Bugun 18 sentyabr, 2025 yil, payshanba.

  • OChL-2
      • 17.09.2025 15:00
      • Gamba Osaka
      • 3:1
      • Istern
      • 17.09.2025 17:15
      • Tep Han Nam Din
      • 3:1
      • Ratchaburi
      • 17.09.2025 18:45
      • Arkadag'
      • 0:0
      • Andijon
      • 17.09.2025 18:45
      • Goa
      • 0:2
      • Az-Zavra
      • 17.09.2025 21:00
      • Al-Ahli Doha
      • 0:0
      • Xolidiya
      • 17.09.2025 21:00
      • Al-Vasl
      • 7:1
      • Istiqlol
      • 17.09.2025 23:15
      • An-Nasr (SA)
      • -:-
      • Istiqlol Dushanbe
      • 17.09.2025 23:15
      • Al-Muharraq
      • -:-
      • Al-Vihdat
      • 18.09.2025 15:00
      • Tay Po
      • -:-
      • Makartur
      • 18.09.2025 15:00
      • Selangor
      • -:-
      • Bangkok Yunayted
      • 18.09.2025 15:00
      • Kaya–Iloilo
      • -:-
      • Tampines Rovers
      • 18.09.2025 17:15
      • Beyjing Guoan
      • -:-
      • Kongan Hanoi
      • 18.09.2025 17:15
      • Persib
      • -:-
      • Lion Siti Seylors
      • 18.09.2025 17:15
      • Pathum Yunayted
      • -:-
      • Poxang Stilers
  • Elit OCHL
      • 17.09.2025 15:00
      • Ulsan Xyonde
      • 2:1
      • Chengdu Rongcheng
      • 17.09.2025 17:15
      • Shangxay Port
      • 0:3
      • Vissel Kobe
  • ECHL
      • 17.09.2025 21:45
      • Slaviya
      • 2:2
      • Bude-Glimt
      • 17.09.2025 21:45
      • Olimpiakos
      • 0:0
      • Pafos
      • 17.09.2025 23:59
      • Bavariya
      • -:-
      • Chelsi
      • 17.09.2025 23:59
      • PSJ
      • -:-
      • Atalanta
      • 17.09.2025 23:59
      • Ayaks
      • -:-
      • Inter
      • 17.09.2025 23:59
      • Liverpul
      • -:-
      • Atletiko
      • 18.09.2025 21:45
      • Bryugge
      • -:-
      • Monako
      • 18.09.2025 21:45
      • Kopengagen
      • -:-
      • Bayer
      • 18.09.2025 23:59
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Napoli
      • 18.09.2025 23:59
      • Nyukasl
      • -:-
      • Barselona
      • 18.09.2025 23:59
      • Sporting
      • -:-
      • Qayrat
      • 18.09.2025 23:59
      • Ayntraxt F
      • -:-
      • Galatasaroy
  • «A» Seriya
      • 19.09.2025 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Kalyari
  • La-liga
      • 20.09.2025 00:00
      • Betis
      • -:-
      • Real Sosyedad
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 4 12
2 Barselona 4 10
3 Espanyol 4 10
4 Atletik Bilbao 4 9
5 Xetafe 4 9
6 Vilyarreal 4 7
7 Alaves 4 7
8 Elche 4 6
9 Osasuna 4 6
10 Betis 5 6
11 Atletiko 4 5
12 Sevilya 4 4
13 Rayo Valyekano 4 4
14 Selta 5 4
15 Valensiya 4 4
16 Real Ovyedo 4 3
17 Real Sosyedad 4 2
18 Levante 4 1
19 Malyorka 4 1
20 Jirona 4 1

O'tgan o'yinlar.

6-тур Selta 1-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

20/09/25 Betis - Real Sosyedad
20/09/25 Jirona - Levante
20/09/25 Real Madrid - Espanyol
20/09/25 Alaves - Sevilya
20/09/25 Vilyarreal - Osasuna
21/09/25 Valensiya - Atletik Bilbao
21/09/25 Rayo Valyekano - Selta
21/09/25 Malyorka - Atletiko
21/09/25 Elche - Real Ovyedo
22/09/25 Barselona - Xetafe

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 4423 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1901 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

G‘oyabardorlik

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Ravshan Haydarov shogirdlari kuni kecha sakkizdan bir final jangida Gonkong yoshlarini 3:0 hisobi bilan yutib, chorak finalga chiqishdi. Ofarin.

RIVALDO VA ARVELADZE
Babayan falsafamga to‘g‘ri kelmaydi, falsafamga tushmaydi deb ko‘p gapirar edi. Haydarov esa, katta gapirmayapti. Ravshan Babayanning murabbiylar shtabida ishlasa-da, bosh bo‘lmagani uchun oldinga chiqmas edi. Soyada yurar edi. Intervyu berishni xohlamagan edi. Futbolchilar berar edi. U esa yo‘q, bermas edi. Indamay yurdi. Kasb odobini saqlab yurdi. “Falsafaga” munosabat bildirmay yurdi. Futbolning falsafasi hamma uchun bitta. G‘alaba qozonishdir. Gol urmay g‘alaba qozonib bo‘lmaydi. Golning inglizchadan ag‘darsak, uning lug‘aviy mazmuni maqsaddir. Maydonga tushishning maqsad-muddaosi bittadir — gol urishdir. G‘alaba qozonishdir. Hujum himoyadan boshlanadi. Hujum gol urish bilan yakunlanishi kerak. Pele, Garrincha, Santos, Didilar paytida brazillarning bir iborasi bor edi. “Raqib bizga qo‘ldan kelganicha gol uradi, biz xohlaganimizcha gol uramiz”, — deyishar edi. Murabbiy o‘zining gol urish g‘oyasini ishlab chiqishi kerak. Uni jamoaga singdirishi kerak. Babayanda hech qandan futbol g‘oyasi bo‘lmagan. O‘yin haqida o‘ziga yarasha qandaydir o‘z tushunchasi bo‘lgandir, balkim. Hozir Ravshan Haydarov o‘zi uchun yangi o‘yin g‘oyasini yaratmoqda. Murabbiyda o‘yin g‘oyasi bo‘lmasa, u bir kunlik bo‘lib qoladi. Bugungi kun bilan yashaydi. Bir kuni, bir oyi, bir yili o‘tsa bo‘lgani. Yangi o‘yin g‘oyasi, masalan, Andrey Fyodorovda, Shota Arveladzeda yo‘q. Ular chiziqlar bo‘yicha eng yaxshi o‘yinchilarni yig‘ib olib, o‘yin strukturasini sozlash bilan ovvoralar. Bundan ortig‘i ularga kerak emas. Ular uchun moliya oqimi favvoralar kabi toshib tursa, bo‘lgani. Yangi o‘yin yaratib emas, jang qilib emas, ochko terib chempion bo‘lishmoqchi.

“Zodogonlar” uchun ochko terishning ikki yo‘li bor. Birinchidan, terib kelgan kuchli o‘yinchilar evaziga o‘yinni kuchaytirish, ikkinchidan raqibni kuchsizlantirish. Ja’far Irismetov ikkala yo‘ldan qoyil qilib yuribdi. “Nasaf”ni sindirishdi. Zo‘r o‘yinchilarini tortib olib, “Lokomotiv”ni yechintira olmaydidar-da. Moliya favvorasi yetmaydi-da. Yo‘qsa, uni ham sindirgan bo‘lardilar. “Paxtakor”ga uzoqlardan Van Gal yonidanmiyey, yo qay go‘rdan yetib kelgan gurji Sayyorasi ish bermayapti. Bir nima bo‘lsa, tayyorasi tayyor turibdi. Ucharog‘iga minadiyu, uchadi ketadi. Skolari bizga nima bergan edi-yu, Shota nima berardi? O‘zbek futbolida Arveladze bugun bor, ertaga yo‘q. Pul ovida yurtlarni sayr qilib yurgan sayyora odam u kishi. Futbolimiz ahvoliga joni achishmaydi uning. Futbolimiz ravnaqi deb u kuyunmaydi. Kuyungani uchun uning puli ko‘payib qolmaydi-da. U Gus Xiddink yo Rivaldo emas. Gus Xiddink rus futbolining rivojiga katta hissa qo‘shgan. Cherchesovga bu yil maslahatchi bo‘lganini hozircha oshkor qilishmayapti. Rivaldo o‘zbek sheriklariga o‘rgataman deb autlarni ham o‘zi otar edi. Autdan hujumi boshlab berar edi. U futbolchilik faoliyatini Bekxemga o‘xshab “Los-Anjeles”da emas, yo Raulga o‘xshab “As-Sadd”da emas, qaysi bir qoloq Afrika klubida oz oylik olib, futbolni targ‘ib qilib yakunladi. Arveladzega ikki barobar katta pul bilan chetdan shartnoma taklif qilishsa bormi, ertasigayoq “Paxtakor”niyam, Toshkentniyam, O‘zbekistonniyam o‘ylab o‘tirmaydi. Hammasini unutib yuboradi.

