Bugun 20 fevral, 2026 yil, juma.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 16 8 10 34
2 AQSh 9 12 6 27
3 Italiya 9 5 12 26
4 Fransiya 6 8 5 19
5 Niderlandiya 6 7 3 16
6 Shvesiya 6 6 3 15
7 Shveysariya 6 4 4 14
8 Germaniya 5 8 8 21
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
83 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 24 45
5 Betis 24 41
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Real Sosyedad 24 31
9 Atletik Bilbao 24 31
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Alaves 24 26
15 Valensiya 24 26
16 Elche 24 25
17 Rayo Valyekano 23 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 23 16

O'tgan o'yinlar.

24-тур Elche 0-0 Osasuna
24-тур Espanyol 0-0 Selta
24-тур Rayo Valyekano 0-0 Atletiko
24-тур Sevilya 0-0 Alaves
24-тур Real Madrid 0-0 Real Sosyedad
24-тур Real Ovyedo 0-0 Atletik Bilbao
24-тур Xetafe 0-0 Vilyarreal
24-тур Levante 0-0 Valensiya
24-тур Malyorka 0-0 Betis
24-тур Jirona 0-0 Barselona
24-тур Jirona 2-1 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Vladimir Shmiser: «Istanbul mo‘’jizasi taqdirning «Liverpul»ga sovg‘asi bo‘lgan»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Chexiyalik yarim himoyachi Vladimir Shmiserni matbuot «Omadli» deb ataydi. Aynan uning 89-daqiqada Rossiya termasi darvozasiga urgan goli Chexiya milliy jamoasini Yevro-96 1|4 finaliga olib chiqqandi.

Oradan to‘qqiz yil o‘tib, «Milan» darvozasini ishg‘ol qilib, «Liverpul»ning Yevropa Chempionlar Ligasida zafar quchishiga o‘z hissasini qo‘shgandi.

Shmiser SO FOOT.com saytiga bergan intervyusida «Istanbul mo‘’jizasi»ga tayyorgarlik ko‘rmaganini aytib o‘tdi...

- Nima uchun sizni omadli deyishadi?

- Shunchaki, qaysi klubda o‘ynasam, har doim qandaydir sovrinni qo‘lga kiritganmiz. «Slaviya» 49 yil davomida chempionatda zafar qucha olmagandi.

Men o‘ynaganimda esa mamlakat chempioni bo‘lganmiz. Keyin «Lans» bilan Fransiya chempionligini nishonladim, Liga kubogini qo‘lga kiritdim. «Liverpul» safida esa sovrinlar ko‘p bo‘lgan.

Shuningdek, terma jamoada ham bir qator muhim gollarni urganman. Shunga bo‘lsa kerak, jurnalistlar meni «Omadli» deb atashgan. O‘zimga bu taxallus yoqadi. Har holda, «omadsiz»dan ko‘ra yaxshiroq.

- Vernerjiseda tug‘ilgansiz. Shaharcha haqida nima deya olasiz?

- Aniqrog‘i, Pragadan 80 kilometr uzoqlikda joylashgan qishloq. 800 nafar aholisi, maktab, futbol maydoni bor. Futbol bilan besh yoshimdan shug‘ullana boshlaganman. Chunki bobom murabbiy bo‘lgan. Bolalar jamoalari aralash o‘ynashardi.

Shu bois, besh-olti yoshligimda o‘n yoshli bolalar bilan to‘p surganman. Bobom menga 8-raqamni bergan. Jussam kichkina edi. Shunga bo‘lsa kerak, katta futbolka kiyganimda, raqamimning bitta yumalog‘i ko‘rinib, 0 raqamidek tasavvur uyg‘otardi.

To‘g‘ri, oyog‘imga hadeb to‘p tegavermasdi. Chunki meni asosan tarkiblar teng bo‘lishi uchun maydonga tushirardilar.

- Aytishlaricha, namunali o‘quvchi bo‘lgan ekansiz. Nahotki, biror marta ham bezorilik qilmagan bo‘lsangiz?

- Bo‘lgan. Barchamizning velosipedimiz bor edi. Bir safar qishlog‘imizdan 24 km. uzoqlikda joylashgan tuman markaziga borganmiz.

U paytlari mobil telefonlar bo‘lmasdi va ota-onalarimiz qayerga ketganimizni bilishmagan. Kechki soat 11da qaytib kelganmiz. O‘shanda velosipedlarimizni olib qo‘yishgandi.

- Bolaligingizda «Liverpul»ga muxlislik qilgansiz. 1999 yili esa aynan shu jamoa bilan shartnoma imzolagansiz...

- O‘shanda o‘zimni xuddi yettinchi osmonda yurgandek his qilgandim. Bir safar yangi yil arafasida singlim jinsi olib berishlarini so‘ragandi. Ota-onam Germaniyaga borib, olib kelishgan. Ammo jinsi kichik kelgandi. Singlim esa rosa yig‘lagan.

O‘shanda unga «Liverpul» futbolchisi bo‘lganimda senga jinsi olib beraman», degandim. Shartnoma imzolashim hamono u Liverpulga borgan. Birinchi navbatda, do‘kon aylanib, jinsi xarid qilganmiz. Va’damni 20 yildan keyin bajargandim.

- 2005 yili YECHL finali oldidan «Aston Villa»ga qarshi uchrashuvda maydonga tushmagansiz. Bu sizning «Liverpul»dagi xayrlashuv uchrashuvingiz bo‘lishi mumkin edi.

- Tizzamdan olgan jarohatimdan forig‘ bo‘lib, mashg‘ulotlarni boshlaganimda, bosh murabbiyimiz Benites «Vladi, sen bilan shartnomani uzaytirmaymiz. Yoshroq futbolchi xarid qilamiz», dedi. «Liverpul» safida olti yil o‘ynadim.

Darhaqiqat, «Aston Villa»ga qarshi bahs oxirgi o‘yinim bo‘lishi kerak edi. O‘sha uchrashuv hech narsani hal qilmasdi. Benites Jerrard va Luis Garsiyaga dam berdi.

Meni tushirsa kerak, deb o‘ylagandim. Lekin o‘ylaganimdek bo‘lmadi. Rosa jahlim chiqqandi. Murabbiydan sababini so‘raganimda, u «Hammasini jamoa uchun qilyapman. Yaqinda final, faqat kuchlilar maydonga tushadi», deb javob bergandi.

- Demak, «Milan»ga qarshi o‘yindan oldin maydonga tushmasligingizga ishonchingiz komil bo‘lgan.

- Ha, hafta davomida hech nimani o‘ylamadim. Ertalab mashq qilardim. Tushlikdan so‘ng o‘rtoqlarim bilan golf o‘ynadim... Juma kuni esa o‘zimni «zayavka»da ko‘rib qoldim.

- 19-daqiqada Garri Kyuell jarohat olganida nimalar haqida o‘ylagansiz?

- Kayfiyatim yaxshi edi. O‘yin arafasida 32 yoshimni nishonlagandim. Kyuell jarohat olgan payt Didi Xamann va Jibril Sisse bilan mashq qilayotgandim. Shunda o‘ylab qoldim: u Didini tushirmaydi. Chunki 0:1 hisobida ortda borayotgandik. Jibrilni tushirishga hali erta edi.

Benites meni yoniga chaqirganida «Bir hafta oldin men uchun muhim bo‘lgan o‘yinda maydonga tushirmading. Endi kerak bo‘lib qoldimmi? YECHL finalida-ya? Yaxshi, hammasini esdan chiqaramiz», dedim ichimda.

- Birinchi bo‘limda «Milan» 3:0 hisobida oldinda borayotgandi. Tanaffusda kiyinish xonasida nimalar ro‘y bergan?

- Dastlabki besh daqiqa hamma jim o‘tirgan. Keyin Benites kelib, mag‘lub bo‘lsak ham o‘z nomimiz uchun o‘ynashimiz lozimligini aytdi.

«Bu yerda sizlarga 40 ming kishi muxlislik qilyapti. Hech bo‘lmasa bitta gol uringlar. Keyin nima bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi», dedi. Xuddi u aytgandek bo‘ldi. Biz tezda birinchi golimizni urdik.

Men ikkinchi golga mualliflik qildim. Keyin raqib asabiylashdi va uchinchi to‘pni ham kiritdik. Yakunda o‘yin penaltilar seriyasigacha yetib bordi.

- O‘sha penaltilar seriyasida «Liverpul»ning oxirgi zarbasini amalga oshirgansiz...

- Benites «Tepasanmi?», deb so‘raganida rozilik bildirdim. U «To‘rtinchi bo‘lasan», dedi. To‘pga Riise yaqinlashganida, mening penaltim oxirgi bo‘larkan, deb o‘ylab qoldim.

Riise gol ura olmadi. Lekin mening golimdan keyin Shevchenko ham adashdi. Bu g‘alaba taqdir sovg‘asi bo‘lgandi.

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 21:30, 24.04.2018. O'qildi: 2784 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Вильярреал Jorj Mikautadze 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.