Bugun 9 aprel, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 5 15
2 Bunyodkor 6 13
3 Paxtakor 5 12
4 Navbahor 6 12
5 Nasaf 6 11
6 Buxoro 5 10
7 Lokomotiv 6 8
8 Xorazm 6 8
9 Surxon 6 8
10 Dinamo 6 7
11 Andijon 6 6
12 Qo‘qon-1912 6 6
13 Qizilqum 5 6
14 OKMK 6 5
15 So‘g‘diyona 6 2
16 Mash’al 6 0

O'tgan o'yinlar.

6-тур Lokomotiv 1-1 Xorazm
6-тур Mash’al 0-1 Bunyodkor
6-тур Andijon 0-1 Navbahor
6-тур Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
6-тур OKMK 1-1 Surxon
6-тур Dinamo 2-1 So‘g‘diyona

Navbatdagi o'yinlar.

09/04/26 Neftchi - Paxtakor
09/04/26 Buxoro - Qizilqum

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Superliga. AGMK - «Bunyodkor» (prevyu)

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Prevyular
Rukn: Yangiliklar
A A A

Superliganing 3-turi doirasida AGMK Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi bilan to‘qnashadi.

Bo‘lajak o‘yin ushbu jamoalarning o‘zaro umumiy hisobdagi 32-uchrashuviga aylanadi. AGMK va "Bunyodkor" qarama-qarshiligi tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, o‘tkazilgan o‘yinlarda 6 marotaba jamoamiz g‘alabani tantana qilgan, 6 bor durang qayd etilgan va 19 marta "Bunyodkor" g‘alaba qozongan. To‘plar nisbati ham "qaldirg‘ochlar" foydasig‘a: 61-33.

AGMKni Mirjalol Qosimov, "Bunyodkor"ni esa Vadim Abramov boshqarayotgandan buyon ushbu jamoalar uchun bo‘lajak o‘yin hisob bo‘yicha beshinchi bahsga aylanadi. O‘tgan yili har uchala frontda duch kelgan AGMK va "Bunyodkor" bellashuvlarida chempionat doirasida "Bunyodkor" Olmaliqda g‘alaba qozongan bo‘lsa, Toshkentdagi o‘yinda AGMK "qaldirg‘ochlar"ga imkoniyat qoldirmay mag‘lub etgandi. Shuningdek, Liga Kubogi va O‘zbekiston Kubogi doirasidagi uchrashuvlarda AGMK yaqqol ustunlik bilan g‘alabani tantana qilgandi.

AGMK joriy mavsumda hozirga qadar o‘tkazilgan 2 o‘yinni durang bilan yakunlagan bo‘lsa, "Bunyodkor" startni ketma-ket 2 g‘alaba bilan boshladi. Shu boisdan ham jamoamiz mazkur turda chempionat peshqadamlaridan biriga qarshi saf tortadi.

Raqib tarkibida joriy mavsum chempionatda Farruh Ikromov, Humoyun Murtazoyev, Nurillo To‘xtasinov hamda Jasur Jaloliddinov gol mualliflariga aylangan bo‘lsa, AGMKda Mate Vatsadze va Igor Zonich o‘z hisobiga gol yozib qo‘yishga ulgurdi.

Ma’lumot o‘rnida: AGMK O‘zbekiston milliy chempionatlari tarixidagi 120-g‘alaba ostonasida turibdi. Jamoa elitada o‘tkazilgan 341 o‘yindan 119tasi g‘alaba qozongan, 150 mag‘lubiyat va 72 bellashuvda durang qayd etilgan. To‘plar nisbati: 467-503.

Eslatib o‘tamiz, Superliganing 3-turi doirasidagi "Bunyodkor" bilan uchrashuv OKMK sport majmuasidagi stadionda 13 mart kuni soat 18:15da boshlanadi.


AGMK va "Bunyodkor" jamoalarining turli yoshdagi va asosiy tarkiblari o‘rtasidagi o‘tkazadigan o‘yinlar jadvali

U18 Birinchiligi, 3-tur.
11 mart, chorshanba
AGMK (U18) - "Bunyodkor" (U18)
Olmaliq shahri, "Metallurg" stadioni
Boshlanish vaqti: 14:30

Yoshlar Birinchiligi, 3-tur.
12 mart, payshanba
AGMK (U21) - "Bunyodkor" (U21)
Olmaliq shahri, "Metallurg" stadioni.
Boshlanish vaqti: 15:30

Superliga, 3-tur.
13 mart, juma
AGMK - "Bunyodkor"
Olmaliq shahri, OKMK sport majmuasi
Boshlanish vaqti: 18:15

Manba: www.fc-agmk.uz
Kiritildi: 12:23, 10.03.2020. O'qildi: 3231 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol to'pining og'irligi 460-480 gramm bo'lishi belgilab qo'yilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Нефтчи Stipe Perisa 4
2 Сурхон Chinedu Stefan 4
3 Пахтакор Doston Hamdamov 3
4 Нефтчи Alisher Odilov 3
5 Динамо Firdavs Abdurahmonov 3
6 Нефтчи Zoran Marushich 3
7 Бухоро Shahzodbek Ubaydullayev 2
8 ОКМК Abror Karimov 2
9 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 2
10 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 2

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик