Bugun 21 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Azamat Abduraimov: «Qosimov ham Astanaga borishi kerak edi»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbol faxriylari
Rukn: Yangiliklar
A A A

Qozog‘istonning Astana shahrida 5-6 avgust kunlari EXPO-2017 doirasidagi Football Cup musobaqasi o‘tkazildi.

Finalda tarkibida hamyurtimiz Azamat Abduraimov to‘p surgan jahon termasi rossiyalik faxriy futbolchilar bilan bellashdi. Guruh bosqichidagi ikki o‘yinda ikkita gol urgan Abduraimov finalda ham raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Biroq uning jamoasi mag‘lubiyatga uchradi - 4:7. Rossiya termasi safida Roman Shirokov, Yevgeniy Aldonin va Viktor Bulatov «dubl»ga erishishdi. Yana bir golga Dmitriy Sennikov mualliflik qildi. Jahon termasi tarkibida Vensan Kandela, Yari Litmanen va Azamat Abduraimov to‘p kiritishdi. Yakunda Portugaliya jamoasi bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Keyingi o‘rinlarni Qozog‘iston, Italiya va Germaniya termalari band etishdi. Biz Astanadan qaytib kelgan Azamat Abduraimov bilan uchrashib, taassurotlar yuzasidan intervyu oldik.

- Azamat aka, sizni jahon termasiga kim taklif qildi? Futbolchilarni tanlashda nimalarga e’tibor qaratildi?

- Astana shahrida 10 iyuldan 10 sentyabrgacha keng miqyosidagi EXPO-2017 xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda dunyoning 118ta davlati ishtirok etyapti. Ular orasida O‘zbekiston ham o‘z milliy maxsulotlari bilan qatnashdi. Ushbu tadbir doirasida faxriylar o‘rtasidagi futbol turniri ham o‘tkazilib, unda yaqin-o‘tmish yulduzlari maydonga tushishdi. Tamerlan Kuriyev tashkilotchilardan biri bo‘lib, mana bir necha yildirki, Moskvada an’anaviy Afsonalar kubogi musobaqasini o‘tkazib kelyapti. Tamerlan bilan yaqin do‘stmiz. Aynan u meni Qozog‘istondagi turnirga taklif qildi. Osiyo futboli vakillari sifatida men va tojikistonlik do‘stim Muhsin Muhammadiyev Astanaga bordik. Bizdan tashqari, tashkilotchilar Mirjalol Qosimovga ham taklif bilan chiqishgandi. Lekin chempionatdagi tig‘iz taqvim do‘stimning Qozog‘istonga borishiga to‘sqinlik qildi.

- Jismoniy tayyorgarlik pand berib qo‘yishi mumkin edi. Shu ma’noda taklifga javob qaytarishga shoshilmadingizmi yoki..?

- Astanaga borishimiz bir oy oldin ma’lum bo‘lgandi. Darhol taklifga rozilik berdim. Chunki bunday imkoniyat hayotda bir marta bo‘lishi mumkin edi. Boshqa tomondan, faxriylar o‘rtasidagi Toshkent shahar chempionatida «Bunyodkor» safida o‘ynayapman. Aytmoqchi bo‘lganim, sport formam joyida edi. Lekin baribir, qo‘shimcha tarzda mashg‘ulot o‘tkazishga to‘g‘ri keldi. Ortiqcha vazndan xalos bo‘lishim kerak. Men uchun jahon termasi tarkibida o‘ynash katta sharaf. Zero, bu turnirda O‘zbekiston nomidan ishtirok etdim. Stadionda tanishtirishayotganda ham ism-sharifimga mamlakatimiz nomini qo‘shib aytishdi. Qani endi 10 yil avvalgi holatim bo‘lganida, aniq to‘purarga aylanardim. 2008 yili Germaniyada o‘tgan xalqaro turnirda to‘purar bo‘lgandim. O‘shanda terma jamoamiz asosini 12-Osiyo o‘yinlari g‘oliblari tashkil etgandi. To‘g‘ri, mahorat saqlanib qoladi, lekin yosh, jismoniy holat baribir o‘z so‘zini aytadi. Hozir 51 yoshdaman va tabiiyki, tezkor futbol namoyish qilish oson emas. Boz ustiga, biroz tezroq yugursangiz, eski jarohatlar qo‘zg‘alib qoladi. Astanadagi turnirda 35 yoshdan kichiklar qatnasha olmasdi. Qozog‘iston termasi eng yosh tarkib bilan qatnashdi. Shunga qaramay, biz ularni mag‘lubiyatga uchratdik. Yari Litmanen, Papen, Aldair, Krespo, Manishe, Sveyba kabi yaqin-o‘tmish yulduzlarining yoshi 40dan oshgan bo‘lsada, mahorat va tajribalari evaziga navqiron futbolchilardan ustun kelishdi. Ularda chempionlik xarakteri hamon saqlanib qolgan. Yulduzlar yutqazishni yomon ko‘rishar ekan.

