Bugun 5 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 11 28
2 Paxtakor 11 26
3 Buxoro 11 20
4 Navbahor 11 20
5 Bunyodkor 11 19
6 Lokomotiv 11 17
7 OKMK 11 16
8 Andijon 11 16
9 Nasaf 11 14
10 Xorazm 11 13
11 Qizilqum 11 13
12 Surxon 11 12
13 Dinamo 11 11
14 Qo‘qon-1912 11 11
15 So‘g‘diyona 11 9
16 Mash’al 11 0

O'tgan o'yinlar.

11-тур Dinamo 3-1 Mash’al
11-тур Buxoro 2-1 So‘g‘diyona
11-тур OKMK 0-0 Neftchi
11-тур Qo‘qon-1912 1-0 Bunyodkor
11-тур Surxon 1-1 Paxtakor
11-тур Xorazm 0-3 Andijon
11-тур Lokomotiv 1-0 Qizilqum
11-тур Nasaf 0-0 Navbahor

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Mo‘minjonovning "Navbahor" matbuot anjumanidagi fikrlari

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Matbuot anjumanlari
Rukn: Yangiliklar
A A A

Oliy liga doirasidagi “Navbahor” - “Qizilqum” (3:2) o‘yinidan so‘ng, mezbonlar bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov bir qator savollarga javob qaytardi.

“Neftchi”ga qarshi o‘tadigan “vodiy derbi”si haqida

Bugundan, shu daqiqadan boshlab “Neftchi” bilan o‘tadigan navbatdagi uchrashuvga tayyorgarlikni boshladik. Kiyim almashtirish xonasiga kirib, futbolchilarni g‘alaba bilan tabriklab, buni unutgan holda Farg‘onadagi bahsga hozirlik ko‘rishni aytib o‘tdim. O‘yin oldidan bo‘shashmaymiz. Negaki, “vodiy derbi”lari doimo murosasiz va keskin ruhda kechgan.  Qolaversa, o‘z maydonimizda “Neftchi” bilan alamli durang qayd etgandik. Shuni o‘rnini to‘ldirishni maqsad qilganmiz. To‘p yumaloq, maydon tekis deb aytishadi. Nima bo‘lgan taqdirda ham ijobiy natijani qayd etish uchun ishlashda davom etamiz. Turli xil gap-so‘zlarni paydo bo‘lishi esa bizni yanada kuchaytiradi. Qaysidir joyda xatoga yo‘l qo‘yganmiz yoki oqsoq joyimiz borki, muxlislar e’tiroz bildirishadi. Bunga javoban o‘z ustimizda yanada ko‘proq ishlab, yuqori natijalar sari intilamiz.
Otaxonov va Boydedayev xususida
Abbos Otaxonov xususida gap ketganida, futbolchimiz kelajagi porloq yoshlardan sanaladi. Qaysidir jihatdan jamoaga qo‘shilib ketishda muammolar mavjud. O‘ylaymanki himoyachimiz sekin-asta tajriba to‘plab, mahoratli o‘yinchilardan biriga aylanadi. Ilhom Boydedayevning o‘yinidan esa qoniqish hosil qilmadim. Futbolchimiz zaxiradan maydonga qo‘shilib, xatolarga yo‘l qo‘ydi. Balki uning o‘yini Sizga yoqqanmi bilmadimku. Boydedayev o‘yin yakunlanishiga 15 daqiqa qolgani uchun safga qo‘shilgani uchun shunday bo‘lgandir. Bu futbol, shunday ekan futbolchi bir kun undoq boshqa kuni esa o‘zgacha tarzda to‘p suradi. Keyingi uchrashuvlarda Ilhom yaxshiroq harakat qiladi degan umiddaman. Safimizda navbatdagi o‘yin oldidan yo‘qotish bor. Azizbek Turg‘unboyev bugungi uchrashuvda to‘rtinchi sariq kartochkani olgani uchun Farg‘onada maydonga tusha olmaydi.
Jamoadagi raqobat
Ro‘zimboy Ahmedov avvalgi sport formasiga kirmoqda. Bu esa Yovanovichga jiddiy raqobat tug‘diradi. Davralar oralig‘ida tarkibga qo‘shilgan futbolchilardan Sardor Azimovning harakatlaridan qoniqish hosil qilmayapman. “Obod”ga qarshi o‘yinda ham o‘zini ko‘rsata olmagandi. Bugungi uchrashuv yakuniga yetgach ham uni o‘ziga bu haqda aytdim. Azimovni yoshligidan bilaman. Hozirda futbolchida o‘yin amaliyoti biroz kamroq. Sekin-asta bu kamchilikni bartaraf etib asosiy tarkibdan joy oladi degan umiddaman. Yarim himoyada sog‘lom raqobat yuzaga kelgan. Abbos Maxstaliyev va Azizbek Turg‘unboyevlar ham yaxshi o‘yin ko‘rsatishmoqda. Bundan tashqari ixtiyorimizda tezkor futbolchimiz Doniyor Usmonov ham bor.
O‘yin paytidagi xatti-harakatlar haqida
O‘yin boshlangach, futbolni ichida yashayman. Shu sababli his-hayojonga berilib, futbolchilarni koyishim mumkin. Men uchun asosiysi natija sanaladi. Aynan shu sababli turli xil xatti-harakatlar yuzaga keladi. Futbolda har qanday murabbiy ham g‘alaba qozonishni istaydi. Yutqazishni yoqtirmasligim uchun ijobiy natija uchun intilaman. 
Jamoamiz a’zolari "Neftchi" bilan o‘tadigan uchrashuvga tayyorgarlikka 15 avgust kuni Namanganda kirishishadi.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 17:30, 14.08.2017. O'qildi: 3560 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Faqat 5ta davlat — Meksika, Italiya, Fransiya, Germaniya va Braziliyada JCHga 2 martadan mezbonlik qilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 7
2 Пахтакор Doston Hamdamov 6
3 Сурхон Chinedu Stefan 6
4 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 6
5 Нефтчи Stipe Perisa 5
6 Бухоро Sherzod Esanov 5
7 ОКМК Nodirbek Abdurazzoqov 4
8 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 4
9 Нефтчи Zoran Marushich 4
10 Динамо Azizbek Amonov 4

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик