Bugun 22 noyabr, 2024 yil, juma.

  • Superliga
      • 21.11.2024 18:00
      • Paxtakor
      • 0:2
      • OKMK
      • 22.11.2024 16:00
      • Neftchi
      • -:-
      • Nasaf
      • 22.11.2024 18:15
      • Qizilqum
      • -:-
      • Navbahor
      • 23.11.2024 15:00
      • Olimpik
      • -:-
      • Bunyodkor
      • 23.11.2024 17:15
      • Andijon
      • -:-
      • Dinamo
  • La-liga
      • 23.11.2024 01:00
      • Xetafe
      • -:-
      • Valyadolid
      • 23.11.2024 18:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Betis
      • 23.11.2024 20:15
      • Atletiko
      • -:-
      • Alaves
      • 23.11.2024 22:30
      • Las-Palmas
      • -:-
      • Malyorka
      • 23.11.2024 22:30
      • Jirona
      • -:-
      • Espanyol
  • APL
      • 23.11.2024 17:30
      • Lester
      • -:-
      • Chelsi
      • 23.11.2024 20:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Brayton
      • 23.11.2024 20:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 23.11.2024 20:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 23.11.2024 20:00
      • Everton
      • -:-
      • Brentford
      • 23.11.2024 20:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 23.11.2024 22:30
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Tottenhem
  • «A» Seriya
      • 23.11.2024 19:00
      • Verona
      • -:-
      • Inter
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 24 52
2 OKMK 25 44
3 So‘g‘diyona 24 40
4 Navbahor 24 39
5 Paxtakor 25 38
6 Neftchi 24 37
7 Surxon 24 33
8 Dinamo 24 29
9 Qizilqum 24 27
10 Andijon 24 26
11 Olimpik 24 25
12 Bunyodkor 24 24
13 Lokomotiv 24 21
14 Metallurg 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Paxtakor 0-2 OKMK

Navbatdagi o'yinlar.

22/11/24 Neftchi - Nasaf
22/11/24 Qizilqum - Navbahor
23/11/24 Olimpik - Bunyodkor
23/11/24 Andijon - Dinamo
24/11/24 Metallurg - Surxon
24/11/24 So‘g‘diyona - Lokomotiv

So'rovnoma

  • O‘zbekistonning qayeridansiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2164 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 22.11.2024

      05:55 Новости футбола.
      06:00 Чемпионат Бразилии. "Баия" - "Палмейрас".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Бразилии. "Васко да Гама" - "Интернасьонал".
      10:00 Новости футбола.
      10:05 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Сан-Паулу".
      12:00 Новости футбола.
      12:05 Чемпионат Бразилии. "Баия" - "Палмейрас".
      14:00 Новости футбола.
      14:05 Чемпионат Бразилии. "Васко да Гама" - "Интернасьонал".
      16:00 Новости футбола.
      16:05 Чемпионат Бразилии. "Атлетико Минейро" - "Ботафого".
      18:05 Новости футбола.
      18:10 "Всё о главном". Николай Гонтарь.
      18:40 Криштиану Роналду. Единственный и неповторимый.
      19:45 Новости футбола.
      19:50 Чемпионат Бразилии. "Васко да Гама" - "Интернасьонал".
      21:50 Новости футбола.
      21:55 Чемпионат Германии. Перед туром.
      22:25 LIVE Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Падерборн 07" - "Нюрнберг". Прямая трансляция.
      00:25 LIVE Чемпионат Германии. "Бавария Мюнхен" - "Аугсбург". Прямая трансляция.
      02:25 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      03:25 Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Падерборн 07" - "Нюрнберг".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 22.11.2024

