Bugun 6 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 34 71
3 Man. Yunayted 35 64
4 Liverpul 35 58
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 35 52
7 Brentford 35 51
8 Brayton 35 50
9 Chelsi 35 48
10 Everton 35 48
11 Fulhem 35 48
12 Sanderlend 35 47
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 35 18

O'tgan o'yinlar.

35-тур Lids 3-1 Byornli
35-тур Vulverhempton 1-1 Sanderlend
35-тур Brentford 3-0 Vest Xem
35-тур Nyukasl 3-1 Brayton
35-тур Arsenal 3-0 Fulhem
35-тур Bornmut 3-0 Kristal Pelas
35-тур Man. Yunayted 3-2 Liverpul
35-тур Aston Villa 1-2 Tottenhem
35-тур Chelsi 1-3 Nottingem Forest
35-тур Everton 3-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Valverdening kursisi yanada omonatlashdi: “Slaviya”dan spektakl

Baho:
+ | -
YEVROPA / UYEFA chempionlar ligasi / Guruh bosqichi
Rukn: Yangiliklar
A A A

YECHL guruh bosqichi navbatdagi turida “Kamp Nou”da ajoyib spektaklning guvohi bo‘ldik. Faqat bu safar bosh rolda “Barselona” emas, mehmon jamoa bo‘ldi.

Guruh bosqichida “Barselona”ga raqib bo‘lgan “Slaviya” Kataloniya klubi muxlislari va mutaxassislar nazdida tayyor go‘shtdek ko‘ringandi. O‘shanda “Barselona” mehmonda zo‘rg‘a g‘alaba qozonadi, uyida esa durang o‘ynaydi, deyishsa, ishonmasdik, balki. Ammo maydon tekis, to‘p yumaloq, “Slaviya” “Barselona”dan ochko tortib oldi.

Bugungi nursiz durangning asosiy sababi — Valverdening “Slaviya” o‘yinini yetarlicha o‘rganmagani va raqibning taktikasiga qarshi taktika topa olmagani. Vaholanki, bundan oldingi o‘yin ham aynan Chexiya klubiga qarshi bo‘lgan, o‘shanda ham Praga jamoasi qanday o‘ynashini namoyish etgandi. Birinchi o‘yinda “Barselona”ga omad kulib, ming mashaqqat bilan zafar quchgandi. Buni qarangki, jamoa ikkinchi o‘yinda buning ham uddasidan chiqa olishmadi.

O‘yin jihatidan hech qanday muammo yo‘q: “Barselona” to‘p bilan muomala qilish borasida ustunlik qildi, hujumlar ham uyushtirdi, raqib posboni 5-6 vaziyatda jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi. Qolgan vaziyatlarda esa “Slaviya” himoyasi mustahkam o‘ynadi. Futbolchilardan nolish noto‘g‘ri, ular murabbiyning ko‘rsatmasini bajarishdi.

“Slaviya”dek jamoalarga qarshi ayyorona o‘yin ko‘rsatish talab etiladi. Murabbiylar shtabi raqibning o‘yinlarini ko‘rib, qanday himoyalanishini ko‘rishi va ana shu himoyalanishdagi nuqsonni topa bilishi lozim edi. Chunki kamchiliksiz narsaning o‘zi yo‘q. Tabiiyki, chex klubining himoyasi ham kamchilikdan mustasno emasdi. Shunchaki Valverde boshliq murabbiylar shtabi buni uddalay olishmadi. O‘yinda murabbiylar imzosi sezilmadi.

“Slaviya”ga qoyil qolmay iloj yo‘q. Jamoaga bosimsiz o‘ynagani ham foyda berdi. Ayniqsa, o‘z jarima maydonida shunchalik xotirjam o‘ynadiki, hatto raqib futbolchilari ham ajablangan bo‘lishsa kerak. Darvozabonning fintlarida ham xotirjamlik bor edi hatto.

Praga jamoasiga ham omad yetishmadi qaysidir ma’noda. Agar “Slaviya” safida sovuqqonroq hujumchi bo‘lganida klub “Kamp Nou”da tarixiy g‘alabaga erishishi mumkin edi. Tan olish kerakki, bugun mehmonlar durangga ham rozi bo‘lib o‘ynashdi, bu esa g‘alabaga olib boradigan yo‘lni biroz qiyinlashtirdi. Ayniqsa, o‘yinning oxirgi daqiqalarida “Slaviya” yaxshi vaziyatga ega bo‘lgandi, lekin vaqtni cho‘zib, durangga intilish hissi kuchliroq bo‘ldi.

“Barselona”dan farqli ravishda bugungi “Slaviya”da bosh murabbiyning imzosi yaqqol sezildi. Murabbiy shogirdlarini Yevropaning grand jamoasiga qarshi o‘yinga shunday tayyorlabdiki, “Kamp Nou”da, o‘zlari o‘ynashni orzu qilib yurgan stadionda futbolcha zarracha hayajonlanishmadi.

Istashsa, aldashdi, istashsa, zarba berishdi. Hatto “Atletiko” kabi kuchli jamoalar ham Kataloniyada bunchalik xotirjam o‘ynashmaydi.

Bugungi o‘yin durangga arzirmidi? Ha. “Slaviya” bugun “Barselona”dan ochko olishga munosib edi.

Agar Valverde keyingi o‘yinlarga ta’sir ko‘rsatishni yo‘lini topa olmasa, hozirgidek omadsiz yurishda davom etaversa, ehtimol, mavsum oxirigacha bormasligi ham mumkin. Shu bois vaziyatga yanada jiddiyroq yondashmasa, vaziyatni chuqurroq tahlil qilib, biror chora  topmasa, keyingi safar “Slaviya” kabi jamoa “Barselona”ni mag‘lubiyatga uchratishi ham mumkin. Hozir Kataloniya klubi taktik jihatdan ham, ruhiy jihatdan ham qiynalmoqda.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 01:15, 06.11.2019. O'qildi: 7040 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCH faqat bir marta, 2002 yilda ikki davlat (YAponiya va Janubiy Koreya)da o'tkazilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 25
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик