Bugun 18 avgust, 2025 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 17.08.2025 00:30
      • Alaves
      • 2:1
      • Levante
      • 17.08.2025 00:30
      • Valensiya
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 17.08.2025 20:00
      • Selta
      • 0:2
      • Xetafe
      • 17.08.2025 22:30
      • Atletik Bilbao
      • 3:2
      • Sevilya
      • 18.08.2025 00:30
      • Espanyol
      • 2:1
      • Atletiko
      • 19.08.2025 00:00
      • Elche
      • -:-
      • Betis
      • 20.08.2025 00:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Osasuna
  • APL
      • 17.08.2025 18:00
      • Chelsi
      • 0:0
      • Kristal Pelas
      • 17.08.2025 18:00
      • Nottingem Forest
      • 3:1
      • Brentford
      • 17.08.2025 20:30
      • Man. Yunayted
      • 0:1
      • Arsenal
      • 19.08.2025 00:00
      • Lids
      • -:-
      • Everton
  • Superliga
      • 17.08.2025 18:00
      • Qo‘qon-1912
      • 2:0
      • Surxon
      • 17.08.2025 19:00
      • Mash’al
      • 1:0
      • Andijon
      • 17.08.2025 20:15
      • Bunyodkor
      • 2:1
      • Buxoro
      • 18.08.2025 19:00
      • Xorazm
      • -:-
      • Qizilqum
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 19 40
2 Neftchi 19 39
3 Dinamo 19 37
4 Bunyodkor 19 34
5 OKMK 19 34
6 Paxtakor 19 33
7 Navbahor 19 31
8 Surxon 19 23
9 Qizilqum 18 22
10 Andijon 19 21
11 So‘g‘diyona 19 20
12 Xorazm 18 19
13 Qo‘qon-1912 19 18
14 Mash’al 19 18
15 Buxoro 19 14
16 Sho‘rtan 19 10

O'tgan o'yinlar.

19-тур Paxtakor 2-0 So‘g‘diyona
19-тур Navbahor 0-1 Neftchi
19-тур Dinamo 1-0 OKMK
19-тур Nasaf 2-0 Sho‘rtan
19-тур Qo‘qon-1912 2-0 Surxon
19-тур Mash’al 1-0 Andijon
19-тур Bunyodkor 2-1 Buxoro

Navbatdagi o'yinlar.

18/08/25 Xorazm - Qizilqum

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1677 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 633 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 18.08.2025

      06:35 Новости футбола.
      06:40 Д/ф "Дэвид Бекхэм. Одиозный".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Турции. "Бешикташ" - "Эюпспор".
      10:00 Новости футбола.
      10:05 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Фламенго".
      12:00 Новости футбола.
      12:05 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Палмейрас".
      14:00 Новости футбола.
      14:05 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Фатих Карагюмрюк".
      16:05 Новости футбола.
      16:10 Чемпионат Турции. "Бешикташ" - "Эюпспор".
      18:10 Новости футбола.
      18:15 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Фламенго".
      20:15 Новости футбола.
      20:20 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Палмейрас".
      22:20 Новости футбола.
      22:25 Д/ф "Лионель Месси".
      23:25 LIVE Чемпионат Турции. "Касымпаша" - "Трабзонспор". Прямая трансляция.
      01:25 "Третий тайм". Артём Молодцов.
      01:50 Новости футбола.
      01:55 Чемпионат Турции. "Гёзтепе" - "Фенербахче".
      03:50 Новости футбола.
      03:55 LIVE Чемпионат Бразилии. "Мирасол" - "Крузейро". Прямая трансляция.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 18.08.2025

      05:10 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 5 на автодроме "Moscow Raceway". Shortcut. Гонка 2.
      05:40 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 5 на автодроме "Moscow Raceway". Спортпрототип CN. Гонка 2.
      06:15 Д/ф "Жизнь - подарок!".
      07:00 Автоспорт. Ралли. Чемпионат России.
      07:30 "Тайны звёзд спорта".
      08:00 Бильярд. BetBoom Суперлига в Москве.
      09:35 Автоспорт. Дрифт. RDS GP. Этап 5 на автодроме "Красное кольцо".
      10:30 Синхронное плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Акробатические группы.
      13:15 Автоспорт. Чемпионат России. Этап 4 на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 1.
      13:55 Автоспорт. G-Energy СМП РСКГ Эндуранс. Кубок России. Этап 3 на автодроме "Moscow Raceway".
      16:15 "Культовые".
      16:45 Лёгкая атлетика. Золотой континентальный тур. Мемориал Иштвана Дьюлая в Будапеште, Венгрия.
      19:00 Дзюдо. "Большой шлем" Улан-Батора в Монголии. День 1.
      20:45 "Тайны звёзд спорта".
      21:15 Бильярд. BetBoom Суперлига в Москве. 1/2 финала.
      23:20 Синхронное плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Женщины. Дуэты. Произвольная программа. Финал.
      00:25 Синхронное плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Смешанные дуэты. Произвольная программа. Финал.
      01:30 "Культовые".
      02:00 Автоспорт. Чемпионат России. Этап 4 на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 1.
      02:40 Автоспорт. G-Energy СМП РСКГ Эндуранс. Кубок России. Этап 3 на автодроме "Moscow Raceway".
      04:50 "География спорта". Норильск.
  • MATCH-TV
    • Sana: 18.08.2025

      06:00 Новости.
      06:05 Бокс. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины.
      08:00 "Лучшие из лучших".
      08:30 "Всё о главном".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 "Лица страны". Виктория Комова.
      11:25 "Культовые".
      11:55 LIVE Бокс. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины. Прямая трансляция.
      15:00 Специальный репортаж.
      15:20 Новости.
      15:25 Есть тема! Прямой эфир.
      16:50 "География спорта". Норильск.
      17:20 "Лучшие из лучших".
      17:55 Новости.
      18:00 Смешанные единоборства. UFC 319 в Чикаго, США. Дрикус Дю Плесси против Хамзата Чимаева.
      19:10 Футбол. МИР Российская Премьер-Лига. Обзор тура.
      20:10 LIVE Громко. Прямой эфир.
      21:25 LIVE Футбол. Лига Пари. "Торпедо" (Москва) - "Урал" (Екатеринбург). Прямая трансляция.
      23:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      23:50 LIVE Футбол. Чемпионат Испании. "Эльче" - "Реал Бетис". Прямая трансляция.
      02:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:00 "Культовые".
      03:30 Матч! Парад.
      04:00 Футзал. Суперкубок России. "Ухта" - КПРФ (Москва).
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 18.08.2025

      05:15 Велоспорт. Женщины. Тур Романдии в Швейцарии. Этап 3.
      06:00 Велоспорт. Bemer Cyclassics в Гамбурге, Германия.
      07:00 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Финал.
      09:00 Велоспорт. Bemer Cyclassics в Гамбурге, Германия.
      10:00 Велоспорт. Женщины. Тур Романдии в Швейцарии. Этап 2.
      10:45 Велоспорт. Женщины. Тур Романдии в Швейцарии. Этап 3.
      11:30 Мотоспорт. Мотокросс. Чемпионат мира. Этап 16 в Уддевалле, Швеция. Класс MXGP. Гонка 1.
      12:00 Мотоспорт. Мотокросс. Чемпионат мира. Этап 16 в Уддевалле, Швеция. Класс MX2. Гонка 2.
      12:30 Мотоспорт. Мотокросс. Чемпионат мира. Этап 16 в Уддевалле, Швеция. Класс MXGP. Гонка 2.
      13:00 Велоспорт. Bemer Cyclassics в Гамбурге, Германия.
      14:00 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Финал.
      16:00 Велоспорт. "Вуэльта" 2024. Этап 6. Херес-де-ла-Фронтера - Юнкера.
      18:00 Велоспорт. "Вуэльта" 2024. Этап 10. Пуэнтеареас - Байона.
      20:00 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Финал.
      22:00 Трейлраннинг. Golden Trail World Series. Этап 7. Pitz Alpine Glacier Trail в Пицтале, Австрия. Обзор.
      22:30 Трейлраннинг. Golden Trail World Series. Этап 8. Sierre Zinal Trail в Вале, Швейцария. Обзор.
      23:00 Снукер. Shanghai Masters в Китае. Финал.
      01:00 Велоспорт. "Вуэльта" 2024. Этап 10. Пуэнтеареас - Байона.
      03:00 Снукер. Shanghai Masters в Китае. Финал.
      04:30 Велоспорт. "Вуэльта" 2024. Этап 6. Херес-де-ла-Фронтера - Юнкера.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Bir jumla gap tahlili

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Stadion.uz va gazeta / Bloglar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Osiyo kubogi-2019 o‘yinlari boshlanishiga 19 kun qoldi. Har bir o‘zbek ishqibozi, futbolchisi, mutasaddisi, murabbiyi ushbu kunni o‘zicha o‘zgacha hayajon bilan kutmoqda. Anchadan beri jahon darajasidagi bosh murabbiy kelishini orzu qilib, talab qilib, iltijo qilib kelar edik. Shunday mutaxassis kelishiga erishdik. Orzu ushalgan kundan buyon yarim yil bir pasda o‘tib ketibdi.

MESXI VA METREVELINI ESLAB
Ilgari ham chet el mutaxassislari kelishgan, yurtimizda ishlashgan. Ittifoq davrida. O‘zbekiston tushunchasi Sovet davlati uchun e’tiborsiz narsa edi. Butun o‘zbek futboliga emas, Toshkent futboliga alohida e’tibor qaratilar edi. Chunki Toshkentga sobiq Sovet davlatining sharq darvozasi deb alohida baho berilgan edi. “Qayrat”da, “Pomir”da, “Kolxozchi”da, “Olg‘a”da emas, “Paxtakor”da Gavriil Kachalin, Mixail Yakushin kabi o‘z davrining taniqli murabbiylari ishlashgan. O‘z terma jamoamiz bo‘lmagan. Sovetlar terma jamoasi Gruziya, Rossiya, Ukraina futbolchilaridan shakllanar edi. Armanistonlik Andriasyan, Ishtoyan, Ozarbayjondan Tuayevu Banishevakiy, belorussiyalik Malofeev, Bishoves terma jamoada qatnashib, dunyoga tanilgan edilar. Yurtimizdan chiqqan Abduraimov, Krasniskiy, Pshenichnikov SSSR terma jamoasida epizod ham bo‘la olishmagan. Bizning yigitlarimiz Mesxi, Metreveli, Xursilava kabi terma tarkibida o‘ynab jahonga chiqa olishmaganidan zorlanar edim. Bir kun kelib o‘z terma jamoamiz bo‘ladi deb orzu ham qila olmas edim. Endi boshqa gap. Mustaqilmiz. O‘z terma jamoamiz bor.

19 kundan keyin terma jamoamiz OK final o‘yinlarida o‘z janglarini boshlab yuboradi. Futbolchilarimizni maydonga argentinalik Ektor Kuper boshlab tushadi. Yaratgan Egam, o‘zinga shukr.

CHORAK ASR BAYONI
Terma jamoamizga bir kelib ketgan Sadirin, Salkovlar futbolimizda epizod ham bo‘la olishmadi. Nepomnyashiy kelib bir muncha vaqt ishlab, biror bir narsaga intilmay Rossiyaga qaytib ketdi. U Odil Ahmedov iqtidoriga doyalik qilgani bilan esimizda qoldi. 2002 yil Amirlikda o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi JCHda O‘zbekiston termasi qatnashib mazmunli o‘yinlari bilan esda qoldi. O‘sha yoshlarning, o‘sha avlodning har biri futbolimiz tarixida bilinarli iz qoldirdi. Hatto “Tiko” (Mansur Saidov) ham Farg‘ona futbolida davr yarata oldi. Faqat bir futbolchi Ilyos Zeytullayev bundan mustasno. U chet elda qolib ketdi, shekilli. O‘sha termaning bosh murabbiyi germaniyalik Gyode bo‘lgan. Angliyalik Xougton termada bir epizod bo‘ldi xolos. Qosimov bilan Abramovlar bir-biriga nisbatan o‘rinbosarlik, obro‘bosarlik qilib termani boshqarishdi. Ularning ijrosida birorta durdona asar esimda qolmadi. OK-2011ning ochilish o‘yini bundan mustasno (Qatar-O‘zbekiston 0:2). Falokatda bevaqt ko‘z yumgan Rahimovning g‘alabali serialini ko‘ra olmaganman.

Nega orqaga bir nazar tashladim? Terma jamoamiz nimaga erishdi? Chorak asrlik futbol davrimizda Osiyoning o‘rta hol jamoasiga aylandik deb baho bersam bo‘ladi. Nepal, Afg‘oniston darajasiga ham tushib ketmaymiz. Yaponiya, Koreya darajasiga ham chiqa olmaydigan jamoa bo‘lib qotib qolganmiz.

BIR JILMAYIB, BIR G‘O‘DDAYGAN RAQAMLAR
Ana shunday jamoani Kuper qabul qilib oldi. Kupergacha barcha bosh murabbiylarni bir tarafga qo‘ysam bo‘ladi. Kuperni boshqa tarafga qo‘yaman. Ularning har biri o‘zidan oldingi mutaxassis qoldirib ketgan o‘yinni olib, unga o‘z ishlovini berar edi. Biri tuzukroq, boshqasi bundayroq ishlov berishgan. Faqat Babayan hech qanday ishlov berolmagan. U murabbiy emas edi-da. Kuper bunday qilmadi. Oldingi o‘yin strukturasini butunlay yechib tashladi, sochib tashladi. Birinchi ikkita o‘rtoqlik o‘yinimizda hamma narsa sochilib yotganini ko‘r ham ko‘rdi, so‘qir ham. Ikkinchi yig‘inda yangi o‘yin kurtaklarini ko‘ra boshladim. O‘yinni imorat desam, poydevori himoya bo‘ladi-da. Ishni yangicha himoyani yaratishdan boshlagani men uchun tabiiy hol bo‘ldi. Bu ishini barcha jurnalistlar himoyaviy futbol bizga kerak emas, bizga hujumkor o‘yin kerak deb qarshi olishdi. Har bir gapni, har qanday ishni, hujumkor futbolni ham, avvalo himoyalab qo‘yish kerak-ku.

Ikkinchi yig‘inda ham hali o‘yin shakllanmaganini ko‘rdim. Hali ko‘p ishlash kerak ekanligini ko‘rdim. Hisob raqamlari bizning foydamizga jilmaygani uchun futbol ommasi Kuper boshlagan ishni tushuna olishmasa-da, uni maqtab qolishdi. Avstraliyada o‘tgan uchinchi yig‘in o‘yinlarini ko‘rmadim. O‘yinlar haqida bir nima deyishim qiyin. Bosh murabbiy va yigitlar yangi o‘yinni yarataman deb, rosa ter to‘kishgandir. O‘yindagi nuqsonlar lo‘nda ko‘ringandir. Mazkur o‘yinlarda hisob raqamlari xunuk g‘o‘ddaygani uchun futbol ommasi yana o‘yingamas, hisobga baho berishdi. Shunday bir paytda hali ma’lum bir o‘yinni yarata olmagan Kuper Turkiyaga ketishdan oldin OKni yutamiz demoqda... Nima uchun?

AJOYIB SPORT TURI
Qo‘l ostidagi futbolchilar unga, qilmoqchi bo‘lgan uning ishiga to‘liq ishonib bo‘lishgan, deylik. Endi Kuper ommaning termaga, uning o‘ziga bo‘lgan ishonchini orttirishi kerak ekan-da. Shuning uchun ushbu ko‘tarinki gapni biz ishqibozlar uchun aytdimi? Terma jamoa darajasini chempionat o‘yinlari belgilab beradi degan tushuncha bor. Shunday ekan, boqimandalik va korrupsiya xukm surgan futboldan termaning yaxshi o‘yinini kutish mumkin emas, deysizmi. Mumkin. Mustisno tariqasida mumkin (keyin aytsam, biz korrupsiyaga qarshi kurashni boshlab yubordik). JCH-1966da janubiy koreyaliklarning dunyoni lol qoldirgan fantastik o‘yinini, tuzukkina chempionati bo‘lmagan Iroq termasining OK-2007da chempion bo‘lganini esga olish qiyin emas. Lekin mazkur jamoalarning bosh murabbiylari terma jamoa bilan kamida bir yildan ortiq ishlashgan edi. Kuper yarim yil o‘tgach natija ko‘rsataman demoqda. OKni yutamiz demoqda. Nima uchun bunday demoqda?

Yarim yil ishlab klubda katta o‘zgarish qilib, natija ko‘rsatish mumkin. Lekin terma jamoada to‘rt marta besh kunlik yig‘in o‘tkazib, tub o‘zgarishlar qilmay turib ijobiy natija ko‘rsatib bo‘lmaydi desam, gapimga qo‘shilasiz. Bu aksiomadek gap. Shunday ekan murabbiyning gapini qanday tushunishim kerak? Turkiyada o‘tajak oxirgi yig‘indan uning umidi shunchalar kattami? Yoki biz tushunmaydigan boshqa gap bormi? Jamoa va har bir o‘yinchi raqibi kim bo‘lishidan qat’iy nazar maydonga faqat g‘alaba qozonish uchun tushadi. Bu ham aksioma. Futbol shunday ajoyib o‘yinki, bu sport turida bir emas, ikki kalla past jamoa raqibini yenga olishi mumkin. Murabbiy qanday yo‘l bilan maqsadga yetish kerakligini o‘rgatadi. Jamoa murabbiy atrofida bir jonu-bir tan bo‘lib ishonch bilan jang qiladi va yutadi. JCH-2006da Gresiya o‘zidan kuchli bo‘lgan Fransiya termasi ustidan g‘alaba qozongan edi. Qanday qilib? Bosh murabbiy Otto Rekxagel o‘rgatgan uslubga, g‘alabaga to‘liq ishonib yutishgan edi. Lekin Otto-ota biz kichikmiz, biz kamtarin natijani kutyapmiz deb, birin-ketin hammani yuib kettan edi. Oldindan yutamiz demagan edi. Kuper esa, oldindan yutamiz deb aytmoqda.

E’TIROF ZAMIRINI OCHAYLIK
Endi ishonch kamroq bo‘lgan o‘yindan bir misol keltiraman. OK-2011da guruhning birinchi o‘yinida Iordaniya 1:0ga Yaponiyani o‘yin bo‘yichayam, hisob bo‘yichayam yutayotgan edi. Arablar shu hisobdayam g‘alabaga to‘liq ishonmay, kuchli jamoadan biroz hayiqib o‘ynashganidan, hisobni saqlash uchun o‘ynashganidan 100 foizli ikkita vaziyatni boy berishdi. 2-golni ura olishmagan edi o‘shanda. O‘yin oxirida Xonda javob to‘pini kiritib Yaponiyani mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan edi. Yaponlar tur sayin o‘yiniga o‘yin qo‘shib chempion bo‘lishgani esimda. Demak, jamoa o‘ziga, bosh murabbiyga, g‘alabaga to‘liq ishonch bilan o‘ynashi kerak ekan-da.