      05:15 Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Индивидуальная программа.
      07:30 "Кто кого?".
      08:00 Бокс. Женщины. Чемпионат России в Серпухове.
      10:20 "Формула-1. Гаснут огни".
      10:45 Сквош. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины. Финал.
      11:40 LIVE Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Группы. Прямая трансляция.
      13:45 LIVE Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Финалы в отдельных видах. Прямая трансляция.
      19:10 Лыжные гонки. ФосАгро Гонка Звёзд в Кировске, Россия.
      19:45 LIVE Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Гала-концерт. Прямая трансляция.
      21:00 Биатлон. Альфа-Банк Кубок Содружества. Этап 2 в Ханты-Мансийске. Женщины. Спринт.
      22:00 Биатлон. Альфа-Банк Кубок Содружества. Этап 2 в Ханты-Мансийске. Мужчины. Спринт.
      23:15 "Кто кого?".
      23:45 Бокс. Женщины. Чемпионат России в Серпухове.
      02:00 Плавание. Чемпионат России в Санкт-Петербурге.
      03:25 "Тайны звёзд спорта".
      03:50 Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Группы.
  • MATCH-TV
    • Sana: 22.11.2024

      05:00 "Лига героев".
      07:00 "Жизнь после спорта".
      07:30 "География спорта". Калуга.
      08:00 "Вопреки всему".
      08:30 "Большой хоккей".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      10:30 LIVE Биатлон. Альфа-Банк Кубок Содружества. Этап 2 в Ханты-Мансийске. Женщины. Спринт. Прямая трансляция.
      11:55 LIVE Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Прямая трансляция.
      13:15 "Небесная грация".
      13:35 LIVE Биатлон. Альфа-Банк Кубок Содружества. Этап 2 в Ханты-Мансийске. Мужчины. Спринт. Прямая трансляция.
      15:25 Новости.
      15:30 LIVE Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Прямая трансляция.
      18:25 Все на Матч! Прямой эфир.
      19:45 LIVE Художественная гимнастика. Кубок "Небесная грация" в Катаре. Гала-концерт. Прямая трансляция.
      21:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      21:55 LIVE Баскетбол. Fonbet Кубок Дружбы в Москве. Россия - Тунис. Прямая трансляция.
      23:55 Все на Матч! Прямой эфир.
      00:25 LIVE Футбол. Чемпионат Германии. "Бавария Мюнхен" - "Аугсбург". Прямая трансляция.
      02:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:15 "Центральный круг".
      03:45 Плавание. Чемпионат России в Санкт-Петербурге.
      04:55 Новости.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 22.11.2024

      05:30 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Англии в Брентвуде, Великобритания. Финал.
      07:30 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 7 в Инсбруке, Австрия. HS 128.
      08:30 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Сезон 2023/24. "Турне 4-х трамплинов" - этап 8 в Бишофсхофене, Австрия. HS 142.
      09:30 Триатлон. PTO T100 Triathlon World Tour. Финальный этап в Дубае, ОАЭ. Мужчины.
      11:00 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 2-я попытка.
      11:40 LIVE Фигурное катание. Гран-при ISU. Кубок Китая в Чунцине. Танцы на льду. Ритм-танец. Прямая трансляция.
      13:05 LIVE Фигурное катание. Гран-при ISU. Кубок Китая в Чунцине. Женщины. Короткая программа. Прямая трансляция.
      14:55 Фигурное катание. Гран-при ISU. Кубок Китая в Чунцине. Танцы на льду. Ритм-танец.
      15:50 LIVE Фигурное катание. Гран-при ISU. Кубок Китая в Чунцине. Мужчины. Короткая программа. Прямая трансляция.
      17:30 LIVE Фигурное катание. Гран-при ISU. Кубок Китая в Чунцине. Пары. Короткая программа. Прямая трансляция.
      19:00 Фигурное катание. Гран-при ISU. Кубок Китая в Чунцине. Танцы на льду. Ритм-танец.
      20:00 LIVE Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Этап 1 в Лиллехаммере, Норвегия. HS 140. Смешанные команды. Прямая трансляция.
      21:45 Фигурное катание. Гран-при ISU. Кубок Китая в Чунцине. Мужчины. Короткая программа.
      22:55 "Минута".
      23:00 Велотрек. Лига чемпионов. Обзор сезона 2023.
      00:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Этап 1 в Лиллехаммере, Норвегия. HS 140. Смешанные команды.
      01:00 Фигурное катание. Гран-при ISU. Кубок Китая в Чунцине. Женщины. Короткая программа.
      02:00 Фигурное катание. Гран-при ISU. Кубок Китая в Чунцине. Пары. Короткая программа.
      02:55 "Минута".
      03:00 Триатлон. PTO T100 Triathlon World Tour. Финальный этап в Дубае, ОАЭ. Обзор.
      04:00 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Женщины. Слалом. 2-я попытка.
      04:45 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Этап 1 в Лиллехаммере, Норвегия. HS 140. Смешанные команды.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Chetdan turib gapirish (2-qism)

