Bugun 23 aprel, 2025 yil, chorshanba.

  • La-liga
      • 22.04.2025 00:00
      • Jirona
      • 1:3
      • Betis
      • 22.04.2025 22:00
      • Valensiya
      • 1:1
      • Espanyol
      • 23.04.2025 00:30
      • Barselona
      • 1:0
      • Malyorka
      • 23.04.2025 22:00
      • Selta
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 23.04.2025 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Las-Palmas
      • 24.04.2025 00:30
      • Xetafe
      • -:-
      • Real Madrid
      • 24.04.2025 00:30
      • Alaves
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 24.04.2025 22:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Sevilya
      • 24.04.2025 22:00
      • Leganes
      • -:-
      • Jirona
  • APL
      • 22.04.2025 00:00
      • Tottenhem
      • 1:2
      • Nottingem Forest
      • 23.04.2025 00:00
      • Manchester Siti
      • 2:1
      • Aston Villa
      • 24.04.2025 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Kristal Pelas
  • O‘zbekiston kubogi
      • 22.04.2025 16:00
      • Zamin
      • 0:3
      • Qizilqum
      • 22.04.2025 16:30
      • Andijon FA
      • 0:7
      • Qo‘qon-1912
      • 22.04.2025 16:30
      • Sirdaryo FA
      • 0:1
      • Olimpik MobiUz
      • 22.04.2025 18:00
      • Xorazm
      • 3:1
      • Jayxun
  • «A» Seriya
      • 23.04.2025 21:30
      • Torino
      • -:-
      • Udineze
      • 23.04.2025 21:30
      • Kalyari
      • -:-
      • Fiorentina
      • 23.04.2025 21:30
      • Jenoa
      • -:-
      • Lasio
      • 23.04.2025 21:30
      • Parma
      • -:-
      • Yuventus
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 33 76
2 Real Madrid 32 69
3 Atletiko 32 63
4 Atletik Bilbao 32 57
5 Vilyarreal 31 52
6 Betis 32 51
7 Malyorka 33 44
8 Selta 32 43
9 Real Sosyedad 32 42
10 Rayo Valyekano 32 41
11 Osasuna 32 41
12 Xetafe 32 39
13 Espanyol 32 39
14 Valensiya 33 39
15 Sevilya 32 37
16 Jirona 32 34
17 Las-Palmas 32 32
18 Alaves 32 31
19 Leganes 32 29
20 Valyadolid 32 16

O'tgan o'yinlar.

33-тур Valensiya 1-1 Espanyol
33-тур Barselona 1-0 Malyorka

Navbatdagi o'yinlar.

27/04/25 Vilyarreal - Espanyol

So'rovnoma

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 23.04.2025

      06:00 Новости футбола.
      06:05 Чемпионат Германии. "Санкт-Паули" - "Байер 04 Леверкузен".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Бодрум".
      10:00 Новости футбола.
      10:05 Чемпионат Германии. "Боруссия Дортмунд" - "Боруссия Мёнхенгладбах".
      12:05 Новости футбола.
      12:10 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      13:20 Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Кёльн" - "Пройссен Мюнстер".
      15:25 Чемпионат Германии. Обзор тура.
      16:25 Новости футбола.
      16:30 Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Нюрнберг" - "Падерборн 07".
      18:30 Новости футбола.
      18:35 Чемпионат Германии. "Санкт-Паули" - "Байер 04 Леверкузен".
      20:35 Новости футбола.
      20:40 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      21:50 Новости футбола.
      21:55 LIVE Чемпионат Испании. "Сельта" - "Вильярреал". Прямая трансляция.
      23:55 "Голевая неделя".
      00:25 LIVE Чемпионат Испании. "Депортиво Алавес" - "Реал Сосьедад". Прямая трансляция.
      02:25 Новости футбола.
      02:30 Чемпионат Германии. Обзор тура.
      03:30 "Всё о главном". Юрий Ментюков.
      04:00 Новости футбола.
      04:05 Чемпионат Германии. "Хайденхайм 1846" - "Бавария Мюнхен".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 23.04.2025

      05:45 Бадминтон. Всероссийские соревнования "Крылатый Зилант" в Казани.
      07:30 Д/с "Век нашего спорта".
      08:00 Дзюдо. Fonbet Молодёжное первенство России в Волгограда.
      09:55 Лёгкая атлетика. Мировой тур в закрытых помещениях. Trophee EDF в Льевене, Франция.
      12:00 "Вы это видели".
      12:55 LIVE Спортивная гимнастика. Fonbet Кубок России в Новосибирске. Команды. Женщины. Прямая трансляция.
      15:00 "География спорта". Самара.
      15:30 "Физруки. Будущее за настоящим".
      16:05 Фристайл. Чемпионат мира в Швейцарии. Слоупстайл.
      18:30 "Парусный спорт".
      18:55 LIVE Дзюдо. Чемпионат Европы в Черногории. Прямая трансляция.
      21:25 Д/с "Век нашего спорта".
      21:50 Дзюдо. Fonbet Молодёжное первенство России в Волгограда.
      23:30 Лёгкая атлетика. Мировой тур в закрытых помещениях. ORLEN Copernicus Cup в Торуни, Польша.
      01:50 "Физруки. Будущее за настоящим".
      02:25 Спортивная гимнастика. Fonbet Кубок России в Новосибирске. Команды. Женщины.
      04:35 "Страна спортивная".
      04:50 Д/ф "Роналду".
  • MATCH-TV
    • Sana: 23.04.2025

      05:25 "География спорта". Казань.
      05:55 Новости.
      06:00 Футбол. Чемпионат Германии. "Санкт-Паули" - "Байер 04 Леверкузен".
      08:00 "Непобедимый".
      08:30 "Что за спорт?". "Экстрим".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      12:00 Новости.
      12:05 Специальный репортаж.
      12:25 "География спорта". Карелия.
      12:55 "География спорта". Камчатка.
      13:30 Смешанные единоборства. UFC Fight Night в Абу-Даби, ОАЭ. Шарабутдин Магомедов против Михала Олексейчука.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:25 "Магия большого спорта". "Шахматы".
      16:55 "Непобедимый".
      17:25 Новости.
      17:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:25 "Вид сверху".
      18:55 LIVE Дзюдо. Чемпионат Европы в Черногории. Прямая трансляция.
      21:25 LIVE Хоккей. ФОНБЕТ Чемпионат КХЛ. Плей-офф. 1/4 финала. 7-й матч. Прямая трансляция.
      23:50 LIVE Футбол. Кубок Италии. 1/2 финала. "Интер" - "Милан". Прямая трансляция.
      02:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:55 Самбо. Чемпионат Европы на Кипре.
      04:10 Синхронное плавание. Чемпионат России в Екатеринбурге.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 23.04.2025

      06:00 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Раунд 1.
      08:00 Мотоспорт. FIM EWC. Этап 1. "24 часа Ле-Мана" во Франции. Лучшие моменты.
      09:30 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Раунд 1.
      11:30 Велоспорт. Тур Альп в Италии. Этап 2.
      12:30 Велоспорт. "Велошоу".
      13:00 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Раунд 1.
      14:00 LIVE Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Раунд 1. Прямая трансляция.
      17:00 Легкая атлетика. Бостонский марафон в США.
      18:30 LIVE Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Раунд 1. Прямая трансляция.
      21:30 Велоспорт. Тур Альп в Италии. Этап 3.
      22:30 LIVE Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Раунд 1. Прямая трансляция.
      02:00 Велоспорт. Гонка "Флеш Валонь" в Бельгии.
      03:00 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Раунд 1.
      04:30 Велоспорт. Тур Альп в Италии. Этап 3.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Seni unutmaymiz, Sasha «Geniy». Geynrixning eng muhim 10 goli

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Cuhbatlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Sasha Geynrix. Kim o‘zi u? Aslida u hech qachon bizni o‘ziga ishontirmagan. Bunga harakat ham qilmagan balki. Misol uchun, Shkvirin kabi hammamizni oldinga boshlamasdi, Maksga o‘xshab, har qanday paytda ham chaqirilishi shart bo‘lgan ruyxatga kirmagan. U haqida doim munozara qilingan, kimdir uni futbolimizdagi eng zo‘r futbolchi desa, boshqasi umuman terma jamoaga loyiq emasligini aytadi. Butun ahli muxlis buralab so‘kayotgan pallalar, yana qanaqadir o‘yinlar, gollar va endi, butun mamlakat bir bo‘lib terma jamoa bosh murabbiyiga bosim o‘tkazishni boshlaydi – Geynrixni olasan! Geynrix maydonda, nihoyat. Xuddiki, orzuimizning yarmiga yetishdik, qolgan yarmini mana shu nostandart futbolchi amalga oshiradigandek. Chiroyli zarbani bajaradi. Kimnidir aldab, golli pas beradi. Hech bo‘lmasa, aslida bo‘lmagan penaltini ishlab beradi. Hech bo‘lmasa, doim bizni yig‘latadigan arablarning ustidan kulib berar? Qayoqda... Yonidagi to‘pga yugurmaydi, qulay vaziyatlarni ko‘kka sovuradi, maydonni tark etadi. Nahotki, mana shu futbolchini deb shuncha kuyungandik? Qizig‘-a?

U haqidagi fikrlar doim turlicha. Ba’zan ajoyib qiliqlari bilan jamoadoshlariga zavq bag‘ishlaydi, ba’zida kimdir to‘p oshirmagani uchun arazlab, uzoq vaqt o‘yinga qo‘shilmay yuraveradi. Ba’zan qulay vaziyatda turgan sherigini «ko‘rmasdan», ilojsiz holda raqibni aldashga kirishib ketadi, ba’zida esa ochiq darvoza qarshisida jamoadoshini qidiradi. Maydondagi pozisiyasidan tortib, aslida qanday o‘yinchi ekanigacha bahstalab! Sashani bu qoniqtiradi, u hech qachon bizni o‘ziga ishontirmaydi. Shu bilan birgalikda, usiz ham iloji yo‘qligini beixtiyor uqdirgandek, maydonda o‘z bilganini qilaveradi. Sashaning «o‘z bilgani» esa, ko‘pincha bizni ham hayratga soladi, zavq beradi, chunki tan oling, u – geniy.    

U bizga yana bir muhim narsani berardi. U hatto maydonga tushmay, zaxirada o‘tirgan paytlarda ham foydali edi: biz ikkinchi bo‘limda uning tushishini va o‘yinni o‘zgartirishini kutib o‘tirardik. Umid bo‘lardi. Umidsiz futbol muxlisini tasavvur qilasizmi? Men, yo‘q.

Salkam o‘n besh yil «Paxtakor» va terma jamoamiz muxlislariga quvonchi onlar taqdim etib kelgan hujumchi Aleksandr Geynrix o‘z faoliyatini yakunlashini e’lon qildi. Bu voqea bir kun yuz berishini bilsak-da, qalbimizda qandaydir bo‘shliq paydo bo‘lgani shubhasiz.

U haqida ko‘p yozish mumkin. Mayli, gollari gapirsin. E’tiboringizga uning terma jamoamiz safida kiritgan eng muhim gollari o‘nligini havola qilamiz.

10-O‘RIN

28.01.2011. Doha. Osiyo kubogi. 3-o‘rin uchun bahs. Janubiy Koreya – O‘zbekiston 3:2

Geynrix juda ko‘p marotaba, ruscha ta’birga qiyosan aytganda, «prestij uchun gollar»ning muallifi bo‘lgan. JCH -2006 saralashida Koreya va Kuvayt, shuningdek Ukraina, Armaniston terma jamoalari qarshi o‘rtoqlik o‘yinlaridagi gollar yorqin misol. Qatardagi «kichik final»ga kiritilgan ikki gol terma jamoamizga ochko olib kelmagan bo‘lsa-da, ushbu gollar biz uchun qadrli. Aynan yuqorida aytilgan ta’bir – «prestij goli» uchun juda mos keladi.

Tasavvur qiling, Avstraliyadan oltita gol o‘tkazilgach, Janubiy Koreya ham ketma-ket uchta gol kiritib ustimizdan muzdek suv quyib yubordi. Yarim finaldagi yirik hisob tasodif emas, Osiyo futbolimizdagi haqiqiy o‘rnimiz ekaniga ishonishni umuman istamasdik albatta. Geynrix ham buni istamadi, haqiqiy yetakchilarga xos harakat qilib, sha’nimizni qisman saqlab qola oldi. Avvaliga Olim Navkarov ishlagan penaltini golga aylantirgan bo‘lsa, keyinchalik individual harakatlari yordamida hisobni yanada qisqartirdi. To‘g‘ri, boshqa golga kuchimiz yetmadi, ammo mana shu gollar shaxsan men uchun juda muhim ediki, o‘ylashimcha, o‘sha Avstraliya tajribasidan keyin futbolchilarimiz o‘z kuchlariga qaytadan ishonishlari uchun qandaydir muhim faktor vazifasini o‘tadi.

 

9-O‘RIN

11.03.2007. Almati. Alma TV kubogi. Qozog‘iston – O‘zbekiston 1:1

Bir paytlar qozog‘istonliklar yaxshi ishni boshlashgandi. Davraviy formatda maydon egalari, biz, Ozarboyjon va Qirg‘iziston terma jamoalari homiy ta’sis etgan bosh sovrin uchun uchun kurashishdi. Terma jamoamiz Ozarboyjonga yutqazib, qirg‘izlarni yirik hisobda yengdi. Maydon egalari ikki o‘yinda g‘alaba qozondi. Xullas, so‘nggi turga kelib, shunday vaziyat paydo bo‘ldiki, mezbonlarni durang ham qoniqtirar, terma jamoamiz esa turnir g‘olibi bo‘lish uchun g‘alaba qozonishi kerak edi. Ana o‘shanda uch jamoada oltitadan ochko bo‘lar, qirg‘izlarga eng ko‘p golni biz urgandik.

Hisobni mezbonlar ochishdi. 35-daqiqada esa, Aleksandr Geynrix chiroyli gol kiritdi va hisobni tenglashtirdi. Uchrashuv oxiriga borib, vakillarimizda hisobda oldinga chiqib olish uchun yuzaga kelgan imkoniyatlar, qirg‘izistonlik hakamning xatolari va Anvar Soliyevning quyoshqondan chiqib ketgani barchaning esida bo‘lsa kerak. Menimcha, buni qo‘shnilarimiz ham unutishmagan bo‘lsa kerakki, turnir ham «tagiga oldi».   

8-O‘RIN

17.11.2015. Toshkent. JCH-2018 saralash o‘yini. 2-bosqich. O‘zbekiston – Yaman 1:0

Doimo bizga oson tuyulgan bu bosqichni Shimoliy Koreyada 2:4 hisobidagi mag‘lubiyat bilan boshlagach, terma jamoada nimanidir o‘zgartirish ehtiyoji paydo bo‘lgandi. Qosimov iste’foga chiqarilib, Samvel Babayan boshqaruvga kelgach, jamoa muhitini qandaydir ijobiy o‘zgarishlar sezilgan va ikki yillik tanaffusdan so‘ng, Geynrixni terma jamoaga qaytargandi.

Hujumchi bu ishonchga munosib javob qaytardi. Yamanliklar himoyada yaxshi o‘ynab, futbolchilarimizga imkoniyat bermayotgan bir paytda maydonga tushgan Geynrix hujum chizig‘iga yanada mazmun kiritdi. Uning goli O‘zbekistonning g‘alabasini ta’minladi va guruh peshqadamiga aylantirdi.

7-O‘RIN

07.06.2008. Toshkent. JCH – 2010 saralash uchrashuvi, 3-bosqich. O‘zbekiston – Singapur 1:0

Yuqoridagi o‘yinga o‘xshash xarakterdagi yana bir o‘yin. Umuman bunday vaziyatlarda gol kiritish aynan Geynrixga xos. U ko‘pincha terma jamoamizning yagona gollarini urgan yoki hisobni ochgan. Ya’ni raqib kuchlilik qilayotganda yoki jamoa o‘yini qovushmayotgan paytda u tashabbusni o‘z qo‘liga olar va individual mahorati evaziga chiroyli gol kiritardi.

Bu safar JCH-2010 saralashining uchinchi bosqichida Toshkentda Singapurni qabul qilgandik. Safarda aynan ushbu jamoani 7:3 hisobida yutganimiz tufayli, Toshkentda ko‘pchilik gollar shousini kutgan bo‘lishi ehtimol. Ammo keyingi bosqichdan faqat nazariya ajratib turganini bilgan futbolchilarimiz gol urishni uddasidan chiqa olmayotgandi. O‘yin zerikarli tus olayotgan bir pallada, Inileev maydonga Geynrixni tushirdi. O‘yinning 65-daqiqasi edi. O‘yinda jonlanish darrov sezildi va oradan 15 daqiqa o‘tar o‘tmas hujumchi hisobni ochdi. Hisob o‘yin oxirigacha o‘zgarmay qoldi va aynan shu g‘alabadan so‘ng, rasman keyingi bosqichga chiqdik. Livan va Saudiyaga qarshi keyingi uchrashuvlar faqat rasmiyatchilik uchun kerak bo‘ldi, xolos.

6-O‘RIN

16.01.2011. Doha. Osiyo kubogi. Xitoy – O‘zbekiston 2:2

Geynrix ijrosida yana bir superzarba. Esingizda bo‘lsa, guruhdagi ikki o‘yinni g‘alaba bilan yakunlagan bo‘lsak-da, keyingi bosqichga chiqa olmaslik xavfi oz bo‘lsa-da bizni ta’qib qilayotgandi. Agar Xitoy bizni yutsa, ochkolar bo‘yicha bizga yetib olar, mabodo ikki to‘p farqi bilan g‘alaba qozonsa, biz guruhda uchinchi o‘ringa tushib ketishimiz mumkin edi.

O‘yinning dastlabki daqiqalaridayoq hisobni ochgan xitoyliklar biroz xavotirimizga sabab bo‘lishdi. Yaxshiyamki, Abramov jamoasi tezda o‘ziga keldi va odatdagi «kvadrat»larini o‘ynashga tushib ketdi. Chiroyli kombinasiyani mantiqiy yakuniga yetkazgan Ahmedov hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘limning ilk daqiqasida, hali futbolchilar tanaffusdagi ko‘rsatmalarga kirishmasdanoq, Sashaning o‘ttiz metrlar masofadan yo‘llagan superzarbasi barcha xavotirlarimizni tarqatib yubordi. Keyinchalik raqib hisobni tenglashtirgan bo‘lsa-da, bu guruhda g‘olib bo‘lishimizga xalaqit bermadi.

5-O‘RIN

22.07.2004. Chengdu. Osiyo kubogi. Guruh bosqichi. O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni 1:0

Sovrinli o‘rinlar ostonasida uning jarima maydoni tashqarisidan yo‘llagan yana bir zarbasiga duch kelamiz. Yodingizdami?

Xitoydagi Osiyo chempionati guruh bosqichida Iroq, Turkmaniston va Saudiya Arabistoni terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olgandik. Iroqqa qarshi dastlabki o‘yinda Qosimovning jarimadan kiritgan goli g‘alaba keltirgan bo‘lsa, ushbu o‘yining 13-daqiqasidayoq Sasha hisobni ochdi. Bu gol o‘yining oxirigacha o‘zgarmay qoldi va muddatidan oldin bizni chorak finalga olib chiqdi.

4-O‘RIN

30.07.2004. Chengdu. Osiyo kubogi. Chorak final. Bahrayn – O‘zbekiston 2:2

Futbolimiz tarixidagi eng alamli uchrashuvlardan biri Geynrixning chiroyli goli bilan boshlangandi. Guruh bosqichida vakillarimiz har uchchala uchrashuvni ham 1:0 hisobida yakunladi va qaysidir ma’noda hali tugaganiga bir oy ham bo‘lmagan Portugaliya-2004 dagi Gresiyani eslatib yuborayotgandi. Qizig‘i, kiritilgan uch goldan ikkitasini Mirjalol Qosimov jarima zarbasidan kiritgandi.

Birinchi bo‘limda hisob ochilmadi. 60-daqiqada esa, yana qulay nuqtadan jarima zarbasi belgilandi. Albatta deyarli hamma, Qosimovdan navbatdagi zarbani kutayotgandi

Geynrix to‘pga yugura boshladi. Oldingi vaziyatlar kabi, uning to‘pdan sakrab o‘tib ketishini kutayotganimizda, hammani chalg‘itib zarbani ijro etdi va to‘pni Ali Saidning uzoq burchagiga joylab qo‘ydi.

Afsuski, bu safar hisobni ushlab qola olmadik. 2:2 hisobida yakunlangan o‘yindan keyingi penaltilar seriyasida Geynrix o‘z imkoniyatini qo‘ldan boy bermadi. Marat Bikmayev va Leonid Koshelev esa zarbani noaniq ijro etdi.

3-O‘RIN

13.10.2004. Oman. JCH-2006 saralash uchrashuvi, 3-bosqich. Iroq – O‘zbekiston 1:2

Avvallari biz uchun muammosiz bo‘lib kelgan 3-bosqich bu safar juda xavotir bilan boshlandi. Bizga Iroq raqib bo‘lgandi va faqatgina guruh g‘olibi so‘nggi bosqich ishtirokchisiga aylanardi. Buning ustiga birinchi turda Toshkentda Iroq bilan zo‘rg‘a durang o‘ynadik. Yaxshiyamki, jonimizga Falastin terma jamoasi oro kirdi va Iroqdan qimmatli ochkolarni tortib oldi. Biz esa guruh peshqadamiga aylandik.

Baribir eng so‘nggi tur judayam tahlikali edi. Agar rasmiy mezbonlar (uchrashuv neytral maydonda, Oman shahrida bo‘lgan) g‘alaba qozonsa, bizni quvib o‘tishardi. Durang natija esa bizni qoniqtirardi. Maksim Shaskix o‘ninchi daqiqadayoq hisobni ochdi. Oradan 12 daqiqa o‘tib esa Sasha hisobni 2:0 ko‘rinishiga yetkazdi. Iroq hisobni qisqartirgan bo‘lsa-da, ikkinchi golni ura olmadi va qahramonimizning o‘sha zarbasi g‘alaba goliga aylandi.

2-O‘RIN

11.10.2011. Pxenyan. JCH – 2014 saralash uchrashuvi, 3-bosqich. Shimoliy Koreya – O‘zbekiston 0:1

Terma jamoamizning eng muhim g‘alabalaridan biri Geynrixning yagona goli evaziga qo‘lga kiritildi. Suriyani Tojikiston almashtirib, ikki turda ochko ololmadi, Yaponiya qandaydir kutilmagan vaziyatlarni taqdim etmadi, demak, 3 va 4-turlardagi Shimoliy Koreya va O‘zbekiston to‘qnashuvi o‘ziga xos pley-offga aylanishi aniq bo‘lib ulgurdi. Ushbu o‘yinlarda raqibidan ko‘proq ochko to‘plagan jamoa oqibatda guruhdagi ikkinchi o‘rinnni naqd qilib qo‘yishiga shubha yo‘q, albatta. Bu maqsad yo‘lidagi eng katta qadam esa, safardagi o‘yinda tashlangani biz uchun ayni muddao.

Aziz Haydarovning zargarona to‘p uzatishini ta’kidlagan holda, bu golda baribir, Geynrixning mahorati ustunroq ekanini tan olish kerak. Agar golni yana e’tibor berib tomosha qilsangiz, to‘p dastlab Azizga borayotgan pallada aynan Geynrix o‘z maydonimizda to‘p uchun kurash olib borgandi. Haydarov to‘pni egallab, uzoq masofaga uzatmani amalga oshirguncha, Geynrix raqib jarima maydoni yaqinida paydo bo‘ldi. Pozision kurashda bir himoyachini, to‘p bilan ikkinchi himoyachini aldab o‘tdi va yaqin burchakni aniq nishonga oldi.

1-O‘RIN

01.09.2016. Toshkent. JCH-2018 saralash o‘yini. So‘nggi bosqich. O‘zbekiston - Suriya - 1:0.

Aksariyat hollarda, terma jamoamiz so‘nggi bosqichni mag‘lubiyat bilan boshlagan va aynan shu omil keyinchalik, vaziyatni o‘nglashda muammolar keltirib chiqargan. Bu safarga qur’adan so‘ng, dastlabki o‘yin guruh autsayderi deb o‘ylaganimiz Suriya bilan o‘z maydonimizda o‘ynashimiz kerakligi hammada optimistik ruh ulashgandi.

Ammo bayram kuni o‘tkazilgan ushbu o‘yinda terma jamoamiz o‘yini qovushavermadi. To‘p hech raqib darvozasiga kiray demasdi. Nihoyat, o‘yinning 65-daqiqasida hamma kutib turgan holat yuz berdi - Geynrix zaxiradan maydonga tushdi. Aynan ushbu uchrashuv taqdirini hal qilgan yagona gol muallifiga aylandi. Tariximizda birinchi marta saralashning so‘nggi bosqichini g‘alaba bilan boshlay oldik.

Afsuski, musobaqaning ikkinchi yarmida terma jamoa ishonchni oqlay olmadi va aynan Suriya bizga hatto uchinchi o‘rinni ham bermadi. Lekin muhimlik va o‘sha paytdagi e’tibor bilan Aleksandr Geynrix bizga juda kerakli uch ochkoni taqdim etgandi.  

Yana bir qiziq tomoni, ushbu gol Sashaning terma jamoamiz raqiblari darvozasiga urgan so‘nggi goli edi. Geynrixning eng so‘nggi goli uning O‘zbekiston libosidagi eng muhim goli bo‘lib qoldi, deyish mumkin.

BILASIZMI...

* Aleksandr Geynrix terma jamoa safida jami 31 gol urgan va bu ko‘rsatkich bo‘yicha faqat Maksim Shaskixdan (34) ortda qoladi xolos. * Terma jamoa tarkibida eng ko‘p maydonga tushgan futbolchilar ruyxatida Geynrix Jeparov (126) va Kapadzedan (119) keyin uchinchi o‘rinda bormoqda. Ammo aksariyat o‘yinlarda u zaxiradan ham maydonga tushganini e’tiborga olsak, uning terma jamoa libosida maydonda o‘tkazgan daqiqalari 8 nafar futbolchidan kam. Geynrix jami 22 o‘yinda asosiy tarkibda to‘liq o‘ynagan, 44 o‘yinda zaxiradan maydonga tushgan bo‘lsa, 31 o‘yin davomida almashtirilgan.
* Maqolada aytilganidek, Geynrix ko‘pincha, jamoa o‘yini qovushmayotgan paytlarda katta sahnaga chiqadi. Albatta, bunday uchrashuvlar ko‘proq safarda bo‘ladi. Ya’ni u TJ safida kiritgan 31 goldan 19tasini yurtimizdan tashqaridagi o‘yinlarda kiritgan. Lekin qizig‘i, u terma jamoamiz tarkibidagi so‘nggi 6 golini Toshkentda urgan.

Qahramon ASLANOV tayyorladi

Manba: www.tribuna.uz
Kiritildi: 17:41, 19.03.2018. O'qildi: 6134 marta. Fikrlar: 6 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Aleks Fergyuson APLda jami 27 marta oyning eng yaxshi murabbiyi deb tan olingan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Барселона Robert Levandovski 25
2 Реал Мадрид Kilian Mbappe 22
3 Осасуна Ante Budimir 18
4 Барселона Rafinya 15
5 Атлетик Бильбао Oyan Sanset 15
6 Вильярреал Ayose Peres 14
7 Атлетико Xulian Alvares 14
8 Атлетико Aleksandr Serlot 12
9 Алавес Kike Garsiya 12
10 Севилья Dodi Lukebakio 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.