Bugun 3 mart, 2026 yil, seshanba.

  • «A» Seriya
      • 02.03.2026 00:45
      • Roma
      • 3:3
      • Yuventus
      • 02.03.2026 22:30
      • Piza
      • -:-
      • Bolonya
      • 03.03.2026 00:45
      • Udineze
      • -:-
      • Fiorentina
  • La-liga
      • 02.03.2026 01:00
      • Jirona
      • 1:2
      • Selta
      • 03.03.2026 01:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Xetafe
      • 04.03.2026 23:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Real Ovyedo
  • APL
      • 04.03.2026 00:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Brentford
      • 04.03.2026 00:30
      • Everton
      • -:-
      • Byornli
      • 04.03.2026 00:30
      • Lids
      • -:-
      • Sanderlend
      • 04.03.2026 01:15
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Liverpul
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 26 64
2 Real Madrid 25 60
3 Atletiko 26 51
4 Vilyarreal 26 51
5 Betis 26 43
6 Selta 26 40
7 Espanyol 26 36
8 Real Sosyedad 26 35
9 Atletik Bilbao 26 35
10 Osasuna 26 33
11 Sevilya 26 30
12 Jirona 26 30
13 Xetafe 25 29
14 Valensiya 26 29
15 Rayo Valyekano 25 27
16 Alaves 26 27
17 Elche 26 26
18 Malyorka 26 24
19 Levante 26 21
20 Real Ovyedo 25 17

O'tgan o'yinlar.

26-тур Levante 2-0 Alaves
26-тур Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
26-тур Barselona 4-1 Vilyarreal
26-тур Malyorka 0-1 Real Sosyedad
26-тур Real Ovyedo 0-1 Atletiko
26-тур Elche 2-2 Espanyol
26-тур Valensiya 1-0 Osasuna
26-тур Betis 2-2 Sevilya
26-тур Jirona 1-2 Selta

Navbatdagi o'yinlar.

04/03/26 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Rashid G‘ofurov: «Hozircha katta futbolga qaytish niyatim yo‘q»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular
A A A

O‘tgan mavsum oxirlariga kelib «Navbahor» jamoasida murabbiy o‘zgardi: Ilhom Mo‘minjonov o‘rnini Andrey Kanchelskis egalladi. Ayni payt rossiyalik mutaxassis yomon ishlamayapti, natijalar sekin-asta ijobiy ko‘rinish olmoqda. Namangan jamoasida qisqa muddat ishlab, muvaffaqiyatga erisholmagan mutaxassislar ham yo‘q emas. Zero, futbolsevar va talabchan muxlislari bor klubda ishlash osonmas. O‘z vaqtida tezkor harakatlari bilan «Navbahor» ishqibozlarini quvontirgan Rashid G‘ofurov shunday murabbiylar sirasidan. Yaqinda ushbu mutaxassis bilan uchrashib, intervyu oldik.

- Rashid aka, «Navbahor»dagi murabbiylik faoliyatingizdan so‘ng sizni boshqa katta futbolda ko‘rmadik...

- To‘g‘ri aytasiz. Bunday voqealardan keyin futboldan sovib ketarkansiz. 2016 yili «Navbahor»da ish boshlaganimda murabbiylarga bo‘lgan talab va shartlar yanada kuchaydi. Birinchi yil faoliyatini boshlagan inson birdaniga sinib qolsa, bu juda katta ruhiy zarba bo‘ladi. Shaxsan men buni boshimdan o‘tkazdim. Ko‘pchilik biladi, Namanganda ishlash oson emas. Bosim kuchli, muxlislar o‘ta talabchan, ular har bir o‘yinda g‘alabani istashadi. Klubga har yili yangi futbolchi yoki murabbiy kelishiga o‘rganib qolishgan. Yangilikni yaxshi ko‘rishadi. Peshonada shunday bo‘lishi yozilgan ekan, nima ham derdim. Keyinchalik takliflar bo‘lmadi, deyolmayman, o‘zim ishlagan «Bunyodkor» akademiyasiga chaqirishdi. Ammo o‘zimda xohish bo‘lmagani uchun hozircha katta futbolga qaytish niyatim yo‘q.

- Namanganda qisqa muddat ishlagan bo‘lsangizda, ko‘plab futbolchilarning katta futbolga qadam qo‘yishida ko‘maklashdingiz. Deylik, Aziz Turg‘unboyev, Sardor Azimov... Bundan ko‘nglingiz to‘ldimi?