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Stadion.uz va gazeta / Bloglar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Bugun 2 yanvar. Ikki kun ichida, ikki kun quchog‘ida, yangi yilni kutish chog‘ida umuman yashamadim go‘yo, hech narsa yozmadim. Kelib-ketishlar, tabriklaru-nimadir tilashlar, kulib boqishlar-u, kimgadir yoqishlar men uchun oltmish yil oldin qiziqarli edi. Bu ikki kunni terma jamoamiz yigitlari qanday o‘tkazishdi ekan? OK-2019 ochilish marosimiga uch kun qoldi. Shunday kunda e’tiboringizni o‘zimga, aytar so‘zimga qaratishim to‘g‘rimi? Terma haqidagi o‘y-xayollarim vujudimni qamrab olgan. Har bir o‘y-fikratim dilimni har yoqqa tortmoqda. Ularni Siz bilan, azizlarim, baham ko‘rib dilimni bo‘shatib olay. Hayajonimni bosib olay. Baland mixga osib olay. Men ham qurib sur bo‘lib yuray. Osoni shu. Surbetlik. Hamma jimib qolib uch kunni bir zumda o‘tkazar paytda, bir og‘iz so‘z ortiqchalik qilar paytda man oldingizga kirib keldim. Katta sinovlar, bir yilga yakun yasovchi sinovlar oldidan tag‘in bir nima aytib qolay dedim. Keyin miriqib bir oy futbol ko‘rarmiz. Ilohim, termamiz oxirigacha borsin.

...KARVON O‘TA BERADI

Oldingi bosh murabbiy davrida terma jamoamiz haqida biron bir tanqidiy tugul, tahliliy maqolani ham yozolmas edik. Tanqid uchun, masalan, bir sayt yopib qo‘yilgan edi o‘shanda. Futboldagi islohotlarimiz tufayli futbol nashriyotlari hurriyat havosida emin-erkin yozishmoqda. Demokratiyamiz bir dovon oshib, bir bosqichga ulg‘ayibdimi, deyman. Yoki matbuot Kuperga qarshi otlangan kuchlarning buyurtmasini bajarib bilib-bilmasdan bo‘lar-bo‘lmasga bosh murabbiy ishini tanqid qilmoqdami? Biz jurnalistlar gapdonlik qila beramiz, termamiz karvoni oldinga odimlab keta beradi deb yozgan edim. To‘g‘ri, topib aytilgan gap, lekin boshqa bir gap bor. Futbolchilarimiz ham, butun murabbiylar shtabi ham, terma jamoamiz xodimlari ham Kuper atrofida ishonch bilan bir jonu-bir tan bo‘lib birlashishgan, deylik. Ilohim shunday bo‘lsin. Lekin vatanim degan barcha futbol muxlislari ham Kuperga ishonib uning atrofida birlashishi kerak emasmi? Bunday birdamlikni yaratayin deb jurnalistikamiz jonfido bo‘lmaydimi, umidbaxsh, jonbaxsh bo‘lmaydimi? Shunda futbolistikamizdan bir nimani kutish o‘rinli bo‘ladi.

O‘ZLASHTIRISHMI YOKI SO‘ZLASHTIRISHMI?

“Futbol Ekspress”ning 96-sonida bosilib chiqqan (12-13-betlar) Temur Kapadzening xos suhbati diqqatimni jiddiyligi bilan o‘ziga tortdi. Temur o‘tgan mavsum haqida, oltin ochkolar, o‘zining yoshlar murabbiyi maqomidagi ishlari haqida gapirib o‘tib Kuperning ishini tahlil emas, ochiqchasiga tanqid qilgan. Doim bir voqeaning, biron bir insonning ikki tomoni va o‘nlab talqini bo‘ladi. Yaqin-yaqingacha to‘p surgan mashhur futbolchimizning, o‘yinni tugatgach, kutilmaganda milliy terma jamoamizga to‘rtta o‘yinda murabbiylik qilgan Kapadzening Kuperga bergan bahosi menga juda qiziqarli tuyuldi. O‘z haqiqatini bo‘yamasdan ochiq-oydin gapirishi hurmatga sazovor hodisa. Ko‘p marta o‘qib chiqdim. Firdavsxon o‘z fikrini Kapadze orqali bizga yetkazmoqdami, yoki Kapadze ortidan barcha jurnalistlar uning aytganlarini takrorlab, fikrini o‘zlashtirib yurishibdimi?

Suhbatdagi bir xil so‘zlarni keltiraman. Kuper futbolchilarimizning zaif jihatlaridan foydalanyapti... Afsuski, bosh murabbiy yigitlarimizning kuchli jihatlaridan foydalanmayapti... Agar yigitlarimizning bajara olmaydigan jihatlaridan foydalanadigan bo‘lsak, baribir ular bu ishni eplay olishmaydi”. Foydalanish, qozonda boridan foydalanish. Foyda ko‘rish, foyda chiqarish. Temur haqmi? Haqiqatni aytdi deysizmi? Men ham shunday deyishim, yo qarshi chiqishim mumkin. Qaysi tomondan qarashga bog‘liq. Keltirgan gaplarimga mening o‘z qarashim bor. O‘yinga ishlov berishda kamchilik ustida ko‘proq ishlash tabiiy hol emasmi. Foydaxo‘rlikning futbolga nima daxli bor?

E’tiroz bildirishimdan oldin mavzudan chekinib, bir narsani tushunib olay. Man o‘zimni ko‘ra olmayman. O‘zimga baho bera olmayman. Buning uchun ko‘zguga qarashim kerak. Ko‘zgu sirtimni ko‘rsatadi. Ichimni o‘zim ko‘rib unga baho bera olmayman. Ko‘zgu ham ko‘rsata olmaydi. Menga kimdir tashqaridan turib to‘g‘ri baho berishi kerak. Shunga o‘xshab Kapadze futbolimiz ichida bo‘lgani uchun unga (futbolimizga) to‘g‘ri baho bera olmaydi, manimcha. Ko‘zini yog‘ bosmagan. Ko‘zi xira tortmagan. Bir narsaga uzluksiz tikilib turgan odam ko‘zi charchab qoladi. Toliqqanidan ba’zi narsalarni ko‘rolmay qoladi.

TEMUR KAPADZE BILAN ZAYNIDDIN ZIDAN

Arsen Venger bir jamoada ishlay berib, ko‘zlari ko‘p narsani ilg‘amay qolgan edi. Gvardiola bir necha yil muttasil erishgan buyuk yutuqlaridan keyin nomini, dovrug‘ini minib yurishi mumkin edi. Lekin u hammasini o‘tmishda qoldirib, hammasiga tashqaridan turib baho berish uchun futboldan tashqariga chiqib bir muddat, bir-ikki yil yurdi. Hozir Zidan shu yo‘lda, shu ko‘chada, futboldan tashqarida yuribdi. Gapning indallosi shuki, Temur emas men, Kuper mashg‘ulotlarini kuzatmagan, o‘zini yaqindan ko‘rmagan holda unga to‘g‘ri baho berayotgandirman. Temur ko‘ra olmayotgan narsani man ko‘rib turgan bo‘lishim mumkindir, balkim. Futbolni tashqaridan 60 yildan beri kuzatib kelmoqdaman. Shunga ko‘ra maqola yozib yuribman.

