BBC jurnalisti Nizaar Kinsella ma’lumotiga ko‘ra, «Chelsi» yanvar oyida yarim himoyachi sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Londonliklar avvalroq «Roma» futbolchisi Manu Kone va «Monako» yarim himoyachisi Lamin Kamaraga qiziqish bildirgan.
Shu bilan birga, Kamarani «Liverpul» ham kuzatmoqda va bu «Chelsi» uchun ehtimoliy transferni qiyinlashtirishi mumkin.
«Ko‘klar» Premyer-ligadagi boshqa variantlarni ham o‘rgangan. Jumladan, «Bornmut» futbolchisi Aleks Skott va «Fulxem» yarim himoyachisi Sander Berge klub qiziqish doirasiga tushgan. Biroq har ikki klub ham qishki transfer oynasida o‘z futbolchilarini sotishni rejalashtirmayapti.
«Chelsi»ning yanvarda transfer bozoriga chiqishi Moyses Kaysedoning jarohatdan qaytishi va akademiyaning 16 yoshli futbolchilari Mahdi Nikoll-Jazuli hamda Rejji Uotsonning rivojlanishiga ham bog‘liq bo‘lishi mumkin.
«Qisqa muddatli variantni olishdan ko‘ra, yozgacha kutib, haqiqiy sifatli futbolchini tarkibga qo‘shish ma’qulroq bo‘lishi mumkin», — dedi Nizaar Kinsella.
Shu bilan birga, u jarohatlar ko‘payib ketsa, «Chelsi» yanvarda transfer amalga oshirishga majbur bo‘lishi mumkinligini ham ta’kidladi.