Bugun 3 yanvar, 2026 yil, shanba.

  • APL
      • 02.01.2026 01:00
      • Brentford
      • 0:0
      • Tottenhem
      • 02.01.2026 01:00
      • Sanderlend
      • 0:0
      • Manchester Siti
      • 03.01.2026 17:30
      • Aston Villa
      • 3:1
      • Nottingem Forest
      • 03.01.2026 20:00
      • Brayton
      • 2:0
      • Byornli
      • 03.01.2026 20:00
      • Vulverhempton
      • 3:0
      • Vest Xem
      • 03.01.2026 22:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Arsenal
      • 04.01.2026 17:30
      • Lids
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 04.01.2026 20:00
      • Everton
      • -:-
      • Brentford
      • 04.01.2026 20:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Liverpul
      • 04.01.2026 20:00
      • Nyukasl
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 04.01.2026 20:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Sanderlend
      • 04.01.2026 22:30
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Chelsi
  • «A» Seriya
      • 03.01.2026 00:45
      • Kalyari
      • 0:1
      • Milan
      • 03.01.2026 16:30
      • Komo
      • 1:0
      • Udineze
      • 03.01.2026 19:00
      • Sassuolo
      • 1:1
      • Parma
      • 03.01.2026 19:00
      • Jenoa
      • 1:1
      • Piza
      • 03.01.2026 22:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Lechche
      • 04.01.2026 00:45
      • Atalanta
      • -:-
      • Roma
      • 04.01.2026 16:30
      • Lasio
      • -:-
      • Napoli
      • 04.01.2026 19:00
      • Fiorentina
      • -:-
      • Cremonese
      • 04.01.2026 22:00
      • Verona
      • -:-
      • Torino
  • La-liga
      • 03.01.2026 01:00
      • Rayo Valyekano
      • 1:1
      • Xetafe
      • 03.01.2026 18:00
      • Selta
      • 4:1
      • Valensiya
      • 03.01.2026 20:15
      • Osasuna
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 03.01.2026 22:30
      • Elche
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 04.01.2026 01:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Barselona
      • 04.01.2026 18:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Levante
      • 04.01.2026 20:15
      • Real Madrid
      • -:-
      • Betis
      • 04.01.2026 22:30
      • Malyorka
      • -:-
      • Jirona
      • 04.01.2026 22:30
      • Alaves
      • -:-
      • Real Ovyedo
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 19 45
2 Aston Villa 20 42
3 Manchester Siti 19 41
4 Liverpul 19 33
5 Chelsi 19 30
6 Man. Yunayted 19 30
7 Sanderlend 19 29
8 Brayton 20 28
9 Everton 19 28
10 Brentford 19 27
11 Kristal Pelas 19 27
12 Fulhem 19 27
13 Tottenhem 19 26
14 Nyukasl 19 26
15 Bornmut 19 23
16 Lids 19 21
17 Nottingem Forest 20 18
18 Vest Xem 20 14
19 Byornli 20 12
20 Vulverhempton 20 6

O'tgan o'yinlar.

20-тур Aston Villa 3-1 Nottingem Forest
20-тур Brayton 2-0 Byornli
20-тур Vulverhempton 3-0 Vest Xem

Navbatdagi o'yinlar.

03/01/26 Bornmut - Arsenal
04/01/26 Lids - Man. Yunayted
04/01/26 Everton - Brentford
04/01/26 Fulhem - Liverpul
04/01/26 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01/26 Tottenhem - Sanderlend
04/01/26 Manchester Siti - Chelsi

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Taqdir: Daho «Samuray»

Baho:
+ | -
OSIYO
Rukn: Yangiliklar
A A A

Yevropa, anirog‘i, Shotlandiya maydonlarida javlon urgan texnikasi yuqori bu futbolchi yodingizdami? Ko‘plab yutuqlarga erishganiga qaramay, Gordon Strachan boshchiligidagi «Seltik»ni ijobiy taassurotlar bilan esga oladigan fanatlar kam. Ular uchun asosan besh yil mobaynida keltlarni shotland futbol cho‘qqisiga olib chiqib, «Reynjers» gegemonligiga barham bergan Martin O~Nil qadrliroq. Ushbu mutaxassisni «ko‘hna qit’a»da ko‘pchilik hurmat qiladi - «Yuventus», «Lion» va «Portu» gigantlarini aynan shu murabbiy to‘xtatgandi. 2003 yili «Seltik» UYEFA kubogi finaligacha yetib borgan.

Strachan afsonaviy klub bilan 2005 yili - Xenrik Larsson ketganidan bir yil o‘tgach shartnoma imzoladi. Barcha yaxshi futbolchilarning yoshi o‘tib qolgan, jamoa ramziga aylangan yetakchining ketishi esa muxlislarni xavotirga solib qo‘ygandi. Darhol yangi avlodni muvaffaqiyat sari ruhlantira oladigan saviyali futbolchi kerak edi. Moliyaviy ahvol maqtashga arzigulik bo‘lmagani sabab ushbu vazifani uddalash yanada qiyinlashdi.

Debyut ham sharmandali chiqdi - Slovakiyaning «Petrjela» klubidan 0:5 hisobida alamli mag‘lubiyat qabul qilindi. Garchi jamoa o‘z uyida 4:0 hisobida zafar quchgan bo‘lsada, Yevropa darvozasi keltlar uchun yopilgandi. Ko‘p o‘tmay, «Moteruell» bilan tushunarsiz ravishda 4:4 ko‘rinishida durang o‘ynashdi. Pol Telfer va Mo Kamara singari yangi himoyachilar ishonchni oqlashmadi, Kris Satton esa jarohat oldi. Aynan shunday murakkab pallada «Seltik»da barcha niyatlarni oqlaydigan ajo­yib futbolchi paydo bo‘lishi hech kimning xayoliga kelmagandi.

Yaponiyalik pleymeyker Shunsuke Nakamura Italiyaning «Rejina»sidan 2,5 mln. funtga sotib olindi. Ham moliyaviy, ham nom jihatidan bu mo‘’jizaviy transfer bo‘ldi - garchi yaponlar Britaniya o‘lkasiga hadeganda tashrif buyurishmasada, Nakamuraning maqtovga loyiq natijalari bor edi - 2000 yili u Yaponiya ligasining eng yaxshi futbolchisi, 2004 yilda esa Osiyo kubogining eng noyob o‘yinchisi deb tan olingandi. «Rejina» Shunsukening uslubiga mos emasdi, shotlandlar esa hujumkorlikni xush ko‘rishardi. Bu salohiyatni namoyon etish uchun eng maqbul joy edi.

Murabbiyning debyuti o‘xshamadi, Nakamuraniki esa - ajoyib o‘tdi. «Dandi Yunayted»ga qarshi uy uchrashuvida 2:0 hisobidagi g‘alaba, yaponiyalik yarim himoyachi esa jarima zarbasini qoyilmaqom tarzda ijro etib, darvozani ishg‘ol qilishiga bir bahya qoldi. Garchi tanqidchilar mazkur transfer faqatgina daromadli yapon bozoriga chiqish maqsadida qilinganini ta’kidlashsada, vaqt o‘tgani sari bundaylar soni kamayib boraverdi. Nakamuraning o‘yini ko‘zni quvnatardi.

Afsuski, Shotlandiya ligasida Shunsukeni qanchalik qo‘llab-quvvatlashmasin, OAV tomonidan salbiy fikrlar yangradi. «Samuray»ning kichik jussali ekani Shotlandiya futboliga mos emasligi ta’kidlandi, «Reynjers»ga 1:3 hisobida imkoniyat boy berilgach, o‘sha uchrashuvning 54-daqiqasida almashtirilgan Nakamura bosh aybdor sifatida ko‘rsatildi. O‘ta nozik, mahalliy talablarga javob bermaydigandek ko‘ringan yaponiyalik futbolchi hazil-mutoyiba ustalari nishoniga aylandi. Ammo qahramonimiz jamoadagi faoliyatini endi boshlagani sababli ishonch bildirmayotganlarga e’tibor bermadi. Uning «Seltik»dagi dastlabki goli «Danfermlin» 4:0 hisobida tor-mor etilgan bahsga to‘g‘ri keldi. Liga kubogida «Reynjers» mag‘lubiyatga uchratildi, ligada esa birinchi o‘rinni egallashga «Xarts» to‘sqinlik qildi, xolos.

Tez orada yaponiyalik yarim himoyachi o‘zining dastlabki sovrinini qo‘lga kiritdi - Liga kubogida «Danfermlin» ustidan g‘alaba qozonildi. Milliy birinchilikdagi muvaffaqiyat ham o‘zini uzoq kuttirmadi - «Xarts» baribir, shohsupani bo‘shatishga majbur bo‘ldi. Zaxiradagi oltita o‘yin bilan erishilgan chempionlik - murabbiy va Nakamuraning ishlari yurishganidan darak edi. Oxirgi pallada «ko‘k samuraylar»ning yulduz vakili «Kilmarnok»ka qarshi bahsda (4:1) «dubl» qayd etdi. Gollardan biri jarima zarbasidan urildi.

Glazgoda o‘tgan bir mavsum davomida Shunsuke asosiy futbolchilardan biriga aylanib, sovrinlar egasiga aylandi. Ammo aynan keyingi yil unga afsona maqomini taqdim etdi. Navbatdagi chempionatda yangi murabbiy - Pol Le Guen boshchiligida taraddud ko‘rgan «Reynjers» bilan azaliy raqobat qaytishi kutilgandi. «Seltik» tarkibi esa «Real» a’zosi Tomas Gravesen hamda Shotlandiyaning bosh iqtidori sifatida ko‘rilgan vunderkind Skott Braun hisobiga kuchaytirildi. Ammo bu kelishuvlar hech nimani o‘zgartirmadi - Nakamura asosiy yulduz bo‘lib qolaverdi.

Galdagi jarima zarbalarini mahorat ila ijro etgan Shunsuke klubdoshlarini ruhlantiraverdi. Bu payt­ga kelib O~Nilning chempionlik tarkibidan faqat uch kishi qolgandi. Nil Lennon, Jon Xartson va Kris Satton jamoani tark etishdi, Stilian Petrov esa «Aston Villa» safiga qo‘shilishga tayyorgarlik ko‘rayotgandi.

Alan Tompson hamda Bobo Balde Strachanning yoqimtoylari emasdilar. Atayinmi yoki tasodifmi, Gordon avvalgi muvaffaqiyat sababchilarini zaxira o‘rindig‘iga o‘tqizar yoki ulardan butunlay voz kechardi. Bir yil ichida hamkasbi qoldirgan merosdan hech vaqo qolmadi. Ehtimol, bunga Strachanning nomdor futbolchilar fe’l-atvorini tushunmasligi sabab bo‘lgandir? Yoki imkon qadar iqtisod qilishga intilgan. To‘g‘ri, qaysidir ma’noda, bunday o‘zgarishlar natijalarga salbiy ta’sir ko‘rsatmadi. «Reynjers» yana qoqildi va birinchi derbidayoq mag‘lubiyatga uchradi.

Endilikda Nakamura Chempionlar Ligasi maydonlarida o‘zini ko‘rsatdi, vaholanki, barchasi ko‘ngildagidek boshlanmagandi - safarda «Manchester Yunayted»ga imkoniyat boy berildi - 2:3. Yaponning jarima zarbasidan urgan goli «Seltik»ka durangni taqdim etishi mumkin edi, ammo tinib-tinchimas Ole-Gunnar Sulsher «qizil iblislar»ga g‘alabani tuhfa etdi. Hafsala pir bo‘ldimi? Ha, lekin bu holat uzoqqa cho‘zilmadi.

Uyda keltlar «Kopengagen» va «Benfika»dan ustun kelishdi, so‘ngra Manchester grandidan o‘ch olish payti keldi. Bu safar gollar yomg‘iri kuzatilmadi: final hushtagiga yaqin tabloda ikkita nol porlab turardi. Shu payt hakam jarima zarbasi belgiladi. Tomoshabinlar vaziyatni jim tomosha qilishdi - Shunsukening aylanma zarbasidan barcha xabardor edi. «Yapon Bekxemi» bunday standart vaziyatlarning aksariyatidan unumli foydalangandi. Inglizlarning xavotiri bejiz emas edi: hattoki, baland bo‘yli Edvin van der Sar ham o‘zi qo‘riqlayotgan darvozaning yuqori burchagiga yo‘llangan to‘pni shunchaki kuzatdi. O‘yin shu bilan yakunlanmadi: mankunianliklar tez orada penalti ishlashdi va uni Artur Borus qaytarishga erishdi. O‘shanda o‘n bir metrli jarima zarbasidan foydalana olmagan Lui Saaning yuz-ko‘zidan sezib olish qiyin emasdi - mazkur bahsda qo‘shnilar kuchliroq chiqib, guruhdan chiqish huquqini qo‘lga kiritishdi.

Keyingi bosqichdagi raqib - «Milan». Nufuzli musobaqaning chorak finali 1980 yildan buyon «Seltik Park» tomoshabinlarining azaliy orzusi edi va dastlabki o‘yin golsiz durang bilan yakunlandi. Ammo javob uchrashuvida kuchliroq, badavlatroq va tajribaliroq bo‘lgan italyanlar g‘olib chiqishdi. To‘g‘ri, milanliklar g‘alabaga osonlikcha erishmadilar: «Seltik» oxirigacha kurashib, hattoki, yaqqol penaltidan mahrum etildi. Qo‘shimcha vaqt­da baribir, Kaka polshalik darvozabonni ojiz qoldirdi. Mavsum yakunida «rossoneri» turnir bosh sovrinini qo‘lga kiritdi

Shubhasiz, badavlat bo‘lmagan klub Nakamuraning qahramonligisiz bu qadar uzoqqa borolmasdi. Ligada ham u almashtirib bo‘lmas o‘yinchiga aylandi: oktyabrdagi «Dandi» bilan o‘yinda «xet-trik», dekabrda aynan shu klub darvozasiga yo‘llangan qoyilmaqom gol va... yana «Kilmarnok»ka qarshi bahsda amalga oshirilgan jarima zarbasi. Qatorasiga yettita g‘alaba «Seltik»ka navbatdagi chempionlikni taqdim etdi. Martda Glazgo jamoasi kutilmaganda omadsizliklar girdobiga yo‘liqdi: ikkita mag‘lubiyat va durang yarim yo‘lda to‘xtatdi, «Reynjers» esa fursatni boy bermay, muvaffaqiyatga erishdi.

Aprel boshida «Moteruell» bir amallab mag‘lub etildi, ikki haftadan keyin esa «Kilmarnok»ka qarshi hal qiluvchi o‘yin o‘tkazilishi lozim edi. Kutilganidek, bahs oson o‘tmadi: dastlab Yan Vennegor of Xesselinkning golidan so‘ng «Seltik» darhol to‘p o‘tkazib yubordi va hammasi durang sari yetaklayotgandi. Ammo qo‘shimcha daqiqalarda raqib o‘z jarima maydonchasi yaqinida Nakamuraga nisbatan qo‘pollik ishlatdi. Darvozaga yaqin, ammo pozisiya zarba yo‘llashga noqulay edi. Biroq bunday pallalarda yaponiyalik snayper kamdan-kam hollarda adashardi. Aniq zarbadan so‘ng to‘p to‘ppa-to‘g‘ri darvoza burchagidan joy oldi. /alaba! Nakamura hissiyotlarini jilovlay olmay, libosini yechib irg‘itdi. Ushbu manzara «Seltik» muxlislari uchun ham hayratlanarli edi - odatda, vinger muvaffaqiyatni xotirjam tarzda nishonlardi. O‘yin yakunlangach, Shunsuke futbolchilar fikriga ko‘ra, yil o‘yinchisi nomiga loyiq ko‘rildi.

Ushbu yutuqqa qaramay, yashil rangli libosda o‘ynayotgan yigitlarning muammosini barcha sezayotgandi. Buni so‘nggi to‘rt uchrashuvdagi uchta mag‘lubiyat ham isbotlab turardi. Hattoki, Shotlandiya kubogidagi g‘alaba ham noxush kayfiyatni aritmadi. «Reynjers» esa kuchayishda davom etar, keyingi mavsum yanada og‘ir o‘tishini barcha tushunardi.

