Bugun 21 oktyabr, 2025 yil, seshanba.

  • La-liga
      • 20.10.2025 00:00
      • Xetafe
      • 0:1
      • Real Madrid
      • 21.10.2025 00:00
      • Alaves
      • 0:0
      • Valensiya
  • Bundesliga
      • 20.10.2025 13:22
      • Shtutgart
      • 1:1
      • Nyurnberg
  • Elit OCHL
      • 20.10.2025 18:45
      • Al-Vahda
      • 3:1
      • Duhayl
      • 20.10.2025 21:00
      • Sharja
      • 0:5
      • Traktor
      • 20.10.2025 21:00
      • Ash-Shorta
      • 1:4
      • Al-Ittihod
      • 20.10.2025 23:15
      • Al-Ahli (SA)
      • 4:0
      • Al-G‘arafa
      • 21.10.2025 12:45
      • Melburn Siti
      • -:-
      • Buriram Yunayted
      • 21.10.2025 15:00
      • Chengdu Rongcheng
      • -:-
      • Johor Dorul Ta'zim
      • 21.10.2025 15:00
      • Ulsan Xyonde
      • -:-
      • Sanfrechche Xirosima
      • 21.10.2025 17:15
      • Shanghai Shenhua
      • -:-
      • Matida Zelviya
      • 21.10.2025 21:00
      • Shabab al-Ahli
      • -:-
      • Nasaf
      • 21.10.2025 23:15
      • Al-Hilol
      • -:-
      • As-Sadd
  • «A» Seriya
      • 20.10.2025 23:45
      • Cremonese
      • 1:1
      • Udineze
  • APL
      • 21.10.2025 00:00
      • Vest Xem
      • 0:2
      • Brentford
  • ECHL
      • 21.10.2025 21:45
      • Barselona
      • -:-
      • Olimpiakos
      • 21.10.2025 21:45
      • Qayrat
      • -:-
      • Pafos
      • 21.10.2025 23:59
      • Arsenal
      • -:-
      • Atletiko
      • 21.10.2025 23:59
      • Bayer
      • -:-
      • PSJ
      • 21.10.2025 23:59
      • Kopengagen
      • -:-
      • Borussiya D
      • 21.10.2025 23:59
      • Nyukasl
      • -:-
      • Benfika
      • 21.10.2025 23:59
      • PSV
      • -:-
      • Napoli
      • 21.10.2025 23:59
      • Yunion
      • -:-
      • Inter
      • 21.10.2025 23:59
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 22.10.2025 21:45
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Qorabog‘
      • 22.10.2025 21:45
      • Galatasaroy
      • -:-
      • Bude-Glimt
      • 22.10.2025 23:59
      • Monako
      • -:-
      • Tottenhem
      • 22.10.2025 23:59
      • Atalanta
      • -:-
      • Slaviya
      • 22.10.2025 23:59
      • Bavariya
      • -:-
      • Bryugge
      • 22.10.2025 23:59
      • Chelsi
      • -:-
      • Ayaks
      • 22.10.2025 23:59
      • Ayntraxt F
      • -:-
      • Liverpul
      • 22.10.2025 23:59
      • Real Madrid
      • -:-
      • Yuventus
      • 22.10.2025 23:59
      • Sporting
      • -:-
      • Marsel
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 8 19
2 Manchester Siti 8 16
3 Liverpul 8 15
4 Bornmut 8 15
5 Chelsi 8 14
6 Tottenhem 8 14
7 Sanderlend 8 14
8 Kristal Pelas 8 13
9 Man. Yunayted 8 13
10 Brayton 8 12
11 Aston Villa 8 12
12 Everton 8 11
13 Brentford 8 10
14 Nyukasl 8 9
15 Fulhem 8 8
16 Lids 8 8
17 Byornli 8 7
18 Nottingem Forest 8 5
19 Vest Xem 8 4
20 Vulverhempton 8 2

O'tgan o'yinlar.

8-тур Nottingem Forest 0-3 Chelsi
8-тур Brayton 2-1 Nyukasl
8-тур Byornli 2-0 Lids
8-тур Kristal Pelas 3-3 Bornmut
8-тур Manchester Siti 2-0 Everton
8-тур Sanderlend 2-0 Vulverhempton
8-тур Fulhem 0-1 Arsenal
8-тур Tottenhem 1-2 Aston Villa
8-тур Liverpul 1-2 Man. Yunayted
8-тур Vest Xem 0-2 Brentford

Navbatdagi o'yinlar.

25/10/25 Lids - Vest Xem
25/10/25 Chelsi - Sanderlend
25/10/25 Nyukasl - Fulhem
25/10/25 Man. Yunayted - Brayton
26/10/25 Brentford - Liverpul
26/10/25 Vulverhempton - Byornli
26/10/25 Aston Villa - Manchester Siti
26/10/25 Bornmut - Nottingem Forest
26/10/25 Arsenal - Kristal Pelas
26/10/25 Everton - Tottenhem

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 7032 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2699 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 21.10.2025

      05:30 "Всё о главном". Дмитрий Крамаренко.
      06:00 Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Фатих Карагюмрюк".
      08:00 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Фламенго".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Васко да Гама" - "Флуминенсе".
      12:00 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Форталеза".
      14:00 Чемпионат Турции. "Истанбул Башакшехир" - "Галатасарай".
      16:00 Чемпионат Бразилии. "Васко да Гама" - "Флуминенсе".
      17:55 Чемпионат Турции. "Ризеспор" - "Трабзонспор".
      19:55 Чемпионат Бразилии. "Коринтианс" - "Атлетико Минейро".
      21:50 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      23:00 Чемпионат Бразилии. "Васко да Гама" - "Флуминенсе".
      01:00 Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Фатих Карагюмрюк".
      03:00 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      04:10 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Ред Булл Брагантино".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 21.10.2025

      05:25 Триатлон. Чемпионская серия. Финальный этап в Вуллонгонге, Австралия. Женщины.
      07:30 "Непобедимый".
      08:00 Дзюдо. Мировой тур. Гран-при Циндао в Китае. День 1.
      09:55 "Формула-1. Гаснут огни".
      10:25 Боулинг. BetBoom Кубок КЛБ. Про-тур 3 в Сургуте, Россия.
      12:20 "Парусный спорт".
      12:50 Стрельба из лука. Кубок мира. Финальный этап в Нанкине, Китай. Блочный лук. Женщины.
      15:15 "Команда мечты".
      15:45 Плавание. Кубок мира. Этап 2 в Вестмонте, США.
      17:30 Триатлон. Чемпионская серия. Финальный этап в Вуллонгонге, Австралия. Мужчины.
      19:40 "Лица страны". Иван Штыль.
      20:00 Дзюдо. Мировой тур. Гран-при Циндао в Китае. День 2.
      22:00 "Непобедимый".
      22:30 "География спорта". Смоленск.
      23:00 Стрельба из лука. Кубок мира. Финальный этап в Нанкине, Китай. Блочный лук. Мужчины.
      01:15 "Команда мечты".
      01:45 Плавание. Кубок мира. Этап 2 в Вестмонте, США.
      03:30 Боулинг. BetBoom Кубок КЛБ. Про-тур 4 в Тюмени, Россия.
  • MATCH-TV
    • Sana: 21.10.2025

      05:55 Новости.
      06:00 Плавание. Кубок мира. Этап 2 в Вестмонте, США.
      08:00 Футбол. МИР Российская Премьер-Лига. Обзор тура.
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 Специальный репортаж.
      11:25 "Эволюция спорта".
      11:55 LIVE Художественная гимнастика. Альфа-Банк Кубок сильнейших. Финальный этап в Москве. Прямая трансляция.
      15:35 Новости.
      15:40 Есть тема! Прямой эфир.
      16:55 "География спорта". Смоленск.
      17:25 LIVE Художественная гимнастика. Альфа-Банк Кубок сильнейших. Финальный этап в Москве. Прямая трансляция.
      19:15 Все на Матч! Прямой эфир.
      19:45 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. "Динамо" (Махачкала) - "Спартак" (Москва). Прямая трансляция.
      22:00 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. ЦСКА (Москва) - "Акрон" (Тольятти). Прямая трансляция.
      00:40 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:00 Смешанные единоборства. ACA 189 в Грозном, Россия. Абдул-Азиз Абдулвахабов против Али Багова.
      03:00 "Эволюция спорта".
      04:00 Стрельба из лука. Кубок мира. Финальный этап в Нанкине, Китай. Олимпийский лук.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 21.10.2025

      06:00 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 16. Монпелье - вершина Ванту.
      07:00 Велоспорт. Женщины. "Тур де Франс". Этап 8.
      08:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Раунд 1.
      10:00 Горнолыжный спорт. Чемпионат мира в Зальбах-Хинтерглемме, Австрия. Мужчины. Супергигант.
      11:30 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Раунд 1.
      13:00 Горнолыжный спорт. Чемпионат мира в Зальбах-Хинтерглемме, Австрия. Мужчины. Супергигант.
      14:00 Горнолыжный спорт. Чемпионат мира в Зальбах-Хинтерглемме, Австрия. Женщины. Скоростной спуск.
      15:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Раунд 1.
      17:00 LIVE Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Раунд 1. Прямая трансляция.
      21:00 Легкая атлетика. Амстердамский марафон в Нидерландах.
      21:30 Водно-моторный спорт. Формула-1 на воде. Чемпионат мира. Этап 3 в Чжэнчжоу, Китай. Обзор.
      22:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Раунд 1.
      23:00 LIVE Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Раунд 2. Прямая трансляция.
      03:00 Триатлон. T100 Triathlon World Tour. Этап 7 в Вуллонгонге, Австралия. Обзор.
      04:00 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 21. Мант-Ла-Виль - Париж.
      04:30 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Раунд 2.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ilyos Zeytullayev Italiyada murabbiylik qilmoqda

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Murabbiylar / Faoliyat
Rukn: Yangiliklar
A A A

Ilyos Zeytullayev yosh paytida Italiyaga, mashhur "Yuventus" klubiga yo‘l oldi va "Yuve" safida maydonga tushgan dastlabki o‘zbekistonlik futbolchi bo‘ldi.

Ammo yosh o‘spirin shunday kuchli jamoa safida o‘z o‘rnini topib keta olmadi, natijada bir necha bor klub almashtirishga majbur bo‘ldi. Faoliyatining qolgan qismini "Redjina", "Krotone", "Jenoa", "Vichensa", "Verona", "Peskara", "Virtus Lanchano", "Torino" hamda Xorvatiyaning "Gorisa" klublarida o‘tkazdi. Gap Angrenda tug‘ilib o‘sgan hamyurtimiz Ilyos Zeytullayev haqida borayotganini shu zahoti anglab yetdingiz.

Zeytullayev uch yil oldin saytimiz uchun katta intervtyu bergandi. Uning Toshkentga kelganidan foydalanib yana ofisga taklif etdik. Xo‘sh, o‘tgan uch yil ichida Ilyosning hayotida qanday o‘zgarish ro‘y berdi? U bugungi kunda nimalar bilan mashg‘ul? Quyidagi intervyu orqali mana shu savollarga javob olsangiz ajab emas.

"JAROHAT TUFAYLI FUTBOLDAN KETGANMAN"

- Ilyos, sizni yana bir bor saytimiz ofisida ko‘rib turganimizdan xursandmiz. Agar yodga oladigan bo‘lsak, siz bilan oxirgi marta bundan uch yil oldin ko‘rishgandik. Mana shu utgan vaqt ichida hayotingizda nimalar o‘zgardi?

- To‘g‘ri aytdingiz, bungacha oxirgi marta 2014 yil "Championat.asia" ofisiga kelib sizlar bilan uchrashgandim. Yangiliklarga keladigan bo‘lsam, 2014 yil professional futboldagi faoliyatimni tugatdim. Oxirgi jamoam Xorvatiyaning "Gorisa" klubi bo‘ldi. U yerga ikkinchi davrada bordim va adashmasam, oltita o‘yinda maydonga tushdim. Xorvatiyada chempionat juda qisqa ekan. "Gorisa"da o‘ynab bo‘lgach, shu bilan futbolni tugatdim va yana Italiyaga qaytib murabbiylik faoliyatini boshlab yubordim.

- Bunga nima sabab bo‘ldi?

- Men yoshligimdan murabbiy bo‘lishga qiziqqanman. Ayniqsa, bolalar bilan ishlash jonu dilim edi. Bilasiz, otam ham doim bolalar futbolida ishlagan va bu ham menga yuqqan bo‘lsa kerak. Hozir Italiyaning beshinchi divizionida o‘ynayotgan "Kupello Kalcho" klubida ham havaskor darajada o‘ynab, ham yosh bolakaylarni shug‘ullantirib kelyapman. Shunday qilib uch yildan beri murabbiyman.

- Futbolni erta tark etishingizga nima sabab bo‘ldi?

- Asosan jarohat. 2004 yil jarohat olgandim va shundan beri oyog‘imda og‘riq bilan futbol o‘ynab keldim. 2005 yil operasiya qildirgandim. Natijada ko‘p o‘yinlarni o‘tkazib yubordim. Og‘riq tez-tez bezovta qilaverdi. Shunga qaramay, baribir o‘n yilcha to‘p tepdim va yakunda futbolni tugatish borasida bir qarorga keldim.

- Xorvatiyada faoliyatingiz qanday kechdi?

- Men borgan klub birinchi ligada ishtirok etardi. U yerda jamoalar soni kam, atigi 12ta jamoa birinchi divizionda o‘ynaydi. Shu bois kam o‘yin o‘tkazdim. Umumiy hisobda to‘rt oy Xorvatiyada bo‘ldim. Mavsum yakunida menga yangi shartnoma taklif qilishdi, ammo Italiyaga qaytishni xohladim.

"BANKIRDAN HAM MURABBIY CHIQQAN"

- Murabbiylik kasbini boshlash qanchalik qiyin bo‘ldi?

- Men futbol o‘ynash va murabbiylik qilish ikkita katta farqli ish ekanligini avvaldan bilardim. Siz yaxshi futbolchi bo‘lishingiz mumkin, lekin murabbiylik kasbida hech narsaga erisha olmasligingiz mumkin. Yoki bo‘lmasa aksincha, ko‘pincha yaxshi o‘ynay olmaganlar kelajakda kuchli murabbiy bo‘lib yetishadi. "Verona"da o‘ynagan paytimda jamoamiz bosh murabbiyi Maurisio Sarri edi. U hozir "Napoli"ni boshqarmoqda. Mana shu murabbiydan juda ko‘p narsa o‘rganganman deb ayta olaman. Qizig‘i shundaki, Maurisio Sarri katta futbol o‘ynamagan, u bankir bo‘lgan. Lekin bankda ishlagan odam keyinchalik Italiyaning eng yaxshi murabbiylaridan biri bo‘lib yetishdi.

- Hozirgi ishingiz haqida gapirib bersangiz.

- Aytib o‘tganimdek, "Kupello Kalcho" klubida bolalar bilan ishlayapman. Rimdan 170 km. uzoqda joylashgan Vasto shahrida istiqomat qilaman. Faoliyatimni tugatishim bilan meni ushbu klubga ishga taklif qilishdi. Dastlab 2005 yilda tug‘ilgan futbolchilar bilan ishladim. Keyinchalik 2002-2003 yilda tug‘ilganlarni ham berishdi. Bu mavsum shogirdlarim bilan shahar birinchiligida g‘olib chiqdik va tumanlararo musobaqaga yo‘llanma oldik. Bizning maktabda 1999-2010 yillarda tug‘ilgan bolalar tahsil olishadi.

"BOLALAR BIR YILDA QIRQTACHA O‘YIN O‘YNASHADI"

- Italiyada ligalar, klublar va futbol bilan shug‘ullanadigan bolalar-o‘smirlar juda ko‘p. Hamma yuqori saviyada futbol o‘ynashga ulguradimi?

- Italiya futbol federasiyasi oxirgi marta olib borgan seminar yakunlariga ko‘ra Italiya "A" seriyasida o‘ynayotgan futbolchilarning 80-85 foizi aynan quyi ligalardan chiqib kelgan futbolchilar ekan. Ayniqsa, o‘z vaqtida to‘rtinchi va beshinchi divizionda to‘p tepgan futbolchilar hozirgi payt "A" seriyada ko‘pchilikni tashkil etadi. Quyi ligalardan nima uchun yaxshi futbolchilar yetishib chiqadi? Birinchidan, bu yerda o‘yinlar soni ko‘p. Yosh futbolchi bir yilda 40 taga yaqin o‘yinda maydonga tushadi, ikkinchidan bolalar chempionatida ko‘p jamoalar o‘z oldilariga natija ko‘rsatishni bosh maqsad qilib qo‘yishmaydi. Mashhur bo‘lmagan va puli kam jamoalar asosan o‘yinchi tarbiyalab kuchli klublarga sotish payida bo‘lishadi. Keyinchalik o‘sha futbolchilar "Inter", "Milan", "Yuventus" kabi grandlar safiga yo‘l olishadi. Aksariyat futbolchilar 20-21 yoshda "A" seriya klublariga yo‘l olishadi.

- Demak, shunga yarasha raqobat ham kuchli to‘g‘rimi?

- Italiyada raqobat juda kuchli. U yerda iqtidorli bolalar nihoyatda ko‘p.

- Qo‘l ostingizda nechta bola shug‘ullanadi?

- Hozirgacha 2002-2003 lar bilan ishlab kelayotgandim, lekin yangi mavsum oldidan menga 2001-2002 larni berishdi. Nechta bola bilan ishlashim avvalo o‘zimga bog‘liq. Lekin rahbariyat 22 nafardan oshirmaslikni talab qilib qo‘ygan.

- 25-30 nafar bola bilan ham ishlasa bo‘ladimi?

- Bo‘ladi, lekin bunda yomon natija ko‘rsatasan. Chunki hammaga bir xil e’tibor bera olmaysan. Menimcha buning iloji yo‘q.

"SHOGIRDLARIMNING HAMMASI ITALIYALIK"

- Bolalar bilan bir o‘zingiz ishlaysizmi yo yordamchi bormi?

- Menda jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha yordamchim bor. U doim qarashib turadi. Albatta, "Fiorentina"ga o‘xshagan klublarda hatto bolalar bilan ham ko‘pchilik ishlaydi, lekin hamma klub o‘z imkoniyatiga qarab ish tutadi. Bizning maktabda esa har bir guruh bilan ikkitadan murabbiy ishlaydi.

- Darvozabonlar bilan ishlaydigan alohida murabbiy bormi?

- Darvozabonlar haftasiga uch marta alohida murabbiylar bilan ishlashadi, boshqa payt esa butun jamoa bilan mashg‘ulot o‘tkazishadi. Darvozabonlar qanday ishlaydi? Ular dastlab 45 daqiqa davomida murabbiy bilan shug‘ullanishadi, keyin men ularni chaqirib olaman va hamma butun jamoa bo‘lib mashg‘ulot o‘tkazadi. Umuman Yevropada ko‘pincha shunday qilishadi.

- Shogirdlar orasida hamma italiyalikmi yo chetdan kelganlar ham bormi?

- Asosan italiyaliklar. Faqat bitta marokashlik bola bor, lekin u ham oilasi bilan anchadan beri Italiyada istiqomat qiladi. "A" seriyaning ko‘plab kuchli klublarida boshqa davlatdan kelganlar ham shug‘ullanishadi.

- Italiyada bolalar futboliga talab qanday? Murabbiylardan natija so‘raladimi?

- Ko‘p narsa qaysi futbol maktabida ishlashingga bog‘liq. Agar sen "Sassuolo", "Atalanta", "Kyevo" kabi klublar futbol maktabida ishlasang, rahbariyat ko‘p ham natija so‘ramaydi. U yerda sen futbolchilarni to‘p tepishga o‘rgatish payida bo‘lasan. "Milan"ga o‘xshagan buyuk klublarda esa klub imiji uchun ham bolalar bilan sovrin yutishingga to‘g‘ri keladi. Italiyada futbolchi 15 yoshdan oshganidan keyin natija uchun o‘ynashni boshlaydi.

- Masalan siz uchun natija muhimmi?

- Inson qayerda yashasa, o‘sha joyning urf-odatlariga ko‘nika boshlaydi. Yaxshi bilasiz, katta futbolda italyanlar doim natijani birinchi o‘ringa qo‘yishadi. Chunki murabbiy g‘alaba qozonmay yuraversa ishdan ketadi. Men uchun natija muhimmi? Albatta, chet ellik inson sifatida natija kerak, qolaversa g‘alabadan bolakaylar ham xursand bo‘lishadi. Lekin men doim ham natija ortidan yugurmayman, asosiysi bolalarga nimadir o‘rgatsam deyman.

"ITALIYADA MURABBIYLARNING LISENZIYASI OLIB QO‘YILISHI MUMKIN"

- Murabbiylik lisenziyangiz bor, shundaymi?

- Ha, menda UYEFA "B" lisenziyasi bor. Bu menga ham bolalar, ham kattalar bilan ishlash imkonini beradi. Lekin "B" seriyada ishlash uchun kamida "A" lisenziyangiz bo‘lishi kerak. Shuningdek, "V" bilan "A" seriyada yordamchi bo‘lib ham ishlasa bo‘ladi, bosh murabbiy bo‘lish uchun faqat "Pro" bo‘lishi kerak. 2014 yil Xorvatiyada o‘ynab qaytganimdan so‘ng yozda murabbiylik kurslariga qatnadim. Ikki oylik o‘qish va imtihonlardan keyin lisenziya olganman. Italiyada har uch yilda bir marta malaka oshirish kurslarida qatnashishing shart.

- Italiyada ish topish qiyinmi?

- O‘ziga yarasha qiyin tomonlari bor. Chunki barcha italyanlar o‘zlarini futbol bilimdoni deb hisoblashadi va har doim bahslashishga tayyor turishadi. Italiyada murabbiylar ko‘p va ularning ko‘pi chet elda ishlab ham muvaffaqiyat qozonmoqda. Masalan, Ranyeri va Konte Angliyada, Anchelotti Germaniya, Karrera Rossiyada muvaffaqiyatga erishdi. Bundan ko‘rinib turibdiki, Italiyada murabbiylarni tayyorlash maktabi juda kuchli.

- Italiyadan juda ko‘plab kuchli, jahon futboliga ta’sir o‘tkaza olgan murabbiylar chiqqan. Buning sabablari nimada?

- Bu juda murakkab savol va ikki og‘iz gap bilan javob berish qiyin. Faqat shuni aytishim mumkin, u yerda murabbiylar uchun ko‘plab seminarlar, malaka oshirish kurslari tashkil qilinadi. Bundan tashqari, Italiyada murabbiylar imtihondan o‘ta olmasa, lisenziyasi olib qo‘yiladi. Italiyada 74 million aholi yashasa, shundan 70 millioni futbolni tushunadi. Hatto oddiy kafega kirganingda ham odamlar futbol haqida suhbatlashayotgan bo‘lishadi. Faraz qilamiz, sen murabbiysan va kafega kirding. Birorta futbol ishqibozi yoningga kelib sen bilan futbol haqida gaplashishni boshladimi, sen undan ko‘p bilishingni ko‘rsatib qo‘yishing kerak. Bo‘lmasa hamma ustingdan kuladi.

"O‘ZBEK FUTBOLINI KO‘P HAM KUZATMAYAPMAN"

- Sizda futbolchilik faoliyatini O‘zbekistonda tugatish imkoni bo‘lganmi?

- Yo‘q. Hech qaysi jamoadan taklif olmaganman.

- Oxirgi marta Toshkentga qachon kelgandingiz?

- Bir yarim yil oldin turmush o‘rtog‘im va o‘g‘lim bilan ota-onam, qarindoshlarimni ko‘rish uchun kelgandim.

- Toshkentda o‘zgarishlar kattami?

- Har gal kelganimda o‘zgarishlarni ko‘rib hayron qolaman. Shahar kundan kunga go‘zallashib bormoqda. Va har doimgidek odamlarimiz ajoyib.

- Keling endi o‘zimizning futbol haqida gaplashamiz.CHetdan qaraganda sizga o‘zbek futboli qanday ko‘rinyapti?

- To‘g‘risini aytaman, o‘zbek futbolini yaqindan kuzatayotganim yo‘q. Faqat Xalqobodga borganimda otam shug‘ullantirayotgan yosh bolalarni ko‘rdim va ularning mashg‘uloti menga yoqdi. Lekin oliy ligada nima gap, bulardan ko‘pincha bexabarman. Ammo "Paxtakor" Shota Arveladzeni olib kelganini eshitib xursand bo‘ldim. Demak, bu ham yaxshi yangilik.

- Nima deb o‘ylaysiz, hozirgi paytda bizdan qaysidir futbolchi o‘z vaqtida sizga o‘xshab "Yuventus"ga borib qolishi mumkinmi?

- Bilmayman. Baribir qachondir eshiklar ochiladi va Yevropada ham o‘zbek futboli haqida gapira boshlashadi. Lekin bu kunlar qachon keladi bilmayman. Men haqimda ham ko‘p gap-so‘zlar bo‘lgan. Odamlar "Zeytullayev nari borsa "Yuventus"ning o‘rinbosarlar tarkibiga tortarkan, asosiy jamoada o‘ynab keta olmadi, keyin ko‘p marta jamoa o‘zgartirdi" deya ko‘p gapirishgan. Ammo men bunday gaplarga e’tibor bermaganman. Bilasizmi, "Yuventus", "Inter" yo "Milan"ga borsa bo‘ladi, lekin ham gap u yerda qolishda. Istalgan futbolchi bu klublarda paydo bo‘lib qolishi mumkin, ammo o‘ynab keta oladimi-yo‘qmi, kafolat yo‘q.

- O‘zbek futboliga oid yangiliklardan qanday xabardor bo‘lib turasiz?

- Ko‘pincha yaqin do‘stim Islom Inomov bilan xabarlashib turamiz. Shuningdek, saytingiz orqali yangiliklarni kuzatib borishga harakat qilaman.

"BABAYAN QANDAY MURABBIY BILMAYMAN"

- Milliy terma jamoamiz ishtirokidagi o‘yinlarni ko‘rdingizmi?

- Yo‘q, chunki Italiyada qaysi kanallar qo‘yishini bilmayman. Lekin jahon chempionati saralash bosqichidagi natijalardan xabardorman. Bilganim shuki, oldimizda ikkita o‘yin bor va jahon chempionatiga chiqish uchun ikkalasini yutishimiz shart.

- Terma jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayan haqida qanday fikrdasiz?

- Samvel Babayanni terma jamoada o‘ynashni boshlaganimdan beri bilaman. Babayan u paytlari "Paxtakor" klubi strukturasida ishlardi. Ammo murabbiy sifatida ko‘p ham bilmayman, chunki o‘yinlarini ko‘rganim yo‘q. Lekin Geynrix va Bikmayev bilan gaplashganimda Babayan haqida iliq fikr aytishdi.

- Agar O‘zbekiston jahon chempionatiga chiqsa, Italiyada bu haqda gapirishadimi?

- Albatta gapirishadi. Chunki italyanlar sutkasiga 24 soat futbol bilan yashaydilar. Mana yaqinda "La Gazzetta dello Sport" nashri ham maqola yozayotib biz haqimizda to‘xtaldi. Maqolada asosan Marchello Lippining Xitoydagi faoliyati yoritilgan va guruhdagi raqib O‘zbekiston terma jamoasi haqida ham so‘z borgan. Agar biz 31 avgust kuni Xitoyni yutib kelsak, italyanlar bu haqda albatta yozishadi.

 

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:25, 15.07.2017. O'qildi: 9022 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu o'zining professional faoliyati davomida to'qqiz marta qizil kartochka olib, maydonni erta tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 9
2 Борнмут Entoyn Semenyo 6
3 Бёрнли Djeydon Entoni 4
4 Брентфорд Igor Tiago 4
5 Сандерленд Vilzon Izidor 3
6 Вест Хэм Jerrod Bouen 3
7 Челси Moyses Kaysedo 3
8 Ливерпуль Yugo Ekitike 3
9 Тоттенхэм Risharlison 3
10 Кристал Пэлас Ismaila Sarr 3

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.