SAFSATA EMAS
Shotani tanqid qilaman deb mavzudan bir oz chalg‘idim. O‘yin g‘oyasi bor gapmi, yo Babayan falsafasiga o‘xshab safsatami? Didye Deshamning o‘z o‘yin g‘oyasi, shu g‘oyaga munosib gol urish variantlari bor edi. Maydonni, o‘yinni, nazoratidan chiqarmay raqibini maydon bo‘ylab himoya botqog‘ida toliqtirish. Raqibi xorigan paytini topib, e’tibori suslashgan soniyada o‘tkir hujum qilib, gol urib qaytish uning o‘yin g‘oyasi bo‘ldi. Brazillarning hujumi faranglardan kuchliroq bo‘lsa-da, ularning ola-tasir yirtib hujum qilishi ish bermadi. O‘yin nazorati belgiyaliklarda bo‘lgan edi. Bosh murabbiy g‘oyabardor bo‘lishi kerak. Jangda askarlar bayroqdor, ya’ni alambardor atrofida jipslashib jang qilishganidek, farang futbolchilari bosh murabbiy g‘oyasi atrofida birlashgan edilar.

SHARMANDALIKMI?
Maydonda murabbiy g‘oyabardor bo‘lsa, maydon tashida rahbariyat g‘oyabardor bo‘lishi kerak. Bu g‘oya atrofida barcha klublar, futbolchilaru mutasaddilar, jurnalistlaru ishqibozlar birlashishi kerak. Rahbarlikda ham g‘oya ustuvor bo‘lishi, ishning, qarorning asosi bo‘lishi kerak. Strategik maqsad yo‘lida har bir islohotning zamirida bir g‘oya yotishi kerak. Rahbariyatda unisiyam bunisiyam yo‘q. Uzoq kutgan islohotlarimiz esiz, shunday o‘tmoqda. Bugun ma’lum yo‘nalishda bir qaror chiqarishsa, ertasiga bunga aksil yo‘nalishda qaror chiqarishmoqda. Chunki g‘oya yo‘q. Strategik reja yo‘q. Formatda reglamentni o‘zgartirishga urinish, o‘zi joriy qilgan oltin ochkolar qoidasiga o‘zi qarshi chiqish, qarorlarda hech qanday g‘oya, strategik reja mutloqo bo‘lmaganligini ko‘rsatmoqda. Tuturiqsiz odamlarning tuturiqsiz qarorlari ekan. Bizda ijtimoiy ong korchalon oldida tavozeda boshini egib turgan bo‘lsa, ijtimoiy tarmoq korchalonning qabih niyatini fosh qilishi mumkin ekan. Asosiy janglar oldidan zodagon klubning manfaatini ko‘zlab reglamentni o‘zgartirish niyati amalga oshmay qoldi. Fosh bo‘lib amalga oshmay qolgan bunday urinishni sharmandalik deb ataymizmi? Har bir daraxtning uchta o‘q ildizi bo‘lganidek, ushbu sharmandali voqeaning uchta o‘q ildizi bor. Birinchisini aytib o‘tdim. Hammamizning, ya’ni futbol tashida-yu, ichidagilarning ongsizligida. Ma’rifat pastligida. Hech kim bizda voqeaning mazmun-mohiyatini izlamaydi. Har bir ish ma’lum bir g‘oyaga asoslanib olib borilishi kerak deb bilmaydi. Barcha islohotlarimiz xaotik tarzda bo‘lmoqda.

UDDABURONLIK
 Ikkinchi o‘q ildiz o‘tmishga borib taqaladi. Futbolimizda Ahmadjonov davri boshlandi deb aytsak bo‘ladi. Undan oldingi davrni kimdir turg‘unlik davriga, ya’ni Brejnev davriga o‘xshatdi. Hayotimiz qog‘ozda, gapda chiroyli, oliymaqom edi. Amalda barchasi aksincha bo‘lgan. Hamma narsa inson manfaati uchun deyilar edi-yu, amalda partokratiya manfaati uchun qilinar edi. Konstitusiyaga amal qilinmay, hamma yozilmagan, partokratiya uchun xizmat qilgan “qonunlarga” bo‘ysinar edi. Tanish-bilishchilik avjida. Telefon xuquqi hukmron edi. Davlat mafiyasi boshqaruvda. Raykom-ota, obkom-ota, ijroqo‘m-ota lavozimlari sotilar edi. Brejnev kuyovi, MVD rahbari olmos mafiyasini boshqargan ekan. Futboldagi ahvolga kelsak, oldingi davrimizda pullar mafiya qo‘lida bo‘lganini Ahmadjonov o‘z nutqida aytib o‘tdi. Abdurahim Pozilov o‘z komandasi bilan birga “Bunyodkor” stadioni oldida chayqovlanib chipta sotib yurganini o‘zim ko‘rganman. Matbuot xodimi rahbar oldiga oyligim kichik, meni ishdan bo‘shating deb kirganida, rahbar unga shu lavozimda ishlab turib qanday qilib “pul qilishni” o‘zi o‘rgatgan emish. Eshitganim bor. U davrda har qanday yo‘l bilan, ya’ni halol haromni farqlamay “pul qilish” odat bo‘lgan edi. Mardona ish, yoki uddaburonlik deb sanalar edi. Hozir-chi?

O‘ZI XON, KO‘LANKASI MAYDON.
Futboldagi hozirgi davrimizni Gorbachyovning oshkoralik davriga qiyoslasak bo‘ladimi? Balkim shundaydir. Futbolimizda oshkora gapni faqat Ahmadjonov aytishi mumkin. Abramov o‘z fikrini oshkora aytgani uchun futboldan badarg‘a qilingan edi. Buni qanday tushunishimiz kerak? Ahmadjonov o‘z faoliyatini boshlashi bilan tanish bilishchilikka, qarindosh urug‘chilikka qarshi kurash e’lon qilgan edi. O‘zi esa, PFL bosh direktori lavozimini futboldan uzoq odam hisoblangan, o‘z qaynisi bo‘lgan Omon G‘ofurovga topshirganini qanday izohlaysiz? Bilasiz, barcha islohotlar futbolimiz rivojlanish yo‘liga xizmat qilmoqda. Islohotlar tufayli barcha klublarga barobar teng raqobatni joriy qilmoqchi bo‘ldik Faqat bir klub “Paxtakor” bundan istisno ekan-da? Hammani gumroh bilib, kuppa-kunduz kuni ikki ko‘zini lo‘q qilib “Paxtakor” manfaati yo‘lida reklamentni o‘zgartirmoqchi bo‘lishdi-ya. Mavsum o‘rtasida oltin ochkolarni yo‘q qilmoqchi bo‘lishdi-ya. Reklament, ya’ni musobaqa qonuni rahbariyat uchun qonun emas ekan-da. Rahbar qonundan ustun ekan-da. Gorbachyov partiya diktatini bir oz cheklab xalq demokratiyasiga yo‘l ochgan bo‘lsa-da, u o‘z qarorini hammadan ustun qo‘yardi. O‘zi xon, ko‘lankasi maydon edi. Ahmadjonov ham shunday ishlamoqda. O‘xshashlik bor. Qismati o‘xshamasin. Gorbachyov o‘zini xokimi mutloq sanab raqobatchisini, ochiq tanqidchisini Partiyaning siyosat maydonidan chetlatgan edi. O‘sha kimsa, ya’ni Yelsin vaqti kelib uni ham, partiyani ham ag‘dargani rost gap.

Uchinchi ildiz haqida o‘z fikrimni ertaga bayon etaman. Hozir sizlarga yaxshi tilaklarimni yo‘llab xayrlashib qolaman.  

Hasanali-otangiz yozdim. 25.08.2018y.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 14:53, 26.08.2018. O'qildi: 3262 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida debyut o'yinida maydonga tushganidan so'ng 44 soniya o'tib qizil kartochka olib maydonni tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 4
2 Хетафе Adrian Liso 3
3 Барселона Rafinya 3
4 Вильярреал Tadjon Byukenen 3
5 Эльче Rafa Mir 3
6 Эспаньол Pere Milya 3
7 Мальорка Vedat Muriki 3
8 Вильярреал Nikolya Pepe 2
9 Леванте Ivan Romero 2
10 Барселона Ferran Torres 2

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.