Bugun 21 noyabr, 2025 yil, juma.

  • Superliga
      • 20.11.2025 16:00
      • Surxon
      • 0:0
      • OKMK
      • 20.11.2025 18:15
      • Paxtakor
      • 1:0
      • Nasaf
      • 21.11.2025 16:00
      • Mash’al
      • -:-
      • Navbahor
      • 21.11.2025 18:15
      • Andijon
      • -:-
      • Xorazm
      • 21.11.2025 18:15
      • Dinamo
      • -:-
      • Qo‘qon-1912
      • 22.11.2025 14:00
      • So‘g‘diyona
      • -:-
      • Bunyodkor
      • 22.11.2025 16:15
      • Neftchi
      • -:-
      • Qizilqum
  • La-liga
      • 22.11.2025 01:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Levante
      • 22.11.2025 18:00
      • Alaves
      • -:-
      • Selta
      • 22.11.2025 20:15
      • Barselona
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 22.11.2025 22:30
      • Osasuna
      • -:-
      • Real Sosyedad
  • APL
      • 22.11.2025 17:30
      • Byornli
      • -:-
      • Chelsi
      • 22.11.2025 20:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Vest Xem
      • 22.11.2025 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Brentford
      • 22.11.2025 20:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Sanderlend
      • 22.11.2025 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 22.11.2025 20:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 22.11.2025 22:30
      • Nyukasl
      • -:-
      • Manchester Siti
  • «A» Seriya
      • 22.11.2025 19:00
      • Kalyari
      • -:-
      • Jenoa
      • 22.11.2025 19:00
      • Udineze
      • -:-
      • Bolonya
      • 22.11.2025 22:00
      • Fiorentina
      • -:-
      • Yuventus
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 28 61
2 Paxtakor 29 59
3 Nasaf 29 58
4 Dinamo 28 56
5 Bunyodkor 28 46
6 OKMK 29 45
7 Navbahor 28 38
8 So‘g‘diyona 28 37
9 Qizilqum 28 35
10 Surxon 29 32
11 Qo‘qon-1912 28 30
12 Mash’al 28 29
13 Andijon 28 29
14 Buxoro 29 27
15 Xorazm 28 24
16 Sho‘rtan 29 16

O'tgan o'yinlar.

29-тур Sho‘rtan 1-1 Buxoro
29-тур Surxon 0-0 OKMK
29-тур Paxtakor 1-0 Nasaf

Navbatdagi o'yinlar.

21/11/25 Mash’al - Navbahor
21/11/25 Andijon - Xorazm
21/11/25 Dinamo - Qo‘qon-1912
22/11/25 So‘g‘diyona - Bunyodkor
22/11/25 Neftchi - Qizilqum

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Roberto Martines: «Oldimizda tengi yo‘q chorlov turibdi»

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI
Rukn: Intervyular
A A A

Roberto Martines Belgiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ilk muvaffaqiyatini nishonladi - «qizil iblislar» UYEFA a’zolari orasida birinchi bo‘lib, Rossiya-2018 mundiali yo‘llanmasini naqd qilishdi.

Ayni payt ispan mutaxassisiga afsonaviy goleador Tyerri Anri yaqindan ko‘maklashmoqda. Umuman, Martinesning yulduzli tarkibga ega jamoada ish boshlaganiga 18 oy bo‘ldi.

Yevro-2016 final bosqichidagi omadsizlikdan so‘ng mamlakat futboli mutasaddilari nisbatan yosh murabbiyga ishonch bildirishdi va mana, bu qaror o‘zini oqladi.

Boshqacha aytganda, Martines JCH-2018 yo‘llanmasi bilan katta avansga munosib javob berdi. Muhimi, «qizil iblislar» ijrosidagi o‘yinlar ko‘pchilikka manzur tushdi va Belgiyada kelasi yozni intizor kutishyapti.

Roberto Martines va futbolchilar oldidagi vazifa esa tayin - Braziliya-2014 mundialida qayd etilgan natija (belgiyaliklar chorak finalda o‘ynagandilar)ni yaxshilash. Ispan mutaxassisi FIFA.com sayti muxbirlari bilan suhbatda bu katta chorlov ekanligini ta’kidladi.

U xususan, milliy jamoalar darajasidagi ilk ishi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi, futbol olamining asosiy turniriga qaratilgan tayyorgarlik jarayoni haqida gapirib berdi va yordamchisi Tyerri Anrining murabbiylar shtabidagi roliga to‘xtaldi.

- Mana, Belgiya milliy jamoasi Rossiya-2018da ishtirok etish masalasini aytarli qiyinchiliksiz hal qildi. Xullas, birinchi vazifa bajarilgach, o‘zingizni yengilroq his etdingizmi?

- Avvalo, aytishim kerak, kvalifikasion raunddagi yurishimizdan ko‘nglim to‘ldi. Ayniqsa, Gresiya safari va murakkab o‘yindagi g‘alaba alohida o‘rin tutdi. Axir bevosita raqobatchi maydonidagi yutuqning gashti boshqacha.

Umuman, butun saralash bosqichini yaxshi o‘tkazgan bo‘lsakda, hammasi osongina hal etilganini aytolmayman. Muvaffaqiyatimizning asosiy omillari shuki, e’tiborni bir maromda saqlab qoldik va ishtiyoq darajasi juda baland edi.

Misol uchun, Bosniya va Gersegovinada ham bor kuchimiz bilan o‘ynab, ortga g‘alaba bilan qaytdik, vaholanki, mezbonlar ochkolarga muhtoj edilar. Endi JCH final raundiga qur’a tashlash marosimini intiqlik bilan kutyapmiz.

Xullas, raqiblarga qarab, kuchaytirilgan tayyorgarlik jarayonini boshlaymiz. Yengillik bormi? Aslo. Chunonchi, saralash o‘yinlarida jami 28 nafar futbolchidan foydalangan bo‘lsam, endi bu sonni 23 nafarga qisqartirishim kerak. Men uchun eng og‘iri shu...

- Jahon chempionati starti yaqinlashgani sari tabiiy ravishda kuchayib boradigan bosimni qanday yengib o‘tmoqchisiz, jamoangiz bunga tayyormi?

- Ortda qolgan vaqtda yaxshigina tajriba to‘pladik. Xususan, jamoa Yevro-2016da ancha qiynalgan bo‘lsada, ko‘p narsalarni o‘rgandi. Shuningdek, Braziliya-2014 mundialining fantastik voqealari ham yigitlarga o‘zgacha kuch bag‘ishlaydi.

Demoqchimanki, tarkibimizda katta turnirlarda kuchli jamoalarga qarshi o‘ynash qandayligini biladigan futbolchilar ko‘p. Muhimi, oldimizda misli yo‘q chorlov turibdi. Ha, muxlislar jamoadan ijobiy natijalar kutishlari va bu hol bosimni yuzaga keltirishi aniq.

Bosh vazifamiz - aynan muxlislarni uyaltirib qo‘ymaslik. Barcha shogirdlarim ayni payt yirik klublarda faoliyat olib borishyapti va o‘ylaymanki, ular kuchli bosimga qarshi turishni uddalaydilar.

Deylik, Belgiya termasi safida to‘p surish mas’uliyatini teran anglashadi. Aslida katta turnirga tayyorgarlik chog‘i tarkib bo‘yicha o‘ziga xos balansni ta’minlash muhim.

Ya’ni yangi «qon tomchisi» sanalgan yosh futbolchilar, qo‘rqmas ijrochilar, ishtiyoqi baland yigitlar va biroz tavakkal ish tutishdan cho‘chimaydigan o‘yinchilarni yagona maqsad sari yo‘naltirish zarur.

Tabiiyki, balansni ushlash uchun tajribali futbolchilar xizmatiga ham ehtiyoj sezasiz. Bundaylar ayniqsa, tahlikali vaziyatlar va muhim o‘yinlarda bosh rolga ko‘tarilishadi.

- Jamoada 2016 yilning avgustida ish boshladingiz. Aytingchi, o‘yin taraqqiyotiga eng ko‘p ta’sir qilgan jihat nima?

- Avvalo, tarkibdagi har bir joy uchun sog‘lom raqobat bo‘lishiga e’tibor qaratdim. Zero, futbolchi maydonga tushish uchun imkoniyati borligini his qilsagina kuchli ishtiyoq bilan ishlaydi. Bu asosiy ijrochilarning o‘sishlari uchun ham muhim.

Agar raqobat sezilmasa, har qanday futbolchi xotirjamlikka berilishi va buning oqibatida o‘yin sifatini yo‘qotishi mumkin. O‘ylaymanki, ayni shu masalani ijobiy hal etishga muvaffaq bo‘ldim.

Qolaversa, taktik ishlanmalar ustida ham yetarlicha ishladik. O‘zi milliy jamoada faoliyat yuritsang, turli kombinasiyalar va sxemalar haqida o‘ylashing uchun vaqt ko‘p bo‘ladi.

Faqat shu miyangdagi chizmalarni qisqa muddat ichida futbolchilar ongiga singdira olsang, bas.

- JCH-2018 siz uchun birinchi yirik xalqaro turnir hisoblanadi. Bunga o‘zingizni qanday hozirlayapsiz?

- Belgiya futbol assosiasiyasi jahon chempionati masalasida katta tajribaga ega va jamoaning talab darajasida tayyorgarlik ko‘rishi uchun barcha sharoitlarni muhayyo etishga qodir.

O‘zimga kelsak, oxirgi yillarda bir qator yirik turnirlarni diqqat bilan kuzatdim. Endi Belgiya termasi va eng kuchli jamoalarni o‘zaro taqqoslash asnosida eng munosib taktikalarni tanlashga harakat qilyapman.

- Assistentingiz - Tyerri Anrining jamoadagi roli xususida ma’lumot bera olasizmi?

- Tyerri zimmasiga katta ish yuklangan. Ochig‘i, uning ishga yondashuvi va barchasini sifatli bajarayotganiga qarab, shunchaki, qoyil qolyapman. Anri avvalo, o‘ziga o‘ta talabchan - xuddi futbolchilik davridagi kabi.

Axir bejiz eng kuchli hujumchilardan biri sifatida nom qozonmagan. Asosiysi, unda beqiyos tajriba bor va eng qaltis vaziyatlarda qanday yo‘l tutish kerakligini biladi. O‘ylaymanki, shu tajribasi jahon chempionatida bizga juda qo‘l keladi.

Xususan, Tyerri ruhiy tanglik holati yoki bosim yuzaga kelgan payt ularni bartaraf etishga yordam berishi kerak. Tushunarliki, terma jamoada futbolchilar bilan ko‘p vaqt birga ishlash imkoniyati yo‘q.

Anri esa katta professional va qisqa muddatdan maksimal foydalanishimiz yo‘lida izlanmoqda. Deylik, hujumchilar uchun bu ampluaning chin ustasidan saboq olish, muayyan vaziyatlar bo‘yicha maslahat so‘rash yoqimli hamda foydali bo‘lsa kerak.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 09:47, 10.11.2017. O'qildi: 2283 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu 15 yoshida yuragidagi muammolar sabab og'ir operasiyani boshidan kechirgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 18
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 16
3 Насаф Husayn Norchayev 14
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 10
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 ОКМК Xurshid G‘iyosov 9
7 Бунёдкор Imeda Ashortia 8
8 Нефтчи Zoran Marushich 8
9 Машъал Humoyun Murtazoyev 8
10 Бунёдкор Luis Kachorri 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.