Bugun 25 oktyabr, 2025 yil, shanba.

  • Superliga
      • 24.10.2025 19:00
      • Qizilqum
      • 2:0
      • Dinamo
      • 25.10.2025 16:30
      • Sho‘rtan
      • -:-
      • Neftchi
      • 25.10.2025 19:00
      • Qo‘qon-1912
      • -:-
      • Navbahor
      • 26.10.2025 16:30
      • OKMK
      • -:-
      • Nasaf
      • 26.10.2025 18:30
      • Bunyodkor
      • -:-
      • Mash’al
  • «A» Seriya
      • 24.10.2025 23:45
      • Milan
      • 2:2
      • Piza
      • 25.10.2025 18:00
      • Parma
      • -:-
      • Komo
      • 25.10.2025 18:00
      • Udineze
      • -:-
      • Lechche
      • 25.10.2025 21:00
      • Napoli
      • -:-
      • Inter
      • 25.10.2025 23:45
      • Cremonese
      • -:-
      • Atalanta
      • 26.10.2025 16:30
      • Torino
      • -:-
      • Jenoa
      • 26.10.2025 19:00
      • Sassuolo
      • -:-
      • Roma
      • 26.10.2025 19:00
      • Verona
      • -:-
      • Kalyari
      • 26.10.2025 22:00
      • Fiorentina
      • -:-
      • Bolonya
  • APL
      • 25.10.2025 00:00
      • Lids
      • 2:1
      • Vest Xem
      • 25.10.2025 19:00
      • Chelsi
      • -:-
      • Sanderlend
      • 25.10.2025 19:00
      • Nyukasl
      • -:-
      • Fulhem
      • 25.10.2025 21:30
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Brayton
      • 26.10.2025 00:00
      • Brentford
      • -:-
      • Liverpul
      • 26.10.2025 19:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 26.10.2025 19:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 26.10.2025 19:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 26.10.2025 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Byornli
      • 26.10.2025 21:30
      • Everton
      • -:-
      • Tottenhem
  • La-liga
      • 25.10.2025 00:00
      • Real Sosyedad
      • 2:1
      • Sevilya
      • 25.10.2025 17:00
      • Jirona
      • -:-
      • Real Ovyedo
      • 25.10.2025 19:15
      • Espanyol
      • -:-
      • Elche
      • 25.10.2025 21:30
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Xetafe
      • 26.10.2025 00:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 26.10.2025 18:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Levante
      • 26.10.2025 20:15
      • Real Madrid
      • -:-
      • Barselona
      • 26.10.2025 22:30
      • Osasuna
      • -:-
      • Selta
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 25 56
2 Neftchi 25 54
3 Paxtakor 26 52
4 Dinamo 25 47
5 Bunyodkor 25 43
6 OKMK 25 40
7 Navbahor 25 37
8 Qizilqum 26 32
9 So‘g‘diyona 26 31
10 Andijon 24 28
11 Qo‘qon-1912 25 26
12 Surxon 25 25
13 Xorazm 26 24
14 Buxoro 26 24
15 Mash’al 25 23
16 Sho‘rtan 25 12

O'tgan o'yinlar.

26-тур Xorazm 0-1 Paxtakor
26-тур Buxoro 2-0 So‘g‘diyona
26-тур Qizilqum 2-0 Dinamo

Navbatdagi o'yinlar.

25/10/25 Sho‘rtan - Neftchi
25/10/25 Qo‘qon-1912 - Navbahor
26/10/25 OKMK - Nasaf
26/10/25 Bunyodkor - Mash’al
27/10/25 Surxon - Andijon

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 7285 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2729 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 25.10.2025

      06:00 Чемпионат Бразилии. "Васко да Гама" - "Флуминенсе".
      08:00 Чемпионат Турции. "Ризеспор" - "Трабзонспор".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Гремио" - "Сан-Паулу".
      12:00 Чемпионат Бразилии. "Баия" - "Интернасьонал".
      14:00 Чемпионат Турции. "Коньяспор" - "Бешикташ".
      16:00 Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Фатих Карагюмрюк".
      17:55 LIVE Чемпионат Италии. "Парма" - "Комо 1907". Прямая трансляция.
      19:55 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Форталеза".
      21:55 LIVE Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Эюпспор". Прямая трансляция.
      23:55 "Непобедимый".
      00:20 Д/ф "Криштиану Роналду. Единственный и неповторимый".
      01:25 LIVE Чемпионат Бразилии. "Флуминенсе" - "Интернасьонал". Прямая трансляция.
      03:25 LIVE Чемпионат Бразилии. "Форталеза" - "Фламенго". Прямая трансляция.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 25.10.2025

      05:15 Бильярд. "Кубок Кремля" в Москве. Мужчины. Комбинированная пирамида. Финал.
      07:30 "Непобедимый".
      08:00 Муайтай. Кубок Дружбы в Москве.
      10:20 "Страна спортивная".
      10:40 "Команда мечты".
      11:10 Плавание. Кубок мира. Финальный этап в Торонто, Канада.
      12:55 LIVE Падел-теннис. Международный турнир "Москва 2025". Женщины. 1/2 финала. Прямая трансляция.
      15:30 LIVE Падел-теннис. Международный турнир "Москва 2025". Женщины. 1/2 финала. Прямая трансляция.
      18:00 LIVE Падел-теннис. Международный турнир "Москва 2025". Мужчины. 1/2 финала. Прямая трансляция.
      20:30 LIVE Падел-теннис. Международный турнир "Москва 2025". Мужчины. 1/2 финала. Прямая трансляция.
      23:00 Художественная гимнастика. Альфа-Банк Кубок сильнейших. Финальный этап в Москве.
      02:30 "Команда мечты".
      02:55 LIVE Плавание. Кубок мира. Финальный этап в Торонто, Канада. Прямая трансляция.
      04:30 "Небесная грация".
      04:50 Падел-теннис. Международный турнир "Москва 2025". Женщины. 1/2 финала.
  • MATCH-TV
    • Sana: 25.10.2025

      05:35 "Лица страны". Иван Ревенко.
      05:55 Новости.
      06:00 Баскетбол. Winline Basket Cup. ЦСКА (Россия) - "Мега" (Сербия).
      08:00 Смешанные единоборства. UFC Fight Night в Абу-Даби, ОАЭ. Кори Сэндхаген против Умара Нурмагомедова.
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 М/с "Чемпионы".
      11:25 "Формула-1. Гаснут огни".
      11:55 Д/ф "Наскар. Ведущее наследие".
      12:55 LIVE Падел-теннис. Международный турнир "Москва 2025". Женщины. 1/2 финала. Прямая трансляция.
      15:25 Новости.
      15:30 LIVE Баскетбол. Единая лига ВТБ. ЦСКА (Москва) - УНИКС (Казань). Прямая трансляция.
      17:55 LIVE Футзал. Бетсити Суперлига. КПРФ (Москва) - ЛКС (Липецк). Прямая трансляция.
      19:50 Новости.
      19:55 Все на Матч! Прямой эфир.
      20:45 LIVE Футбол. Чемпионат Италии. "Наполи" - "Интер". Прямая трансляция.
      23:00 LIVE Смешанные единоборства. UFC 321 в Абу-Даби, ОАЭ. Том Аспинэлл против Сирила Гана, Умар Нурмагомедов против Марио Баутисты. Прямая трансляция.
      02:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:30 Падел-теннис. Международный турнир "Москва 2025". Мужчины. 1/2 финала.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 25.10.2025

      05:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. 1/4 финала.
      06:00 Велошоссе. Чемпионат мира в Кигали, Руанда. Женщины. Групповая гонка.
      07:00 Велотрек. Чемпионат мира в Сантьяго, Чили. День 3.
      08:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. 1/4 финала.
      10:00 Фигурное катание. Гран-при ISU. Кубок Китая в Чунцине. Женщины. Короткая программа.
      11:00 Горнолыжный спорт. Чемпионат мира в Зальбах-Хинтерглемме, Австрия. Женщины. Гигантский слалом. 1-я попытка.
      11:45 Горнолыжный спорт. Чемпионат мира в Зальбах-Хинтерглемме, Австрия. Женщины. Гигантский слалом. 2-я попытка.
      12:30 LIVE Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Зёльдене, Австрия. Женщины. Гигантский слалом. 1-я попытка. Прямая трансляция.
      14:30 Горнолыжный спорт. Чемпионат мира в Зальбах-Хинтерглемме, Австрия. Женщины. Супергигант.
      15:15 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Зёльдене, Австрия. Женщины. Гигантский слалом. 1-я попытка.
      15:45 LIVE Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Зёльдене, Австрия. Женщины. Гигантский слалом. 2-я попытка. Прямая трансляция.
      17:10 LIVE Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. 1/2 финала. Прямая трансляция.
      20:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Зёльдене, Австрия. Женщины. Гигантский слалом. 1-я попытка.
      21:00 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Зёльдене, Австрия. Женщины. Гигантский слалом. 2-я попытка.
      22:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. 1/2 финала.
      22:45 LIVE Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. 1/2 финала. Прямая трансляция.
      02:30 LIVE Велотрек. Чемпионат мира в Сантьяго, Чили. День 4. Прямая трансляция.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev blogi: Kuper bizga kerakmi?

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Milliy terma jamoa / Yig‘inlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Bu maqola ustida deyarli 3 kun ishladim va hamkasblarimning maslahatlari bilan uni e’lon qilishga qaror qildim. Maqola ikki qismdan iborat bo‘ldi. Tan olishimiz kerak, terma jamoamizdagi muommolarning barchasi bosh murabbiy sababli emas. Bugun masalaga uzoqroqdan nazar tashlashga urunib ko‘ramiz.

I j o b i y qism…

Avlodlar almashinuvi

O‘zi biz o‘zbeklar qiziq xalqmiz! Yanglikka juda o‘chmizda, biroq uning amalga oshishiga kelganda biroz sabrsizmiz. Futbolimizning millionlab jonkuyar muxlisalari tomonidan talab qilingan xorijlik murabbiy va uning yangicha uslubidagi futbolini istadik va niyyatimzga erishdik. To‘g‘ri, UFA muxlislar istagan  ideal top murabbiylarni terma jamoaga  jalb qilishning uddasidan chiqmadi, biroq Ektor Kuperning kelishini eshitgan 80 % muxlisning ko‘ngliga ajib iliqlik yugurgani rost! Shu jumladan o‘zim ham nomdor murabbiyning o‘zbek futboliga jalb qilinishidan quvongan edim. Afsuski, natija kishini birozgina hafa qildi. Mayli, bu haqida biroz keyinroq. Kuperning kelishidan asosiy maqsad futbolimizga yangicha uslub kirib kelishi edi va bu amalga osha boshladi. Futbolchilarimiz avvallari to‘p bilan muomalada bo‘lishga urg‘u berishgan bo‘lsa, Kuper hammasini keskin o‘zgartirib yubordi va biz 2-raqamda harakatlanishni boshladik. Argentinalik mutaxassis «Himoyalanishni o‘rganishimiz zarur» deya vaziyatga baho berganida ko‘pchilik ichidan quvonib qo‘ygani rost. Osiyo kubogidagi ishtirokimizdan hech kimning ko‘ngli to‘lmagan bo‘lsada, eng muhim jihat ko‘pchilikning yodidan chiqib ketmoqda! Kuper futbolimiz tepasiga kelganida bizda avlodlar almashinuvi yuz berayotgan edi va bu davom etmoqda. Bizning oltin tarkibimizning (Nesterov, Ashurmatov, Denisov, Geynrix, Ahmedov, Jasur Xasanov, Aziz Haydarov…) yoshi o‘tib qolgan, yoshlarimiz orasida ularning o‘rin bosarlari yo‘q edi. Kuper ham natijaga, ham termaning yoshartirilishiga ma’sul bo‘ldi va birdaniga ikkita muhim vazifa ustida ish boshladi. Biz yengilgan jamoalarimizni Kuper  (Janubiy Korea, Urugvay, Yaponiya, Turkiya) kelishidan oldin ham bizdan ustun deb bilar edim. Agarda, Kuperdan kuchliroq mutaxassis termani boshqarishga rozi bo‘lganida yuqorida nomi zikr qilingan terma jamoalarni bu tarkibimiz bilan mag‘lubiyatga uchrata olar edik deb hisoblaydiganlar oramizda kamchilikni tashkil etsa, ajab emas. Keling, tan olaylik. Hozirgi O‘zbekiston terma jamoasi Abramov davridagi kabi kuchli futbolchilar va zahira o‘yinchilariga ega emas. Joze Mourinyoning  mashxur jumlasi bor: «G‘alabaning egalari ko‘p bo‘ladi, mag‘lubiyatga doimo bosh murabbiy javob beradi!» Darhaqiqat, naqadar to‘gri aytilgan so‘zlar!
Avlodlar almashinuvini Germaniya terma jamoasida qanday o‘tganini Rossiyada bo‘lib o‘tgan mundialda ko‘rdik. Italiya va Gollandiya terma jamoalariku, aynan shu vaj sababli JCHdan qolib ham ketdi! Terma jamoa naqadar qudratli bo‘lmasin, uzog‘I bilan har 10 yilda avlodlar almashinuvini boshidan kechiradi va bu  jamoaga qanday  talofatlar olib kelishini  barchamiz juda yaxshi bilamiz. Hozir bizda aynan shunday  vaziyat kuzatilmoqda. Bunday og‘ir pallalarda futboli dunyo reytingida peshqadam bo‘lgan terma jamoalar ham sabr qilishga majbur bo‘lishadi.  Xatto Babayan davrida ham oltin davrimizdan foydalanish mumkin edi. Ahmedov hozirgidek sekinlashmagan, Ismoilov va To‘xtaxo‘jayevlar o‘zining eng kuchga to‘lgan davrlarini o‘tkazayotgan, Nesterovniku gapirmasa ham bo‘ladi!

Saviyasiz ichki chempionat



Yodingizda bo‘lsa, mavsum boshida Arveladzening «Paxtakor»i va yoshlardan tashkil topgan «Bunyokdor» o‘rtasidagi bahsni «Sherlar»ning ashaddiy muxlisi bilan kuzatganim haqida yozgan edim. O‘sha maqolamga kimlardir ishonqiramay qaragan bo‘lsada, bu chin haqiqat edi. Ana shunday o‘yinlar evaziga tobora pasayib borayotgan birinchiligimizning kasri terma jamoaga ham urub bormoqda! Toshkent klublarida to‘p suruvchi futbolchilardan tashkil topishiga ko‘nikib qolgan termamiz futbolchilari raqobatsiz chempionatda qanday qilib o‘sishi mumkin? Hakamlarning karomatlari haqida to‘xtalib o‘tirgim ham kelmayapti to‘g‘risi. Shaffoflik va halollik eng muhim pallalarda ko‘rinmay qoladigan Super Liga «yulduzlari» katta arenalarda «qovun tushurishlari» tabiiy hol. Raqobatlashadigan klub yoki futbolchining o‘zi bo‘lmagan chempionatda to‘p surgan yigitlarda o‘sish kuzatilmagan, kuzatilmaydi ham…!

Yangi uslub uchun vaqt kerak!

