Toshkentda Futzal bo‘yicha Osiyo chempionati U-20 Markaziy mintaqa saralash bahslari o‘tkaziladi
Xabaringiz bor, joriy yilning 1-4 dekabr kunlari Toshkentda futzal bo‘yicha Osiyo chempionati U-20 musobaqasining Markaziy mintaqa saralash bahslari bo‘lib o‘tadi.
Markaziy mintaqadan Eron, O‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston, Afg‘oniston hamda Qirg‘iziston terma jamoalari joy olishgan. Qur’a natijalariga ko‘ra mazkur jamoalar quyidagi ikki guruhga bo‘lingan holda bahslarda qatnashishadi:
A guruhi: Eron, Afg‘oniston, Turkmaniston.
B guruhi: O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston.
Quyida o‘yinlar taqvimi bilan tanishishingiz mumkin:
1 dekabr
Qirg‘iziston – O‘zbekiston
Turkmaniston – Eron
2 dekabr
Tojikiston – Qirg‘iziston
Afg‘oniston – Turkmaniston
3 dekabr
O‘zbekiston – Tojikiston
Eron – Afg‘oniston
4 dekabr
Uchinchi yo‘llanma uchun bahs
Ertaga 30 noyabr kuni soat 11:00da "O‘zbekiston" mehmonxonasida barcha terma jamoalar bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etiladi. Matbuot anjumaniga barcha turdagi ommaviy axborot vositalari xodimlari taklif etiladi.