Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel taqvim tig‘iz bo‘lishiga qaramay, Chexiyaga qarshi Millatlar ligasi uchrashuvi oldidan tarkibda rotasiya qilish niyati yo‘qligini ma’lum qildi.
Ispaniyaga qarshi 2:3 hisobidagi mag‘lubiyatdan keyin Tuxel o‘z futbolchilariga ishonch bildirishini ta’kidladi.
"Men futbolchilarning o‘yin vaqtini nazorat qila olmayman. Bu shunchaki imkonsiz. Nega men bunday qilishim va futbolchilarda sur’atni pasaytirish, bir taym o‘ynash yoki uchrashuvni o‘tkazib yuborish oddiy hol degan tasavvur uyg‘otishim kerak? Men hech qachon bunday qilmayman. Bu aqlga sig‘maydi", — dedi Tuxel.
Jurnalistlarning klub murabbiylarining futbolchilar o‘yin vaqti bo‘yicha istaklarini inobatga oladimi, degan savoli Tuxelning keskin javobiga sabab bo‘ldi.
"Men APL klublari murabbiylarining qo‘ng‘iroqlarini qabul qilmayman. Klub futbolida ishlaganimda, men hech qachon terma jamoa murabbiylariga qo‘ng‘iroq qilmaganman", — dedi mutaxassis.
Chexiya Millatlar ligasining birinchi turida Xorvatiyaga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.