- Mashg‘ulotlar yordamida necha kilogramm vazn tashladingiz?

- Men 5, Muhsin esa 10 kg.dan xalos bo‘ldik.

- Bundan chiqdi Muhammadiyev ko‘proq ter to‘kibdi-da?

- Yo‘q, shunchaki, u anchadan beri futbol o‘ynamayotgandi. Buning natijasida yaxshigina semirib ketgan edi (kuladi).

- Barcha xarajatlar tashkilotchilar zimmasida bo‘ldimi?

- Xuddi shunday. Turnir yuqori saviyada tashkil etildi. Har birimizga samolyot uchun chiptalar jo‘natishdi. Astana xalqaro aeroportining VIP zalida kutib olishdi. Besh yulduzli mehmonxonaga joylashtirishdi. Jamoamizning har bir a’zosiga katta sumkada maxsus ekipirovkalar sovg‘a qilindi. Unda ikkitadan sport kostyumi, krossovka, o‘yin va tantanali marosim uchun mo‘ljallangan formalar bor edi. Bundan tashqari, ishtirok uchun bonus, finalga chiqqanimiz evaziga mukofot puli berildi.

- Ko‘nglingizni xira qilgan holat bo‘lmadimi?

- Hammasi a’lo darajada tashkil etildi. Faqat kichik bir taklifim bor edi. Menga qolsa, futbolchilarning yoshini 40dan 50gacha qilib belgilardim. Eng yoshi katta o‘yinchi 55 yoshda bo‘lishini ta’minlardim. Mutanosiblik buzilgan. Masalan, Germaniya termasi tarkibidagi 64 yoshli Manfred Kalts mezbonlarning 35 yashar futbolchisi Finonchenkoga qarshi to‘p surdi. Jamoadoshim Papen 54, raqibimiz Qozog‘iston termasi safidagi Tleshev 37, italiyaliklar tarkibidagi Pyetro Verxovod 58, rossiyalik Roman Shirokov esa 36 yoshda edi.

- Jan-Pyer Papen bilan suhbatingiz qanday kechdi?

- Turnir yakunlanganidan so‘ng do‘stim Muhsin bilan shu masalani muhokama qildik. Eng ko‘p hamsuhbat bo‘lganim Papen va Yari Litmanen edi. Hayotda ularning har ikkisi ham oddiy ekan. Suhbatimiz juda qiziqarli ruhda o‘tdi. Papen murabbiylik faoliyati haqida gapirib berdi. «Strasburg» klubidagi omadsizlikni alohida esga oldi. Aynan shundan so‘ng u murabbiylik faoliyatini to‘xtatib qo‘yibdi. Keyin oxirgi Yevropa chempionatini muhokama qildik. Uning maydondagi eng yoqtirgan taktik sxemasi 4-3-3 ekan. Papen futbolchilik faoliyatida «Milan» klubida aynan shu uslubda o‘ynagan. Undan «Sevimli murabbiyingiz kim?», deb so‘raganimda, hech ikkilanishsiz Fabio Kapello, deb javob qaytardi. Yari Litmanen ham futbol mavzusida uzoq gapirdi, shuningdek, oilasi haqida so‘zladi. Uning rafiqasi Estoniyaning Tallin shahridan ekan. Yari hozir Finlyandiya futbol federasiyasida texnik direktor lavozimida ishlayapti. O‘tmish yulduzlariga milliy zar choponimiz va do‘ppi sovg‘a qildim. Bundan juda xursand bo‘lishdi.

 

 

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 14:03, 19.08.2017. O'qildi: 6728 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Torres faoliyatini darvozabon sifatida boshlagan. O'yinlarning birida u barmog'ini sindirib olgach, onasi o'g'liga darvozabonlikni taqiqlagan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик