Bugun 19 fevral, 2026 yil, payshanba.

  • ECHL
      • 18.02.2026 01:00
      • Benfika
      • 0:1
      • Real Madrid
      • 18.02.2026 01:00
      • Monako
      • 2:3
      • PSJ
      • 18.02.2026 01:00
      • Borussiya D
      • 2:0
      • Atalanta
      • 18.02.2026 22:45
      • Qorabog‘
      • 1:6
      • Nyukasl
      • 19.02.2026 01:00
      • Olimpiakos
      • 0:2
      • Bayer
      • 19.02.2026 01:00
      • Bryugge
      • 3:3
      • Atletiko
      • 19.02.2026 01:00
      • Bude-Glimt
      • 3:1
      • Inter
  • OChL-2
      • 18.02.2026 23:15
      • An-Nasr (SA)
      • 1:0
      • Arkadag'
      • 18.02.2026 23:15
      • Al-Ahli Doha
      • 1:0
      • Sepohon
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 16 8 10 34
2 Italiya 9 5 12 26
3 AQSh 7 12 6 25
4 Fransiya 6 8 5 19
5 Niderlandiya 6 7 3 16
6 Shvesiya 6 6 3 15
7 Shveysariya 6 4 4 14
8 Germaniya 5 8 8 21
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 6 11 22
83 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 24 45
5 Betis 24 41
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Real Sosyedad 24 31
9 Atletik Bilbao 24 31
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Alaves 24 26
15 Valensiya 24 26
16 Elche 24 25
17 Rayo Valyekano 23 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 23 16

O'tgan o'yinlar.

24-тур Elche 0-0 Osasuna
24-тур Espanyol 0-0 Selta
24-тур Rayo Valyekano 0-0 Atletiko
24-тур Sevilya 0-0 Alaves
24-тур Real Madrid 0-0 Real Sosyedad
24-тур Real Ovyedo 0-0 Atletik Bilbao
24-тур Xetafe 0-0 Vilyarreal
24-тур Levante 0-0 Valensiya
24-тур Malyorka 0-0 Betis
24-тур Jirona 0-0 Barselona
24-тур Jirona 2-1 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘zbek futbol tarixidagi eng qimmat futbolchilar (Top 10)

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Legionerlarimiz / Yutuqlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Transfer olami yangiliklariga qiziqmaydigan futbol muxlisi bo‘lmasa kerak. Bugun biz sizlarga O‘zbek futbolchilarining (transfermarket sayti ma’lumotlari asosida) o‘z karyerasi davomida eng yuqori formaga chiqqan vaqtidagi narxlarini e’lon qilamiz. Xabaringiz bor, ushbu portal futbolchilarning imkoniyatlariga qarab narxlarni o‘zgartirib boradi. Biz ushbu o‘nlikda balans bo‘lishi uchun futbolchilarning eng baland narxlarini olishga qaror qildik. Xo‘sh, transfermarket portali tomonidan eng baland narx qo‘yilgan o‘zbek futbolchisi kim? Bugun ushbu savolga qisqacha javob berishga urinib ko‘ramiz.

Oston O‘runov - 1.5 million yevro, 2020 yil «Spartak»

Rossiya chempionati o‘yinlari orqali tezda «Spartak» e’tiborini qozongan hamyurtimiz kuchli o‘nlikni ochib beradi. Ayni damda, taniqli transfermarket portali yarim himoyachini 1,5 million yevroga baholamoqda. Umid qilamizki, Oston uchun bu shunchaki boshlanishi xolos. 

Jaloliddin Masharipov - 1.8 million yevro, 2020 yil «Paxtakor»

Ayni damda, milliy chempionatimizdagi eng saviyasi baland bo‘lgan futbolchi 9-o‘rindan joy olmoqda. Afsuski, Masharipovning transfer summasi pik nuqtaga chiqib bo‘ldi. Agar tezroq, xorij klublaridan biri bilan shartnoma imzolamasa, uning transfer summasi keskin kamayib ketishi mumkin. Uning xalqaro maydondagi natijalari transfer summasining keskin o‘sib ketishini ta’minlaydi.

Igor Sergeev - 2 million yevro, 2016 yil «Beyjing Guan»

Toshkentning «Paxtakor» jamoasi hujumchisi Igor Sergeev 2016 yilda Xitoy klubi bilan shartnoma imzolagani ko‘pchilikning yodidan ko‘tarilib ketgan bo‘lsa, ajab emas. Hujumchi bir muncha fursat Chin yurtida faoliyat olib bordi, biroq bu davrlarni uning uchun omadli o‘tdi deb bo‘lmaydi. Qahramonimiz, sermahsullikni yo‘qotib qo‘ygach, ortga qaytishga majbur bo‘ldi. E’tiborlisi shundaki, hujumchini o‘sha davrlarda Transfermarket portali 2 million yevroga baholangan. Bugun esa, bu summa 1,5 million tashkil etmoqda.

Sardor Rashidov - 2 million yevro, 2017 yil "Al-Jayish"

2015 yilda Avstraliya yashil maydonlarida o‘tgan qit’a birinchiligining kashfiyotga aylangan Rashidov ham kuchli o‘nlikdan o‘rin egallamoqda. Hujumchi aynan o‘sha yili transfermarket nashri e’tibor markaziga tushadi. Qisqa muddat ichida 2 million yevroga qadar narxi ko‘tarilgan futbolchi 2017 yilga qadar o‘z transfer summasini ushlab turishga muvaffaq bo‘ladi.

Otabek Shukurov - 2 million yevro, 2019 yil «Sharja»

Otabek Shukurov Yevropa klublarida to‘p surishni reja qilgan edi, biroq BAA klubiga o‘tgach undagi progress biroz sekinlashdi. Orttirilgan jarohatlar esa, uning sport formasini tiklashida muomala paydo qildi. Quvonarlisi shundaki, qahramonimiz sekin-asta yana o‘z darajasiga qaytmoqda. Umid qilamizki, u ham tez orada Yevropa klublaridan birida ko‘rinish beradi.

Maksim Shatskix - 4 million yevro, 2007 yil «Dinamo Kiyev»

O‘zbek futbolchilari ichida birinchilardan bo‘lib YECHLda ishtirok etga va gol kiritgan hujumchimiz bilan faxrlanishimiz mumkin. Madridning «Real» jamoasi darvozasini ishg‘ol qilgan hujumchini o‘z vaqtida Transfermarket 4 million yevroga baholagan. Bu biroz kichik summadek ko‘rinishi mumkin, biroq bundan 13 yil ilgari «Dinamo» futbolchi uchun 4 million shunchaki fantastik ko‘rsatgich edi.

Server Jeparov - 4 million yevro, 2009 yil «Bunyodkor»

Futbol tariximizda ilk bor «Osiyoning eng yaxshi futbolchisi» nominasiyasida g‘olib chiqqan Server Jeparovni unutmagan bo‘lsangiz kerak. Yarim himoyachi ikki bor ushbu sovringa ega chiqibgina qolmay, faoliyati davomida Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya va Eron chempionatlarida muvaffaqiyatli to‘p surdi. «Bunyodkor» bilan Osiyo chempionlar ligasining yarim finaliga qadar yetib keldi. Qatarda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida juda ishonchli o‘yin namoyish etdi. Umuman olganda uning faoliyatiga havas bilan qarash mumkin. Jeparovni transfermarket 2009 yilda 4 million yevroga baholadi. Bu ko‘rsatgich uning karyerasida eng baland cho‘qqi sifatida tarixda qoldi.

Eldor Shomurodov - 6,5 million yevro, 2020 yil «Jenoa»

Yaqindagina "A Seriya"ga ko‘chib o‘tgan hamyurtimiz kuchli uchlikni ochib beradi. «Mash’al» klubi tarbiyalanuvchisi «Rostov»dagi o‘yinlari orqali o‘z transfer summasini keskin oshirib oldi. Ayniqsa, o‘tgan mavsumdagi gollar sababli u bilan bir nechta klublar qiziqib qoldi. Yangi mavsumda esa, uzoq kutilgan transfer amalga oshdi. Transfermarket portali hamyurtimizni 6,5 millionga baholagan bo‘lsada, Italiya klubi uni qo‘lga kiritish uchun 7,5 milliondan voz kechdi. Biz o‘z kriteriyalarimizga sodiq qolgan holda, transfermarket portalidagi ma’lumotlar asosida uni uchinchi o‘ringa joylashtirdik.

Vitaliy Denisov - 7 million yevro, 2016 yil «Lokomotiv»

Denisov «Dnepr» sharafini himoya qilayotgan paytlarda uni Yevropaning kuchli chempionatlarida ko‘rishni orzu qilar edik. Qahramonimiz Rossiyaning «Lokomotiv» klubi bilan shartnoma imzoladi va RPLga ko‘chib o‘tdi. E’tiborlisi shundaki, uning bu qarori o‘zini to‘liq oqladi. Vitaliy «temiryo‘lchilar» safida Rossiya chempionligi va mamlakat kubogida zafar quchdi. Ayniqsa, 2014-2016 yillar oralig‘ida uning sport formasi pik nuqtaga ko‘tarildi. «Tor» laqabli futbolchi Moskva klubining asosiy tarkib futbolchisiga aylandi va har bir uchrashuvda to‘liq to‘p surdi. Transfermarket portali esa, 2016 yilda uning narxini 7 million yevroga qadar ko‘tarib qo‘ydi. Qanot himoyachisi uchun bu shunchaki super natija!

Odil Ahmedov - 9 million yevro, 2016 yil «Krasnodar»

Faoliyatini «Paxtakor» jamoasida boshlagan termamiz sardori birinchi o‘rinni qo‘lga kiritmoqda. 2011 yilda Qatarda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatidan so‘ng, hamyurtimizga bo‘lgan talab keskin oshib ketdi. Uni qo‘lga kiritish uchun bo‘lgan kurashda Suleyman Kerimovning "Anji"si g‘olib chiqdi va Odil RPLga o‘tdi. "Anji" proyekti kutilmaganda tanazzulga uchragach, qahramonimiz »Krasnodar« bilan shartnoma imzoladi va o‘zining eng yaxshi mavsumlarning o‘tkazdi. 2016 yilda uning transfer qiymati 9 million yevroga qadar ko‘tarildi. Keyinroq, rus klubi Xitoyning »Shanxay SIPG" jamoasiga uni 7 million yevroga sotib yubordi. Ayni damda, qahramonimiz ijara asosida «Tyanszin TEDA» sharafini himoya qilmoqda.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:03, 09.10.2020. O'qildi: 23968 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Вильярреал Jorj Mikautadze 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.