Bugun 9 aprel, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 5 15
2 Bunyodkor 6 13
3 Paxtakor 5 12
4 Navbahor 6 12
5 Nasaf 6 11
6 Buxoro 5 10
7 Lokomotiv 6 8
8 Xorazm 6 8
9 Surxon 6 8
10 Dinamo 6 7
11 Andijon 6 6
12 Qo‘qon-1912 6 6
13 Qizilqum 5 6
14 OKMK 6 5
15 So‘g‘diyona 6 2
16 Mash’al 6 0

O'tgan o'yinlar.

6-тур Lokomotiv 1-1 Xorazm
6-тур Mash’al 0-1 Bunyodkor
6-тур Andijon 0-1 Navbahor
6-тур Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
6-тур OKMK 1-1 Surxon
6-тур Dinamo 2-1 So‘g‘diyona

Navbatdagi o'yinlar.

09/04/26 Neftchi - Paxtakor
09/04/26 Buxoro - Qizilqum

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Xo‘sh, Janubiy Koreya darvozamizga 4 ta gol urdi. Bu dahshat, o‘rtoqlar!

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Milliy terma jamoa / O‘rtoqlik uchrashuvlari
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Xo‘sh, Janubiy Koreya darvozamizga 4 ta gol urdi. Bu dahshat, o‘rtoqlar! Ammo masalaning boshqa tarafi ham bor. Avval ham aytganimdek, Kuperdan dekabrga qadar hech narsa kutmagandim, u sehrgar emas, u hamma qatori oddiy inson, tajribali murabbiy.

Masalan, o‘zi o‘ynagan 6 ta o‘rtoqlik o‘yinini yutib, Osiyo kubogida sharmanda bo‘lganidan ko‘ra, o‘rtoqlik o‘yinlarining hammasida tarsaki yeb, rasmiy turnirga chiqargan xulosasi bilan tayyorgarlik ko‘rgani ming marta yaxshiroq.

Kuper O‘zbekiston futboli nima degan savolga endi javob bera oladi. Kuper futbolchilarimizni endi taniydi, imkoniyatlarini chamalay oladi. Livanlar bilan qanday durang o‘ynashimizni, Qatarni nega doim yutganmiz-u, Koreya bilan farqimiz nega bu qadar katta ekanini tushunadi. O‘zbekistonga xush kelibsan, mister Kuper!

Mana endi shu jamoa, shu imkoniyat va shu futbolchilar bilan, ya’ni, bor masalliq bilan mazali taom tayyorlash kerak bo‘ladi.

Uning qanday oshpaz ekanligini Osiyo kubogi ko‘rsatib beradi. U bungacha o‘tgan 3 ta yig‘inga turli futbolchilarni chaqirdi. Endi esa Osiyo kubogiga boradiganlarni saralab, dekabrni ularga bag‘ishlaydi. Bir oy izlanadi, kechalari uxlamaydi, tushlariga Koreya va Yaponiya kirib, uni qo‘rqitsa ham ajab emas. Muhimi, rostakamiga ish boshlaydi. Birlamchi xulosani Osiyo kubogidan keyin chiqarish mumkin bo‘ladi.

O‘tgan 3 oyga esa achinmang. Yangi tanishgan insoningiz aslida kim ekanini bilish uchun ham vaqt kerak. Kuper ham biz bilan, futbolimiz bilan tanishdi. Dardini bildi, tashhis qo‘ydi. Davolay oladimi yoki yo‘q boshqa masala. Uning qanday shifokor ekanini Osiyo kubogi aniqlab beradi.

Diyor Imomxo‘jayev

Manba: Stadion
Kiritildi: 19:44, 20.11.2018. O'qildi: 9911 marta. Fikrlar: 48 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Нефтчи Stipe Perisa 4
2 Сурхон Chinedu Stefan 4
3 Пахтакор Doston Hamdamov 3
4 Нефтчи Alisher Odilov 3
5 Динамо Firdavs Abdurahmonov 3
6 Нефтчи Zoran Marushich 3
7 Бухоро Shahzodbek Ubaydullayev 2
8 ОКМК Abror Karimov 2
9 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 2
10 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 2

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик