Bugun 30 sentyabr, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Aichi-Nagoya-2026

№ Davlat Jami
1 Xitoy 143 62 49 254
2 Yaponiya 45 71 67 183
3 Janubiy Koreya 24 27 44 95
4 O‘zbekiston 14 17 13 44
5 Tailand 12 9 12 33
6 Bahrayn 11 5 4 20
7 Eron 10 16 11 37
8 Qozog‘iston 9 14 25 48
9 KXDR 7 5 6 18
10 Hindiston 6 21 25 52

Turnir jadvali

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 22 51
2 Paxtakor 22 49
3 Navbahor 22 44
4 OKMK 22 35
5 Lokomotiv 22 35
6 Buxoro 22 34
7 Nasaf 22 34
8 Andijon 22 30
9 Dinamo 22 30
10 Qizilqum 22 29
11 So‘g‘diyona 22 28
12 Surxon 22 26
13 Bunyodkor 22 22
14 Xorazm 22 21
15 Qo‘qon-1912 22 20
16 Mash’al 22 4

O'tgan o'yinlar.

22-тур Navbahor 3-2 Dinamo
22-тур Mash’al 1-2 Paxtakor
22-тур Bunyodkor 2-1 Buxoro
22-тур Andijon 1-4 Nasaf
22-тур Surxon 1-0 Qo‘qon-1912
22-тур So‘g‘diyona 1-2 OKMK
22-тур Lokomotiv 0-1 Neftchi
22-тур Xorazm 1-3 Qizilqum

So'rovnoma

  • Joze Mourinyoning "Real"ga qaytishi muvaffaqiyatli bo‘ladimi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1931 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • Sizningcha, 2026-yil yozida amalga oshirilgan eng ajoyib transfer qaysi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2186 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 30.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 30.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH-TV
    • Sana: 30.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 30.09.2026

      06:00 Мотокросс. Швеция. MX2. Вторая гонка. Чемпионат мира.
      07:00 Мотокросс. Швеция. MXGP. Вторая гонка. Чемпионат мира.
      08:00 Олимпийские игры. Зал славы: Пекин-2008.
      09:00 Снукер. Третий раунд.
      11:00 LIVE Снукер. Третий раунд. Прямая трансляция.
      14:00 Скалолазание. Мужчины и женщины. Лазание на скорость. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      14:45 Скалолазание. Мужчины и женщины. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      15:30 Снукер. Третий раунд.
      16:30 LIVE Снукер. Третий раунд. Прямая трансляция.
      19:30 Конный спорт. Конкур. Вена. Global Champions Tour.
      21:30 Скалолазание. Мужчины и женщины. Лазание на скорость. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      22:30 Скалолазание. Мужчины и женщины. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      23:00 Снукер. Третий раунд.
      01:00 Трейлраннинг.
      01:30 Мотокросс. Швеция. MX2. Вторая гонка. Чемпионат мира.
      02:15 Мотокросс. Швеция. MXGP. Вторая гонка. Чемпионат мира.
      03:00 Скалолазание. Мужчины и женщины. Финал. Мировая серия. Чунцин.
      03:45 Скалолазание. Микст. Финал. Мировая серия. Чунцин.
      04:30 Снукер. Третий раунд.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Qo‘qon-o‘zbek futbolining vatani» deb nomlangan xotira turniri yakunlandi

Baho:
+ | -
OSIYO
Rukn: Yangiliklar
A A A
Qo‘qonlik futbol ixlosmandlari uchun unutilmas onlarni taqdim etgan “Qo‘qon-o‘zbek futbolining vatani” shiori ostidagi xotira turniri kecha o‘z poyoniga yetdi.    Musobaqa tashkilotchilari mazkur turnirga o‘zgacha tayyorgarlik ko‘rishganini kechagi final isbotlab berdi. Deyarli bir haftda davomida “Ahmadxon” sport majmuasi muxlislar bilan gavjum bo‘ldi. Futbol muxlislari jami 32ta futbol uchrashuvlarini tomosha qilishdi. Final kuni esa haqiqiy anshlag guvohiga aylandik.   Uchinchi o‘rin uchun kechgan bahs oldidan muxlislarga konsert dasturi taqdim etildi. Unda bir qator taniqli xonandalar o‘zlarining diltorar qo‘shiqlari bilan ishqibozlarni xushnud etishdi.   Avval xabar berib o‘tganimizdek, musobaqaning bronza medali uchun – “Progress” va “Spartak” jamoalari maydonga tushishdi. Uchrashuvni Farg‘onalik Ravshan Kapadze boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishdi. O‘yin dramatik tarzda kechdi. Hisobda ortda qolayotgan “Progress” jamoasi haqiqiy iroda namoyish etib yakunda 3-2 hisobida g‘alaba qozonishdi va “Qo‘qon-o‘zbek futbolining vatani” shiori ostidagi musobaqada uchinchi o‘rinini qo‘lga kiritishdi.   Final oldidan esa alohida shou tashkil etildi. Ushbu shouni o‘zbekistonlik futbol ixlosmandlarining mehrini qozongan Davron Fayziyev olib bordi.   Shou dasturini ochib berish uchun so‘zga chiqqan futbolimiz fidoiylaridan biri O‘tkirjon Sattorov va Qo‘qon shahar hokimi Ma’rufjon Usmonovlar barcha yig‘ilganlarni futbol bayrami bilan tabriklab, o‘zbek futbolining tarixi haqida so‘zlab berishdi.   Shouning birinchi qismida o‘zbek va Qo‘qon futboliga munosib hissa qo‘shgan bir qator mutaxassislar – Bahrom Hakimov, No‘’mon Hasanov, Baxtiyor Ashurmatov, Rustam Abdullayev, Muxtor Qurbonovlar maxsus sovg‘a bilan taqdirlanishdi va ularga zarbof choponlar kiydirildi. Shuningdek, Qo‘qon shahar hokimi Ma’ruf Usmonov, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi vise-prezidenti Shoakram Isroilov, Farg‘ona viloyat futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Rasuljon Yo‘ldoshev, taniqli sharhlovchi Davron Fayziyevlar ham yuqoridagi sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.   Bundan tashqari, Qo‘qon futbolining “erkatoyi” deb ta’riflanayotgan Javohir Sidiqov ham maxsus sovg‘alardan bebahra qolmadi. Javohirni maydonga chiqishi muxlislarning olqishlariga sabab bo‘ldi.   Final uchrashuvi boshlanishidan oldin esa muxlislar uchun atalgan sovrinlar ham o‘z egasiga topshirildi. Omadli chipta sohiblari lotereya orqali qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘lishdi. Tashkilotchilar final bahsini tomosha qilish uchun kelgan muxlislarga bepul chiptalar tarqatishdi va muxlislar bu chiptalar bilan lotereya o‘yinida ishtirok etishdi. G‘oliblarni aniqlash esa Qo‘qon futbolining afsonalariga zimmasiga yuklatildi. Bahrom Hakimov, No‘’mon Hasanov, Baxtiyor Ashurmatov, Rustam Abdullayev, Muxtor Qurbonovlar omadli muxlislarni aniqlab berishdi.    Nihoyat, barcha sabrsizliklar bilan kutayotgan final uchrashuvi ham boshlandi. Hal qiluvchi bahs oldidan yana bir tarixiy voqea sodir bo‘ldi. Taniqli sharhlovchi Davron Fayziyev final ishtirokchilaridan tashqari, o‘zbek futbolida alohida nom bilan tilga olinadigan, Jahon va Osiyoning eng yaxshi hakamlaridan biri Ravshan Ermatov va uning doimiy hamrohi Abduhamidullo Rasulovlarni maydonga taklif etganida stadionga yig‘ilgan muxlislari orasida o‘zgacha bir jonlanish paydo bo‘ldi. Jamoalar maydonda saf tortishgach harbiy orkestr ijrosida O‘zbekiston madhiyasi ijro etildi.    