Bugun 17 may, 2026 yil, yakshanba.

  • APL
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • 4:2
      • Liverpul
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • 3:2
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • 1:3
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • 1:0
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • -:-
      • Vest Xem
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Byornli
  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • 1:0
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • 1:2
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • 0:2
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • 0:3
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • 2:0
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • 1:1
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • -:-
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • -:-
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • -:-
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • -:-
      • Cremonese
  • La-liga
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Alaves
      • 18.05.2026 00:15
      • Barselona
      • -:-
      • Betis
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 36 80
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 36 45
9 Rayo Valyekano 36 44
10 Atletik Bilbao 36 44
11 Sevilya 36 43
12 Valensiya 36 43
13 Osasuna 36 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Jirona 36 40
17 Elche 36 39
18 Malyorka 36 39
19 Levante 36 39
20 Real Ovyedo 36 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka
36-тур Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
36-тур Jirona 1-1 Real Sosyedad
36-тур Real Madrid 2-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Betis - Elche

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Xayrulla Hamidov: Germaniya, seni yomon ko‘raman!!!

Baho:
+6 | -
O'ZBEK FUTBOLI / Stadion.uz va gazeta / Maqolalar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Germaniya, men seni yomon ko‘raman!

Sen futbolning ustidan kulyapsan va bundan keyin ham kulmoqchisan, shuning uchun ham seni yomon ko‘raman.

O‘tgan asrda ingliz Lineker aytib ketgan gap haliyam modada ekanki, men seni yomon ko‘rishga majburman, mahkumman, rozi bo‘l!

Sen futbolning yozilmagan qoidalarini buzishda, boshqalarning hurmatini chilparchin qilishda davom etyapsan, shuni bilasanmi, Germaniya?!

Biz bilgan futbol nima edi? Biz tanigan, biz ko‘rgan futbol qanday edi? Biz bilgan futbolda har qanday yurt har qanday musobaqaga jiddiy tarkibi bilan tashrif buyurar, muvaffaqiyatiga ham katta mehnatlari evaziga erishardi. Sen esa, 130 yildan beri davom etib kelgan ushbu sog‘lom qoidani-da yo‘qqa chiqarmoqdasan. Yoshlaring bilan kelyapsan-da, indamaygina turnirni yengib ketyapsan. Shuyam insofdanmi?

Lyov degan murabbiying bor ekan, turnir davomida: “Moskvaga kelgan hamma futbolchilarimga imkoniyat beraman”, debdi. Dunyoning turli burchaklarida g‘oliblik shoxsupasiga chiqqan terma jamoalarga qarshi-ya, demadi hech kim. Senga mumkin-da, a? Sen o‘sha dunyoning eng zo‘ri bo‘lib ulgurgansa-da, a?! Dahshatli tomoni, Lyov o‘sha hamma futbolchisiga imkoniyat berdi ham. Yosh-yosh yigitlar maydonga tushib, uch yil oldingi akalaridan qolishmaydigan suratda harakat qilib, turnirni zabt etishdi. Bu qanaqasi?!

Sendan boshqasi bunday tavakkalchilikka qo‘l ursa, ko‘p ehtimol muvaffaqiyatsizlikka uchraydi, yoshlar ishtirokida katta natija qayd etish imkonsiz yumushlardan axir. Sen esa, jamoa sifatida shakllangan, uch-to‘rt yildan beri faqat o‘sishda davom etib kelayotgan Chili yurtini-da xotirjam yengding. Butun o‘yin davomida hujumkor futbol namoyish etsa ham, birgina xato tufayli jazolading, birgina xato! Juda oson-a?! Xotirjam. Dahshat.

Germaniya, biz bilgan futbolda yulduzlar har qanday jamoaga ta’sir o‘tkazardi, uni yelkasida olib yurardi. Sen-chi, shu qoidani-da mirlamading. Sen sening o‘sha mashhur oq libosingni kiyib olgan yosh bolakaylarni bir zumda qanday qilib yulduzlarga aylantirib qo‘yasan, ochig‘i tushunolmay xalakmiz.

Uch yil oldin dunyoni zabt etganingdayoq buyog‘iga to‘xtash neligini bilmaysan-ov, degan tasavvurda edik, afsuski, o‘sha taxminlarimiz yana to‘g‘ri bo‘lib chiqyapti. Yevropa chempionatida qoqilganingda, sal tin oldik, mashina ham temir-da, buziladi, deb. Afsus, darhol nemischa reja dasturiga o‘tding va Konfederasiyalar kubogiga yoshlaring bilan kelding, qaysiki, keyinchalik terma jamoa asosini tashkil etishi mumkin bo‘lgan, avlodlar almashinuvini zararsiz holda olib o‘tadigan yigitlaring bilan kelding.

Ularga motivasiya taqdim etding, mundialda o‘ynamoqchimisizlar, unda shu turnirni yengib berlaring, degan ajoyib taklifni kiritding. 2014 yilda boshi uzra kubokni ko‘targan yulduzlaringga bu musobaqaning qizig‘i yo‘q edi, bilarding, shu bois, ko‘zi qonga to‘lib turgan yoshlaringga imkoniyat berding. Bu yumushni ko‘p mamlakatlarda talofatsiz amalga oshira olmaydilar. Qayerda natija kerak, qayerda qurbonlik, hammasini to‘g‘ri bajarishing, ochig‘i, jonga tegdi.

Germaniya, men o‘zbekistonlik bir muxlisman. Bizning o‘lkada futbol borasidagi ishlar sen qilayotgan ishlarga butunlay teskari. Germaniyalik muxlislar terma jamoa borasida kechayotgan ishlarga bexavotir qarayotganini ko‘rib, mening asabim o‘ynamay kimniki o‘ynasin?! Ular ish tepasida aqlli kishilar turganini bilishadi va suyuklilarining o‘yiniga xotirjam qaray olishadi. Bizdagi muxlislar esa, terma jamoani terma jamoaga aloqador kishilarga qaraganda ko‘proq o‘ylaydilar, desam, ajablanarsan, lekin gapning rosti shu. Hatto kecha bir muxlis “Oriat dono” radiosiga kelib, futbolchilarga “murabbiysiz o‘ynashni, murabbiyni o‘ylamaslikni, faqat Vatan uchun to‘p surish lozimligini” uqtirib, murojaat qilib ketdi. Ish shungacha bordi, Germaniya. Murabbiyga nol butun yuzdan bir foiz ham ishonilmayotgan yurtda turib, seni qanday qilib yaxshi ko‘rishim mumkin, ayt o‘zing?!

Germaniya, nima uchun bizga futbol o‘yinini bu qadar sodda, tushunukli va chiroyli o‘yin qilib ko‘rsatyapsan, nima qasding bor bizda? Nega bu qadar oson gol urasan va uchrashuv oxirigacha qanday qilib o‘sha golni dahlsiz saqlay olasan, bizga tushuntirib ber?! Nega shunday murabbiylar topasanki, ular oldingi murabbiyning ishini chiroyli suratda davom ettiradilar va terma jamoani yanada sayqallaydilar, bu qadar oson tizimni qanday yo‘lga qo‘ygansan?

Nahotki, rostan ham soat millari kabi ishlasa sendagi tizim? Nahotki, hech qayerda qoqilmaysan va hech qayerda xato qilmaysan? Oldingda ikki o‘yin turgan bo‘lsa va ana shu ikki o‘yinda qo‘lga kiritiladigan 6 ochko seni Jahon chempionatiga olib chiqadi, deyilsa, Germaniya, nimalar qilib tashlashingni taxminan bilamiz, shu bois ham seni yomon ko‘ramiz. Sen hamma-hammaga, ayniqsa, biz o‘zbekistonliklarga yoshlarni qanday o‘ynatish mumkinligini jo‘n va lo‘nda tushuntirib beryapsan, o‘zining suyukli o‘yinchilarini bezbetlarcha tushirishda davom etayotgan murabbiylarimizning kirdikorlarini shundoq ochib tashlayapsanki, sening bu qilmishlaringni ko‘rarga ko‘zimiz, otarga o‘qimiz qolmayapti.

Germaniya, qayerdan ham paydo bo‘lib qolgansan o‘zi? Koshkiydi sen bo‘lmasayding va  men o‘z yurtim mutasaddilarining “kelajakka poydevor bo‘lg‘uvchi chiroyli so‘zlari”ni indamay hazm qilib yuraverardim, bilmasdim asl haqiqatni. Koshkiydi, sen ko‘rsatgan futbolni ko‘rmasamu, bizning maydonlarda o‘ynalayotgan g‘alati o‘yinlarni haqiqiy futbol deb ishonib kelsam, qaniydi! Nega meni shunday “ne’matlar”dan mahrum qilding, Germaniya? Nega???

Xayrulla Hamidov

Manba: erudit-sport.uz
Kiritildi: 21:08, 06.07.2017. O'qildi: 20519 marta. Fikrlar: 24 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCH faqat bir marta, 2002 yilda ikki davlat (YAponiya va Janubiy Koreya)da o'tkazilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик