Bugun 21 fevral, 2026 yil, shanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 11 11 40
2 AQSh 11 12 7 30
3 Italiya 10 6 13 29
4 Fransiya 8 9 6 23
5 Niderlandiya 8 7 3 18
6 Germaniya 6 8 8 22
7 Shveysariya 6 8 6 20
8 Shvesiya 6 6 4 16
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 24 45
5 Betis 24 41
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Real Sosyedad 25 32
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Alaves 24 26
15 Valensiya 24 26
16 Elche 25 25
17 Rayo Valyekano 23 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Selta - Osasuna
01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Aziz Haydarov: «Hali hech kim «termadan ket», demadi»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Cuhbatlar
Rukn: Intervyular
A A A

Tajribali tayanch yarim himoyachisi Azizbek Haydarov mavsumlar oralig‘idagi ta’tilni Toshkentda, oila a’zolari davrasida o‘tkazyapti. Yetti yildan buyon BAA chempionatida to‘p surayotgan futbolchimiz o‘tgan davr mobaynida Amirliklarda katta obro‘ga ega bo‘lib ulgurdi.

Olti yil davomida «Al-SHabab» klubi sharafini himoya qilgan Haydarov o‘tgan yili jamoasini almashtirib, «Ajman» tarkibiga qo‘shildi. Uning yangi klubi 12ta jamoa ishtirok etadigan BAA Pro-ligasida 26 ochko bilan 8-o‘rinni egalladi. «Ajman» 22ta o‘yinning yettitasida g‘alaba qozondi.

Beshta uchrashuvda durang qayd etib, roppa-rosa 10ta bahsda mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi. Chempionat yakunlanishi bilan hamyurtimizning «Ajman» bilan imzolagan shartnomasi ham tugadi. Hozircha Haydarovning yangi mavsumni qaysi jamoada boshlashi aniq emas.

Shuningdek, termadagi faoliyati ham mavhum bo‘lib turibdi. Yangi murabbiylar shtabi tajribali yarim himoyachining xizmatlariga ehtiyoj sezadimi, yo‘qmi, bunisi ham bizga qorong‘u. Biz aynan shu mavzular yuzasidan Azizbek Haydarovdan intervyu oldik.

- Azizbek, mavsumlar oralig‘idagi ta’til qanday davom etyapti? Oila a’zolaringiz davrasidami yoki xorijda hordiq chiqarishni afzal bildingizmi?

- Ta’tilni Toshkentda, oila a’zolarim davrasida o‘tkazyapman. Lekin shu bilan birga mashg‘ulotlarni ham kanda qilmayapman. Olti kun davomida «Bunyodkor» jamoasi mashg‘ulotlarida ishtirok etdim. Bundan tashqari, sport formamni ushlab turish maqsadida o‘zim ham individual tarzda shug‘ullandim. Bu jarayon hozir ham davom etyapti.

- Ta’til qachongacha davom etadi va keyingi rejalar qanday?

- Bu savolga aniq javob bera olmayman. Hammasi faoliyatimni qaysi klubda davom ettirishimga bog‘liq. Tez kunda bu masalaga oydinlik kiritib olamiz.

- Adashmasam, «Ajman» bilan bir yillik shartnoma imzolagan edingiz. Kelishuvni uzaytirish haqida o‘ylayapsizmi yoki klubingizni almashtirasizmi?

- Jamoa bilan amalda shartnomam bor edi. Lekin klub rahbariyati men bilan aloqaga chiqqani yo‘q. Aftidan, shartnomani uzaytirishni istashmadi. Meni taajjubga solgani, shu narsani ochiq aytishmayapti.

Xuddi shunday holat jamoamizning boshqa legionerlari bilan ham yuz bergan. Men boshqa xorijlik futbolchilar bilan ham gaplashdim. Menimcha, klubga yangi legionerlar keladi.

- Klub rahbariyati jamoaning o‘tgan mavsumdagi ishtirokini qanday baholadi? Yig‘ilish o‘tkazildimi?

- Jamoa oldiga qo‘yilgan vazifa Pro-ligadagi o‘rnimizni saqlab qolish edi. Bu vazifani chempionat yakunlanishiga 7ta tur qolganida hal qilib bo‘lgandik. Chempionatni 8-o‘rinda tugatdik. Ishonchim komil, «Ajman» mutasaddilari xohlagan va kutganidan ham yaxshiroq natija qayd eta oldik.

So‘nggi turgacha jamoa rahbarlari, murabbiylar, umuman, hammaning kayfiyati chog‘ edi. Chempionatning oxirgi uchrashuvida durang o‘ynadik. Lekin hafsalimizni pir qilgan narsa, rahbariyat va murabbiylar shtabi biz bilan mavsum yakunlari bo‘yicha suhbatlashmadi.

Ortda qolgan mavsumdagi ishtirokimiz muhokama qilinmadi. Aftidan, ular mavsum boshida bergan va’dalarini bajarishga qo‘r-qishdi. Biz - futbolchilar zimmamizga yuklatilgan vazifani uddaladik. Lekin rahbarlar oxirida yaxshi ish qilishmadi. Mayli, biz legionermiz, shaxsan o‘zim «Ajman»dagi bir yillik faoliyatimdan xursand bo‘ldim.

Menga berilgan imkoniyatdan yaxshi foydalandim. Murabbiylar ham o‘yinimdan qoniqish hosil qilishdi, deb o‘ylayman. Chunki ular buni o‘zaro suhbatlarimizda ham aytishgandi. Shunchaki, oxirgi palladagi munosabat nafaqat menga, balki boshqa futbolchilarga ham yoqmadi.

Har qanday holatda ham ochiq yuz bilan xayrlashish kerak edi. Sababi, biz shunga loyiq o‘yin ko‘rsatgandik. Chempionat yakunlanishiga 5-6 tur qolgan bir paytda shartnomani uzaytiramiz, deyishgandi. Ammo bu va’dalar ham o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘lib qoldi.

Mayli, men ularni va’dasida turishga majburlamayman. Lekin hech qanday munosabatsiz futbolchilar bilan xayrlashishni oqlamayan. Shunday bo‘lsada, klubda qolgan jamoadoshlarimga omad tilayman. Yangi mavsumda bundan ham yuqori o‘rinlarni egallashsin.

- Shaxsan o‘zingiz yakunlangan mavsum haqida nima deya olasiz? Bir yillik faoliyatingizdan ko‘nglingiz to‘ldimi yoki baribir, yosh o‘z ta’sirini, hukmini o‘tkazishni boshladimi?

- Yuqorida aytganimdek, klub rahbariyati, murabbiylar va futbolchilarning o‘tgan mavsumdan ko‘ngillari to‘ldi. Oldimizga qo‘yilgan vazifa ortig‘i bilan bajarildi. O‘zimga real baho bera olmaymanu, lekin o‘yinimdan ko‘nglim to‘ldi, deya olaman. Har qanday holatda ham futbolchiga xolis bahoni muxlislar berishadi.

«Yosh o‘z ta’sirini o‘tkaza boshladimi?» degan savolingizga «Yo‘q», deb javob beraman. Chunki hozir 32 yoshdaman va bu futbolchining ayni kuchga to‘lgan davri hisoblanadi. Hali BAA, Qozog‘iston va o‘zimizning klublarda bemalol o‘ynay olaman. Takliflar ham yo‘q emas.

Shukrki, oyog‘im butun, miyam ishlab turibdi. Maydondagi fikrlashim ham joyida. Shunday ekan, hali sport formam talab darajasida va butsalarimni mixga ilishga ancha bor. Ozod agent ekanligimni aytdim. Meni o‘z safida ko‘rishni istagan jamoalar bilan muloqotga tayyorman. O‘zim yoki agentlarim bilan bog‘lanib, muzokara olib borishlari mumkin.

- Faoliyatingizni BAAda davom ettirish imkoniyati ko‘proqmi yoki O‘zbekiston chempionatida?

- Bu narsani aniq ayta olmayman. Qaysi klubdan menga har tomonlama qulay va yaxshi shartnoma taklif etilsa, o‘shani tanlayman. U BAAdan bo‘ladimi yoki O‘zbekiston jamoasimi, buning ahamiyati yo‘q. Hozir erkin agentman va tabiiyki, takliflarni ko‘rib chiqishga tayyorman.

- Yaqinda Aleksandr Geynrix Qozog‘iston klubida rahbar lavozimida ish boshladi. Siz ham yetti yildan beri BAAdasiz. Balki sizda ham keyinchalik Amirlik klublaridan birida ishlash rejasi bordir?

- Ochig‘i, hali bu haqda o‘ylayotganim yo‘q. Futbolchilik faoliyatim kamida 3-4 yil davom etadi. Geynrixga kelsak, unda Qozog‘iston klubida rahbarlik lavozimida ishlash uchun barcha sifatlar bor. Birinchi galda rus tilini mukammal bilishi. Ikkinchidan, menga o‘xshab o‘z jamoasida bir necha yil o‘ynadi.

Klub tizimi, ichki sir-asrorlarni juda yaxshi biladi. Keyin u futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so‘ng bu ishga o‘tdi. Menda hali bir necha yil futbolchi sifatida to‘p surish imkoniyati bor. Ehtimol, keyinchalik men ham BAAda ishlarman. Lekin buning uchun yuqorida aytganimdek, arab tilini mukammal tarzda bilishim va arablarga xos psixologiyani o‘zlashtirib olishim kerak.

Hozirgi holatdagi bilimlarim BAA klubi tizimida rahbarlik lavozimida ishlash uchun kamlik qiladi. O‘ylaymanki, oradan yillar o‘tib, bu mavzuga yana qaytamiz.

- O‘zbekiston oliy ligasi endilikda Superliga deb yuritilmoqda. Nima deb o‘ylaysiz, chempionatimizda faqat nom o‘zgardimi yoki o‘yin sifatida ham o‘sish ko‘zga tashlanyaptimi?

- Birinchi galda Superliga o‘yinlarining barcha tur uchrashuvlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri «Sport» telekanali orqali namoyish etilayotganini alohida e’tirof etish darkor. Bu muxlislar uchun ajoyib sovg‘a bo‘ldi. Faqat nom emas, chempionatning o‘zida ham ijobiy tomonga o‘zgarish kuzatildi.

Safarga otlangan jamoalar uyga qanday natija bilan qaytishlarini bilishmayapti. Umuman, hech kim kutmagan natijalar kuzatilmoqda. Turnir jadvalining quyi pog‘onalarida borayotgan jamoalar ham grandlarni mag‘lub etishyati. Aksincha, yetakchi klublarimiz o‘z maydonlarida ochko yo‘qotishyapti.

Bu esa stadionga muxlislarning yana qaytishiga sabab bo‘lmoqda. Qolaversa, chempionatning yangi formatda o‘tkazilayotganini ham qo‘llab-quvvatlayman. Shaxsan menga ma’qul keldi. Ikkinchi bosqichda oltita jamoaning barida chempion bo‘lish uchun imkoniyat saqlanib qoladi.

- Terma jamoamizdagi o‘zgarishlar haqida nima deysiz? Senegal, Marokash, Urugvay va Eron terma jamoalariga qarshi kechgan o‘yinlar xususidagi fikringiz ijobiymi?

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 09:15, 29.06.2018. O'qildi: 5805 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Вильярреал Jorj Mikautadze 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.