Bugun 2 mart, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 01.03.2026 00:45
      • Inter
      • 2:0
      • Jenoa
      • 01.03.2026 16:30
      • Cremonese
      • 0:2
      • Milan
      • 01.03.2026 19:00
      • Sassuolo
      • 2:1
      • Atalanta
      • 01.03.2026 22:00
      • Torino
      • 2:0
      • Lasio
      • 02.03.2026 00:45
      • Roma
      • 3:3
      • Yuventus
      • 02.03.2026 22:30
      • Piza
      • -:-
      • Bolonya
      • 03.03.2026 00:45
      • Udineze
      • -:-
      • Fiorentina
  • La-liga
      • 01.03.2026 01:00
      • Real Ovyedo
      • 0:1
      • Atletiko
      • 01.03.2026 18:00
      • Elche
      • 2:2
      • Espanyol
      • 01.03.2026 20:15
      • Valensiya
      • 1:0
      • Osasuna
      • 01.03.2026 22:30
      • Betis
      • 2:2
      • Sevilya
      • 02.03.2026 01:00
      • Jirona
      • 1:2
      • Selta
      • 03.03.2026 01:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Xetafe
  • Superliga
      • 01.03.2026 19:00
      • OKMK
      • 0:1
      • Bunyodkor
      • 01.03.2026 19:15
      • Nasaf
      • 1:0
      • Xorazm
  • APL
      • 01.03.2026 19:00
      • Fulhem
      • 2:1
      • Tottenhem
      • 01.03.2026 19:00
      • Man. Yunayted
      • 2:1
      • Kristal Pelas
      • 01.03.2026 19:00
      • Brayton
      • 2:1
      • Nottingem Forest
      • 01.03.2026 21:30
      • Arsenal
      • 2:1
      • Chelsi
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 26 64
2 Real Madrid 25 60
3 Atletiko 26 51
4 Vilyarreal 26 51
5 Betis 26 43
6 Selta 26 40
7 Espanyol 26 36
8 Real Sosyedad 26 35
9 Atletik Bilbao 26 35
10 Osasuna 26 33
11 Sevilya 26 30
12 Jirona 26 30
13 Xetafe 25 29
14 Valensiya 26 29
15 Rayo Valyekano 25 27
16 Alaves 26 27
17 Elche 26 26
18 Malyorka 26 24
19 Levante 26 21
20 Real Ovyedo 25 17

O'tgan o'yinlar.

26-тур Levante 2-0 Alaves
26-тур Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
26-тур Barselona 4-1 Vilyarreal
26-тур Malyorka 0-1 Real Sosyedad
26-тур Real Ovyedo 0-1 Atletiko
26-тур Elche 2-2 Espanyol
26-тур Valensiya 1-0 Osasuna
26-тур Betis 2-2 Sevilya
26-тур Jirona 1-2 Selta

Navbatdagi o'yinlar.

04/03/26 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Nemanya Yovanovich: «O‘zbekistonda ko‘plab do‘stlar ortirdim»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

Joriy yil Superliga jamoa­lari yangi mavsum arafasida tarkiblarini bir qator xorijlik futbolchilar bilan to‘ldirib olishdi.

Soddaroq aytganda, ketgan legionerlar o‘rnini boshqalari egalladi. Yangilar bildirilgan ishonchni qay darajada oqlashadi, buni yakunda bilib olamiz. O‘tgan mavsum «Qizilqum» sharafini himoya qilgan serbiyalik hujumchi Nemanya Yovanovich o‘zbek futboli muxlislariga begona emas.

Zero, u Superliganing boshqa jamoalarida ham to‘p surishga ulgurgan. Biz yaqinda iqtidorli forvard bilan bog‘lanib, intervyu oldik.

- Nemanya, futbol siz uchun nima?

- Hayotim mazmuni, usiz hech bir onimni tasavvur qilolmayman. Hayotimdagi ikki eng muhimi narsadan biri. Men uchun oilam va futbol birinchi o‘rinda turadi. Futboldagi ehtirosni, emosiyani, zavq-ishtiyoqni boshqa sport turi berolmaydi. Millionlar o‘yini ta’rifini bir yoki ikki soatda tugatib bo‘lmaydi.

- Sizningcha, yaxshi futbolchi bo‘lish osonmi?

- Juda murakkab, buning uchun katta mehnat va mas’uliyat darkor. Nafaqat futbol, balki boshqa sport turlarida ham osonlikcha biror narsaga erishib bo‘lmaydi. Shu kasbni tanladingmi, shuning orqasidan non yeyapsanmi, demak uning har bir to‘siqlariga bardosh bera olishing kerak. Zarur bo‘lsa, u uchun joningni xatarga ham qo‘yasan. Chunki buni o‘zing tanlagansan. O‘yinda ijobiy natija qayd etish uchun, mashg‘ulotlarda oxirgi kuch qolgunicha ishlash lozim. Shundagina ko‘zlangan maqsadga yetish mumkin.

- Futbolga kirib kelishingiz qanday bo‘lgan: odatdagidek, ko‘cha futbolidanmi yoki maxsus futbol maktabida tahsil olganmisiz?

