Bugun 9 yanvar, 2026 yil, juma.

  • APL
      • 08.01.2026 00:30
      • Bornmut
      • 3:2
      • Tottenhem
      • 08.01.2026 00:30
      • Brentford
      • 3:0
      • Sanderlend
      • 08.01.2026 00:30
      • Kristal Pelas
      • 0:0
      • Aston Villa
      • 08.01.2026 00:30
      • Everton
      • 1:1
      • Vulverhempton
      • 08.01.2026 00:30
      • Fulhem
      • 2:1
      • Chelsi
      • 08.01.2026 00:30
      • Manchester Siti
      • 1:1
      • Brayton
      • 08.01.2026 01:15
      • Byornli
      • 2:2
      • Man. Yunayted
      • 08.01.2026 01:15
      • Nyukasl
      • 4:3
      • Lids
      • 09.01.2026 01:00
      • Arsenal
      • 0:0
      • Liverpul
  • «A» Seriya
      • 08.01.2026 00:45
      • Parma
      • 0:2
      • Inter
      • 08.01.2026 00:45
      • Torino
      • 1:2
      • Udineze
      • 08.01.2026 00:45
      • Lasio
      • 2:2
      • Fiorentina
      • 08.01.2026 22:30
      • Cremonese
      • 2:2
      • Kalyari
      • 09.01.2026 00:45
      • Milan
      • 1:1
      • Jenoa
      • 10.01.2026 19:00
      • Udineze
      • -:-
      • Piza
      • 10.01.2026 19:00
      • Komo
      • -:-
      • Bolonya
      • 10.01.2026 22:00
      • Roma
      • -:-
      • Sassuolo
  • AFC U-23
      • 08.01.2026 16:30
      • Avstraliya
      • 2:1
      • Tailand
      • 08.01.2026 19:00
      • Iroq
      • 0:0
      • Xitoy
      • 09.01.2026 19:00
      • Qirg‘iziston
      • 1:2
      • Vyetnam
      • 09.01.2026 21:30
      • Iordaniya
      • -:-
      • Saudiya Arabistoni
      • 10.01.2026 16:30
      • BAA
      • -:-
      • Yaponiya
      • 10.01.2026 16:30
      • Livan
      • -:-
      • Janubiy Koreya
      • 10.01.2026 19:00
      • Eron
      • -:-
      • O‘zbekiston
      • 10.01.2026 21:30
      • Suriya
      • -:-
      • Qatar
  • La-liga
      • 10.01.2026 01:00
      • Xetafe
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 10.01.2026 18:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Betis
      • 10.01.2026 20:15
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Alaves
      • 10.01.2026 22:30
      • Jirona
      • -:-
      • Osasuna
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 21 49
2 Manchester Siti 21 43
3 Aston Villa 21 43
4 Liverpul 21 35
5 Brentford 21 33
6 Nyukasl 21 32
7 Man. Yunayted 21 32
8 Chelsi 21 31
9 Fulhem 21 31
10 Sanderlend 21 30
11 Brayton 21 29
12 Everton 21 29
13 Kristal Pelas 21 28
14 Tottenhem 21 27
15 Bornmut 21 26
16 Lids 21 22
17 Nottingem Forest 21 21
18 Vest Xem 21 14
19 Byornli 21 13
20 Vulverhempton 21 7

O'tgan o'yinlar.

21-тур Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
21-тур Bornmut 3-2 Tottenhem
21-тур Brentford 3-0 Sanderlend
21-тур Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
21-тур Everton 1-1 Vulverhempton
21-тур Fulhem 2-1 Chelsi
21-тур Manchester Siti 1-1 Brayton
21-тур Byornli 2-2 Man. Yunayted
21-тур Nyukasl 4-3 Lids
21-тур Arsenal 0-0 Liverpul

Navbatdagi o'yinlar.

17/01/26 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01/26 Tottenhem - Vest Xem
17/01/26 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01/26 Liverpul - Byornli
17/01/26 Lids - Fulhem
17/01/26 Chelsi - Brentford
17/01/26 Nottingem Forest - Arsenal
18/01/26 Vulverhempton - Nyukasl
18/01/26 Aston Villa - Everton
20/01/26 Brayton - Bornmut

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘zgacha parvoz sohibi Shinji Kagava nima uchun zaxirada?

Baho:
+ | -
OSIYO
Rukn: Yangiliklar
A A A

29 yoshli yaponiyalik yarim himoyachi Shinji Kagava hanuzgacha Lyusyen Favrning ishonchiga kira olmayapti. Avvaliga bu murabbiy Dortmundda 4-3-3 sxemasidan foydalangani bois, an’anaviy «o‘nlik» o‘yinchisiga ehtiyoj sezmagan va Kagava ishsiz qolgandi. Shveysariyalik mutaxassis Frankfurtda «Ayntraxt»ga qarshi 4-2-3-1 taktikasini qo‘llashga qaror qildi va uni hozircha o‘zgartirgani yo‘q. Bu uslub Shinjiga muntazam maydonga tushish imkoniyatini berishi kutilgandi. Chunki u markaziy pleymeyker pozisiyasida yorqin o‘yinlar namoyish etgan va Yurgen Kloppning yuksak e’tirofiga sazovor bo‘lgandi. Peter Bosh davrida ham yaponiyalik yarim himoyachi risoladagidek to‘p surdi. Lekin uning Bundesligada 100, YECHLda esa 30 daqiqa to‘p surganligi «Borussiya D»dagi istiqbolini shubha ostida qoldiradi. Muammo sababi Kagavaning o‘zida emas: muxlislar yoqimtoyi hozir ham to‘p bilan a’lo darajada muomala qiladi, noyob iqtidorini yo‘qotmagan. Terma jamoalarning xalqaro turnirlardagi ishtiroki bois yuzaga kelgan tanaffuslarda «Borussiya D»ning o‘rtoqlik uchrashuvlari fikrimizni isbotlaydi - yetakchilar yo‘qligida bemalol maydonga tushgan Shinji fantastik o‘yin ko‘rsatdi. Ammo rasmiy bellashuvlarda Favr uni zaxira tarkibiga ham kiritmayapti. Buning boisi nima?

1. Marko Roysning tarkibda ekanligi

Salomatligi talab darajasida bo‘lgan hollarda jamoa sardori - tarkibning ajralmas bo‘lagi! Jumladan, joriy mavsum Marko hammadan ko‘proq vaqtini maydonda o‘tkazdi: Roman Byurkidan 53, Aksel Vitseldan 60 daqiqaga o‘zib ketdi. Ortda qolgan 13 uchrashuvda 9ta gol urib, 4 marta jamoadoshlari gollariga hammuallif bo‘ldi. Qisqasi, Favr davrida unga tenglasha oladigan o‘yinchi yo‘q. E’tiborlisi, Roys aynan Kagava pozisiyasida to‘p suradi.

2. Lyusyen Favr mezoniga mos emasligi

«O‘nlik» pozisiyasi sohibining maydondagi harakati borasida bosh murabbiy o‘z nuqtai nazariga ega. Ayni pallada uning ko‘rsatmalarini hech kim Roys kabi mukammal tarzda bajara olmaydi. Favrning «Borussiya D»dagi faoliyati alohida e’tirofga loyiq. Yoshi 61dan oshgan shveysariyalik mutaxassis futbolga zamonaviy tarzda yondashmoqda. Futbol olamining ko‘hna uslublaridan bo‘lgan 4-2-3-1 sxemasi Favrning taktik g‘oyalari bilan boyitildi: «10-raqam» sohibidan ikkinchi hujumchi sifatida foydalanish, to‘p yo‘qotilganda 4-4-2 sxemasiga o‘tgan holda pressing qo‘llash va soxta «9» usulidan foydalanish.

Roys shveysariyalik mutaxassisning Dortmundga tashrifini anchadan beri intiqlik bilan kutayotgandi. Uning fikricha, Favr - Marko faoliyatidagi eng yaxshi murabbiy! Yarim himoyachining hayratlanarli ko‘rsatkichlaridan kelib chiqadigan bo‘lsak, uni yaxshi tushunish va ustun jihatlaridan foydalanish bobida Favrga yeta oladigan mutaxassis yo‘q. Bundesliganing eng nomdor o‘yinchilaridan biri aynan uning zakovati tufayli hujum chizig‘i markazida javlon urmoqda. Marko o‘zining harakati yoki aniq uzatmasi orqali hech bo‘lmaganda bir raqib himoyachisini chalg‘itadi va oldingi chiziqdagi jamoadoshiga bo‘shliq yaratadi. «Mayns»ga qarshi o‘yinda u tezkor reyd evaziga raqiblarini sarosimaga tushirdi va to‘pni bo‘m-bo‘sh darvoza oldidagi Alkaserga uzatdi. «Bavariya» bilan bo‘lgan bahsda esa aksincha, Pakoni qo‘riqlash bilan ovora bo‘lgan Niklas Zyule va Jerom Boatengning bo‘sh qolgan hududidan foydalangan holda darvozani zabt etgandi. Raqib jarima maydonchasi yaqinida ochiq hududlarni yuzaga keltirish va shu bo‘shliqlardan samarali foydalana olish - Marko Roysning asosiy ustunligi. Hujum chizig‘i vakillarining aksariyati bitta yo‘nalishga ixtisoslashadilar. Roys ikkala vazifani ham a’lo darajada uddalay oladi.

Shinji Kagava esa sof «o‘nlik» vakili - bo‘shliq yaratish borasida e’tiroz yo‘q, lekin undan foydalanish... Xullas, uni Roys o‘rniga maydonga tushirish - Favr uchun o‘z joniga qasd qilish bilan barobar.

3. Kagavaning Favr uslubiga mos emasligi

Yaponiyalik yarim himoyachini tarkibga kiritish uchun murabbiy bir qator jiddiy o‘zgarishlarni amalga oshirishi kerak bo‘ladi. Birinchidan, sof «o‘nlik»dan foydalanish qanot o‘yinchilaridan faollikni talab etadi. Bu esa himoya chizig‘ining zaiflashuviga olib keladi. Tabiiyki, Favr bunga rozi bo‘lmaydi. Ikkinchidan, «Borussiya D»ga qarshi ko‘pchilik jamoalar himoyaviy uslubni qo‘llashadi va tezkor qarshi hujumdan foydalanish ehtimoli ortadi. O‘z vaqtida Mxitaryan xuddi Kagava singari bo‘shliq yaratish ustasi edi, ammo o‘sha bo‘shliqdan foydalana olmaslik qanday oqibatlarga olib kelishini 2014|2015 yillar mavsumi yaqqol ko‘rsatib berdi. Uchinchidan, sof «10- raqam»dan foydalanish ayniqsa, Bundesliga uchun eskirib ulgurdi. Chunki u yerda darvozabonlar o‘z yumushlaridan tashqari libero vazifasini ham uddalashmoqda.

«O‘nlik» sohiblari qo‘shaloq vazifani uddalashlari shart ekanligini birinchi bo‘lib anglagan Gvardiola bu pozisiyaga faqat Lionel Messi munosib ekanligini ta’kidlagandi. Keyin u Gyotseni «to‘qqizlik» pozisiyasiga moslashtirdi. Endi Mario Shinjidan farqli ravishda «Borussiya D» safida maydonga tushmoqda. Ha, kuchli raqobat har qanday kishidan sharoitga moslashishni talab etadi. Mana, uzoq vaqt zaxirada o‘tirgan Isko hujum chizig‘ining barcha nuqtalarida o‘ynashni o‘rgandi. Mesut Ozil Emerining sa’y-harakatlari evaziga «Arsenal»ning yorqin o‘yinchisiga aylandi. Maks Mayer esa talab darajasida to‘p surish uchun markazdan ortga chekinishga majbur bo‘ldi. Endi uning vazifasi - so‘nggi uzatmani amalga oshirish emas, balki o‘yinni tartibga solish. Darvoqe, argentinalik daho ham Valverde davrida kasbini biroz o‘zgartirdi - endi u ko‘proq ikkinchi hujumchi pozisiyasida to‘p surmoqda.

Yuqorida zikr etilgan sabablardan tashqari, Kagava Lyusyen Favr uslubiga mos emas. Shveysariyalik mutaxassis chaqqon hujumchilar duetidan foydalanishni xush ko‘radi. Gladbaxda Raffael-Kruze juftligini kashf etgan murabbiy Dortmund-da Gyotse-Roys hamkorligini yo‘lga qo‘yish niyatida. Ma’lumki, bu ikki futbolchi bo‘shliqni yaratishni ham, undan samarali foydalanishni ham o‘rinlata oladilar.

Dortmunddagi raqobat Kagavaga imkoniyat qoldirmayapti

«Borussiya D»ning sinchkov muxlislari Shinji Kagavani nafaqat Marko Roysning o‘rni, balki markaziy yarim himoyachi pozisiyasiga ham ko‘z olaytirganlikda ayblashlari mumkin. O‘tgan yili Peter Bosh osiyolik shogirdini yarim himoya markazida sinab ko‘rgan, Shinji ishonchni oqlagandi. Biroq Favr bu vazifani Aksel Vitselga topshirgan.

Belgiyalik legioner «Borussiya D» uchun sezilarli kuchayish bo‘lganiga shubha yo‘q. Uning to‘p bilan muomalasi, o‘yinni o‘qiy olishi va uzatmalari a’lo darajada. Doimiy sherigi - Tomas Dileyni esa «oltinchi» pozisiya egasi. Ya’ni, Kagava uchun begona nuqta. Yana shuni ham unutmaslik kerakki, o‘tgan mavsum Gonsalo Kastro, Mahmud Dovud va Yulian Vaygllar Shinjining raqobatchilari edilar. Ammo Tomas Dileyni va Aksel Vitsel xaridlaridan keyin Kagava uchun vaziyat yanada keskinlashdi. Shuningdek, uning raqobatchilari uchun ham. Faqat Mahmud Dovud bundan mustasno - Favr vaqti-vaqti bilan unga imkon bermoqda.

Shinji uchun so‘nggi variant - ilojsiz qolgan Favr jamoasida «B» rejasi ijrochisi rolida to‘p surish. Jamoa muxlislarining yagona va odilona umidlari - jarohatlar. Dortmund klubini anchadan beri qiynab kelayotgan eski muammo. Ammo nahotki, mo‘’jizaga qodir bo‘lgan samuray navbat kutib o‘tirishga loyiq bo‘lsa? Umuman, Maksimilian Filipp va Kristian Pulishichdek o‘yinchilar zaxiraga «mixlangan» vaziyatda Kagava hech bo‘lmasa rotasiya jangchisi roliga umid qila oladimi? Amerikalik futbolchining Dortmundni tark etishi Shinjining taqdiriga ta’sir ko‘rsata olmaydi: Pulishich ketsa, uning o‘rnini Favr talablariga to‘liq javob beradigan boshqa futbolchi egallaydi. Xullas, hayotdan ortda qolmaslik va taraqqiyotni davom ettirish uchun Kagava jamoadan ketishi kerak. Ayriliq muqarrar. Hatto hozirgi holatida ham Shinji jiddiy jamoalarni kuchaytirishi mumkin. Mahalliy matbuot ta’kidlaganidek, «Shtutgart»ga o‘tishi shart emas. Shinji Kagava - o‘zgacha parvoz ijrochisi. Keksayib borayotgan Gomes va Badshtuberlar kabi Bundesligada o‘z qismatini kutib o‘tirish unga yarashmaydi. Shunchaki, uning va «Borussiya D»ning yulduzlari o‘zaro mos kelmadi.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 13:35, 18.12.2018. O'qildi: 2759 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Angliyalik futbolchi Kevin Kigan jahon chempionatlari o'tkazilgan yilda unda ishtirok etmasdan «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan yagona futbolchi

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 20
2 Брентфорд Igor Tiago 16
3 Борнмут Antuan Semenyo 10
4 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 9
5 Ливерпуль Yugo Ekitike 8
6 Ньюкасл Bruno Gimaraes 8
7 Брайтон Denni Uelbek 8
8 Кристал Пэлас Jan-Filipp Mateta 8
9 Астон Вилла Olli Uotkins 7
10 Астон Вилла Morgan Rodjers 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.