To‘p bilan muloqotda bo‘lishga butkul o‘rganib qolgan terma jamoamiz va uning muxlislari Kuperning himoyaviy taktikasini keskin qarshi olishgani rost. Shu o‘rinda Eron terma jamoasini qit’amizda yegnilmas termaga aylantirgan Karlos Keyrush ham o‘zining ilk yillarida Toshkentda Abramov termasiga qarshi hech narsa qila olmagani ko‘pchilikning yodidan ko‘tarildi chog‘i? O‘sha yili Keyrush Eronda qattiq tanqid ostiga olingan, muxlislar uning uslubini «eskilik sarqiti» deb atashgan edi. Forslar hissiyotga berilishmadi va murabbiyga ishonishda davom etdi. Bu o‘z mevasini bermay qolmadi. Eron ketma-ket JCHlarda ishtirok etgani yetmaganidek, Rossiya yashil maydonlarida o‘lim guruhidan chiqish uchun so‘nggi turning so‘nggi soniyalarigacha imkoniyatni saqlab turdi va guruhda 4 ochko bilan qolib ketdi. O‘sha guruhdan chiqqan Portugaliya va Ispaniya termalari katta qiyinchilik bilan 5 ochodan jamg‘aribgina play-offga yo‘l olishgan edi. Keyrush bizning kuperdan ustun deb o‘ylaganlar biroz adashishadi. Ektor Kuper Valensiya  bilan ketma-ket YCHL finaliga chiqqan davrlarda Keyrushni Portugaliyada ham hech kim tanimas edi. Keyrushning g‘alabalari tagida boshqa omillar bor ekanligi har doim ham ko‘zga tashlanavermagan.Eron chempionatida to‘p surgan Shaxboz Erkinov «Eronda har mavsumda 6 yoki 7 ta teng kuchli klublar chempionlik uchun kurash olib borishadi», degan edi. Qisqa qilib aytganda Keyrush effektining zamirida kuchli chempionatning o‘rni baland.

S a l b i y jihatlar

O‘rtoqlik uchrashuvlaridan nima naf?

Ektor Kuper «Osiyo kubogidagi ishtirokidan so‘ng, oliy maqsadimiz JCH 2022 da ishtorok etish edi va mening jamoaga chaqirilishimdan ham ko‘zlangan maqsad shu», deya bayonot bergani ko‘pchilikning yodidan ko‘tarilmagan bo‘lsa kerak. Xo‘sh, shunday ekan, nima uchun o‘rtoqlik uchrashuvlarida to‘liq yoshlardan iborat tarkib sinab ko‘rilmayapti? Qatarda bo‘lib o‘tadigan mundialda Kuper termaga jalb qilayotgan futbolchilarning katta qismi 33 yoshdan o‘tib ketgan bo‘ladiku? Qariya  futbolchilarning terma jamoaning rasmiy uchrashuvlarida maydonga tushishiniku tushunsa bo‘ladi, biroq o‘rtoqlik uchrashuvlarida ulardan qanday naf chiqarish mumkin? Ahmedov, Ismoilov, To‘xtaxo‘jayev, Zoteev, Hoshimov, Abduxoliqov, Bikmayev, Mirzayev, Musayev singari ertangi kunimizda naf berishi dargumon bo‘lgan futbolchilar bilan o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etish orqali biz nimaga erisha olamiz? Vaholanki «Qatar 2022» musobaqasining saralash bahslari shiddatli o‘tishini inobatga olsak, 30 yoshdan o‘tib ketgan futbolchilar qay yo‘sinda pressingda ishtirok etishadi? Bu kabi javobsiz savollar ko‘p, biroq birortasiga mantiqiy javob olishning iloji yo‘qdek ko‘rinmoqda…

