Bugun 14 fevral, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Lindelyov-xaloskor yoxud sobiq jamoasini inqirozdan qutqargan futbolchi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Ha, futbolda shunaqasi ham uchrarkan. Bunga misol tariqasida Shvesiyaning uchinchi divizionida qatnashuvchi «Vesteros» klubini keltirish mumkin.

2011 yili o‘yinchisini sotgan mazkur jamoa shu transfer orqali in­qirozdan qutulib qoldi. Qanday qilib deysizmi? Unda quyidagi maqola bilan tanishing.

«Vesteros» baxti

«Benfika» skautlarini chin ma’noda sehrgarlarga qiyoslash mumkin. Aks holda, qaysi top-klub Shvesiya uchinchi divizionida to‘p suruvchi 17 yoshli himoyachiga e’tibor qaratardi? Agar ushbu pozisiyani skauting uchun eng murakkab deb hisoblasak (mudofaa markazidagi o‘yin parametrlariga to‘g‘ri baho berish juda mushkul), Viktor Lindelyof transferi mo‘ljalga aniq urilganidan darakdir.

«Vesteros»dagilar bir necha yildan so‘ng ushbu yigitning jamoa xaloskoriga aylanishini xayollariga keltirmagan bo‘lsalar kerak. Klubning direktorlar kengashi raisi, Shvesiyadagi mashhur yengil atletikachi, 1980 yilgi Moskva Olimpiadasi ishtirokchisi Kristina Liffner bir urinishda klubning barcha moliyaviy muammolariga chek qo‘ydi. Lindelyofni «Benfika»ga sotish chog‘ida shartnoma shartlariga ko‘ra, «Vesteros» 100 ming yevro, shuningdek, mabodo u boshqa klubga o‘tsa, ushbu transferning 20 foizini olishi ham kiritilgandi. Bundan tashqari, Viktorning Shvesiya yoshlar termasidagi uchinchi o‘yini va Portugaliya primeyrasida 10ta uchrashuvda maydonga tushishi ham uning sobiq jamoasi g‘aznasiga mo‘may foyda keltirdi. Ha, «Benfika»dagilar shunday daromad manbaini sotib olishayotganini taxmin qilmaganliklari aniq.

Oradan olti yil o‘tdi. Lindelyof yordamida Shvesiya ikkinchi ligasiga yo‘l olgan «Vesteros» yana uchinchi divizionga tushib ketdi. Moliyalashtirish bo‘yicha muammolar paydo bo‘ldi, aksariyat futbolchilar oylab maosh olishmadi, klub bankrotlikni e’lon qilish arafasida turgandi. Rahbariyat, o‘yinchilar va ishqibozlar Lindelyofning «MYU»ga transfer qilinishini orziqib kutishayotgandi. Va ularning niyatlari amalga oshdi. Angliya klubi to‘lagan 35 million yevroning 4,1 «limon»i «Vesteros» hisobiga o‘tkazildi. Agar Viktor «Benfika» bilan amaldagi shartnomani yangilamaganda, ushbu summa 7 million bo‘lishi ham mumkin edi. Ammo mazkur kelishuvdan so‘ng shartlar biroz o‘zgardi.

- Biz uchun bu baribir, katta pul, - dedi Kristina Liffner. - Mazkur transfer o‘ziga xos qutqaruv vositasiga aylandi. Endi klub xodimlariga maosh berish haqida tuni bilan o‘ylanib chiqishimga hojat qolmaydi.

Liffnerning kelajakdagi rejalarida klub akademiyasini ochib, yangi Lindelyoflarni tayyorlab, ularni transfer qilish ham bor. Bu, shubhasiz, aksariyat mamlakatlarning quyi divizionlari uchun ajoyib namuna.

Kim o‘zi u Lindelyof?

Xo‘sh, «MYU» kim uchun 35 million yevro sarfladi? Zero, bu xarid futbol tarixidagi himoyachilar transferi orasida eng qimmatlaridan biriga aylandi. Viktor Lindelyof faqatgina «Vesteros» xaloskori sifatida tanilmagan. Bir necha yildan so‘ng u o‘z pozisiyasida jahonning eng kuchli futbolchilaridan biriga aylanishi muqarrar. Mourinyoning yanvar oyidan buyon «Yunayted» skautlarini «Benfika»ning har bir o‘yinini kuzatishga undagani bejiz emas, albatta. Shvesiya termasi ishtirokidagi bahs davomida kameralar «Benazir»ning yuz ifodasini suratga olib, o‘sha paytdayoq «MYU»ning ushbu o‘yinchiga befarq emasligini isbotlagandek bo‘ldilar. O‘shandayoq ko‘pchilikning xayolida fikr tug‘ildi: Lindelyof - «qizil iblislar»ga mos tushadigan ideal nomzod. Nazariy jihatdan Viktorning yangi mavsumda jamoa yetakchilaridan biriga aylanishi kutilmoqda. Vaholanki, hozir Mourinyo qo‘l ostida to‘p surayotgan markaziy himoyachilar bilan solishtirganda, uning statistikasi u qadar maqtovga munosib emas.

Lindelyof hamda «MYU» mudofaa chizig‘idagi hamkasblari qayd etgan raqamlar o‘rtasidagi tafovut «Benfika»ning manchesterliklarnikidan ancha farqlanadigan futbol namoyish etganidan darak bermoqda. «Burgutlar» o‘tgan mavsum to‘pni egallab turish borasida o‘rtacha hisobda 60 foizlik ko‘rsatkich qayd etishgan. Bu esa haqiqatan ancha ko‘p. Raqib kam hujum uyushtiradi, demakki, himoyachilarning mudofaadagi harakatlar chog‘ida ochko to‘plash imkoniyatlari pasayadi.

Lindelyofdagi zaifliklardan biri - ko‘pincha pozisiya tanlashda muammoga yo‘liqadi. Shunga qaramay, bu kamchilikni u vaziyatni o‘z vaqtida to‘g‘ri baholash va raqibidan o‘zib ketishdagi aqlli o‘yini evaziga «yuvadi». Boz ustiga, Viktorning tezligi binoyidek. Qolaversa, Mourinyoning yosh himoyachilar bilan ajoyib tarzda ishlay olishini ham unutmaslik darkor. Portugaliyalik mutaxassis qo‘l ostida Lusio, Samuel, Karvalyu, Pepe, Varan va ko‘plab futbolchilar o‘sishga erishishgan.

Lindelyofning eng ustun jihatlaridan biri - pas berishdagi aniqlik. U «MYU» klubining internetdagi kanaliga bergan intervyusida «Vesteros»da dastlab yarim himoyada to‘p surgani, shu bois to‘p bilan ajo­yib tarzda ishlashini aytgandi. Bunga raqamlar ham guvohlik bermoqda. Pas va yakkakurashlar bo‘yicha u Yevropaning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo‘lib turibdi. Har ikki oyog‘idan bir xilda unumli foydalanishi esa uning foydaliligini yanada oshirishi tayin. Lindelyof o‘tgan mavsum primeyrada paslar soni (1746) bo‘yicha uchinchi, uzatmalar aniqligi (90 foiz) borasida esa eng yuqori o‘rinni egalladi. Nazariy jihatdan bu futbolchi Gvardiola jamoasiga ko‘proq mos kelardi. Yangi mavsumda «MYU» bo‘ydor futbolchilarga yuqoridan to‘p uzatishlarga katta e’tibor qaratmasligini taxmin qilish mumkin. Demak, hujumlarni o‘zgacha tarzda tashkillashtirish chog‘ida Lindelyof Mourinyoning o‘ziga xos «ko‘zir»laridan biriga aylanishi aniq.

- Fikrimcha, men og‘ir-bosiq o‘yin­chiman. To‘p bilan harakatlanishni yoqtiraman, uni oldinga aniq yo‘naltirishda muammoga yo‘liqmayman, deb o‘ylayman. O‘yinni o‘qib, oldindagi sheriklarim xotirjam o‘ynashlarini ta’minlayman. Chunki ular so‘nggi pallada to‘g‘ri himoyalanishimni bilishadi, - deydi Viktor.

Lindelyof o‘zining sovuqqonligi va xotirjamligi evaziga «Benfika»da Iceman taxallusiga loyiq ko‘rilgandi (bu nomning skandinavlarga mutlaqo aloqasi yo‘q). «MYU»da qizishib ketganda o‘zini nazorat qilolmaydigan Bayi, Smolling, Roxo va Jons o‘ynashini inobatga olsak, Mourinyo jamoasiga aynan shu toifa futbolchi kerak edi. Lindelyof agressiv himoyachilar muammolariga ters o‘laroq, ularning kamchiliklarini kerakli paytda yopishi mumkin. Hujumlarni sifatli tashkil etish masalasiga to‘xtalsak, bu yo‘lda ko‘pincha «MYU» markaziy himoyasida Deyli Blinddan foydalanilar, raqib jamoa o‘yinchilari esa uning ustidan to‘pni osongina oshirib qo‘ya qolishardi. Endilikda «qizil iblislar»da bunday muammo bo‘lmaydi.

Xullas, Lindelyof transferi - har taraflama ideal kelishuv. «Benfika» ushbu o‘yinchi evaziga mo‘may mablag‘ga ega chiqdi, «Vesteros» inqirozdan qutuldi, «MYU» esa APL chempionligi poygasida ko‘p asqotishi mumkin bo‘lgan ajoyib himoyachini o‘z safiga qo‘shib oldi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 09:11, 11.08.2017. O'qildi: 3300 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Real”ning tirik afsonasi Raul Evropa Chempionlar ligasining ketma-ket 14 ta mavsumida gol ura olgan yagona futbolchi sanaladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.