- O‘sha payt Azizni birinchi murabbiylari menga taklif qilishdi. Uni oldindan kuzatib yurardim. Mashg‘ulotlar jarayonida ham o‘zini ko‘rsatishga intilardi. Murabbiyning tavsiyasi bilan asta-sekin jamoaga qo‘shdik, avval yoshlar ligasida imkon berdik, so‘ng asosiy tarkibga jalb eta boshladik. Uni yosh deb ham bo‘lmasdi, chunki allaqachon 22 yoshga kirib bo‘lgandi. Bilasiz, bu futbolchining ayni gullagan vaqti bo‘ladi. Keyinchalik Aziz jamoaning to‘laqonli yetakchisiga aylandi. Sardor Azimov bilan Nodir Mavlonovga o‘zim ustozlik qilganman. Bu yigitlarning boshqalardan farqi - maktab ko‘rishgan, «Bunyodkor» akademiyasida futbol sir-asrorlarini o‘rganishgan. Ko‘plab musobaqalar, turnirlarda chiniqishgan, shuning uchun ular o‘yinlar payti ortiqcha bosimni his qilishmadi. Chetdan qaraganlarga futbolchining imkoniyatlari yaqqol ko‘rinmasligi mumkindir, biroq uni yoshligidan tarbiyalagan inson shogirdining nimalarga qodirligini yaxshi biladi.

- «Navbahor»dan ketishingizga nima sabab bo‘lgan?

- Bizdan yutqazsak ham chiroyli o‘yin ko‘rsatish talab etildi. Haqiqatan ham jamoam mazmunli futbol ko‘rsatardi, lekin natija bo‘lmasdi. «Navbahor»dan ketganimdan keyin amin bo‘ldimki, natija doimo birinchi o‘rinda turar ekan. Chiroyli o‘yin esa ahamiyatini yo‘qotarkan. Agarda o‘sha tarkib va murabbiylar shtabiga oxirigacha imkoniyat berilganida, ikkinchi yil natija butkul boshqacha bo‘lardi. Jamoamizda yomon futbolchilar yig‘ilmagandi - Golbanni Qo‘qondagi o‘yinlari orqali bilardim, ikkinchi davrada u «Nasaf»ga yo‘l oldi, jamoasi g‘alabalariga ozmi-ko‘pmi munosib hissa qo‘shdi. Pavlenko «Surxon»da yomon o‘ynamadi. «Navbahor»ga bosh murabbiy sifatida kelganimda, aksariyat futbolchilar o‘zlariga yangi jamoa topib bo‘lishgandi, qisqa vaqt ichida yaxshi o‘yinchi topish qiyin. Shunday bo‘lsada, legionerlar bilan mahalliy yigitlarni umumlashtirib, jamoa tuzishga harakat qildik.

- O‘sha mavsum boshida «Navbahor»ning 1996 yildagi chempionligiga bag‘ishlab tadbir o‘tkazilgandi. Bu tashabbus jamoaga ruhiy ko‘tarinkilik ulashganmidi?

- Darhaqiqat, «Navbahor» oliy ligada chempion bo‘lganligining 20 yillik yubileyini nishonlash maqsadida, o‘sha tarkibda to‘p surgan futbolchilar - Eduard Mamotov, Dmitriy Bashkevich, Dmitriy Batinkov, Farhod Magometov kabi afsonalarni yig‘ib, o‘ziga xos uchrashuv tashkillashtirgandik. Ularning gullagan davrida men endi yetishib chiqayotgan yosh futbolchi edim. Yangi rahbariyat bilan mavsumni shu ruhda boshlashni niyat qilgandik. Bu ham bir esdalik bo‘lib qoldi, chunki keyingi yili o‘sha jamoa tarkibida to‘p surgan Tohir Madrahimov olamdan o‘tdi.

- Terma jamoadagi debyutingiz qaysi murabbiy davriga to‘g‘ri kelgandi?

- Dastlab Ubiraja Vega Da Silva «Navbahor»dagi o‘yinlarimni kuzatib, 1998 yilgi Osiyo o‘yinlari oldidan meni yakuniy tarkibga kiritgandi. Ochig‘i, kutmagandim, chunki raqobat kuchli edi. Mirjalol Qosimov, Igor Shkvirin, Sergey Lebedev, Stepan Atoyanlar bilan yonma-yon to‘p surish baxt edi.

- «Merdeka kubogi»dan qanday xotiralar qolgan?

- Ushbu turnir Malayziyada o‘tkazilgandi, unda yaxshi saviyadagi jamoalar yig‘ilgandi. Bosniya yaqqol favorit bo‘lsada, biz finalda ulardan ustun kelganmiz. Baxtiyor Hamidullayev so‘nggi soniyalarda to‘p kiritib, g‘alaba keltirgandi. Ammo Salkov o‘sha musobaqada qatnashgan yigitlarga boshqa ishonch bildirmadi. Bahodir Seytkamolov, Bahodir Annamatov, Anvar Berdiyev kabilarni shu turnir kashf qilib berdi. Salkov qattiqqo‘l murabbiy edi. Georgiyev, Dionisevlar qisqa vaqt to‘p surishdi. Maminov, Pashininlarning qaysidir ma’noda foydalari tegdi. Polyakov tajribali darvozabon bo‘lsada, raqobatda yutqazib qo‘yardi. Nimaiki qilingan bo‘lsa, bari o‘zbek futboli rivoji uchun edi.

- Hayotingizning keyingi qismini «Bunyodkor» bilan bog‘ladingiz... Faoliyatingizni Namanganda tugatish niyatingiz bormidi?

- Ha, albatta. Buni chin dildan xohlardim. Ammo 2004 yili Rahim Qurbonmamedov bosh murabbiy etib tayinlangach, ko‘pgina jamoadoshlarim bilan birga «Mash’al»ga yo‘l oldik. Xayrulla Karimov, Jasur Hasanov, Shuhrat Mirxoldirshoyev shular jumlasidan. «Gazchilar»ni bizga yaxshi tanish Viktor Jalilov boshqargani sababli yangi jamoaga moslashish qiyin kechmadi, ma’lum yutuqlarga erishdik. Osiyo Chempionlar Ligasida ishtirok etdik. Bu orada O‘zbekistonda yana bir qudratli klub - «Quruvchi»ga asos solindi. Mazkur jamoa o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘ygandi. Xullas, mahoratli jamoadoshlarim bilan poytaxtga ko‘chib o‘tdik. Oliy ligada ilk marta qatnashganimizga qaramasdan, kumush medalga ega chiqdik va kubok finaliga yetib bordik.

- O‘zbekiston kubogi-2007 finalidagi «loy jangi»dan qanday taassurotlar qolgan?

- Eh, eslatmang! Ajoyib o‘yin bo‘lgandi. Yomg‘ir yog‘yapti, maydon o‘ta sirpanchiq, futbol o‘ynab bo‘lmaydigan darajaga kelgandi. Raqibimiz O‘zbekistonning birinchi raqamli jamoasi hisoblanardi. Shu sababli ehtiyotkorlikka urg‘u berib, bahsni penaltilar seriyasigacha olib bordik. Hisob 5:5 bo‘lib turgandi, nav-batdagi zarbani Baxtiyor Ashurmatov yo‘llashi kerak edi: «Rashid, siz boring, har holda yarim himoyachisiz», - dedi u menga. O‘sha paytga qadar bunday mas’uliyatli pallada penalti tepmagandim. Xullas, Mirjalol akaning topshirig‘i bilan to‘p tepiladigan nuqtaga bordim. Xayolda to‘pni yuqori burchakka tepmoqchi bo‘ldim, so‘nggi lahzalarda fikrim o‘zgardi. Biroq zarba ko‘ngildagidek chiqmadi.

- Kelajakdagi rejalaringiz qanday?

- Bor umidim farzandlarimdan endi. Men chiqmagan cho‘qqilarni ular zabt etishlarini xohlayman. Mavridi kelganda shuni aytmoqchimanki, hozir o‘g‘illarim to‘p surayotgan maydonlar, kiyinish xonalarini ko‘rib havasim keladi, ochig‘i. Ulardan talab etiladigan narsa faqat rohatlanib futbol o‘ynash, xolos. «Navbahor»da ukam o‘ynayapti, unga vaqtida kerakli maslahatlarimni berib turaman.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 09:00, 23.05.2019. O'qildi: 2909 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Faqat 5ta davlat — Meksika, Italiya, Fransiya, Germaniya va Braziliyada JCHga 2 martadan mezbonlik qilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Lamin Yamal 13
4 Барселона Ferran Torres 12
5 Осасуна Ante Budimir 12
6 Барселона Robert Levandovski 11
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.