Kuper kashfiyotchi emas

Bir vaqtlar tanqidlar yomg‘iri ostida qolib ketgan Mirjalol Qosimov o‘z vaqtida Islom To‘xtaxo‘jayev, Sardor Rashidov singari futbolchilarni terma jamoamizga qo‘rqmasdan jalb qilgan va futbolchilarimizda sezilarli o‘sish kuzatilgan edi. Abramov esa, o‘zbekistonlik barcha futbolchilar uchun terma jamoaning eshiklarini lang qilib ochib qo‘ygani ko‘pchilikning yodidan chiqqanicha yo‘q. Xo‘sh, janob Kuperchi? U tomonidan hozircha birorta futbolimiz uchun foydali qaror qabul qilinganicha yo‘q. Yurtimizda iqtidorlar yo‘q deyish noo‘rin bo‘ladi. Ularni kashf eta bilish va o‘z vaqtida termaga chaqirish zarur. Aks xolda, bizning yigitlar 22 yoshida ham «terma jamoaga nomzod» unvoni bilan yuraverishadi.  

Hujum uyushtirishni unutib boryapmiz

Himoyaga e’tiborni qaratish va yuqori pressingni amalga oshirish evaziga raqibga bosim uyushtirish zamonaviy futbolda yoqimli holat, biroq bunday o‘yin uslubida harakatlanish uchun kuchli jismoniy tayyorgarlik talab etiladi. Bizning futbol esa, doimo shu jabhada raqobatchilaridan ortda ekanligi hech kimga sir emas. Shunday ekan, bunday o‘yin uslubiga terma jamoamiz qachon to‘liq moslashadi? Texnik yetuk futbolchilarimiz qachon atlet o‘yinchilarga aylanadi? Biz kutgunimizga qadar «Qatar 2022» ham o‘tib ketmaydi deb kim kafolat bera oladi? Hech kim. Sababi, termamizning kuchli raqiblar oldida hech narsani uddalay olmayotgani muxlislar va jurnalistlardagi JCHga chiqa olishimizga bo‘lgan ishonchni  tobora pasaytirib yubormoqda. Afsuski, shunday. Biz 48 ta terma jamoa ishtirok etadi deya ikki hissa ishonch bilan kutayotgan mundialimiz ishtirokchilari soni 32 taga tushirilgach hafa bo‘lgan bo‘lsak, termamizning mazmunsiz o‘yinlari umidlarimizni ham so‘ndirib yubormoqda.

So‘nggi so‘z o‘rnida

O‘ylaymanki, mening ichimda ikki xil fikr va ikki xil qarash o‘rtasida kechayotgan kurash sizlarga ham begona emas. O‘zbekman degan bor-ki, millat qayg‘usi bilan yashaydi. Biz shunaqa Vatanimizni sevadigan insonlarmiz. O‘z vaqtida siz va bizning ota-bobolarimiz Vatanimizning bir siqim tuprog‘I uchun jang qilishgan. Bizning tomirlarimizda ham ularning qoni oqayotgani sababli, milatimiz sha’ni bo‘lgan terma jamoamizning ertangi kuni uchun qayg‘uramiz. Boshqa muxlislik qilmayman tamom desakda,  millatmiz! Vatanimiz sharafini himoya qilish uchun terma jamoamiz maydonga tushadigan bo‘lsa bormi?! Hamma gina-kudratlarni bir chetga surib qo‘yib yana muxlislik qilaveramiz. Umid qilaman-ki, futbolchilarimiz va janob Kuper ham bizning qalbizmizdagi Vatan va uning sha’niga bo‘lgan munosabatimizni chuqur his qilib turishibidi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:27, 04.06.2019. O'qildi: 6953 marta. Fikrlar: 22 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Braziliya — futbol bo'yicha barcha JCHlarida ishtirok etgan yagona davlat.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 18
2 Насаф Husayn Norchayev 14
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 14
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 10
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 Бунёдкор Luis Kachorri 8
7 ОКМК Xurshid G‘iyosov 8
8 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
9 Бунёдкор Imeda Ashortia 7
10 Машъал Humoyun Murtazoyev 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.