Bugun 27 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ernesto Valverde: «Hali hech narsa hal bo‘lmadi»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Mamlakat kuboklari / Ispaniya kubogi
Rukn: Intervyular
A A A

«Barselona» bosh murabbiyi Ernesto Valverde Ispaniya kubogi yarim final bosqichi doirasida «Real»ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yin (1:1) borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Messining ahvoli qanaqa?
— Barchasi joyida. Lekin bugungi o‘yinda biz tavakkal qilishni istamadik. Uning oyog‘ida kichik og‘riq bor edi. Shu bois, uni asosiy tarkibda tushirmaslikka qaror qildim. U ikkinchi bo‘limda maydonga tushganida o‘yin taqdirini hal qilishi mumkin edi. Har safar u to‘pni qabul qilganida, raqib darvozasi oldida xavfli vaziyat yaratishiga ishonamiz.

— Bugungi natijani qanday baholaysiz?
— Albatta, raqib tezkor gol urar ekan, sen hisobni tenglashtirsang — bu yaxshi. O‘yin boshida "Real" uzoq vaqt to‘pni nazorat qildi. Keyin esa raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatlar yarata boshladik. Barchasi bizning qo‘limizga o‘tganidan keyin esa hisobni tenglashtirdik.

— Javob o‘yini oldidan ustunlik kim tomonda?
— Hali hech narsa hal bo‘lmadi. Shu bois, favorit yo‘q. Jamoalar qanday kuchga ega ekanini inobatga olsak, hozircha biror narsa deyish qiyin. Uchrashuv og‘ir bo‘lishini bilgandik.

— Malkom va Semedu haqida nima deya olasiz? Nelson raqobatda Serji Robertodan ustun kelmoqdami?
— Biz ulardan ko‘p narsa kutyapmiz. Semeduning o‘yiniga o‘zgartirishga harakat qildik. Bugungi gol esa Malkomga yordam beradi, deb umid qilamiz. Imkoniyatlar hamisha mavjud.

Jamoamizga yangi qo‘shilgan futbolchilar uchun o‘yinimizga kirishib ketish hech qachon oson bo‘lmaydi. Boisi, biz maydonning kichik qismida harakatlanishimiz lozim. Semeduning salohiyati ulkan. U tezkor va uni aldab o‘tish qiyin.

Men raqibdan kelib chiqib futbolchi bajarishi kerak bo‘lgan ishlarni chamalayman va shu asosda futbolchi tanlayman. Kattaroq bo‘sh zonaga ega bo‘lganimizda Semeduning foydasi ko‘proq tegadi, deb hisobladim. Bor gap shu.

— Messi «Atletik» bilan o‘yinda maydonga tushadimi?
— Bilmadim. Ammo bunga umid qilaman.

— Artur va Koutinyoning o‘yiniga baho bersangiz.
— Artur to‘pni nazorat qilishda bizga yordam beradi. Shuningdek, vaziyat yaratishda ham uning foydasi tegadi. Bugungi o‘yinda bizga katta kuch va bosim kerak edi. Shu bois, Arturni tanladim.

Koutinyo haqida ko‘p o‘yladim. Chunki undan ko‘p narsa kutishmoqda. Unga e’tibor yuqori. O‘ylashimcha, u o‘sishda davom etmoqda. U 2-3ta vaziyatga ega bo‘ldi. Barcha ham xato qiladi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 09:07, 07.02.2019. O'qildi: 5017 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик