Italiya chempionatining 35-turi doirasida "Milan" o‘z maydonida "Bolonya"ni qabul qilib, qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Birinchi bo‘lim tugashiga 8 daqiqa qolganida Suso hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida Borini hisobdagi farqni 2taga oshirdi. Oradan 5 daqiqa o‘tib "Bolonya" Destroning goli evaziga hisobni bittaga qisqartirdi.
Bahs tugashiga 15 daqiqa qolganida "Milan" yarim himoyachisi Lukas Paketa bir daqiqa ichida ikkita sariq kartochka olib, maydondan chetlatildi. Bir kishi kam bo‘lib o‘ynagan "rossoneri" qolgan daqiqalarda qiyinchilik bilan g‘alabani ushlab qolishga muvaffaq bo‘ldi.
Ushbu g‘alabadan keyin "Milan"ning ochkolari 59taga yetdi. Jamoa "Roma" bilan 5 va 6-o‘rinlarni egallab turibdi. Ular 3-o‘rindagi "Inter"dan 4, uchinchi pog‘onadagi "Atalanta"dan 3 ochko ortda borishmoqda.
Italiya chempionati, 35-tur
Milan – Bolonya 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 37 Suso, 2:0 – 67 Borini, 2:1 – 72 Destro.
Milan – Donnarumma, Abate, Sapata, Musakkyo, Rodriges, Kessie, Bigliya (Mauri, 26), Lukas Paketa, Suso (Kastilyexo, 79), Piontek, Chalxanoglu (Borini, 61).
Bolonya – Skorupski, Kalabrezi, Larangeyra, Voynovich, Deyks, Pulgar, Poli (Santander, 86), Orsolini (Edera, 80), Svanberg (Destro, 63), Sansone, Palasio.
Ogohlantirishlar: Poli (44), Sansone (57), Kalabrezi (65), Lukas Paketa (74), Pulgar (75), Kessie (90).
Chetlatishlar: Lukas Paketa (74), Sansone (90+7), Deyks (90+7).