- O‘zim sportchilar oilasida tug‘ilganman. Otam futbolchi bo‘lgan, Serbiyaning mahalliy jamoalaridan birida o‘ynardi, meni doim yonida olib yurardi. Mashg‘ulotlar jarayoni, o‘yinlarni bevosita stadiondan kuzatardim. Onam gandbol ustasi edi. Qisqasi, oilaviy muhit ta’sirida futbol olamiga kirib keldim.

- Dastlabki jamoangiz qaysi bo‘lgan?

- Mashhur «Srvena Zvezda» katta futboldagi ilk klubim sanaladi. U yerda tanilgach, «Jeleznik» jamoasi meni o‘z safiga qo‘shib oldi. Tan olaman, bu yerda o‘zimni yaxshi his qilardim. Keyingi faoliyatim Ruminiya bilan bog‘liq. U yerda ham ko‘pgina jamoalarda o‘zimni ko‘rsatishga harakat qildim.

- Ma’lum muddat Qozog‘istonda ham to‘p surdingiz...

- Ha, O‘zbekistonga kelishimdan avval Qozog‘istonda faoliyat yuritdim. «Tobol»da o‘ynayotgan vaqtimda Norvegiyadan taklif kelib tushdi, ammo o‘zga yurtda qiynalganim rost.

- Sizni «Olmaliq» (hozirgi 
AGMK)ga Igor Shkvirin chaqirganmi yoki bu ish agentlar orqali amalga oshganmi?

- «Olmaliq» butun umr qalbimda qoladi. Odatda, futbolchilar bu iborani ko‘p ta’kidlashadi, ammo men buni faqat ushbu jamoaga nisbatan qo‘llayman. Klubga moslashishim juda oson bo‘lgan, bunda Shkvirinning o‘rni bo‘lakcha. U men bilan doim iliq munosabatda bo‘lardi, aloqamiz yaxshi edi. Igor Anatolyevichning eng ustun jihati samimiyligida deb bilaman. Ko‘plab do‘stlar orttirdim, muxlislar e’tiboriga tushdim. Albatta, bundan juda xursandman.

- Shkvirin o‘z vaqtida O‘zbekistonning eng yaxshi hujumchisi, goleadori bo‘lganini inobatga olsak, u jamoada forvardlar bilan alohida ish olib borarmidi?

- U biz bilan ko‘p muloqotda bo‘lardi. Har qanday holatda ham aql bilan ish tutish kerakligini ko‘p gapirardi. Uni astoydil tinglardim. Shkvirin yurtingiz tarixidagi eng yaxshi hujumchi hisoblanadi.

- Olmaliqni nima sababdan tark etgansiz, klub bilan muammoli vaziyatlar yuzaga kelganmidi?

- Yo‘q. Shunchaki, shartnomani uzaytirmadim. Qolishim ham mumkin edi. Menga hech qanday e’tirozlar bo‘lmadi. Chunki klubda to‘purarlardan biri edim. Shuning uchun do‘stona xayrlashdik. Futbolda shunday holatlar ham uchrab turadi.

- Vodiyda o‘zingizni qanday his qilgansiz?

- U yerda millionlar o‘yiniga e’tibor kuchli. Stadionlarda har o‘yinda anshlaglar kuzatiladi. Ayniqsa, «Navbahor» muxlislari safarda ham yolg‘izlatib qo‘yishmaydi. Ular haqiqiy fidoyilar.

- Namangan jamoasida aksar holatlarda hujumchi ortida o‘ynardingiz...

- Tajribam, o‘yin amaliyotimdan kelib chiqib, murabbiy yarim himoyaga qo‘yardi. Bu men uchun yangilik emas. Vazifam raqib hujumini buzib, yangi hujumni boshlashdan iborat edi. Lekin baribir, o‘zimga sof hujumchi sifatida o‘ynash yoqadi.

- «Navbahor»da o‘ynab yurgan kezlaringizda Toshkent jamoalari sizga jiddiy taklif bilan chiqqani rostmi?

- Menga yagona jiddiy chorlov 2017 yili «Paxtakor»dan bo‘lgandi. Bu klub butun mavsum davomida meni qo‘lga kiritish payida yurgandi. Shundan boshqa biror jamoadan takliflar tushgani yo‘q.

- Mirjalol Qosimov «Bunyod­kor»­ga qaytganda sizni o‘z jamoasida ko‘rmoqchi bo‘lgan ekan...

- Yo‘q. Bu shunchaki mish-mish. Ehtimol, qandaydir gap-so‘zlar bo‘lgandir, ammo shaxsan menga jiddiy murojaat bilan chiqishmagan.

- «Qizilqum»dan ketayotganingizda, ortga bir bor nazar soldingizmi, agar O‘zbekistondan takliflar bo‘lsa, qabul qilasizmi?

- Albatta, o‘ziga yarasha xulosalar chiqardim. O‘zbek futbolidagi faoliyat o‘sishimga turtki bo‘ldi. Albatta, takliflar tushsa, o‘ylab ko‘raman.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 14:43, 19.05.2019. O'qildi: 1906 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Zlatan Ibrohimovich 47-o'lchamdagi oyoq kiyim kiyadi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Lamin Yamal 13
4 Барселона Ferran Torres 12
5 Осасуна Ante Budimir 12
6 Барселона Robert Levandovski 11
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.