Bugun 30 sentyabr, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Aichi-Nagoya-2026

№ Davlat Jami
1 Xitoy 143 62 49 254
2 Yaponiya 45 71 67 183
3 Janubiy Koreya 24 27 44 95
4 O‘zbekiston 14 17 13 44
5 Tailand 12 9 12 33
6 Bahrayn 11 5 4 20
7 Eron 10 16 11 37
8 Qozog‘iston 9 14 25 48
9 KXDR 7 5 6 18
10 Hindiston 6 21 25 52

Turnir jadvali

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 22 51
2 Paxtakor 22 49
3 Navbahor 22 44
4 OKMK 22 35
5 Lokomotiv 22 35
6 Buxoro 22 34
7 Nasaf 22 34
8 Andijon 22 30
9 Dinamo 22 30
10 Qizilqum 22 29
11 So‘g‘diyona 22 28
12 Surxon 22 26
13 Bunyodkor 22 22
14 Xorazm 22 21
15 Qo‘qon-1912 22 20
16 Mash’al 22 4

O'tgan o'yinlar.

22-тур Navbahor 3-2 Dinamo
22-тур Mash’al 1-2 Paxtakor
22-тур Bunyodkor 2-1 Buxoro
22-тур Andijon 1-4 Nasaf
22-тур Surxon 1-0 Qo‘qon-1912
22-тур So‘g‘diyona 1-2 OKMK
22-тур Lokomotiv 0-1 Neftchi
22-тур Xorazm 1-3 Qizilqum

So'rovnoma

  • Joze Mourinyoning "Real"ga qaytishi muvaffaqiyatli bo‘ladimi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1931 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • Sizningcha, 2026-yil yozida amalga oshirilgan eng ajoyib transfer qaysi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2186 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 30.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 30.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH-TV
    • Sana: 30.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 30.09.2026

      06:00 Мотокросс. Швеция. MX2. Вторая гонка. Чемпионат мира.
      07:00 Мотокросс. Швеция. MXGP. Вторая гонка. Чемпионат мира.
      08:00 Олимпийские игры. Зал славы: Пекин-2008.
      09:00 Снукер. Третий раунд.
      11:00 LIVE Снукер. Третий раунд. Прямая трансляция.
      14:00 Скалолазание. Мужчины и женщины. Лазание на скорость. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      14:45 Скалолазание. Мужчины и женщины. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      15:30 Снукер. Третий раунд.
      16:30 LIVE Снукер. Третий раунд. Прямая трансляция.
      19:30 Конный спорт. Конкур. Вена. Global Champions Tour.
      21:30 Скалолазание. Мужчины и женщины. Лазание на скорость. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      22:30 Скалолазание. Мужчины и женщины. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      23:00 Снукер. Третий раунд.
      01:00 Трейлраннинг.
      01:30 Мотокросс. Швеция. MX2. Вторая гонка. Чемпионат мира.
      02:15 Мотокросс. Швеция. MXGP. Вторая гонка. Чемпионат мира.
      03:00 Скалолазание. Мужчины и женщины. Финал. Мировая серия. Чунцин.
      03:45 Скалолазание. Микст. Финал. Мировая серия. Чунцин.
      04:30 Снукер. Третий раунд.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Vinisius Junior tanlovi – pul emas, loyiha

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

«Real»ning braziliyalik istiqbolli legioneri Vinisius Junior qisqa vaqtda Ispaniya chempionati ixlosmandlari hurmatini ozmi-ko‘p qozonishga ulgurdi. «Qirollik klubi»da chin qirol darajasiga ko‘tarilishi kutilayotgan tezkor futbolchi Pireney yarim orolidagi dastlabki yirik intervyusini Cadena CEP radiostansiyasi muxbiriga berdi. Braziliyalik iqtidor suhbat davomida juda xushchaqchaq ko‘rindi va yaqin kelajak rejalari, «Real»da kutilayotgan o‘zgarishlar xususida atroflicha fikr bildirdi.

 - Vinisius, jarohatdan keyingi tiklanish davrida o‘zingizni qanday his etyapsiz?

- A’lo darajada! Har holda, tiklanish jarayonida muammo yo‘q, kutilganidan-da tezroq sog‘aymoqdaman. Albatta, bor e’tiborim imkon boricha vaqtliroq safga qaytishga qaratilgan.

- Alamlisi, aynan eng yorqin o‘yin payti shikastlandingiz...

- Ha, o‘sha lahzadayoq jarohat ancha jiddiy ekanligini angladim: to‘pga zarba berishga chog‘langan edim, ammo ulgurmadim... Noxush holatga yo‘liqdim va og‘riqdan ko‘zimga beixtiyor yosh qalqdi. Bir zumda barchasi xayolimdan o‘tdi, xususan, terma jamoa ham. Axir Braziliya termasidan ilk marta taklif olgandim...

- «Tvitter»da qoldirgan izohingizdan iqtibos: «Atrofimda voqealar juda tez rivojlanmoqda». Bunda nimani nazarda tutgansiz?

- O‘zi jamoa safiga qo‘shilganimdayoq Kazemiro va Marselo menga sabrliroq bo‘lishni tavsiya qilishgandi. Men esa atigi 18 yoshda ekanligimni unutib, darhol o‘yinlarga kirishib ketdim. Vaholanki, Braziliyada hech kim mening dastlabki yarim yil ichida maydonga tushishimni xayoliga ham keltirmagandi.

- Aytingchi, sizningcha, Vinisius Junior aslida kim?

- «Madrid» bilan son-sanoqsiz sovrinlarga erishish ishqida yonayotgan oddiy yigit. Dunyoning eng sara futbolchilari bilan yonma-yon to‘p surishning o‘zi men va oilam uchun yuksak natija. Ayni payt butun diqqat-e’tiborim faqat va faqat futbol bilan band. Boshqa hech narsa meni bu qadar kuchli qiziqtirmaydi.

- Futboldagi ilk qadamlaringizni eslab turasizmi?

- Adashmasam, 4 yoshdan to‘p sura boshlaganman, vaqtida yarim himoya pozisiyasida ham harakatlanganman.

- Yevropa klublari qiziqishidan xabar topganingizda, qanday holatga tushgandingiz?

- Bu haqda ilk marta 16-17 yoshimda, o‘smirlar o‘rtasidagi Janubiy Amerika chempionati davrida eshitgandim. Otam darhol yoniga chaqirib, barchasi oddiy mish-mish ekanligi va e’tiborga arzimasligini uqtirdi. Faqat «Real» va «Barselona» klublaridan taklif tushganidan keyingina ulardan birini tanlashimni o‘z ixtiyorimga qo‘yib berdi.

- Qiziq, qaysi jamoadan oldinroq chorlov olgan edingiz?

- Avvaliga «Barsa» vakillari aloqaga chiqishdi, keyin «Madrid» ham aniq taklif bilan murojaat qildi.

- Tabiiyki, bu qiyin tanlov.  Shaxsan o‘zingiz boshida nimalarni o‘yladingiz?

- Yakuniy to‘xtamga kelish uchun Madrid va Barselonaga safar uyushtirib, klublar loyihasi bilan tanishishni istadim. Bunda Marseloning 18 yoshda «Real» safiga qo‘shilib, o‘z o‘rnini topgani, Asensioning muntazam o‘ynayotgani menga o‘ziga xos dalda bo‘ldi.

- Ha, siz uchun eng sara ikki jamoa o‘zaro kurashgandi...

- Biz esa yakunda saralarning sarasini tanladik.

- To‘g‘risini ayting, «Barselona» libosini ham kiyib ko‘rdingizmi?

- Yo‘q.

- Xo‘sh, qachondir Kataloniya jamoasiga o‘tishingiz mumkinmi?

- O‘ylashimcha, hech qachon bunday bo‘lmaydi.

- Nima, Messi bilan yonma-yon to‘p surish imkoniyati qiziq emasmi?

- Tabiatan hamisha eng yaxshi variantni tanlashga intilaman. Oilaviy kengashda aynan «Real»da to‘p surishim ma’qul ekanligi tasdiqlangach, boshqasi haqida o‘ylashga asos qolmadi. Umuman olganda, o‘zim ham Madridda istiqomat qilishni istadim. Zero, bolalikdan shu orzu bilan ulg‘ayganman.

- Demak, oilangiz «Real»ga muxlislik qilgan, shundaymi?

- Ha. To‘g‘ri, otam uchun «Vinisius» FK birinchi o‘rinda turadi.

- Sir bo‘lmasa, qaysi jamoa ko‘proq mablag‘ va’da qildi?

- Bilishimcha, «Barsa» moddiy tomondan manfaatliroq taklifni o‘rtaga tashlagan. Biroq biz maosh emas, loyihani afzal bildik. Qaytaraman, «Real»da o‘ynashga moyillik sezishimda, Marselo va Kazemironing daldalari muhim ahamiyat kasb etdi.

- Lopetegi davrida maydonga tushmadingiz, hisob. Ya’ni atigi 12 daqiqa to‘p surdingiz...

- Tushuning, o‘sha payt Madridda ilk kunlarni o‘tkazayotgandim. Aslida Lopetegi - ajoyib murabbiy. Afsuski, jamoada muvaffaqiyat qozonolmadi. Lekin shaxsan menga  o‘rinli maslahatlari bilan katta yordam berganini unutmayman. Umuman, «Kastilya» safiga qo‘shilganimda, Solari ham meni samimiy qarshi olgandi.

- Aytingchi, Segunda-B ligasi o‘yinlari qanday naf berdi?

- Braziliyadan chiqib kelganimda, xuddi shunday bo‘lishini bilardim. Muhimi, «Kastilya»dagi hech bir futbolchi yangi muhitga tezroq moslashishim uchun o‘z yordamini ayamadi.

- Lopetegi garchi sizga imkoniyat bermagan bo‘lsada, uning iste’foga chiqarilganidan ranjigan ko‘rinasiz...

- Ha, shunday. Nima bo‘lganda ham, u - Yevropadagi ilk ustozim. Takrorlayman, mavsumoldi yig‘inlarida shaxsan menga alohida e’tibor qaratib, ishonchimni mustahkamladi.

- Shuningdek, Solari bilan ham iliq xayrlashdingiz...

- Bu murabbiy maydonda zimmamga aniq vazifa yukladi va uni bajarishimga imkon berdi. O‘zi «Kastilya»dayoq Solari bilan o‘rtamizda yaxshi munosabat shakllangan edi.

- Endi Zidan keldi. Hozir o‘z o‘rningizni yo‘qotib qo‘yishdan cho‘chimayapsizmi?

- Yo‘q, aslo. Zidan afsonaviy futbolchi edi, endi ajoyib murabbiyga aylandi. U bilan hamkorlikda ishlash - katta sharaf! Kazemironing aytishicha, Zidan bilan gaplashganida, hayajonlanib ketar ekan. Bu murabbiyning kuchli shaxs ekanligidan dalolat.

- Sovrinlarga da’vo qilmagan holda, to‘p surish zerikarli emasmi?

- Hozir yangi mavsumda zafarlarga ko‘milish uchun o‘zimiz bilan kurashyapmiz...

- Umuman, joriy mavsum «Real»-ning  asosiy quvonchiga aylandingiz...

- Muxlislardan bag‘oyat minnatdorman, doimo qarsak chalib, oldinga chorlashmoqda. Aynan «Madrid»ni tanlaganimdan ham baxtiyorman.

- Braziliya terma jamoasi ustozi Tite bilan gaplashdingizmi?

- Ha, u mendan ko‘ngli to‘qligini aytdi va Amerika kubogi startiga qadar butunlay sog‘ayishimga umid bildirdi.

- Transferingizning 45 mln. yevroga baholangani qo‘shimcha bosim yuklamayaptimi?

- «Flamengo»da o‘ynaganimdayoq kuchli bosim qanday bo‘lishini bilganman. «Real» bilan shartnoma tuzganimdan keyin bosim yanada kuchaydi. Ammo bu yerda yolg‘iz emasman - vazifamni talab darajasida ado etish yo‘lida yaqinlarim daldalari va maslahatlaridan kuch olaman.

- Sizningcha, hozirda eng kuchli futbolchi kim?

- Men (kuladi). Bu hazil, albatta. Kim kuchli ekanligini bilmayman. Balki Neymardir.

- U bilan birga o‘ynashni  istaormidingiz?

- Albatta. Buning uchun imkoniyat ham bor - Braziliya terma jamoasi. Afsuski, hozir ikkimiz ham safdan chetdamiz.

- Neymarni balki «Madrid»da ham ko‘rishni xohlarsiz?

- Bunisi menga bog‘liq emas. Braziliya termasida esa yelkama-elka turib, o‘ynashimiz aniq.

- Katta futbolda kimlardan alohida o‘rnak olgansiz?

- Avvaliga Ronaldinyo, keyin Neymardan.

- Kim zo‘rroq - Messimi yoki Ronaldu?

- Bilmayman, bilganim shuki, Ronaldu - «Madrid» afsonasi. Klubda uni qattiq hurmat qilishadi. Axir «Real» asosan Ronaldu gollari evaziga qatorasiga 3 marta CHL g‘olibiga aylandi.

- Eng ustun xususiyatingiz?

- Tabiatim.

- Qaysi jihat ustida ko‘proq ishlashingiz kerak?

- Raqib darvozasi oldida aniqroq  harakatlanishni o‘zlashtirishim zarur. Bu borada tinmay ishlayapman. Qulay vaziyatdan foydalanolmasam, o‘z-o‘zidan xavotir tug‘iladi. Buning oqibatida o‘yinim qovushmay qolishi mumkin. Shunday ekan, birinchi navbatda, foydalanish koeffisiyentini yaxshilashim talab etiladi.

- Zarbalar aniqligini qanday oshirish mumkin?

- Izlanishlar samarasiz ketmaydi, albatta. Menimcha, hali hujumchi sifatida to‘liq shakllanmaganman. Jamoadoshlarim, bu borada yaqindan yordam berishyapti, jumladan, Benzema. Uning aytishicha, menga hujumni o‘ta yuqori tezlikda yakunlash xohishi pand bermoqda. Marselo va Solari ham shunday fikrda. Mashg‘ulotlarda hammasi risoladagidek, ammo o‘yinda...

- O‘zingizni Braziliya futboli afsonasi sifatida tasavvur qila olasizmi?

- Asosiy maqsadim shu: Madridga klub va terma jamoa tarixida munosib iz qoldirish niyatida kelganman. Xuddi 27 yoshidayoq ko‘plab buyuk vatandoshlarimdan ko‘proq gol urgan Neymar singari. O‘ylashimcha, «Real»da talab darajasida to‘p surish Braziliya futbolidan munosib o‘rin olishimni ta’minlaydi.

- Aytishlaricha, braziliyalik futbolchilar ko‘ngilxushlikka o‘ch ekanlar...

- Bu yangilik emas. Lekin braziliyaliklar orasida ham o‘yin-kulgini xushlamaydigan yigitlar ko‘p.

 - Shaxsan o‘zingiz quvnoq davralarni yoqtirasizmi?

- Yo‘q, uncha toqat qilolmayman.

- «Oltin to‘p»nichi?

- Bu sovrin yo‘lida qancha ter to‘ksang, oz! Lekin qachon erishaman - buni vaqt ko‘rsatadi. 25-26 yosh - ayni kuchga to‘lgan davrda olsam yaxshi bo‘lardi.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 09:49, 29.03.2019. O'qildi: 4537 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

№ Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 14
2 Нефтчи Stipe Perisa 12
3 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 11
4 Насаф Bobur Abduxoliqov 9
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 Бухоро Sherzod Esanov 9
7 Навбаҳор Husayn Norchayev 8
8 Пахтакор Chinedu Stefan 8
9 Пахтакор Doston Hamdamov 8
10 Нефтчи Alisher Odilov 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик