Bugun 30 sentyabr, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Aichi-Nagoya-2026

№ Davlat Jami
1 Xitoy 143 62 49 254
2 Yaponiya 45 71 67 183
3 Janubiy Koreya 24 27 44 95
4 O‘zbekiston 14 17 13 44
5 Tailand 12 9 12 33
6 Bahrayn 11 5 4 20
7 Eron 10 16 11 37
8 Qozog‘iston 9 14 25 48
9 KXDR 7 5 6 18
10 Hindiston 6 21 25 52

Turnir jadvali

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 22 51
2 Paxtakor 22 49
3 Navbahor 22 44
4 OKMK 22 35
5 Lokomotiv 22 35
6 Buxoro 22 34
7 Nasaf 22 34
8 Andijon 22 30
9 Dinamo 22 30
10 Qizilqum 22 29
11 So‘g‘diyona 22 28
12 Surxon 22 26
13 Bunyodkor 22 22
14 Xorazm 22 21
15 Qo‘qon-1912 22 20
16 Mash’al 22 4

O'tgan o'yinlar.

22-тур Navbahor 3-2 Dinamo
22-тур Mash’al 1-2 Paxtakor
22-тур Bunyodkor 2-1 Buxoro
22-тур Andijon 1-4 Nasaf
22-тур Surxon 1-0 Qo‘qon-1912
22-тур So‘g‘diyona 1-2 OKMK
22-тур Lokomotiv 0-1 Neftchi
22-тур Xorazm 1-3 Qizilqum

So'rovnoma

  • Joze Mourinyoning "Real"ga qaytishi muvaffaqiyatli bo‘ladimi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1933 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • Sizningcha, 2026-yil yozida amalga oshirilgan eng ajoyib transfer qaysi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2186 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 30.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 30.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH-TV
    • Sana: 30.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 30.09.2026

      06:00 Мотокросс. Швеция. MX2. Вторая гонка. Чемпионат мира.
      07:00 Мотокросс. Швеция. MXGP. Вторая гонка. Чемпионат мира.
      08:00 Олимпийские игры. Зал славы: Пекин-2008.
      09:00 Снукер. Третий раунд.
      11:00 LIVE Снукер. Третий раунд. Прямая трансляция.
      14:00 Скалолазание. Мужчины и женщины. Лазание на скорость. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      14:45 Скалолазание. Мужчины и женщины. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      15:30 Снукер. Третий раунд.
      16:30 LIVE Снукер. Третий раунд. Прямая трансляция.
      19:30 Конный спорт. Конкур. Вена. Global Champions Tour.
      21:30 Скалолазание. Мужчины и женщины. Лазание на скорость. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      22:30 Скалолазание. Мужчины и женщины. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      23:00 Снукер. Третий раунд.
      01:00 Трейлраннинг.
      01:30 Мотокросс. Швеция. MX2. Вторая гонка. Чемпионат мира.
      02:15 Мотокросс. Швеция. MXGP. Вторая гонка. Чемпионат мира.
      03:00 Скалолазание. Мужчины и женщины. Финал. Мировая серия. Чунцин.
      03:45 Скалолазание. Микст. Финал. Мировая серия. Чунцин.
      04:30 Снукер. Третий раунд.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Andrey Shevchenko: «EVRO-2020ga bormasak bo‘lmaydi…»

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Ukraina mustaqillik davri, ya’ni oxirgi 27 yil davomida noxush va alamli voqealar barobarida bir qator quvonchli lahzalarni ham tuydi, albatta. Mamlakat xalqiga ayniqsa, futbol sohasida qayd etilgan yutuqlar xush yoqqani aniq.

Deylik, Ukraina milliy jamoasi 2006 yili Germaniya mezbonligida o‘tgan jahon chempionatida debyutant sifatida ishtirok etganiga qaramay, yakunda chorak finalga chiqib, dunyoning eng kuchli 8ta termasi safidan joy oldi. Biroq «sariq-ko‘klar» keyinchalik ishonchni to‘la oqlay olishgani yo‘q.

To‘g‘ri, jamoa mundialda munosib natija qayd etganidan keyin yana 2ta yirik turnir (Evro-2012 va Yevro-2016) final bosqichida qatnashdi, ammo Yevropa birinchiligidagi kurashni har safar guruh raundidayoq to‘xtatishdan o‘zga chora topolmadi.

Vaholanki, Sharqiy Yevropa mamlakati futbolida hamisha alohida iqtidorlar ko‘zga tashlanishgan. Misol uchun, Anatoliy Timoshuk, Andrey Voronin, Andrey Shevchenko va Sergey Rebrov kabi futbolchilar Yevropaning eng sara klublarida to‘p surishgan, doimiy tarzda jamoatchilik e’tiborida turishgan.

Ushbu yulduzlar birin-ketin butsalarini mixga ilishgach, ko‘pchilik Ukraina futbolida pasayish kuzatilishini baralla taxmin qildi. Lekin taxminlar ham, xavotirlar ham o‘z yo‘liga, muhimi, mamlakat futbolida yangi-yangi iqtidorlar bosh ko‘tarishmoqda.

Xususan, 2016 yili milliy jamoaga ukrainaliklar faxri Andrey Shevchenko bosh murabbiy etib tayinlangach, yangi davr boshlandi. Ha, yaqin o‘tmishning mohir goleadori tuzgan jamoa JCH-2018 yo‘llanmasini qo‘lga kiritolmadi, lekin o‘yin sifati o‘zgargani yaqqol sezilmoqda.

Mana, Shevagol shogirdlari Yevropa Millatlar Ligasida dadil start olishdi: sentyabr oyida Chexiya va Slovakiya terma jamoalarini mag‘lubiyatga uchratib, «V» ligasi 1-guruhida peshqadamlikni qo‘lga olishdi.

Oktyabr oyida esa italyanlar bilan bo‘lgan o‘rtoqlik uchrashuvida 1:1 hisobini qayd etishdi. Xullas, oldinga siljish bor. FIFA.com sayti yaqinda Ukraina termasi bosh murabbiyini intervyuga chorlab, shu taraqqiyot haqida suhbatlashdi.

- Terma jamoangiz haqida gapirishdan avval yil laureatlarini aniqlash uchun o‘tkazilgan FIFA so‘roviga to‘xtalsak. E’tiborlisi, unda Luka Modrich va Didye Deshamni 1-o‘ringa qo‘ygansiz. Yakunda aynan ular o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha bosh sovrinni qo‘lga kiritishdi. Xo‘sh, Modrich va Deshamni g‘oliblikka haqli ko‘rganingizni qanday izohlaysiz?

- Hammasi oddiy: Desham Fransiya terma jamoasi boshqaruvida katta ishlarni amalga oshirdi. Fransuzlarning jahon chempionatida teng­siz bo‘lishgani - bu avvalo, murabbiy tomonidan ko‘p yillar davomida olib borilgan izchil ish samarasi. Xullas, Desham jamoasi mundialda haqli ravishda zafar quchdi va buni tan olish kerak.

Modrichga kelsak, xorvatiyalik futbolchi «Real» safida butun mavsum yuqori saviyasini namoyish etdi. Darvoqe, vaqtida futbolchi sifatida Lukaga qarshi to‘p surganman. Mana, endi murabbiy rolida ham uning jamoasiga to‘qnash keldim. Modrich o‘yin borishini teran his qilish qobiliyatiga ega va har qanday o‘zgarishlarga tayyor turadi.

Umuman, Lukaning joriy yilgi natijalaridan ko‘z yumishning iloji yo‘q: CHLda ketma-ket 3-marta g‘alaba qozondi, xorvatlarni JCH finali sari yetakladi.