Ishonch katta bo‘lsa-yu asossiz bo‘lsa-chi, nima bo‘ladi? Yomon bo‘larkan. Yarim final o‘yinidan oldingi matbuot anjumanida Abramov “kengurular” brazil emas, ularni yuta olamiz degan edi. Bizlardan ancha kuchli bo‘lgan Avstraliyani yutish uchun alohida ishlab chiqilgan o‘yin uslubi xato bo‘lgan. Balkim umuman bo‘lmagan. Ishonch asossis bo‘lgan. Ikkinchi golni o‘tkazib yuborganimizdan keyin, o‘yinimiz butunlay sochilib ketgan edi o‘shanda. 0:6. Dahshat. Eslasam, hozir ham ezilaman.

Bugungi kunga kelaylik. Kuperning chempion bo‘lamiz deb bergan va’dasi ostida qanday asos bor? Kuper jiddiy odam va katta mutaxassis. Yengil-elpi gapirmaydi. Unday bo‘lsa, nima uchun bunday dedi? OK-2011 oldidan Abramov terma bilan bir yarim oy arab yurtlarida indamay-netmay ishlab, 4ta nazorat o‘yini o‘tkazib ochilish o‘yinida g‘alaba qozona oladigan o‘yin tayyorlab qo‘ygan edi. Kuper Turkiyadagi ikki haftalik yig‘inda ishlab, bitta o‘yin o‘tkazib nimani tayyorlashga ulgurar ekan? Nimaga ishonib shunday dedi. Kuperni tushunishga harakat qilaylik. Ishonchini asosli deb bilaylik. Buning uchun Islandiyaning havaskor futbolchilari YECHda Gollandiyani saralashdan chiqarib tashlashganini eslang. Mo‘’jiza ko‘rsatishdimi? Bunday “mo‘jizalar” futbolda bo‘lib turadi. Bir oy muqaddam La Liga doirasida “Eybar” “Real”ni 3:0ga yutgan o‘yinini olaylik. Yo‘q, bu o‘yin aytmoqchi bo‘lgan fikrimga misol bo‘la olmaydi. Chunki jamoalar tengdosh jamoalar bo‘lib, raqobat oddiy bo‘lgan edi. Faqat “Real”ning o‘yini sochilib yotar edi. Santyago Solari bir oy ichida “Real” o‘yinini biroz yig‘ishtirib oldi. Meni yaqinda bo‘lib o‘tgan “Real”ning “Ueska”ga qarshi o‘yini qiziqtiradi. 1:0. Ushbu o‘yin bizga bir narsani tushuntirib qo‘yadi.

Ueska shaharchasining olti ming emas, uch ming kishilik stadioni bor ekan. Bu jamoa uch yil oldin shakl topgan. Bu yil Segundadan La Ligaga chiqqan. Qaytib tushib ketishi turgan gap. Shu jamoa o‘yinchilarini alohida olib qarasak, futbolchilari biznikilardan kuchli emas ekan. Lekin ular “Real”ga munosib qarshilik ko‘rsatishdi. Ularning o‘yin strukturasi boshqacha shakllangan edi. “Ueska”ning o‘rnida bizning “Lokomotiv”ni bir zumga tasavvur qila olasizmi? Biznikilar “Real”ga qarshi parokanda o‘yin ko‘rsatishgan bo‘lardi. Bugungi o‘yinimiz bilan sharmanda bo‘lishar edi. Nima uchun shunday? O‘yinchilarda deyarli farq yo‘q. O‘yinda katta farq bor. Jamoaviy o‘yinda. Kuperning gapini unutmay turing shu payt.

“OSHPAZLAR” VA GAPPAZLAR
Bizning futbolda hamma narsa bor. Lekin u futbol emas. “Paxtakor” yoki “Lokomotiv”chilar ular bilan texnik, fizik tomondan tengma-teng bo‘lishsa-da “Ueska” oldida tasqara futbol ko‘rsatishadi. Shuni tan olaylik. Bu fikrning mag‘zini men ham to‘liq tushunmayman. Ko‘zga yaqqol ko‘rinib turgan bir kichik o‘yin ushog‘iga e’tiboringizni qaratishim mumkin. Bizda 5 metr naridagi to‘pni autga chiqib ketishini kuzatishadi. “Ueska” o‘yinchilari 15 metr naridagi to‘pni autga chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymay, vaziyatni uzmay, uni saqlab qolib hujumni rivojlantirish payida bo‘lishadi. O‘yinimizda hali mendek 60 yilgi ishqiboz ham ko‘ra bilmaydigan nozik tomonlar juda ko‘p. Boshqa sohadan bir misol, o‘xshatish keltiraman. Rostov shahrida 73-yil yashaganman. Har bir restoranda “plov uzbekskiy” deb bir xil taom pishirishar edi. Masalliq o‘sha-o‘sha, qaylaning qaynashi o‘sha-o‘sha, damlash ham bizdaqa, lekin osh emas edi. Shunga o‘xshab bizning futbol nimasi bilandir haqiqiy futbol emas. “Shovla”.

Hozir shu kunda termamiz bilan haqiqiy “oshpaz” ishlamoqda. U “osh damlashni” biladi. Biz bilmagan o‘sha kichik bir narsani u kishi yaxshi biladi. Bizning masalliqdan haqiqiy futbol “oshini” damlab bera olishiga o‘zi ishonmoqda. Eng muhimi futbolchilarimiz unga ishonishmoqda. Uning atrofida u bilan bir jonu-bir tan bo‘la olishdi. Zoteevning gaplaridan (“FE”, №99, 8-bet) ushbu ijobiy hol bilinib turibdi. Termamizdagi faoliyati boshida men sehrgar emasman degan Kuper bugun safar oldidan biz chempion bo‘lamiz demoqda. Qayerdan bunday ishonch paydo bo‘ldi? U futbolchilarimizni ko‘rib, tanib olgach, sehr-joduga emas, bizni yigitlarimizga ishontirib, shunday demoqda. Ba’zi qo‘shtirnoq ichidagi jurnalistlarning tanqidi nima degan narsa. Kuper allaqachon futbol olamida o‘ziga haykal qo‘yib bo‘lgan odamdir. Uning darajasiga chiqa olmagan bo‘lishsa-da, ilgari ham futbol “oshpazlari” yurtimizga kelib ishlashgan. Darkovich, Gyode, Demyanenkoni tilga olsak, arziydi. Darkovich kelishi bilan birinchi turdayoq “Paxtakor”ning yigitlarini yangicha futbol o‘ynata boshlagan edi. Gyode haqida gapirib o‘tdim. Demyanenko bir yildayoq “Nasaf”ni Osiyo chempioni qilgan edi. Lekin har gal ularning payini kimdir qirqib turgan. O‘z “shovlapazlarimiz” ularni yoqtirmagandir-da. Bu gal buday bo‘lmaydi deb o‘ylayman. Qo‘shtirnoq ichidagilarning yozishlarini tunda haykal poyiga kelib, itning bir oyog‘ini ko‘tarib yozilib ketishiga o‘xshataman. It itligini qiladi. Bundan haykalga zarar yetmaydi. Futbolimizga ham.

YASHIL MAYDON ICHRA HAMMA TENG
Demak, Kuper yigitlarimizni yangi tizimda o‘ynata oladi. Lekin bu bilan, masalan, Bikmayevning o‘yin arsenalida 15 kunda qarshi hujumning asosiy quroli bo‘lgan dribling paydo bo‘ladi degani emas. Yoki jarima markazida kombinasion o‘yinga uning moyilligi 15 kunda o‘sib qolmaydi. Yoki 15 kunda assistentlikka uning ishtahasi ochilib qolmaydi. Har bir o‘yinchimiz haqida shunga o‘xshash fikr bildirishimiz mumkin. 15 kun davomida har bir futbolchimizning o‘yin mahorati bir darajaga o‘sib qolmaydi. Bu ayni haqiqatdir. Yangi jamoaviy o‘yinni yaratishimiz mumkindir 15 kunda. Bu ham katta gap. Nima uchun Kuper turnirda g‘alaba qozonamiz deb aytdi. Yangi jamoaviy o‘yinni ishlab chiqishimiz yetarli bo‘lmaydiku. Buni o‘zi ham biladiku. Bo‘sh, asossiz gap bo‘lmadimi? Aytishdan maqsadini bilgim keladi. Buning uchun bir taqqoslashni keltiraman.

Yaqinda bo‘lib o‘tgan “Chelsi” – “Manchester Siti” (2:0) o‘yinini boya aytib o‘tganim Iordaniya-YAponiya (1:1) o‘yiniga solishtirib fikr yuritaylik. Arablar bitta gol urib olib o‘zining ustunligini emas, Yaponiya avtoritetini tan olib, himoyalandi. “Chelsi” raqibidan o‘zini ustun sanab, “Manchester Siti”ni g‘ajiyman deya himoyalandi. “Chelsi” futbolchilari 2-golni urib olishdi. Arablar esa, o‘shanda javob to‘pini o‘tkazib yuborishgan edilar. Maydonda avtoritet yo‘q. Bo‘lishi ham mumkin emas. Oldindan taslim bo‘lib maydonga tushib bo‘lmaydi. Tag‘in bir misol. Fergyuson davridagi “Manchester Yunayted”ni tanib bo‘lmayapti. “MYU”man, man zo‘rman deguvchi g‘oliblik ruhiyati qani? Mag‘lubiyatga ko‘nib qo‘ya qolib o‘ynashdi (“Liverpul” – “MYU” 3:1). Yutqazayotgan bo‘lishsa-da raqibini yirtib tashlayman deb oldinga tashlanishmaydimi? Demak, Kuper g‘oliblik ruhiyatini yigitlarga singdirmoqchi bo‘lmoqda. Shuning uchun shunday dedi. Shundaymi?

Shundayku-ya, lekin baribir bunday deyishga odamga yurak kerak. Aytilgan gapning javobi ham bor-ku. Kuper katta gapirib yubormadimi? Xos-suhbatni qaytadan yana bir bor o‘qib chiqaylik. Gap tagidagi gapni topib olarmiz. Savol: “Hozirgi tarkibdan kelib chiqqan holda O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogida qanday natija qayd etsa, bundan qoniqasiz?” E’tibor bering, termamiz qanday natijaga erishadi deb so‘ralmagan. Qanday natija sizni qoniqtiradi deb so‘ralgan. Bunday savolga bosh murabbiy nima deb javob berishi kerak edi? Siz nima deb javob bergan bo‘lardingiz? Yarim finalmi yo finalga chiqsak rozi bo‘lardim deb javob berarmidingizmi? Kuper qisqagina javob berdi. “Osiyo chempioni bo‘lsak, (qoniqaman)“ deb, aytgan ekan.

Bu javobda umuman katta gapirish yo‘q ekan. Undan past natija ko‘rsatsak, qoniqmay ortga qaytaman degani ekan. Bor gap shu. Men esa gapning tagidagi gapni qidirib yuribman. Gapni sinchiklab o‘qimasdan, kalovlanib uch kundan beri tugmakachni taqillatib, ming xil gapga borib o‘tiribman. Uni o‘poq, buni so‘poq deb gap tagini kavlab o‘tiribman. Shu birgina savol-javobni deb sizlarning qadrli vaqtingizni olibman. Shu uch kun ichida terma jamoamiz yigitlari Turkiyada mashg‘ulotni boshlab yuborishgan, chog‘i. Kuperning gapi oddiygina bo‘lib, hozirjavoblik namunasi ekan. Ancha ezmalik qildim. Mendek qariyani kechiring. Termamiz sinovlariga atigi 18 kun qoldi.

Uzr so‘rab, Hasanali-otangiz yozdim.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 08:21, 19.12.2018. O'qildi: 7573 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Braziliya — futbol bo'yicha barcha JCHlarida ishtirok etgan yagona davlat.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 12
2 Насаф Husayn Norchayev 9
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 9
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 8
5 Бунёдкор Luis Kachorri 8
6 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
7 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 6
8 Машъал Humoyun Murtazoyev 6
9 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6
10 Андижон Rustam Turdimurodov 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.