«Seltik» YECHLda «Benfika», «Milan» va «Shaxtyor»ni yengib, yana guruhdan chiqdi. Ammo bu paytga kelib Nakamura asosiy yetakchi bo‘lmay qolgandi - uni surunkali jarohatlar va shunga mos ravishda, yomon jismoniy holat ta’qib etayotgandi. Italiyaliklar ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng murabbiy Eyden Makgidiga ishonch bildirdi. Chempionlar Ligasi finali arafasidagi raqib «Barselona» edi. «Reynjers» va «Moteruell»dan mag‘lubiyat qabul qilib olgan klub Kataloniya grandini yengishdan batamom umid uzgandi. Ligada «Reynjers»ni yetakchidan olti ochko ajratib turar, jamoa zaxirasida ikkita o‘yin bor edi. Oldinda azaliy raqiblar ikki marta to‘qnash kelishlari ko‘zda tutilgandi. «Aybroks»ga imkoniyat boy berilganidan uch hafta o‘tib, «Seltik» mehmonlarni kutib olarkan, ehtimoliy mag‘lubiyat ligadagi muvaffaqiyatsizlikdan darak berishini yaxshi tushunib turardi. Aynan shu pallada Nakamura ajoyib «kambek»ka hozirlanib, yuksak saviyadagi o‘yinni namo­yish etgandi. Dastlab u «Seltik»dagi faoliyati davomida eng chiroyli golini urdi, so‘ngra o‘yin taqdirini hal etishiga bir bahya qoldi. Ammo uning zarbasidan so‘ng to‘p himoyachi Karlos Kuelyarning qo‘liga tegdi. Aybdor chetlatildi, belgilangan penaltidan esa Skott Makdonald foydalana bilmadi. Qo‘shimcha vaqtda esa of Xesseling o‘z so‘zini aytdi.

Irodali g‘alabadan ruhlangan keltlar qahramonlikni uyda ham takrorlab, 3:2 hisobida zafar quchishdi. Keyinchalik bo‘lib o‘tgan voqealar - alohida tarix. Qatorasiga yettita yutuq, ikkita derbidagi ustunlik va «Seltik» yana chempion. Ammo shu bilan Strachan va Nakamura dueti barham topdi. Hatto ketma-ket g‘alabalar ham jamoaning tanazzulga yuz tutayotganini yashirolmadi. Nav­batdagi chempionlik poygasida «Reynjers» ustun keldi va Liga kubogidagi yutuq yupanch vazifasini o‘tadi. Pleymeyker va murabbiy yangi sinovlarga taraddud ko‘rishdi. Yorqin o‘yini va ajabtovur iqtidoriga qaramay, Nakamura yevrokuboklarda boshqa ko‘rinish bermadi. «Espanyol»dagi nursiz faoliyatdan so‘ng uyiga - «Yokogama Marinos» klubiga qaytdi. Hozir Nakamura 40 yoshda, hamon Jey-liga vakili «Jubilo Ivata» safida to‘p surmoqda.

Uning «Seltik»da qanday karomatlar ko‘rsatganini unutib bo‘lmaydi. Chiroyli gollar, hal qiluvchi jarimalar va texnika - aynan shu sababli mahalliy ishqibozlar xotirasiga muhrlandi. Strachanni qanchalik yomonlashmasin, imkoniyatlari chegaralangan klub uchun bor kuchini sarfladi. Gari Kolduell va Stiven Makmanusdan iborat himoyachilar dueti muvaffaqiyatiga ko‘pchilik ishonmagandi, ammo bu ish berdi. Biroq Shunsukesiz yutuqlar ham kelmasmidi... So‘nggi yillarda «Seltik»da ko‘plab iqtidorli futbolchilar to‘p surishdi: Viktor Vanyama, Virjil van Deyk hamda Musso Dembeleni alohida ajratib ko‘rsatish mumkin. Ammo ularning hech biri jozibali o‘yinlar namoyish etish bo‘yicha Nakamuraga yetolmadi.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 13:36, 01.01.2019. O'qildi: 2645 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 19
2 Брентфорд Igor Tiago 11
3 Борнмут Antuan Semenyo 9
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 8
5 Брайтон Denni Uelbek 8
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 8
7 Кристал Пэлас Jan-Filipp Mateta 8
8 Астон Вилла Morgan Rodjers 7
9 Астон Вилла Olli Uotkins 7
10 Тоттенхэм Risharlison 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.