- Ukraina milliy jamoasini 2016 yilning iyul oyidan buyon boshqaryapsiz. Shaxsan o‘zingiz hozirgacha bajarilgan ishlarga qanday baho berasiz?

- Jamoani nisbatan murakkab davr - Yevropa chempionatidagi omadsiz ishtirokdan keyin qabul qilib olgandim. Matbuot, futbolchilarning jangovarlik ruhi - bularning barchasi bizga qarshi edi. Xullas, jahon chempionati saralash bosqichi uchun mutlaqo yangi jamoa tayyorlash talab etildi.

Boshqacha aytganda, ishni noldan boshladik. Tabiiyki, bizdan o‘zgarishlar barobarida darhol natija ham kutishdi. Biroq vaqt kam edi. Shuning uchun ortda qolgan davrni o‘zim uchun eng murakkabi sifatida ko‘rsataman. Jamoa o‘yinini shakllantirish jarayonini to‘pni nazorat qilish asosida boshladik.

Tan olaman, bu Ukraina futboli uchun noodatiy uslub. Chunonchi, bunga qadar milliy jamoada to‘p nazorati hech qachon birinchi darajali masala sanalgan emas. Tabiiyki, futbolda o‘yin modelini birdaniga keskin o‘zgartirish juda qiyin - bu vaqt talab qiladigan jarayon. Shuningdek, jamoa tarkibini yangilash masalasini ham ortga surmadik.

Misol tariqasida aytsak, shu qisqa vaqt oralig‘ida terma jamoa safida chamasi 20 nafar futbolchi debyut qildi. JCH-2018 saralashi bosqichida mundialning bo‘lajak finalchisi - Xorvatiya termasiga yutqazganimiz pand berdi. Muhimi, ayni payt jamoam barqaror holatga tobora yaqinlashmoqda. Aslida bizda ichki potensial yuqori. Faqat gap shu imkoniyatlardan unumli foydalanishda.

- Umuman, jamoada aynan nima o‘zgardi?

- Tarkib o‘zagini shakllantirishda yosh iqtidorlar va faxriy futbolchilar uyg‘unligini ta’minlashga e’tibor qaratyapmiz. O‘rtoqlik o‘yinlarida aynan yoshlik shijoati va tajriba o‘rtasidagi balansni teng ushlashga harakat qildik. Hozirda Ukraina futboli sekin-asta chuqurlikdan yuqoriga intilmoqda.

Umidvormanki, kelasi yili mamlakat chempionati yuqori divizioni ishtirokchilari sonini oshirishadi va bu o‘zgarish ko‘plab futbolchilarimizning xorij tomon yo‘l olishlariga zamin yaratadi.

- Ukraina termasining JCH-2018 final bosqichidan chetda qolgani hafsalangizni pir qilmadimi? Umuman, saralashda qaysi jihat ko‘ngildagidek bo‘lmadi?

- Guruhimizda Yevro-2016 final raundida ishtirok etgan 4ta teng kuchli jamoa joy olgandi: Turkiya, Xorvatiya, Ukraina va Islandiya. Ushbu to‘rtlik orasida loaqal 2-o‘rinni egallash uchun oxirigacha kurash olib bordik.

Asosiysi, har bir o‘yinda yetarlicha vaziyatlar yaratdik, chakki ko‘rinmadik, biroq imkoniyatlardan to‘laqonli foydalanolmadik. Bir so‘z bilan aytganda, vaziyatlardan foydalanish masalasida oqsaganimiz tufayli maqsadga erisholmadik.

- Ukraina U-20 terma jamoasi kelasi yil taqvimiga kiritilgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etadi. Sizningcha, ushbu jamoa tarkibidagi futbolchilardan ayrimlari yaqin kelajakda milliy termaga ham yordam bera olishadimi?

- Avvalo, aytishim kerak, barcha yosh toifasidagi terma jamoalar murabbiylari bilan hamkorlikda ishlayapmiz. Albatta, U-20 belgisi ostidagi jahon chempionati va yoshlarimiz o‘yin-larini kuzatib boramiz. Zero, milliy jamoaga eng yaqin turgan o‘rinbosar futbolchilar haqida gap ketyapti.

Ko‘plab yoshlarimiz shu 1-2 yil oralig‘ida bosh jamoa eshigini qoqishlariga ishonaman. Takror bo‘lsa ham aytaman, boshqaruvni qo‘lga olganimdan buyon deyarli 20 nafar yangi futbolchiga imkoniyat berdim. Xususan, bir qator yoshlarni yig‘inlarda sinab ko‘rdim.

Bu jarayon davom etadi - tarkibni hamisha yangi kuchlar hisobiga to‘ldirib boramiz. Yakuniy gapim shuki, bosh jamoa eshigi doimo ochiq. Faqat o‘zini ko‘rsatish ishqida yonayotgan va bunga qodir yigitlar chiqishsa, bas.

- Ukraina termasi FIFA reytingida ham yuqoriga ko‘tarilmoqda. Jamoa kelajakda nimalarga erishishi mumkin?

- Yaqin oradagi maqsadimiz aniq: Millatlar ligasi turniri va Yevro-2020 saralash bosqichida muvaffaqiyatli qatnashish. Yevropa chempionati final raundiga yo‘llanma olishimiz shart. Boshqacha yakun bizni aslo qoniqtirmaydi.

- Yevropa Millatlar ligasi doirasidagi dastlabki 2ta uchrashuvda g‘alaba qozondinglar. Natijadan qoniqqaningiz aniq, o‘yin sifatidan-chi? Jamoani yanada kuchaytirish imkoni bormi?

- Ochig‘i, har ikki uchrashuv ham nihoyatda qiyin kechdi. Zero, biz raqibni yaxshi bilardik, ular esa bizni. Axir qo‘shnilarimiz - Chexiya va Slovakiya termalari bilan o‘ynadik.

Agar o‘yin uslubini nazarda tutsak, guruhimizda bir-biriga o‘xshash jamoalar yig‘ilgan. Ha, startdagi 2ta g‘alaba - ajoyib natija. Lekin hali bajarilishi zarur ishlar ko‘p. Deylik, barqarorlikka erishish ustida ancha ter to‘kishimiz kerak.

- Drujinangizda ancha yosh va iqtidorli yigitlar ko‘p. Faxriy futbolchilarni nafaqaga kuzatib qo‘ygach, umumiy yondashuvni o‘zgartirishda nechog‘li qiynaldingiz?

- Oradan deyarli 1,5 yil o‘tdi, o‘zgarish jarayoni esa hali yakuniga yetgani yo‘q. Kelajak doimo yoshlar qo‘lida, murabbiy uchun eng muhimi - munosib yigitlarning katta sahnaga chiqishlari. Quvontiradigan tomoni, bizda iqtidorli futbolchilar yetarli, ular katta potensialga egalar. Demak, bosh vazifamiz - mavjud zaxira kuchidan to‘laqonli foydalanish.

- Oxirgi savol: vaqti kelib, salohiyatingizni klub futbolida ham sinab ko‘rishingiz mumkinmi? Bu borada qandaydir rejangiz bormi?

- Hozir bor diqqat-e’tiborim Ukraina termasiga qaratilgan. Lekin murabbiylik faoliyatim endi boshlanganini unutmaslik kerak. Demak, kelajakda nima bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi.

J.BOBOXONOV tayyorladi 

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:43, 06.11.2018. O'qildi: 2764 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

№ Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 14
2 Нефтчи Stipe Perisa 12
3 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 11
4 Насаф Bobur Abduxoliqov 9
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 Бухоро Sherzod Esanov 9
7 Навбаҳор Husayn Norchayev 8
8 Пахтакор Chinedu Stefan 8
9 Пахтакор Doston Hamdamov 8
10 Нефтчи Alisher Odilov 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик