishi mumkin-ku, o‘n kilometrlab yuguradi, o‘sha rakursdan ko‘ra olmasdi, biz takroriy lavhalarni ko‘rib fikr bildiryapmiz, u bechora nima qilsin» deb hakamlarni oqlamaymiz. «Ko‘ra olmay qolsa, videotakrordan ko‘rishi kerak edi», deb turaveramiz.

Endi hakamlar kamroq xato qilganlari bilan, xatolarning javobi ham qattiqroq bo‘ladi — chunki ular bu xatolarning haqiqiy egasiga aylanadilar.

 

Qahramon Aslanov.

Manba: maydon.uz
Kiritildi: 16:55, 29.06.2017. O'qildi: 6593 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 11
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 9
3 Бунёдкор Luis Kachorri 8
4 Насаф Husayn Norchayev 8
5 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 7
6 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6
7 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 6
8 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 5
9 Нефтчи Zoran Marushich 5
10 Машъал Humoyun Murtazoyev 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.