Bugun 17 fevral, 2026 yil, seshanba.

  • Elit OCHL
      • 16.02.2026 21:00
      • Al-Ahli (SA)
      • 4:3
      • Shabab al-Ahli
      • 16.02.2026 21:00
      • Sharja
      • 1:2
      • Nasaf
      • 16.02.2026 23:00
      • Ash-Shorta
      • 3:2
      • Duhayl
      • 16.02.2026 23:15
      • Al-Hilol
      • 2:1
      • Al-Vahda
      • 16.02.2026 23:15
      • Ash-Shorta
      • -:-
      • Duhayl
      • 17.02.2026 21:00
      • As-Sadd
      • -:-
      • Al-Ittihod
      • 17.02.2026 21:00
      • Al-G‘arafa
      • -:-
      • Traktor
  • «A» Seriya
      • 17.02.2026 00:45
      • Kalyari
      • 0:2
      • Lechche
  • La-liga
      • 17.02.2026 01:00
      • Jirona
      • 2:1
      • Barselona
  • ECHL
      • 17.02.2026 22:45
      • Galatasaroy
      • -:-
      • Yuventus
      • 18.02.2026 01:00
      • Benfika
      • -:-
      • Real Madrid
      • 18.02.2026 01:00
      • Monako
      • -:-
      • PSJ
      • 18.02.2026 01:00
      • Borussiya D
      • -:-
      • Atalanta
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 12 7 9 28
2 Italiya 8 4 11 23
3 AQSh 6 8 5 19
4 Niderlandiya 6 5 1 12
5 Avstriya 5 7 3 15
6 Shvesiya 5 5 1 11
7 Shveysariya 5 2 3 10
8 Germaniya 4 7 6 17
9 Fransiya 4 7 4 15
10 Yaponiya 4 5 9 18
83 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 23 45
4 Atletiko 24 45
5 Betis 24 41
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Real Sosyedad 24 31
9 Atletik Bilbao 24 31
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Alaves 24 26
15 Valensiya 24 26
16 Elche 24 25
17 Rayo Valyekano 23 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 23 18
20 Real Ovyedo 23 16

O'tgan o'yinlar.

24-тур Elche 0-0 Osasuna
24-тур Espanyol 0-0 Selta
24-тур Rayo Valyekano 0-0 Atletiko
24-тур Sevilya 0-0 Alaves
24-тур Real Madrid 0-0 Real Sosyedad
24-тур Real Ovyedo 0-0 Atletik Bilbao
24-тур Xetafe 0-0 Vilyarreal
24-тур Levante 0-0 Valensiya
24-тур Malyorka 0-0 Betis
24-тур Jirona 0-0 Barselona
24-тур Jirona 2-1 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Persepolis» - qayta uyg‘onayotgan grand

Baho:
+ | -
OSIYO
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Erondan shu paytga qadar OCHLda 12ta jamoa qatnashgan bo‘lsada, ulardan hech biriga turnir bosh sovrinini qo‘lga olish nasib etgan emas.

Faqat «Zob-Ohan», «Sepahon» va «Persepolis» jamoalari finalga chiqqani bilangina maqtanishi mumkin. Mutaxassislar «Persepolis»ning so‘nggi ikki mavsumdagi o‘yinlarini kuzata turib, uning Yevropa futbolidan andaza olayotgani, bu borada ko‘p narsani o‘zlashtirganini ta’kidlashmoqda.

Xullas, bugun «Paxtakor»ni mehmon qiladigan «Peruzi» (jamoaning ikkinchi nomi) oddiy raqiblar sirasiga kirmaydi. Tehron klubi so‘nggi 2 mavsumda chindan ham, katta o‘sishga erishdi. Poytaxtliklar o‘z oldilariga OCHLda g‘olib chiqish vazifasini qo‘ygan bo‘lsalar, ajabmas.

Tehron jamoasi o‘tgan asrning 90-yillarida Osiyo futbolida «gegemon»lik qilishga yaqqol da’vogar bo‘lgandi. 2001 yildan keyin esa «Persepolis» hayotida yangi davr boshlandi. Klub ayni payt  Eron Yoshlar ishlari va sport vazirligi tasarrufida. «Peruzi» 1973 yildan buyon raqiblarini afsonaviy «Ozodi»da kutib olyapti. Shu joyda diqqatni tortadigan bitta fakt: OCHL tarixida eng ko‘p muxlis yiqqan 20ta o‘yinning 11ta (!)si aynan «Persepolis» ishtirokida va aynan «Ozodi»da bo‘lib o‘tgan.

Eron chempionatida yangi format joriy etilgach, jamoaning ishlari biroz orqaga ketgandi. Lekin «Persepolis» so‘nggi 5-10 yil ichida o‘zini ancha tiklab oldi. Mana, jamoa hozirgi kunda Eron miqyosida ham sport, ham marketing nutqai nazaridan yetakchilikni qayta qo‘lga oldi. «Peruzi»ning Tehronning yana bir jamoasi - «Istiqlol» bilan to‘qnashuvlari tillarda doston. Jamoa afsonalari - Ali Karimi, Ali Dai, Vohid Hoshimiyon, Mehdi Mahdavikiya Germaniya grandlari safida to‘p surishgan. 1970-1988 yillar oralig‘ida «Persepolis»ning qizil tusli libosida to‘p surgan Ali Parvin klubning buyuk o‘yinchisi maqomini olgan.

 Alirizo Beyranvand, Jalol Husayni, Mehdi Torabi - bular hozirgi tarkib yetakchilari. Oxirgi mavsumlarda jamoani ayni shu futbolchilar o‘z ortlaridan ergashtirib, muvafaqqiyatda katta o‘rin tutmoqdalar.

Bosh murabbiy. 2015 yilning aprelidan buyon jamoani xorvatiyalik taniqli mutaxassis Branko Ivankovich boshqarmoqda. 1998 yili Xorvatiya termasi bilan «sensasion» tarz­da mundial bronzasini qo‘lga kiritgan bu murabbiyda yashirin taktik sxemalar ko‘p. 2002, 2003-2006 yillarda Eron milliy jamoasini 56ta o‘yinda maydonga boshlab tushgan Ivankovichni bejiz «Persepolis»ga jalb etishmagan. Klub mutasaddilari uning timsolida Eron termasi bilan yaqindagina xayrlashgan portugaliyalik Karlush Keyrushning o‘jarliklari va injiqliklariga bas keladigan funksionerni ko‘rganlar. Umuman, Branko bobo Xorvatiya, Xitoy va Eronda yilning eng yaxshi murabbiyi maqomini olgani bilan maqtanishi mumkin. U shu paytga qadar klub boshqaruvida 92ta g‘alaba, 42ta durang va 25ta mag‘lubiyat qayd etdi. Yakuniy natijalari chakki emas: 2ta chempionlik unvoni va 2ta mamlakat superkubogi. OCHLda esa «Persepolis»ni o‘tgan mavsum finalga olib chiqdi.

Legionerlar. Bozidar Radoshevich (darvozabon, Xorvatiya). 1989 yilning 4 aprelida tug‘ilgan. Klub safiga 3 mavsum oldin qo‘shilgan bo‘ydor golkiper (187 santimetr) hozircha Alirizo Beyranvandga munosib raqobat taqdim etolmayapti. So‘nggi marta jamoaning rasmiy o‘yinida 2018 yilning 19 noyabr kuni maydonga tushdi. Bozidar «Mashinasozi»ga qarshi kechgan o‘sha uchrashuvda sariq kartochka olgandi. Bashar Rasan (yarim himoyachi, Iroq). 1996 yilning 22 dekabrida tug‘ilgan. O‘ng qanot yarim himoyasiga javob beradigan futbolchi «Al-Quva Al-Javiya» safida 2016 yili OFK kubogi sohibiga aylangan. Joriy mavsum asosiy tarkibdan muqim joy oldi. Mario Budimir (hujumchi, Xorvatiya). 1986 yilning 13 fevralida tug‘ilgan. «Persepolis»ga shu yil 11 yanvar kuni «Dinamo» (Zagreb)dan o‘tdi va 4ta o‘yinda maydonga tushishga ulgurdi. To‘g‘ri, hozircha gol urolmadi.

Bosh yulduz - Ali Alipur. 1995 yilning 11 noyabrida tug‘ilgan. Har ikki oyog‘ida bir xil zarba yo‘llaydi. Ali Alipur joriy mavsum «Persepolis» safidan hammadan ko‘p harakatlangan futbolchi bo‘lib turibdi - 20ta o‘yinda 1764 daqiqa. U jamoada jami 39ta gol urdi. Ta’kidlash joiz, Ali so‘nggi paytlar safar o‘yinlarida o‘z nomiga gol yozolmayapti.

OCHLdagi ishtiroki

Yahyo Gulmuhammadi «Persepolis»­ningyangilangan turnirdagi ilk goli muallifi bo‘lgandi. U 2003 yilning 9 mart kuni «Paxtakor» stadionida o‘zini ko‘rsatgan. Eron grandi 2018 yili musobaqada g‘olib bo‘lishga ancha yaqin keldi. Tehronliklar finalning ilk partiyasini Kashimada o‘tkazib, mag‘lubiyatni tan olishdi - 0:2. Keyin o‘z maydonlarida, naq 100 ming muxlis ko‘z o‘ngida «Kashima Antlers»ni yengolmadilar.

2003 yil: guruh bosqichi (2ta g‘alaba, 1ta mag‘lubiyat)

2009 yil: 1|8 final (2ta g‘alaba, 1ta durang, 2ta mag‘lubiyat)

2011 yil: guruh bosqichi (1ta g‘alaba, 2ta durang, 3ta mag‘lubiyat)

2012 yil: 1|8 final (3ta g‘alaba, 2ta durang, 2ta mag‘lubiyat)

2015 yil: 1|8 final (5ta g‘alaba, 3ta mag‘lubiyat)

2017 yil: 1|2 final (4ta g‘alaba, 6ta durang, 2ta mag‘lubiyat)

2018 yil: final (7ta g‘alaba, 3ta durang, 4ta mag‘lubiyat)

OCHL-2019. «D» guruhi. 1-tur

5 mart (seshanba). Tehron. «Ozodi» stadioni

20:00 «PERSEPOLIS» (Eron) - «PAXTAKOR» (O‘zbekiston)

Bosh hakam: Dilan Perera

 (Shri-Lanka).

 

Ma’lumot uchun

«Persepolis» (Tehron)

Tashkil topgan vaqti: 1963 yil dekabr

To‘liq nomi: «Persepolis» futbol klubi

Prezidenti: Iraj Arab

Stadioni: «Ozodi» (sig‘imi - 78116 tomoshabin)

Bosh murabbiyi: Branko Ivankovich (Xorvatiya)

Sovrinlari: Eron Pro-ligasi g‘olibi (11 marta): 1971|1972, 1973|1974, 1975|1976, 1995|1996, 1996|1997, 1998|1999, 1999|2000, 2001|2002, 2007|2008, 2016|2017, 2017|2018; Hafzi kubogi sohibi (5 marta): 1987|1988, 1990|1991, 1998|1999, 2009|1910, 2010|2011; Eron superkubogi egasi (2 marta): 2017, 2018; Osiyo Kubok egalari kubogi g‘olibi (1 marta): 1991

Texnik homiysi: Li-Ning (2018|2019 yillar mavsumidan)

Bosh homiysi: Irancell mobil aloqa kompaniyasi (2016|2017 yillar mavsumidan boshlab)

Joriy mavsum (2018|2019) ichki chempionatdagi holati: 20ta o‘yin, 11ta g‘alaba, 8ta durang, 1ta mag‘lubiyat, to‘plar nisbati - 23-8, 1-o‘rin.

Joriy mavsum chempionatda eng ko‘p gol urgan futbolchisi: Ali Alipur (10ta). Ayni payt «Persepolis»ni turnir jadvalida Xurosonning «Padideh» jamoasi izma-iz ta’qib qilib kelmoqda.

E’tiborli ma’lumotlar

*** Klub rasmiy telekanali 2013 yilning iyunida ochilgan edi. Oradan 4 oy o‘tgach, kanal yopildi. 2017|2018 yillar mavsum avvalida esa «Peruzi» kanali qayta ishga tushdi.

*** Klub 2013 yildan energetik ichimliklar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi.

*** Tehronda klub brendi ostida 4ta restoran ochilgan. Eronning o‘zida klubning taxminan 40 mln. fanati bor. Bundan tashqari, Afg‘oniston va Fors ko‘rfazining ko‘plab mamlakatlarida ham «Peruzi» fanatlar klubi bor.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 14:22, 05.03.2019. O'qildi: 2079 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Shu paytgacha 16ta davlat JCHni o'zida qabul qilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Барселона Rafinya 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.