Bugun — 8 oktyabr, payshanba kuni "Paxtakor" stadionida o‘tkazilgan O‘zbekiston va Eron terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yini yakuniga yetdi.
To‘p nazorati vakillarimiz tomonida bo‘lsa-da, vaziyatlardan foydalanishda forslar ustunlik qilishdi. Birinchi bo‘lim so‘ngida himoyachilarimiz Sardor Azmunga zarba yo‘llash imkonini berib qo‘yishdi. Uning 18 metrlardan yo‘llagan kuchli zarbasini Eldorbek Suyunov qaytara olmadi.
Ikkinchi bo‘limda raqibimiz penalti tepish huquqini qo‘lga kiritdi. Tarimiy undan samarali foydalanib, hisobdagi farqni oshirdi.
Terma jamoamiz esa navbatdagi hujum orqali Eron darvozasini ishg‘ol qildi. Gol muallifi — Eldor Shomurodov.
Qolgan daqiqalarda murabbiylar bir qator o‘zgarishlarni amalga oshirishgan bo‘lsa-da, uchrashuvda hisob o‘zgarmadi.
O‘rtoqlik o‘yini.
O‘ZBEKISTON - ERON - 1:2 (0:1)
Gollar: Eldor Shomurodov (53) — Sardor Azmun (43), Tarimiy (52-penelti)
O‘zbekiston – Suyunov, Alijonov, Qobilov, Ashurmatov, Sayfiyev, To‘rayev, Ismoilov, Qodirqulov, Masharipov, Shomurodov, Yaxshiboyev.
Bosh murabbiy: Vadim Abramov (O‘zbekiston)
Eron: Niyozmand, Muhammadiy, Kanaaniy, Xalilzoda, Muharramiy, Hojisafiy, Nurullohiy, Amiriy, Gulizoda, Tarimiy, Sardor Azmun
Bosh murabbiy: Dragan Skochich (Xorvatiya)