Siz eshiting. Temur haq. Futbolchilar bilan besh kunlik yig‘inlarda ishlaydigan Terma jamoa murabbiyi Kapadze aytganidek “bor masalliq”dan foydalanishi kerak. Temur aytganidek, barcha murabbiylar o‘zidan oldingi o‘yindan “foydalanib” ish ko‘rishgan. “Qayta yamashning”, bor o‘yinga bir nima qo‘shishning omadlirog‘i Temur aytganidek, Abramov bo‘lgan. Yo‘g‘ini termada hech kim yarata olmaydi. Klubda yaratish mumkin. Terma jamoada emas. Temur aytganidek murabbiy oldingi o‘yin strukturasini saqlagan holda terma o‘yiniga ishlov berishi kerak. Shu ham katta gap. Kuper bunday qilmayapti. Chunki, Ektor Kuper bitta OKni o‘tkazib berish uchun kelgani yo‘q. Uch yilga kelgan. Lyov Klinsman davrida bir nimani yaratishni u bilan birgalikda boshlagan edi. Keyin yana 8 yil ishlab bir nimani yaratib JCH-2014da jahon chempioni bo‘lgan. Eron termasi bilan Kayros Keyrush 8 yildan beri ishlamoqda. Balkim Kuper ham termamiz bilan 8 yil ishlar. U shunday, 8 yil ishlamoqchi bo‘lgan odamday ishga yondoshdi.

Futbolimiz ichida bo‘lgani uchun Temur tushuna olmagan gap shuki, Kuper yo‘q narsadan yangi narsani yaratmoqchi emas. Bizda hamma narsa bor. Men buni chetdan turib ko‘rmoqdaman, shekilli. O‘zi aytganidek u sehrgarlik qilmoqchi emas. O‘yinimizni tashkil qilgan o‘zbek “durlarini” sochib tashlab keyin boshqa ipga boshqacha tizimda terib bermoqchi, xolos. Buni ko‘rib turib ko‘ra olmayotgan Kapadze terma jamoamizda o‘yin yo‘q” deb aytdi. To‘g‘ri, o‘yin sochilib yotibdi. Antaliyada ulgurmagan bo‘lsa, guruh o‘yinlarida albatta, yig‘ishtirib oladi.

ERON TERMA JAMOASI VA “CHELSI”DAN DARS

Shu qatori Temurning boshqa gaplarni keltirmoqchiman. “(Kuperning) himoyaviy taktikasi bizning futbolga mos tushmayapti”... Bu nima degani? “Chelsi” “Man. Siti”ni yutishi uchun kuchli himoyalanib, raqibning kombinasion hujumini himoya botqog‘ida qiynab, toliqtirib qo‘ygach, keng bo‘shliqda qarshi hujum uyushtirib ikkita gol urib yutib ketdi. Juda kuchli hujum chizig‘iga ega Fransiya termasi ham Xorvatiyaga qarshi himoyadan turib o‘tkir hujum uyushtirib JCH-2018 finalini yutib ketdi. Temur, Siz o‘z fikringizni nima bilandir himoyalab olib, keyin gapirasiz, to‘g‘rimi? Men ham shunday qilaman. Hamma o‘z himoyasiga muhtoj. Bugungi total futbolda hamma butun maydon bo‘ylab o‘z joyida himoyalanishni yaxshi bilishi kerak. Buni Siz ham bilasiz. Bugungi futbolda to‘pni oldirib qo‘ygan joyda, o‘sha zahotiyoq himoyaviy harakatni hamma boshlab yuboradi. Bugungi kunda “Man.Siti” himoyaviy harakatni eplay olmayapti. Shuning uchun uning hujumi o‘tmaslashib qolgan. Unga qarshi qanday o‘ynash kerakligini bugun hamma biladi.

Kapadze “Himoyaviy o‘yin ko‘rsatish uchun (futbolchilarimiz) birinchi navbatda jismoniy tomondan kuchli bo‘lishi kerak. Futbolchilarimiz esa, bunday taktikada o‘ynashga ham jismonan, ham ruhan tayyor emaslar”, deb gapirdi. Qiziq gap bo‘ldi. Futbol o‘ynash uchun jismonan kuchi yetmagan odam maydonga tushib nima qiladi? Kapadze gapi bo‘yicha himoyani unutib hujumkor o‘ynash uchun yigitlarimiz jismonan kuchsiz holda ham maydonga tushishi mumkin ekan-da. Gapidan mantiqan shunday ma’no chiqyaptimi? Yoki o‘yin davomida 5 km ham yugurmasdan, piyoda yurib futbol o‘ynab OKda sharmanda bo‘laylikmi?

Kapadze davom etib “Biz ko‘proq to‘p bilan muomalada bo‘lishimiz, raqibni imkon qadar to‘psiz qoldirishimiz lozim”, deb aytib, katta mavzuga o‘tib ketgan edi. Bu to‘pni nazorat qilishdir. Ko‘z oldimga Abramovni qulatgan mash’um o‘yin kelmoqda. Toshkentda Eronga qarshi o‘yinda to‘qson daqiqa to‘pni biz nazorat qilgan edik. Forslar esa, to‘pni emas o‘yinni nazorat qilishib bitta gol urib yutib ketishgan edi. OK-2011dagi yarim finaldagi Avstraliyaga qarshi o‘yinimiz hech qachon esimdan chiqmaydi. 0:6. Kopadze bilsa kerak. Biz shu o‘yinda to‘p nazoratini o‘z foydamizga qaratib olgan edik. Adashmasam, 62 – 38%. Shu kunlarda barcha o‘yinlarda “Man. Siti” to‘pni to‘liq nazorat qilgani holda yutqaza boshladi. Ertaga “Liverpul”ga qarshi kechadigan o‘yinda nima bo‘lar ekan? Gap shunda-ki, Gvardiola uchun yangi o‘yin strukturasini yaratish zarurati kunday ravshan bo‘lib turibdi. APLda har qanday o‘yin usuli va o‘yinchilar bir yilda eskirib ketadi. Yangi bosh qahramonlar, yangi ssenariylar kerak bo‘lmoqda.

YASAMA OQ YOQA VA MANJET

Kapadze ushbu fikrining dalili sifatida o‘zining Urugvayga qarshi o‘tkazgan o‘rtoqlik o‘yinini misol qilib keltirdi. Mazkur o‘yinni TV orqali ko‘rganman. “Garchi Urugvayga yutqazgan bo‘lsak-da, bu usulni ( to‘p bilan ko‘proq muomalada bo‘lishni) qo‘llay oldik”, deb Temur Kapadze o‘yindan mamnun ekanligini bildirdi. Temur, mani kechiring. O‘sha o‘yinni, bilasizmi, nimaga o‘xshataman? 19-asrda Rossiyada yashagan “raznochin” toifasiga mansub odamlar ichki kiyim ustidan frak kiyib olishar edilar. Ko‘ylak o‘rniga oq yoqa-yu, oq manjet taqib yurishar edilar. Usti yaltiroq, ichi qaltiroq. Urugvayga qarshi o‘yinimizni shunday libosga o‘xshataman. Ustidan hashamatli, ichi bo‘sh, mag‘zida hech narsa yo‘q. Frak tagida ko‘ylak yo‘q.

Keyin Kapadze boshqa masalani ko‘targan. Bizning murabbiylarimizdan kimdir Ektor Kuper boshqaruvidagi shtab tarkibiga kiritilishi kerakligini aytdi. Temur Kuper o‘rniga o‘zini qo‘yib ko‘ra olarmikan? Til bilmaydi. Yurtni bilmaydi. Unga sodiq yordamchilari ham til bilmaydi. Uning tarjimoni juda muhim vazifani bajarmoqda. U kim o‘zi? Mourinyoga o‘xshab Futbolning katta bilimdonimi (Joze tarjimonlik qilgan edi)? Futbolimiz jonkuyarimi? Yo futboldan uzoq odammi? U doimo futbolchilarimiz va Kuper bilan birga yuribdi. Kuper qayerda, qanday sharoitda bo‘lmasin uning ishongan tog‘i bor. Bu uning futbol bilimidir. Shunga tayanadi. Bu uni hamma noqulaylikdan olib chiqa oladi. Kapadze “masalan men terma jamoada ishlaydigan bo‘lsam, Kuper bilan futbolchilarimiz o‘rtasida ko‘prik vazifasini bajarib bergan bo‘lardim”, deb oldimda o‘zini, ruhiy holatini, arazini, g‘arazini fosh qilib qo‘ydi. Tushuntirishga harakat qilaman. Ayting-chi, har qanday jamoada hamma bir oila bo‘lib, hamma o‘zaro hamnafas, hamfikr bo‘lishi kerakmi. Kapadze, ayting-chi, “Lokomotiv”da hamma bir oiladek ahilmi? O‘zaro hamfikrmi? Oni vse yedinomishlenniki ili kak? Kinoyamni tushundingizmi? Siz xos suhbatingizda aytib o‘tgan gaplaringiz jurnalistning uydirmasi bo‘lmasa, menga ayting-chi, Kuperning ishlarini mutlaq qabul qilmas ekansiz, u bilan qanday qilib birga bir jamoada ishlashingiz mumkin bo‘ladi? Qanday ko‘prik bo‘la olasiz? Bizda hech kim uni tushunmayapti. Bizdan kimni qo‘shib olsin?

KONSILIUMNI YIG‘AYLIK

Kapadze bir narsada haq gapirdi. Faqat u emas, rahbariyat ham qiyin ahvolda qolgan. Kuper hech kim oldida hisobotdor emas. Kuper nimani lozim topsa, shuni qilyapti. Uning ko‘zgusi yo‘q. Rahbariyatning Kuperga to‘liq ishonishdan boshqa chorasi qolmagan. Shunday vaziyatda Kuper oldida uning darajasidagi yevropalik boshqa bir mutaxassis koordinator bo‘lib ishlashi mumkin. Ba’zi jamoalarda shunday lavozim bor. 2008-yildan beri Xiddink Rossiya terma jamoasida Abramovichning iltimosiga ko‘ra jonkuyar bo‘lib ishlab yuribdi. So‘ngi JCHda uning hissasi bilinib turdi. Biz shunday kishini ishga olsagu, u Toshkentga istagan vaqtida kelib ketib tursa-da, Kuperning barcha ishlaridan boxabar bo‘lib tursin. Yoniga til bilguvchi Islom Ahmedovni qo‘shaylik. O‘sha chet ellik mutaxassis saviyasi baland bo‘lsa, Kuperga suhbatdosh va konsultant bo‘lishi mumkin bo‘ladi. Bemorni doktorga topshirib qo‘yasiz-u, u istagan muolajasini qiladi. Lekin uning yoniga Konsiliumni chaqirib turishadi-ku? Kuperga terma jamoamizni 3 yilga ishonib topshirganmiz. Uning ishiga arlasha olmaymiz. Klopp ikki yildan keyin natija ko‘rsata boshladi. Bizning Kuperimizdan yarim yildayoq natija talab qilinmoqda. Unga omad tilaylik. OK-2019 o‘yinlari boshlanishiga 2 kun qoldi.

Termamizga birinchi o‘yinda g‘alaba tilaylik. Tangrim, bizni o‘zing qo‘llagin.

TV orqali uyda o‘yinlarni kuzatar ekanman, hammangiz bilan, shuningdek Temur Kapadze bilan yelkadosh bo‘lganday o‘zimni his etaman. Sizlarga guruh o‘yinlarida g‘alaba quvonchini tilagan holda, Temurga yoshlar bilan ishlashda norvegiyalik Sulsher taqdirini tilagan holda,

Hasanali-otangiz yozdim. 3.01.2019.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:35, 04.01.2019. O'qildi: 3948 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Paxtakor Dragan Cheran 13
2 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 10
3 So‘g‘diyona Lupche Doriev 10
4 Nasaf Zoran Marushich 9
5 Навбаҳор Toma Tabatadze 8
6 Qizilqum Elguja Lobjanidze 8
7 Динамо Kojo Joel 7
8 Нефтчи Nsungusi Effiong 7
9 So‘g‘diyona Vladimir Jovovic 7
10 Динамо Xislat Halilov 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.