Matbuot anjumani chog‘ida jurnalist «Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Artetani «Manchester Siti» ishtirokidagi o‘yinni pabda tomosha qilishga taklif qildi.
— Assalomu alaykum, Mikel. Siz «tarix» va «intiqlik bilan kutish» kabi hissiyotlarga boy so‘zlarni ishlatdingiz. Odatda, uy uchrashuvlari oldidan siz bilan bunchalik kech vaqtda gaplashmasdik. Bugun oqshom qanday hordiq chiqarasiz? Yaxshi uxlay olasizmi? Agar uxlashga qiynalsangiz, biz «Everton» va «Siti» o‘rtasidagi bahsni tomosha qilish uchun pabga bormoqchimiz, u yerda bemalol hordiq chiqarish mumkin.
— Men, albatta, yaxshi uxlayman. Kech soatlargacha ishlashga o‘rganib qolganman, shu bois bu borada hech narsa o‘zgargani yo‘q. Ammo bir narsa o‘zgardi — ertaga biz Chempionlar ligasi yarim finalida o‘ynaymiz. Bu ajoyib, — dedi Arteta «Atletiko» bilan o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
Ertaga «to‘pchilar» CHL yarim finalining javob uchrashuvida Madrid klubini qabul qilishadi (birinchi o‘yin — 1:1).
«Manchester Siti» esa APLning 35-turi doirasida «Everton»ga qarshi maydonga tushgan (birinchi bo‘limdan so‘ng hisob — 1:0).