Bugun 22 fevral, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 11 11 40
2 AQSh 11 12 9 32
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Fransiya 8 9 6 23
6 Germaniya 7 9 8 24
7 Shveysariya 6 8 6 20
8 Shvesiya 6 6 4 16
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 25 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Espanyol 25 35
7 Selta 24 34
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 24 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Betis 0-0 Rayo Valyekano
25-тур Atletiko 0-0 Espanyol
25-тур Osasuna 0-0 Real Madrid
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Mundialdan quruq qolgach O‘zbekiston va Italiya yoxud JCH ostonasidagi turli tomoshalar

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Jahon chempionati / Rossiya-2018
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Italiya termasi JCH-2018 «pley-off» bosqichida shvedlarga imkoniyatni boy berib, mundialdan quruq qolgach, o‘zbek futboli muxlislarining yodiga o‘sha Bahraynga qarshi kechgan dramatik bahslar tushgan bo‘lsa, ajabmas.

Haqiqatan ham, jahon chempionati saralashining aynan shu qismi hamisha kutilmagan voqealarga boy tarzda o‘tishi bilan ko‘pchilikning e’tiborini tortadi.

Quyida keltiriladigan ma’lumotlar ushbu fikrimizni isbotlashi mumkin. Keling, tarixga sayohatni O‘zbekiston hamda Bahrayn jamoalari o‘rtasidagi o‘sha omadsiz uchrashuvlardan boshlasak.

2006: «QOSH QO‘YAMAN DEB...»

Yodingizda bo‘lsa, JCH-2006 saralashining Osiyo qit’asida o‘tkazilgan bahslarida o‘z guruhida uchinchi o‘rinni egallagan O‘zbekiston hamda Bahrayn termalari o‘zaro hisob-kitob qilishgandi. Ushbu juftlik g‘olibi keyinchalik KONKAKAF vakili - Trinidad va Tobago jamoasiga qarshi to‘p surishi ko‘zda tutilgandi.

Dastlabki uchrashuvda vakillarimiz Mirjalol Qosimovning golidan so‘ng hisobda oldinga chiqib olishdi. Tanaffusga yaqin esa yaponiyalik hakam Toshimisu Yoshida bahraynliklar darvozasi tomon penalti belgiladi. Server Jeparov esa uni aniq amalga oshirdi. Biroq referi g‘alati qaror chiqardi: golni bekor qilib, raqib jamoa foydasiga erkin zarba belgiladi.

Vaholanki, zarba qaytadan yo‘llanganda adolatdan bo‘lardi. Ammo... O‘yin 1:0 hisobida yakunlandi. O‘zbekiston termasi o‘sha hakamning bahsli qarori tufayli Bahraynga mag‘lubiyat yozilishini talab qildi. Eh, o‘sha arz yakunda bizga qimmatga tushishini avvalroq bilganimizda edi... FIFA talabimizni qanoatlantirdi: uchrashuv qaytadan o‘tkaziladigan bo‘ldi.

Bu safar Toshkentga kechgan bahsda 1:1 hisobi qayd etildi. Safarda esa vakillarimiz nursiz durang bilan cheklanishdi. Bu esa bahraynliklarning «pley-off» bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tishganini bildirardi.

Shundan buyon mundial saralashidagi omadsizlik termamizni tark etmayapti. Orzumizdagi yo‘llanma qo‘lga kiritilishiga bir qadam qolganda, imkoniyat boy berilaveryapti. Umid qilamizki, 2022 yilgi JCH saralashida xatolardan to‘g‘ri xulosa yasab, vaziyatni o‘zimiz tomon og‘diramiz.

1934. CHETGA CHIQ, MEKSIKA!

Bunday voqealar bugungi kunda ro‘y bermasa kerak. Ammo sayyoramizning birinchi raqamli turniri endigina shakllanib borayotgan pallada, shunaqasi ham bo‘lgan ekan. Demak, bir zumga o‘zingizni meksikalik deb faraz qiling. Termangiz saralash bosqichini muvaffaqiyatli yakunladi (buning uchun Kubani mag‘lubiyatga uchratish kifoya, chunki bosh­qa da’vogarlar yo‘q edi).

JCHga mezbonlik qilgan Italiyaga ham deyarli yetib borgandi va kutilmaganda... so‘ng­gi pallada AQSH termasi musobaqada qatnashmoqchiligini bildirdi. Natijada FIFA qo‘shimcha o‘yin o‘tkazilishi haqida qaror chiqardi.

Bu voqea mundial final bosqichi boshlanishiga uch kun qolganda, Rimda sodir bo‘lgandi. Yakunda amerikaliklar 4:2 hisobida zafar quchishdi. So‘nggi yillarda Meksika termasi AQSH jamoasini 7:2, 7:3, 6:0 kabi yirik hisoblarda taslim etib, o‘sha tarixiy voqea uchun o‘ch olayotgandek, go‘yo.

1950. YALANGOYOQ YURMANG!

Yugoslaviya (sobiq) hamda Fransiya ikki marta durang o‘ynashdi: Belgradda ham, Parijda ham 1:1 hisobi qayd etildi. U paytlari qo‘shimcha vaqt va penaltilar seriyasi belgilanmasdi. Natijada yana bir o‘yin o‘tkaziladigan bo‘ldi. Uchrashuv mezboni sifatida Rim tanlandi.

Bu yerda esa «overtaym»larsiz ish bitmadi: 2:2 ko‘rinishidagi durangdan so‘ng bolqonliklar hal qiluvchi golni urishdi. Qizig‘i, FIFA fransuzlarga ham yo‘llanma taklif qildi, ammo ular rad etishdi. Umuman, ikkinchi jahon urushidan keyingi og‘ir pallada mundialdagi ishtirokdan voz kechish odatiy holga aylangandi.

JCH-50da jami 13ta terma qatnashdi. Aksariyat jamoalar moliyaviy tanglik tufayli shunday qarorga kelgan bo‘lsalar, Hindiston termasi futbolchilariga yalangoyoq to‘p surishni taqiqlashdi. E’tiborlisi, hindlar Olimpiada-48ni poyafzalsiz o‘tkazishgandi. Shundan so‘ng FIFA bunday «ekipirovka»ga taqiq qo‘ydi.

1954. KO‘ZI BOG‘LANGAN BOLA

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:26, 17.01.2018. O'qildi: 5946 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCH faqat bir marta, 2002 yilda ikki davlat (YAponiya va Janubiy Koreya)da o'tkazilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.