«Manchester Siti» moliyaviy qoidabuzarliklar bo‘yicha ishda hali yozdayoq aybdor deb topilgan edi.
O‘tgan haftada «shaharliklar» APLning moliyaviy qoidalarini buzish bilan bog‘liq deyarli barcha ayblovlar bo‘yicha aybdor deb topildi – faqat bittasi bundan mustasno. 2023 yilning fevral oyida APL «Siti»ni 2009 yildan 2018 yilgacha bo‘lgan davrda moliyaviy qoidalarni 115 xil usulda buzganlikda ayblagan edi. Keyinchalik The Times gazetasi gap 115 ta emas, balki 130 ta qoidabuzarlik haqida ketayotganini xabar qildi: Premyer-liga endigina ayblovlarni e’lon qilganida, ba’zi qoidalar bo‘yicha chalkashlik yuzaga kelgan edi.
ESPN ma’lumotlariga ko‘ra, «Siti» mustaqil komissiyaning hukmi haqida hali iyul oyidayoq xabardor qilingan. Shunga qaramay, klub «Nottingem Forest»dan Elliot Andersonni 116 million funtga va «Chelsi»dan Enso Fernandesni 125 million funtga sotib olib, o‘z transfer rekordini ikki bor yangiladi.
Ta’kidlanishicha, Anderson bo‘yicha kelishuv «Manchester Siti» aybdor deb topilishidan oldinroq hal qilingan edi. «Shaharliklar» «Nottingem» bilan 2 iyulda kelishib olishgan va 23 iyulda transferni rasman e’lon qilishgan.
Umuman olganda, o‘tgan yozda «Siti» transferlar uchun 526 million yevro (451 million funt) sarfladi.