Musobaqa bosh sovrini uchun kurash olib borgan 16 jamoa orasidan finalga qadar yetib kelgan – “Faxriylar-1” va “Shahar” jamoalari musobaqaning haqiqiy favoritlari ekanliklarni yana bir bor namoyish etishdi. Uchrashuvning boshlanishida “shaharliklar” vakili Iqbol Amirov hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda esa “Faxriylar-1” haqiqiy matonat egasi ekanliklarini namoyish etib, irodali g‘alabaga erishishdi – 3:1. Bu jamoaning gollariga Abror Maqsudov (2ta) va Said Shokirovlar mualliflik qilishdi. Shu tariqa, “Qo‘qon-o‘zbek futbolining vatani” shiori ostida o‘tgan xotira turniri g‘olibi – “Faxriylar-1” jamoasi bo‘ldi.   Musobaqaning yakunida o‘tkazilgan taqdirlash marosimi ham unutilmas va tarixiy voqealarga boy bo‘ldi. Musobaqa tashkilotchilari haqiqiy syurprizlarni taqdim etishdi.   Taqdirlash marosimi boshlanishidan oldin maydon o‘zgacha qiyofaga kirdi. Jahonning ayrim yirik musobaqalarining yakunida shunday “go‘zallik”ning shohidi bo‘lishga odatlangan muxlislar, “Ahmadxon” sport majmuasi maydonida ham shunday manzarani jonli ko‘rishga muyassar bo‘lishdi.    Barcha musobaqalarda bo‘lgani kabi birinchi bo‘lib final uchrashuvini a’lo darajada boshqargan hakamlar – Ravshan Ermatov va Abduhamidullo Rasulovlar maxsus sovrin bilan taqdirlanishdi.    Shundan keyin birin-ketin nominasiya g‘oliblari e’lon qilina boshladi. Musobaqaning “eng yaxshi darvozaboni” – Farhod Musajonov (“Faxriylar-1”), musobaqa to‘purari – Raxim Jo‘rayev (“Shahar”), musobaqaning “eng yaxshi o‘yinchisi” – Abror Maqsudov (Faxriylar-1”), musobaqaning eng yosh katta futbolchisi Maxmudjon Abdullayev , 66 yosh (“Kimyogar”) va musobaqaning eng yaxshi bosh murabbiyi – Ibrohim Mamadiyev (“Kimyogar”)lar velosiped, televizor, changyutgich kabi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.   Shuningdek, “Qo‘qon-1912” futbol klubi tomonidan “Faxriylar-1” jamoasi bosh murabbiyi Sharifjon aka Madaminovga ajoyib va unutilmas sovg‘a taqdim etildi. “Qo‘qon-1912” futbol klubi prezidenti Baxtiyor Tolipov ushbu mutaxassisga “Umra” safariga borish imkoniyatini beruvchi yo‘llanmani taqdim etganida butun stadion larzaga keldi. Shuningdek “Uzmobayl” kompaniyasi hamda Yaypanning “Turon” futbol klubi vakillari ham g‘oliblarga o‘zlarining esdalik sovg‘alarini taqdim qilishdi.   Qo‘qon futbolining fidoyilaridan biri, suxandon Anvarjon aka Oxunov ham musobaqa tashkilotchilar tomonidan 10 million sumlik sertifikat bilan taqdirlandi.   Musobaqani tashkil qilishda mehnat qilgan ko‘plab insonlarga ham qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Musobaqani OAVda yoritib borgan xodimlar ham tashkilotchilar e’tiboridan chetda qolmadi.   Taqdirlash marosimining so‘nggida musobaqa g‘oliblariga oltin, kumush va bronza medallaridan tashqari, har bir futbolchiga televizor, telefon va changyutgich taqdim etildi. Musobaqa g‘olibi “Faxriylar-1” jamoasiga maxsus Kubok topshirildi.   Shu tariqa, deyarli bir hafta davom etgan “Qo‘qon – o‘zbek futbolining vatani” shiori ostidagi musobaqa yuqori notada o‘z yakuniga yetdi. Ushbu turnir orqali Qo‘qon halqi futbolni qanchalik sevishlari, ardoqlashlari namoyon bo‘ldi. 






 
Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 11:02, 29.04.2019. O'qildi: 1576 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

№ Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 14
2 Нефтчи Stipe Perisa 12
3 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 11
4 Насаф Bobur Abduxoliqov 9
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 Бухоро Sherzod Esanov 9
7 Навбаҳор Husayn Norchayev 8
8 Пахтакор Chinedu Stefan 8
9 Пахтакор Doston Hamdamov 8
10 Нефтчи Alisher Odilov 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик