Bugun 30 sentyabr, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Aichi-Nagoya-2026

№ Davlat Jami
1 Xitoy 143 62 49 254
2 Yaponiya 45 71 67 183
3 Janubiy Koreya 24 27 44 95
4 O‘zbekiston 14 17 13 44
5 Tailand 12 9 12 33
6 Bahrayn 11 5 4 20
7 Eron 10 16 11 37
8 Qozog‘iston 9 14 25 48
9 KXDR 7 5 6 18
10 Hindiston 6 21 25 52

Turnir jadvali

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 22 51
2 Paxtakor 22 49
3 Navbahor 22 44
4 OKMK 22 35
5 Lokomotiv 22 35
6 Buxoro 22 34
7 Nasaf 22 34
8 Andijon 22 30
9 Dinamo 22 30
10 Qizilqum 22 29
11 So‘g‘diyona 22 28
12 Surxon 22 26
13 Bunyodkor 22 22
14 Xorazm 22 21
15 Qo‘qon-1912 22 20
16 Mash’al 22 4

O'tgan o'yinlar.

22-тур Navbahor 3-2 Dinamo
22-тур Mash’al 1-2 Paxtakor
22-тур Bunyodkor 2-1 Buxoro
22-тур Andijon 1-4 Nasaf
22-тур Surxon 1-0 Qo‘qon-1912
22-тур So‘g‘diyona 1-2 OKMK
22-тур Lokomotiv 0-1 Neftchi
22-тур Xorazm 1-3 Qizilqum

So'rovnoma

  • Joze Mourinyoning "Real"ga qaytishi muvaffaqiyatli bo‘ladimi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1931 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • Sizningcha, 2026-yil yozida amalga oshirilgan eng ajoyib transfer qaysi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2186 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 30.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 30.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH-TV
    • Sana: 30.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 30.09.2026

      06:00 Мотокросс. Швеция. MX2. Вторая гонка. Чемпионат мира.
      07:00 Мотокросс. Швеция. MXGP. Вторая гонка. Чемпионат мира.
      08:00 Олимпийские игры. Зал славы: Пекин-2008.
      09:00 Снукер. Третий раунд.
      11:00 LIVE Снукер. Третий раунд. Прямая трансляция.
      14:00 Скалолазание. Мужчины и женщины. Лазание на скорость. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      14:45 Скалолазание. Мужчины и женщины. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      15:30 Снукер. Третий раунд.
      16:30 LIVE Снукер. Третий раунд. Прямая трансляция.
      19:30 Конный спорт. Конкур. Вена. Global Champions Tour.
      21:30 Скалолазание. Мужчины и женщины. Лазание на скорость. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      22:30 Скалолазание. Мужчины и женщины. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      23:00 Снукер. Третий раунд.
      01:00 Трейлраннинг.
      01:30 Мотокросс. Швеция. MX2. Вторая гонка. Чемпионат мира.
      02:15 Мотокросс. Швеция. MXGP. Вторая гонка. Чемпионат мира.
      03:00 Скалолазание. Мужчины и женщины. Финал. Мировая серия. Чунцин.
      03:45 Скалолазание. Микст. Финал. Мировая серия. Чунцин.
      04:30 Снукер. Третий раунд.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Joriy mavsumgi Chempionlar Ligasida qatnashgan 22 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan tashkil topgan ramziy jamoa

Baho:
+ | -
YEVROPA / UYEFA chempionlar ligasi / Futbolchilar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Mana, Chempionlar Ligasidagi musobaqasi ham, deyarli tugay deb qoldi. Ikki kun avval, mazkur musobaqa doirasidagi chorak finalning ikki uchrashuvining dastlabki o‘yinlari o‘tkazildi. Ehtimol, jamoalarning ko‘rsatgan natijalari, futbolchilarning statistikalarni sarhisob qiladigan paytlar keldi. Shuning uchun, biz hozirda joriy yilgi Chempionlar Ligasi musobaqasida, o‘z o‘yinlari bilan jamoasiga yodam berib kelayotgan yosh va umidli futbolchilar futbolchilar haqida suhbatlashamiz. Ushbu futolchilarning ba’zilari, allaqachon o‘z klubi yetakchisiga aylanib ulgurgan bo‘lsa, ba’zilari yosh bo‘lishiga qaramay, tajribali futbolchilarga yetarlicha qarshilik ko‘rsatib kelmoqda. Hozir esa biz sizlar bilan 2020/21 yilgi YECHL musobaqasi doirasidagi yosh futbolchilar haqida fikr yuritamiz. Ushbu charm to‘p ustalari, o‘z pozisiyasidagi, eng qimmat 11 nafar o‘yinchidan tashkil topgan. Ushbu reytingda 22 yoshgacha bo‘lgan iqtidor egalari qatnashadi.

Darvozabon

Kyell Sxerpen, "Ayaks" (20 yosh; 2,2 million yevro)

Yosh darvozabon 2019 yil iyul oyida "Ayaks" safiga kelib qo‘shilgan edi. Kyell hozirda Amsterdam klubining ikkinchi raqamli darvozaboni hisoblanadi, ammo kelayotgan yozda jamoaning kamerunlik posboni Andre Onana klubdan ketgandan keyin, mazkur futbolchi "Ayaks"ning 1-raqamli darvozaboniga aylanishi haqida taxmin qilinmoqda. Joriy mavsumda Sxerpen Gollandiya klubining ikkinchi jamoasi tarkibida 6ta o‘yin o‘tkazib, 9ta gol o‘tkazib yubordi va ikki marta o‘z darvozasini daxlsizligini saqlab qoldi. Kyell "Ayaks" yoshlar jamoasidagi raqibi Dominik Kotarskiga qaraganda ancha yaxshi natija qayd etdi. Bundan tashqari, gollandiyalik futbolchi Chempionlar Ligasida debyut uchrashuvini o‘tkazishga erishdi. Balki, erta-indin, ushbu darvozabon ham, xuddi Onana singari ajoyib natijalari bilan yodimizda qolar. Kuzatamiz.

Himoyachilar

Nyanzu Kuassi, "Bavariya" (18 yosh; 11 million yevro)

Kuassi, xuddi "Ayaks"dagi hamkasbi singari, "Bavariya"da o‘z imkoniyatini kutmoqda. Fransuz hali nemis klubi safida Chempionlar Ligasida o‘ynamagan, ammo bu turnir unga begona emas. O‘tgan mavsumda futbolchi "PSJ" futbolchisi sifatida YECHLda ikkita o‘yin o‘tkazgan edi. "Bavariya" asosiy himoyachilarining yoshini hisobga olsak, Kuassi ham tez orada o‘z imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin. Bu futbolchining Bundesligada o‘ynash tajribasi ham unchalik katta emas. Fransuz futbolchisi "nemis mashinasi" tarkibida bor yo‘g‘i bir marta maydonga tushgan. Ammo, shu bilan birga, ta’kidlab o‘tishimiz ham kerakki, bu futbolchi yuqori darajada o‘ynash tajribasiga ega. Kuassi o‘tgan yili "PSJ"ning asosiy jamoasi tarkibida, 905 daqiqa o‘ynagan, bu prinsipial jihatdan yomon emas.

Erik Garsiya, "Manchester Siti" (20 yosh; 20 mln yevro)

Garsiya o‘tgan yilgi yozgi transferlar oynasining bosh qahramonlaridan biri edi. Erik "Barselona" jamoasi akademiyasi futbolchisi hisoblanadi. Ammo, joriy mavsum boshlanishidan oldin, Kataloniya klubi o‘z futbolchisini ortga qaytarishni istagandi. Lekin, ikkala jamoa o‘zaro kelisha olmadi. Shunga qaramay, kataloniyaliklar futbolchini sotib olish fikridan voz kechmagan. "Ko‘k-anorranglilar" ushbu yozda ham sobiq futbolchisini sotib olmoqchi. Ushbu mavsumda Garsiya Chempionlar Ligasida yaxshi ishtirok etdi. Guruh va pley-off bosqichida, jami 3 marta maydonga tushgan. Lekin, bu bilan ispaniyalikka nisbatan boshqa hayolga borishga shoshilmang. Erik hozirda bor yo‘g‘i 20 yoshda. "Manchester Siti" darajasini hisobga olsak, bu normal holat hisoblanadi. Garsiyaning kelajagi yetuk futbolchiligi, keyingi mavsumlardan klubning asosiy futbolchisiga aylanishiga shubha yo‘q.

Ris Jeyms, "Chelsi" (20 yosh; 30 million yevro)

Jeyms yosh bo‘lishiga qaramay, "Chelsi"ning asosiy futbolchisiga aylanib ulgurdi. "Aristokratlar" Chempionlar Ligasining guruhda "Sevilya", "Krosnadar" va "Renn" jamoalariga qarshi maydonga tushdi. Ris ushbu bosqichda Ispaniya va Fransiya jamoalariga qarshi uchrashuvlarda to‘liq o‘ynadi. Umuman olganda, angliyalik himoyachi YECHL guruh va pley-off uchrashuvlarida jami 6 marta maydonga tushgan. Ikki kun avval safarda "Portu" ustidan qozonilgan g‘alabada ham Jeymsning xizmatlari katta. Futbolchi uchrashuvda 79 daqiqa davomida London klubiga yordam berdi. Albatta, bu futbolchini hozirda ko‘chilik mutaxasis va muxlislar "Chelsi"ning kelajagi sifatida qaramoqda.

Alfonso Devis, "Bavariya" (20 yosh; 80 mln yevro)

"Bavariya"ning chap qanot himoyachisi o‘tgan mavsumda haqiqiy yulduzga aylandi. Alfonso Myunxen klubining asosiy tarkib futbolchisiga aylanib, jamoa bilan 6ta kubokni boshi uzra ko‘tardi. Qolaversa, kanadalik futbolchi barcha turnirlarda, jumladan Chempionlar Ligasi musobaqasida juda foydali ish qilmoqda. Futbolchi hozirgacha "nemis mashinasi" bilan birga mazkur musobaqada ajoyib natijalarga erishmoqda. Alfonso hozirgacha YECHLda 5 uchrashuvda maydonga tushib, "Bavariya" himoya qo‘rg‘onida ajoyib o‘yinlar ko‘rsatmoqda. Ushbu natijalardan keyin, Transfermarkt portali futbolchining narxini bir yilda 10 million yevrodan 80 millionga ko‘targan. Ushbu mavsumda Devis jarohati tufayli ko‘p o‘ynamadi. Ammo, shubhasiz kanadalik Myunxen klubining kelajagi bo‘lishiga shubha yo‘q.


Yarim himoyachilar

Eduardo Kamavinga, Renn (17 yosh; 50 million yevro)

O‘tgan mavsumda Kamavinga "Renn"ning UYEFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichida qatnashishi uchun katta ishlarni bajargan edi. Ushbu yilda esa, klublar o‘rtasidagi eng yaxshi musobaqada fransuz jamoasining ajoyib o‘yinlar ko‘rsatishini ta’minlagandi. Garchi, "Renn" Chempionlar Ligasida guruh bosqichidan nariga o‘ta olmagan bo‘lsa-da, Eduardo o‘z o‘yinlari orqali muxlislar qalbidan joy olishga erishdi. Kamavinga fransuz klubining guruh bosqichidagi tarixiy 1-tur uchrashuvida "Krasnodar"ga qarshi maydonga tushgandi. Ammo, jarohat tufayli ikkinchi va uchinchi turlarni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi. Shunga qaramasadan, keyingi uchrashuvlarda maydonga tushib, o‘z jamoasiga yordam berdi. Hozirgi kunda, "Renn" yarim himoyachisi xizmatlaridan ko‘p grand jamoalar foydalanmoqchi. Xususan, Ispaniyaning "Real" klubi kelayotgan transferlar mavsumida futbolchini o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi. Voqealar rivojini kuzatamiz.

Fil Foden, "Manchester Siti" (20 yosh; 70 million yevro)

Xosep Gvardiola Foden kelajakda "Manchester Siti"ning yulduz futbolchsiga aylanishiga ishonmoqda. Ispaniyalik mutaxasis yosh va iqtidorli ingliz futbolchisiga barcha imkoniyatlarni yaratib bermoqda. Fil ham o‘z o‘rnida, ajoyib o‘yinlari bilan murabbiyi ishonchini oqlashga harakat qilmoqda. Futbolchi hozirgacha "Manchester Siti"ning Chempionlar Ligasidagi barcha uchrashuvlarida qatnashdi va o‘z hisobiga 2ta gol ham yozdirib qo‘ydi. Qolaversa, 20 yoshli futbolchi golli pas berishda ham ancha faol. Hozirgi paytda transfermarket portali mazkur angliyalikning narxini 70 million yevroga baholamoqda.

Ansu Fati, Barselona (18 yosh; 80 million yevro)

Fati hozirda "Barselona"ning eng qimmat futbolchilaridan biridir. Bundan tashqari, Ansu endigina 18 yoshni qarshi olgan. Futbolcho Kataloniya klubining o‘tgan mavsumdagi eng yaxshi futbolchilaridan biridir. Futbolchi Ispan grandidagi kadrlar muammosi bilan bog‘liq holatdan keyin, asosiy jamoaga taklif etildi. Shunga qaramasdan yosh, hamda yulduzli "Barsa" tarkibida o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi va ketma-ket uchrashuvlarda gol urdi. Ammo, ispaniyalik iqtidor 2020 yilning oxirrog‘ida olgan jarohati tufayli, butun mavsumni o‘tkazib yuborishiga to‘g‘ri keldi. Lekin, jarohat orttirib olishidan avval, Ansu Chempionlar Ligasida 3ta uchrashuv o‘tkazishga erishdi. Ushbu bahslarning bittasida, hatto o‘z hisobiga gol ham yozdirib qo‘ydi. Shuning uchun ham, mazkur futbolchi bizning yosh futbolchilardan tashkil topgan reytingimizdan joy olgan.

Jadon Sancho, "Borussiya D" (20 yosh; 100 million yevro)

Sancho o‘z tengdoshlari orasidagi eng yorqin yulduzlaridan biri hisoblanadi. "Borussiya D" vingeri uzoq vaqtdan beri "Manchester Yunayted" ning asosiy transfer maqsadi bo‘lib kelgan. Ammo "arilar" baribir futbolchini o‘z tarkibida saqlab qolishmoqda. Dortmund klubi hozirgi kunda ham Chempionlar Ligasidagi yurishini davom ettirmoqda va ushbu natijaga erishishda Jadonning ham xizmatlari katta. Futbolchi klublar orasidagi, eng katta musobaqa doirasida 6 uchrashuvda maydonga tushib, ikki marta raqiblari darvozasini ishg‘ol qilishga erishgan. Angliyalik futbolchining bu harakatlaridan "Manchester Yunayted" rahbariyati qoyil qolishda davom etmoqda. Hozirda Sanchoning transfermarket portalidagi narxi 100 million yevroni tashkil qiladi.

Hujumchilar

Joau Feliks, Atletiko (21 yosh; 80 million yevro)

2019/20 mavsum davomida Feliks har bir mutaxasis va muxlis tomonidan muhokama qilindi. Yosh hujumchi haqiqatdan ham "Atletiko" bilan o‘tkazgan birinchi mavsumdan o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi. Joriy yilgi ichki chempionat doirasida ham, Chempionlar Ligasida ham o‘zini yaxshi tomonlarini namoyish etmoqda. Ushbu futbolchi YECHL musobaqasi 8 uchrashuvda maydonga tushib, 3 golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘yishga erishgan edi. Guruh bosqichida "Zalsburg"ga qarshi uchrashuv doirasida 2ta gol urib, jamoasiga muhim g‘alabani taqdim etdi. Ammo, Jaou Feliks va "Atletiko"ning Chempionlar Ligasida ushbu mavsum ham omadi kelmadi. 1/8 final doirasida "Chelsi"dan ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lishdi. Madridda kechgan uchrashuvda 0:1, Londondagi bahsda esa 0:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Albatta, Diyego Simeone boshchiligidagi jamoadan ko‘pchilik muxlislar, bundanda kattaroq natijani kutishgan edi, ammo "matraschilar"ning omadi bu mavsuum ham kelmadi.

Erling Holand, "Borussiya D" (20 yosh; 80 million yevro)

Holand "Borussiya D"ga o‘tgandan keyin, gol urish mashinasiga aylandi. Hujumchi Chempionlar Ligasida "arilar"ning deyarli har bir uchrashuvida gol urib kelmoqda. Klublar darajasidagi eng yaxshi musobaqa doirasidagi guruh bosqichida ham, pley-off’da o‘zini ko‘rsatmoqda. Guruh bosqichi 6 uchrashuvlarining 4tasida, 6 gol urishga erishdi. Nimchorak finalda Ispaniyaning "Sevilya" klubiga qarshi har ikki o‘yinda ham dubl qayd etib, jami 10 gol urishga erishdi. Chorak finaldagi raqibi esa, "Manchester Siti". Ushbu jamoaga qarshi dastlabki o‘yinda, norvegiyalikning omadi kelmadi va uning jamoasi 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ayni paytda, Erling Sancho bilan birga "Borussiya"ning yulduz futbolchisi hisoblanadi. Ayni kunlarda, Holandning xaridorlari talaygina. Xususan, Ispaniyaning ikki yetakchi klubi "Real" va "Barsa" ushbu futbolchining xizmatlaridan foydalanmoqchi. Voqealar rivoji qanday tus olishini esa, kelayotgan transferlar oynasi paytida bilib olamiz.


Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 11:48, 09.04.2021. O'qildi: 3917 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

№ Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 14
2 Нефтчи Stipe Perisa 12
3 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 11
4 Насаф Bobur Abduxoliqov 9
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 Бухоро Sherzod Esanov 9
7 Навбаҳор Husayn Norchayev 8
8 Пахтакор Chinedu Stefan 8
9 Пахтакор Doston Hamdamov 8
10 Нефтчи Alisher Odilov 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик